Eritmalar. Turli konsentratsiyadagi eritmalarni tayyorlash


Konsentrlangan natriy gidroksid eritmasi va suvdan 200ml, zichligi g1,050 gsm


Download 204.42 Kb.
bet9/10
Sana14.09.2023
Hajmi204.42 Kb.
#1678126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8 lab ishi Eritmalar Turli konsentratsiyadagi eritmalarni tayyorlash

Konsentrlangan natriy gidroksid eritmasi va suvdan 200ml, zichligi g1,050 gsm3 bo‘lgan eritmani tayyorlang.

Areometr bilan konsentrlangan eritmani zichligini o‘lchang.
Jadvaldan foydalanib birlamchi va tayyorlanadigan eritmalardagi natriy gidroksidini massasini (W%) toping. Tayyorlangan eritmani massasini hisoblang. Konsentrlangan eritma va qo‘shiladigan suvni massalarini, hamda hajmlarini hisoblang.
Silindr bilan hisoblangan konsentrlangan eritma va suvni hajmlarini o‘lchab stakanga soling, yaxshilab aralashtiring. Suyuqlikni sovutib quruq baland silindrga soling va areometr bilan uni zichligini o‘lchang. Keyin eritmani idishga soling.
Aniqlangan zichlik va berilgan foiz (%)ni farqini toping. Tayyorlangan eritmani molyar va normal konsentratsiyalarini hisoblang.


c) Har xil massa ulushli eritmalarni aralashtiring.
5 va 2%li natriy xlorid eritmalaridan 200 g 8%li eritma tayyorlang.
Aralashtirish qoidasidan foydalanib berilagan eritmalarni kerakli massalarini toping. Bu eritmalarni zichligini o‘lchab, kerakli hajmlarini hisoblang.
Eritmalarni hisoblangan hajmlarini silindr bilan o‘lchang, stakanga solib yaxshilab aralashtiring.Hosil bo‘lgan eritmani zichligini areometr bilan o‘lchab, ilovadagi jadvaldan unga mos W(%) ni toping. Bu qiymatni berilgan qiymat bilan farqlanishini aniqlang. Tayyorlangan eritmani molyar va normal konsentratsiyalarini hisoblang.


3. Ma’lum molyar va normal konsentratsiyali eritmalarni tayyorlash.
a) Qattiq modda va suvdan
BaCl22H2O va suvdan 200ml 0,5n bariy xlorid (BaCl2) eritmasini tayyorlang.
Berilgan eritmani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan BaCl2 2H2O massasini hisoblang.
Oldindan torozida tortilgan stakanda hisoblangan massani 0,01g aniqlikda tortib oling. Olingan namunani voronka orqali 250 ml.li (24 rasm) o‘lchov kolbasiga soling va voronkada qolgan moddani distirlangan suv bilan yaxshilab yuvib kolbaga tushiring. Kolbadagi moddani ozroq suvda eriting va kolba o‘lchov chizig‘igacha suv soling, kolbani berkitib, yaxshilab aralashtiring. Hosil bo‘lgan eritmani quruq baland silindrga solib, areometr bilan uni zichligini va W(%)ni aniqlang. Keyin eritmani idishga quying. Tayyorlangan eritmani molyar va normal konsentratsiyalarini hisoblang. Eritmani konsentratsiyalarini berilgan miqdor bilan farqini aniqlang.


b) Konsentrlangan eritma va suvdan foydalanib eritma tayyorlash.
Laboratorida mavjud bo‘lgan kislota eritmasidan 250ml 1M xlorid (yoki sulfat) kislota eritmasini tayyorlang.
Areometr bilan laboratoriyadagi kislota eritmasini zichligini o‘lchang va W(%) ni toping. Berilgan eritmani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan kislota massasini va hajmini hisoblang va silindrga hisoblangan kislota hajmini o‘lchab oling.
250 ml li o‘lchov kolbasini taxminan yarmigachi suv soling va uni ustiga varonka orqali o‘lchangan kislota eritmasini (sulfat kislotani oz-ozdan aralashtirib) quying. Voronkadagi kislota yuqini suv bilan yuvib kolbaga tushiring, eritmani aralashtirib, xona haroratigacha sovuting. Kolbani o‘lchov chizig‘igacha suv solib, probkani berkitib yaxshilab aralashtiring. Tayyorlangan eritmani quruq baland silindrga solib, areometr bilan uni zichligini o‘lchang va eritmani tayyor idishga solib qo‘ying. Eritmaning W(%), molyar va normal konsentratsiyalarini hisoblang. Hisoblangan molyar konsentratsiyalarni berilgan miqdor bilan solishtiring va tajribani aniqlik darajasini toping.



Download 204.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling