2-Sinf Ona tili va O’qish savodxonligi a amma


Download 48.58 Kb.
bet7/11
Sana14.10.2023
Hajmi48.58 Kb.
#1701834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-cинф луғат 2- қисм

S

  1. Sergak – tez darhol sezadigan, sezgir ziyrak. Misol:Onasiga o’xshashib, Tunda ham ular sergak. “Oqshom” Anvar Obidjon.

  2. Soat – aniq bir vaqt, lahza. Misol: Uy devorida qizchaning bobosidan qolgan eski soat osig’liq turardi. “Donishmand soat” 1-qism, “Zamonaviy ertaklar” kitobidan.

  3. Suv – vodorod bilan kislorodning kimyoviy birikmasidan iborat rangsiz, hidsiz shaffof suyuqlik.

  4. Sahna – tomosha ko’rsatiladigan joy, teatr, kinoteatr, konsert zali. Misol: Birinchi bo’lib sahnaga Ibrohim ismli bola chiqdi. “Ixtirochilar tanlovi”, “Galaktikada bir kun” asaridan.

  5. Sigir – buzoqlagan urg’ochi qoramol.Misol: Qo’rada qo’y, echkilar, og’ilda sigir, buzoq, ot, eshak katakda ona-bola tovuqlar, hovli etagidagi hovuzchada o’rdak, g’ozlar Jahongirning hayratdan og’zi ochilib qoldi. “Kuchukmi yoki itcha?”, Avera Fayziyeva.

  6. Supa – toshdan qilingan do’ng, tosh o’rindiq tokcha, ayvon, shiypon. Misol: Bobo – nabira katta yong’oq daraxti tagidagi supaga o’tirishdi. “Kuchukmi yoki itcha?” Avera Fayziyeva.

  7. Samolyot – motorli, qanotli, havodan og’ir bo’lgan uchish apporati.

  8. Sog’lom – dard – kasaldan xoli, sog’, sog’lom odam. Misol: Ular tufayli men doim sog’lomman. “Yalqov va Qunduz” Shukrullo Abdullayev.

  9. Saxiy – qo’li ochiq, saxovatli, himmatli, oliyhimmat. Misol: Saxiydir shuning uchun , Oftobning umri uzun! Rauf Tolib.

  10. Sehrli – mo’jiza yaratish xususiyatiga ega, sehrlovchi, sehrlangan. Misol: Kitob shunday sehrli mo’jizaviy do’stki, uni necha marta o’qisangiz shuncha marta ta’sirlanasiz. “Yoshlikda o’qigan kitoblarim” Abdurahmon Akbar.

  11. Sayqal jilolash, silliqlash, narsa sirtiga ishlov berish natijasida hosil bo’lgan jilo. Misol: U o’rta asrlarda “Yer yuzining sayqali” deya e’tirof etilgan. “Borish kerak bo’lgan shaharlar”, “Bolalar ensiklopediyasidan”.

  12. Soy – ikki adir yoki tog’ oralig’idagi, ko’pincha oqar suvlar harakati natijasida hosil bo’lgan pastlik joy. Misol: “S” ni “L” ga almashib, Tiniq “Soy”ni “Loy” qilma. Yozuv “Yozuv” bo’lmasin Dilshod Rajab.

  13. Simyog’och – elektr simlarini o’tkazish uchun yerga tik holatda o’rnatilgan baland, yo’g’on xoda. Misol: “T” – hali sim tortilmay. Tip – tik turgan simyog’och. “Hrflar nimaga o’xshaydi” Anvar Obidjon.

  14. Sotuvchi - biror narsani ommaga yoyib sotadigan sotuvchi. Misol:Aqlli yo’lovchi sotuvchidan ishchilarga uzum berishini so’rabdi. “Uzum” Jaloliddin Rumiy.


  15. Download 48.58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling