Qulun - otning bir yoshgacha bo’lgan bolasi. Misol: Otning bolasi – “Qulun’. “Kuchukmi yoki itcha?” Avera Fayziyeva.
Quralay – kiyik yoki ohularning yosh bolasi. Misol: Ohuning bolasi – ‘’Quralay’’ . “Kuchukmi yoki itcha?’’ Avera Fayziyeva.
Quvvat – kuch , energiya, harakat-faoliyatga olib keluvchi qobiliyat. Misol: Quyoshdan quvvat olayapman. “Gulxan” jurnalidan.
Qunduz – suvsarisimonlar oilasiga mansub , qimmatbaho mo’ynali sutemizuvchilar turkumi. Misol: Bir kuni Yalqov do’sti Qunduzga dedi. “Yalqov va Qunduz” Shukrullo Abdullayev.
Qarsak – chapak , qarsak urmoq. Misol: Qarsak chaldi teraklar, Gullar ko’zin yoshladi. “So’zning ta’mi” Abdurahmon Akbar.
Qayin – shimol tomonda o’sadigan, teraksimon tik, po’sti oq daraxt. Misol:Tolmi, terak yo qayin. O’tin bo’lar zum sayin. “Arra g’iz-g’iz” G’iyos Komilov.
Qalqon – jangchining tanasini qalqon qilish, nayza tig’li qurollar zarbidan himoya qiluvchi , turli materiallardan yasalgan moslama.
Qishloq – aholisi asosan qishloq xo’jalik ishlari bilan shug’ullanuvchi joy, maskan, hudud. Misol:Yozda u bobosi bilan qishloqqqa mehmonga bordi. “Kuchukmi yoki itcha?”Avera Fayziyeva.
Qal’a – devor bilan o’ralgan qo’rg’on, Shahar. Misol:Qadimda Samarqand baland devor bilan o’ralgan ulkan qal’a edi. “Borish kerak bo’lgan shahar’’, ‘’Bolalar ensiklopediyasidan”.
R
Radio – signal, ovoz kabi axborotlarni ma’lum masofaga elektromagnit to’lqinlar yordamida simsiz uzatish va qabul qilish usuli. Misol: 3-sinfda o’qiyotganimda menga radiocha olib berishgan. “Alla”.
Robot – erksiz mehnat, inson hayoti uchun xavfli sharoitlarda, odam borishi qiyin bo’lgan ob’ektlarda uning funksiyasi , murakkab harakatlarini qisman yoki to’la bajaruvchi mashina – odam Avtomat.
Rassom – chizmakash, tasvirchi, musavvir. Misol:Qohira shahrida dunyoga dong’I ketgan ikkita rassom Yashar ekan. “Rassomlar bahsi”, “Gulxan” jurnalidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |