Ёниш учун зарур шароитлар


Asosiy qism YOnish uchun zarur sharoitlar


Download 190 Kb.
bet2/12
Sana15.02.2023
Hajmi190 Kb.
#1199787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Хожиакбар ЁПХА

Asosiy qism

  1. YOnish uchun zarur sharoitlar.

Issiqlik hosil bo‘lishi va yorug‘lik chiqishi bilan kechadigan kimyoviy reaksiya yonish jarayoni deb ataladi.
Yonish nazariyasi asta-sekinlik bilan to‘xtovsiz rivojlangan va uni rivojlantirishda juda ko‘p olimlar ishtirok qilgan.
1756 yilda M.V. Lomonosov yonish jarayonini yonuvchi modda va havoning o‘zaro kimyoviy birikishi sifatida asosladi. Keyinchalik , 1773 yilda, fransuz olimi Lavuaze yuqoridagi kashfiyotdan foydalanib yonish jarayonida havoning hammasi emas, balki faqat uning tarkibidagi kislorod ishtiroq qilishini aniqladi. Yonish jarayoni oksidlanish jarayoni, ya’ni yonuvchi modda va kislorodning o‘zaro ta’siri ekanligi shu tariqa isbotlangan.
1897 yilda rus akademiki L.N. Bax oksidlanishning perekis nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyaga asosan, yonuvchi modda bilan rekatsiyaga kislorodning faqat energiya zahirasi aktivlashish energiyasiga teng yoki undan katta bo‘lgan malekulalarigina kirishadi. O‘zaro ta’sirdagi malekulalar reaksiyaga kirishishi uchun ularda bo‘lishi kerak bo‘lgan energiyaning eng kichik miqdoriga aktivlashish energiyasi deyiladi.
Aktivlashish energiyasiga teng energiyaga ega bo‘lgan kislorod malekulalari aktiv holatga o‘tadi, ya’ni malekulasidagi 2 ta bog‘lanishdan bittasi uzilgan bo‘ladi:

Kislorod atomlarida (O) erkin bog‘lanishlarning hosil bo‘lishi guruhiga yuqori darajada reaksiyaga kirishish xossasini yuzaga keltiradi. guruhi, reaksiyaga kirishish natijasida perekis yoki gidroperekis hosil qiladi. Bunday birikmalar turg‘un emas, ular isishdan , zarbadan va ishqalanishdan parchalib ketadi. Parchalanish natijasida atomli kislorod, erkin radikallar va atomlar hosil bo‘ladi va yonuvchi moddaning yangi qismining oksidlanishiga sababchi bo‘ladi. Bu jarayon yonuvchi moddaning hamma qismi yonib tugamaguncha davom etadi.
1927 yilda akademik N.N. Semenov o‘z shogirdlari bilan birgalikda yonishning zanjir reaksiyasi nazariyasini yaratdi.Bu nazariya yonishning perekis nazariyasini rivojlantirish natijasida yuzaga keldi va yonishning umumiy nazariyasiga katta hissa qo‘shdi. Bu nazariyaga asosan, modda malekulalariga ortiqcha energiya miqdori (issiqlik, elektr razryadining nur energiyasi va boshqa) bilan ta’sir qilganda ular issiqlik miqdorining qandaydir qismini yutadi va atom va radikallarga parchalanadi (H, CI, O, OH, CH2, C2H5 va boshqa). Hosil bo‘lgan oraliq mahsulotlar yuqori darajada kimyoviy aktivlikka ega bo‘lishadi, ular ikkilamchi reaksiyalarda qayta tiklanishadi va reaksiyani davom ettirishadi. Birlamchi reaksiyaning davom etishi zanjir reaksiyasini keltirib chiqaradi.
P.M. Braun bo‘yicha aralashmasidagi zanjir reaksiyasi sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan:

Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling