2-Sinf Ona tili va O’qish savodxonligi a amma
Download 48.58 Kb.
|
2-cинф луғат 2- қисм
2-Sinf Ona tili va O’qish savodxonligi A Amma – otasining opasi yoki singlisi (jiyanlarga nisbatan).Misol : Voybo’ Ammasining uyi hayvonot uyining o’zi ekan. “Kuchukmi yoki itcha ?” matni . Avera Fayziyeva. Ahyon – vaqtlar muddatlar . Misol: U ahyon – ahyonda vaqtni eslatib bong urib qo’yardi. “Donishmand soat” 1- qism “Zamonaviy ertaklar” kitobidan. Aralashma – Bir necha xil narsalarning aralashishidan hosil bo’ladigan narsa.Misol: Qattiq sovuqda mazali aralashma muzlab qolgan. “Kutilmagan ixtiro” matnidan. Ayoz – Kech kuz , qish va erta bahordagi achchiqsovuq.Misol: “A” ni olib bir zumda “Ayoz” ni “Yoz” qiladi. “So’zboyloqchi” she’ri Dilshod Rajab. Arra – yog’och, matall va shu kabilarni qirqish, kesish uchun ishlatiladigan qirra tishli asbob. Misol: Tolmi, terak yo qayin, O’tin bo’lar zum sayin, Arra g’iz – g’iz, arra g’iz – g’iz . “Arra g’iz – g’iz” she’ri . G’iyos Komilov. Alla – go’dakni uxlatishda yakkaxon usulida aytiladigan qo’shiq. Misol: To’g’risini aytsam, onam menga aytib bergan allani hech eslay olmayman. “Alla” matnidan. B Buzoq – sigirning bolasi. Misol: Qo’rada qo’y echkilar, og’ilda sigir, buzoq, ot, eshak, katakda ona – bola tovuqlar, hovli etagidagi hovuzchada o’rdak g’ozlar Jahongirning hayratdan og’zi ochilib ketdi. “Kuchukmi yoki itcha ?”Avera Fayziyeva. Bog’ – mevazor, chamanzor, bo’ston, mevali daraxt, tok va gul bilan band yer maydoni. Misol: Voybo’ Ammasining uyi hayvonot bog’ining naq o’zi ekan. “Kuchukmi yoki itcha ?” Avera Fayziyeva. Bobo – ota, buva, oqsoqol. Otaning yoki onaning otasi (nabiraga nisbatan). Misol: Yozda u bobosi bilan qishloqqa bordi. “Kuchukmi yoki itcha ?” Avera Fayziyeva . I Itbaliq – suvda va quruqlikda yashovchi (amfibiya) larning tuxumdan chiqqan murtagi. Misol: Baqaning bolasi – “itbaliq”. “Kuchukmi yoki itcha?” Avera Fayziyeva. Ixtiro – yangilik, yangilik yaratish, o’ylab chiqarish. Misol: - Men ko’p ixtirolar qilganman , - Ibrohim jiddiy ohangda gap boshladi. “Ixtirochilar tanlovi” , “Galaktikada bir kun” asaridan. Intizom – jamiyatning yoki ma’lum jamoa a’zolarining amal qilishi , bo’ysunishi lozim b’olgan qat’iy tartib qoida. Misol: - Yana tartib – intizomga o’rganishing kerak. “Donishmand soat” 1-qism , “Zamonaviy ertaklar” kitobidan. It – uy – ro’zg’orni qo’riqlash, ov ovlash vas hu kabi maqsadlar uchun saqlanadigan to’rt oyoqli sutemizuvchi uy hayvoni. Misol: - Tezroq , doda, itchani ushlang , bo’lmasa anavi tovuqchani yeb qo’yadi, - deb baqirib yubordi.”Kuchukmi yoki itcha?”, Avera Fayziyeva . Insho – o’quv yurtlarida ona tili yoki adabiyotdan yozma ish. Misol: Insholarni yozib bersa, Xato qilmay birorta ham. “Qaltis savol” Xudoyberdi Komilov. Download 48.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling