Erkin harakat tezligining yoshga xos xususiyatlarini o’rganish


Download 84 Kb.
Sana10.09.2020
Hajmi84 Kb.
#129177
Bog'liq
1-amaliy mashgulot


1-AMALIY MASHG'ULOT ERKIN HARAKAT TEZLIGINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARINI O’RGANISH
Erkin harakat tezligi va aniqligi bolaning asab va mushak tizimlarini hamda koordinasiya mexanizmining rivojlanish darajasiga va takomillashishiga bog’liq, bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda mushak tolalari diametri kichikdir.

Shunga ko’ra uning chidamliligi 70% tashkil qiladi va charchashi katta odamlarnikiga nisbatan 2,5 baravar ko’pdir.

O’tkazuvchi yo’llarni to’liq mayinlashmaganligi tufayli harakat koordinasiyasi yetarlicha emasdir.

11-12 yoshda o’tkazuvchi yo’llarni mayinlashishi tugaydi va shunga ko’ra harakat koordinasiyalari juda tez takomillashib boradi. Harakatlar aniq va tez bo’ladi.

12-13 yoshda mushakni kuchi, tonusi va chidamliligi bo’yicha jinsiy farq, ko’rina boshlaydi. 14-15 yoshda jinsiy yetilishni boshlanishi tufayli organizmda gormonlar muvozanati o’zgaradi va asab tizimini reaktivligi oshadi, bu esa harakat koordinasiyasiga ta’sir ko’rsatadi.

Oldingi yillarga nisbatan harakat chidamligi buziladi. 16-17 yoshga kirganda organizmda yangi gormonal muvozanati yuzaga keladi va markaziy asab tizimining reaktivligi pasayadi. Harakat koordinasiyasi yaxshilanadi, chaqqonlik paydo bo’ladi va mushak kuchi hamda chidimliligi oshadi. 18-19 yoshda esa erkin harakatlanish ko’rsatkichlari yuqori darajaga ega bo’ladi.

Bolalarda asab va mushak tizimlarini rivojlanish darajasini bormoqlarni erkin harakatlanish tezligi bo’yicha xulosa qilish mumkin. Buni to’g’ri burchakda maksimal tezlik bilan quyilgan nuqtalarni miqdori asosida tavsiflasa bo’ladi.
Ishning maqsadi: Turli yoshdagi bolalar barmoqlarini erkin harakatlanish tezligini turlicha bo’lishini aniqlash.
Ishni bajarish uchun kerakli jihozlar: 5 ta qalam, 15 qog’oz varaqlari, qaysiki 6x10 sm hajmiga to’g’ri chizilgan, hamda sekundomer yoki strelkali soat.
Ishning borishi: Ish uchta yosh guruhiga bo’lingan 15 ta bolalar bilan o’tkaziladi (7-8.11-12 va 15-16). Наг bitta bolaga qalam va to’g’ri burchak chizilgan qog’oz beriladi. Bolalar qalamni qul bilan ushlab beriladigan komandaga diqqat bilan qarab turishadi. O’qituvchi tomonidan «Boshladik» degan komanda beriladi va sekundomer ishga tushuriladi. Shu vaqtdan boshlab bolalar to’g’ri burchakka qalam bilan nuqtalar quya boshlaydilar. Har bir bola ko’proq songa ega bo’lgan nuqta quyishga harakat qilishi kerak. 10 soniyadan o’tgandan keyin «Tuxta» degan komanda beriladi va bolalar nuqta quyishni tuxtatadilar. Shundan keyin bolalardan qog’ozlar olinadi va boshqa rangdagi qalam bilan quyilgan nuqtalr soni sanaladi va 1- jadvaldagi raqamlar bilan solishtiriladi.

2 -jadval. Barmoq harakatlari tezligini yoshga qarab o’zgarishi.


Yosh (yillarda)

Nuqtalar miqdori

O’g’il bolalar

Qizlar

7

40

35

8

45

38

9

52

41

10

56

44

11

58

47

12

60

51

13

63

53

14

65

55

15

67

58

16

70

62


Masalan: 8 yoshdagi 5 ta bola to’g’ri burchakga quyidagi nuqtalar quyishgan: 42,47,46,44,49.

Buni o’rtacha arifmetik raqamini aniqlash uchun:

M =(42 + 47 + 46 + 44 + 49) : 5= 45 O’rtacha arifmetik xatoni topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.


σ -kvadrat o’zgarishi, n-ko’zatuv miqdori. Kvadrat o’zgarishi quyidagi formular bo’yicha aniqlanadi.



Σ-jam belgisi, a2 - har qaysi ko’rsatkichning kvadrat va o’rtacha arifmetik farq,, n- kuzatuv miqdori. Arifmetik harakatlarni 2-jadvalda ko’rsatilganidek yozish mumkin unda x - har bitta alohida o’lchanganlik hisoblanadi.
3-jadval. Alohida o’lchovlar va o’rtacha arifmetik farq, hamda kvadrat summalari


Alohida o’lchovlar

O’rtacha arifmetik

X va M orasidagi farq

X va M orasidagi kvadrat farq,

X

M

a

a2

42

45

-3

9

47

45

2

4

46

45

1

1

44

45

-1

1

49

45

4

16


Ishni rasmiylashtirilishi: Daftarga 1-jadvalga qarab barmoqli yerkin harakat tezligini individual ma’lumotini hamda o’rta ma’lumotni yozish kerak.

Masalan: 8 yoshli bola 10 soniyada 42 ta nuqta qo’ydi. O’rtacha daraja 45 ta nuqta hisoblanadi.

Unda (42*100) :100= 93%, uni yerkin harakat tezligi yosh meyoriga to’g’ri keladi. Xar bitta yosh guruxi uchun quyidagi ko’rsatkichlarni yozish kerak: O’rtacha arifmetik raqam, kvadrat o’zgarish, o’rtacha arifmetik xatolarni. Turli yosh guruxdari orasida harmoqlarni harakat tezligini o’zgarishi to’g’risida xulosa qiling.



Savollar

1.Osish deb nimaga aytiladi?

2.Osishga tasir yetuvchi omillarni aniqlang?

3.Rivojlanish deb nimaga aytiladi?Biologik yosh davri deb nimaga aytiladi?

4.Darslikdagi matndan foydalanib 4-jadvalni toldiring:

4-jadval



Davrning nomi

Odamning yoshi

Fiziologik xususiyatlari

1










2










3










4










5










6










7











Talabalar bilimini baholash uchun tezkor savollar
1.Harakatni bosh miyaning qaysi qismi bajaradi?

2.Kichik yoshdagi bolalarning mushak chidamligi necha foizni tashkil qiladi.

3.7 yoshli bolalarda harakat tezligi o’rtacha nechtani tashkil etadi?
Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling