Ёниш учун зарур шароитлар


Download 190 Kb.
bet3/12
Sana15.02.2023
Hajmi190 Kb.
#1199787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Хожиакбар ЁПХА

I - reaksiyada vodorod peroksid N2 + O2 = N2O2 .
II - reaksiyada vodorod peroksid gidrooksillarga (OH) parchalanadi. Gidrooksillar N2 vodorod malekulalarini atomlarga parchalaydi, N vodorodning bitta atomini biriktirib olib suv va erkin holdagi bitta N vodorod atomini hosil qiladi: ON + N2 = N2O + N.
III – reaksiyada erkin holdagi vodorod atomi N kislorod malekulasini O2 atomlarga parchalaydi, bitta atom bilan gidrooksil hosil qiladi va ikkinchi atom erkin holda qoladi: N + O2 = ON + O.
IV – reaksiyada kislorod atomi O vodorod malekulasini N2 atomlarga parchalaydi, bitta vodorod atomi bilan gidrooksil hosil qiladi va ikkinchi atom erkin holda qoladi va hakozo.
Zanjir reaksiyasi aktiv markazlar yo‘qolishi bilan tugashi mumkin. Bu holat aktiv markazlar (H, OH, O, H2) O2 va N2 malekulalarini parchalashni to‘xtashi bilan sodir bo‘ladi.
Yonish jarayoni havo muhiti bo‘lmagan taqdirda ham kechishi mumkin. Bunday holatda yonish jarayonini oksidlovchi tarkibidagi kislorod yuzaga keltiradi (masalan, payvandlash jarayonida termit poroshokining yonishi). Alangalanishni keltirib chiqaruvchi impuls ta’sirida ham yonish kelib chiqishi mumkin. Ochiq alanga, qizdirilgan yuza, yorug‘lik energiyasi, uchqunlar, adiabatik siqish, ekzotermik reaksiya va boshqalar shunday impuls rolini o‘ynashi mumkin.
Yonish jarayoniga alangalatish impulsining ta’sir etish davomiyligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, temperaturasi 1200 °S bo‘lgan alanga 15-20 sekund davomida yog‘och taxtaga ta’sir qilsa yonish boshlanadi. Lekin, xuddi shu materialga temperaturasi 3000 °S bo‘lgan termit 2-3 sekund davomida ta’sir ko‘rsatsa faqat kuygan teshik hosil qiladi.
Havo muhitida, normal atmosfera bosimida, yonish jarayoni havo tarkibida kislorod miqdori 14 % va undan katta bo‘lganda sodir bo‘lishi mumkin. Havoda kislorod miqdori etishmasligida chala yonish sodir bo‘ladi. Toza kislorodda yonish jarayoni juda jadal kechadi. Oddiy atrof havo muhitida yonmaydigan moylash mahsulotlari, siqilgan kislorod muhitida alangalanishi mumkin, masalan kislorod ballonlarida. Shunday qilib, yonish jarayoni quyidagi uchta omil – yonuvchi modda, oksidlovchi va alangalatish manbasi - mavjudligida yuzaga kelishi va kechishi mumkin.

Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling