Oftob – quyosh, quyosh nuri . Misol: - Qarimas nega oftob, Nega nuri bo’lmas sob?. “Oftob bobo’’ Rauf Tolib.
Oshxona – ovqat tayyorlash uchun moslangan maxsus xona yoki bino. Misol: Dilorom maktab oshxonasidan yegulik olmoqchi bo’ldi. ‘’Ikki yo’l” Feruza Nazar.
Odat – udum, taomil, o’rganish, malaka, odatlanish, qiliq. Misol: Sen avvalgidek vaqtni to’g’ri ko’rsatasan , men esa yomon odatlarimni tashlayman. “Donishmand soat” 1-qism, ‘’Zamonaviy ertaklar” kitobidan.
P
Poxol – bug’doy , sholi kabi boshoqli o’simliklarningb doni yanchib olingandan keyin qolgan quruq poyasi. Misol: Echki – uloq tyush ko’rib, Poxol uzra yotishar. “Oqshom” Anvar Obidjon.
Polapon – qushning bolasi. Misol: Qushning bolasi – “polapon”. “Kuchukmi yoki itcha?” Avera Fayziyeva.
Piyola – suv ichiladigan yassi kosacha, tubidan yuqoriga kengayib boradigan kosadan kichik , idish. Misol: Bir payola choy kabi, Bulut oyni ho’pladi. “Oqshom” Anvar Obidjon.
Q
Qo’raq – qafas, turli xil hayvonlar parrandalar saqlanadigan joy. Misol: Qo’rada qo’y, echkilar, og’ilda sigir, buzoq, ot, eshak, katakda ona – bola tovuqlar hovli etagidagi hovuzchada o’rdak, g’ozlar Jahongirning hayratdan og’zi ochilib qoldi. “Kuchukmi yoki itcha?” Averaq Fayziyeva.
Qadrlamoq – obro’-e’tiborga , qadr-qimmatiga yarasha izzat-hurmat ko’rsatmoq , qadr qilmoq. Misol: Sen vaqtni umuman qadrlamaysan , bilding!. ‘’Donishmand soat” 1-qism ‘’Zamonaviy ertaklar” kitobidan.
Qimmat – boylik , qimmatbaho narsa , qadriyat , baho, qiymat. Misol: U der: “Vaqt – asl qimmat”, vaqt – umr ,’’Vaqt – hayot”. ‘’Soat” Qambar Ota.
Qo’zichoq - qo’yning bolasi . Misol: Qo’yning bolasi - “Qo’zichoq”. “Kuchukmi yoki itcha’’ Avera Fayziyeva.
Qiziq – kishini hayron qoldiradigan , ajablantiradigan. Misol: - O’zing bilan birorta qiziq kitob ol. ‘’Donishmand soat” 2-qism, “Zamonaviy ertaklar” kitobidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |