Ertak va hikoya o’qitish metodikasi


Download 210 Kb.
bet5/5
Sana09.06.2023
Hajmi210 Kb.
#1468377
1   2   3   4   5
Bog'liq
ertak o\'qitish metodikasi

Ertak o’qish metodikasi.

  • Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o’qishgagina emas, balki uni aytib berishga o’rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og’zaki nutqni o’stiradi, bolalar nutqini yangi so’z va iboralar bilan boyitadi, ona tiliga muhabbatni tarbiyalaydi.
  • 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o’rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni (agar ertak hajmi katta bo’lmasa) o’qituvchi aytib berishi mumkin.

Yuqoridagilarni hisobga olganda, ertakni izohli o’qitish darsining qurilishi quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • 1) o’quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
  • 2) o’qituvchining ertakni ifodali o’qishi, yod aytib berishi;
  • 3) ertakni o’quvchilar qanchalik idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o’tkazish;
  • 4) ertakni qismlarga bo’lib o’qish va tahlil qilish, undan ayrim tasviriy vositalar, sinonim so’zlarni topish, ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish;
  • 5) ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o’qish);
  • 6) ertakni aytish;
  • 7) umumlashtiruvchi suhbat (ertak g’oyasini ochish);
  • 8) ma’lum vazifa bilan ertakni qayta o’qish;
  • 9) vazifani tekshirish va yakunlash; (Nima uchun ertakni qiziqib o’qidik?)
  • 10) uyda boshqalarni ham qiziqtiradigan qilib ertakni o’qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.

Adabiyotlar ro`yхati:

  • Yu.K.Babanskiy “Hozirgi zamon umumta’lim maktablarida o`qitish metodlari” Toshkent-“O`qituvchi” 1990y.
  • Maxmudov M. “Maktabda muammoli ta’limni tashkil qilish” Toshkent-“O`qituvchi” 1981y.

Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling