Erkin A’zam


https://telegram.me/e_kutubxona


Download 226.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana20.01.2023
Hajmi226.12 Kb.
#1104667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Anoyining jaydari olmasi [@e kutubxona]

 
https://telegram.me/e_kutubxona
 

bo‘lsang, Barnaulda nima bor senga?» «E—e, uyga borgim kelmayapti. 
Bir xat olgan edim...» Ammo qanaqa xatligini aytmagan, qiyin-qistov 
bilan, bo‘ynidan bog‘lagandek arang jo‘nagan uyiga. Endi ham o‘qish 
bahona har kelganida «Bir yoqlarga ketsammikan, jo‘ra?» deb qoladi o‘z-
o‘zidan ma’yus tortib. «Ha, tag‘in Barnaulmi? — deysiz ensangiz qotib. — 
Xudo ursin, miyang xato sening, Ramazon!» «To‘g‘ri aytasan, jo‘ra, xato. 
Nima shunday, o‘sha yoqqa ketgim kelaveradi-da. Ey-y, sen 
tushunmaysan!» 
... Ramazon chamadoni qirrasiga o‘tirib olib, «Quloq sol», deydi-da
shang‘illagancha gap boshlaydi: 
— Boysundan gapiramiz! Toshkentda uloqib yurgan boysunlik musofirlar 
uchun beriladigan eshittiritimizni boshlaymiz! Ona shahringiz yangiliklari 
bilan tanishing! 
Ashur kal eskilik sarqiti sifatida nosdan voz kechib, zamonaviylikka intilib 
sigaretga o‘tibdi («Koshki foydasi bo‘lsa, telpakni tashlab, shlyapa 
kiyganida ham bari bir hammaga ma’lum: boshi yaltiroq kal!»); o‘zining 
bobosi ko‘knorning kayfida momosi bilan g‘ijillashib, ammasining 
chorbog‘iga ko‘chib ketibdi («Meni boshqa narsa o‘ylantiradi. Ukkag‘ar 
boboning bir sandiqchasi bor. Boshining ostiga qo‘yib yotardi doim. Gap 
ko‘p-da unda. Olib ketdi! O’shandan umid katta edi».); Esonberdiev, 
o‘sha g‘uddaygan «Esonberdiev-hukumat», Boysun tarixidagi battol 
milisa, iste’foga chiqqach, Qo‘rg‘onchadagi nafasi o‘tkir mulladan bir oy 
eskicha saboq olib, dastor o‘rab qaytibdi, hozir xatmi Qur’onu 
chilyosingacha usiz o‘tmas emish («Bir kuni xudoyiga ketayotib boshida 
salla, qo‘lida aso, milisaxona oldidan o‘tganda chest berib yuboribdi».)... 
Ramazonning hangamalarini tinglarkansiz, Boysun oralab yurgandek
ajabtovur odamlar to‘dasiga kirib qolgandek bo‘lasiz. 
— Tur endi, ko‘cha aylanaylik, — deydi u «yangiliklari»ni aytib tugatgach. 
— Seni bi-ir lag‘monga to‘ydiray, to‘rt tiyinlik «dumba-jigar» somsadan 
yeyaverib oshqozoning kalla-pochaga to‘lib ketgandir. Menga qara, to‘rt 
tiyin-to‘rt tiyin yig‘ib, shu somsachiga bir haykal qo‘ysalaring-chi, a? 



Download 226.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling