«etnomadaniyat»


Download 5.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/41
Sana13.07.2017
Hajmi5.23 Kb.
#11133
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41

 
4-  masalaning  bayoni:    Bugun  demokratik  islohotlar  xalqlar    etnik  ongidagi 
о‘zgarishlar  omili  sifatida  e’tirof  etilmoqda.  Xush,  demokratiyaning  о‘zi  nima,  belgilari, 
asosiy  shartlari  nimalardan  iborat?  Demokratiyada  erkinlik,  tenglik,  ma’naviyat,  qadr-
qimmat qanday bо‘ladi? Va, biz demokratiyani qanday tushunamiz? 
 
Odatiy mushoxadalarga zid ularoq, demokratiya kecha paydo bо‘lgani yо‘q, qolaversa, 
u  G‘arbning  maxsuli  xam  emas,  aksincha,  demokratiya  qadim-qadimda  Sharkda 
shakllangandir.  Garchand  biz  kо‘p  yillik  sivilizatsiya  tarixini  yunonlardan,  rimliklardan 
boshlab  о‘rgangan  bо‘lsak-da,  Qadim  madaniy  taraqqiyot  aslida  xindlardan,  ulardan  xam 
avvalroq  xitoyliklardanu  turkiy  ajdodlarimiz  bо‘lgan  xunlardan  boshlangani  bugun  biz 
uchun  sir  emas.  О‘tmishda  Konfusiydan  bu  о‘tkinchi  dunyoda  odamday  yashash  uchun 
kerak bо‘ladigan yо‘lni, xayot tarzini birgina sо‘z bilan ifodalaganda, u qanday sо‘z bо‘lardi 
deb sо‘rashganida u — kenglik, bolalarim, kenglik!, degan ekan. 
Aslida demokratiya shu — bag‘rikenglik, murosa, birovni chidab eshitish, kengashish, 
mojarolarni  siyosiy  yо‘l  bilan  xal  qilmoq,  qanchalik  nokulay  bо‘lmasin,  о‘zgacha  fikrni 
xam  eshitmoq,  xamma  ijtimoiy  tabaqalar  bilan,  xalq  bilan  xisoblashmoqdir.  Insoniy 
munosabatlardagi  ana  shu  bag‘rikenglikni  davlat  siyosatiga  aylantirib,  uni  „demokratiya" 
deb ataydilar. 
Xozirgi  davrda  „demokratiya"ning  bir  necha  ma’nolari  mavjud.  “Demokratiya”ning 
birinchi  manosi  uning  etimologiyasi,  ya’ni  atama  sifatida  kelib  chiqishi  bilan  bog‘liq. 
Chunki, qadimgi Gretsiyada paydo bо‘lgan “demokratiya” atamasi demos — „xalq", kratos 
—  „xokimiyat"dan  iborat  bо‘lib, „xalq,  xokimiyati"  deb  tarjima  qilinadi.  AQShning  sobiq 
prezidenti A. Linkoln ushbu ta’rifni yanada tushunarliroq qilib, „demokratiya — xalq uchun 
xalq, saylagan xalq boshqaruvidir", deb izoxlaydi. (goyerment of the people, bu the people, 
for  the  people.)  Yuqoridagi  ta’riflarga  kо‘ra,  demokratiya  xalqning  о‘zidan  kelib  chiqadi 
(„of"),  xalq  tomonidan  amalga  oshiriladi  („bu"),  xalq  manfaatlari  uchun  xizmat  qiladi 
(„for"). 
Biroq, ayrim mualliflar „demokratiya" sо‘zining tom ma’nosi, kо‘pchilik о‘ylaganidek, 
„xalq  xokimiyati"  emas,  balki  „yо‘qsillar  xokimiyati"  („demos"  —  mulksiz,  yо‘qsil, 
mansabsiz) deb xisoblaydilar
2
. Bu fikrni rad etish shuning uchun xam mushkulki, Qadimgi 
Gretsiyadagi  Afina  davlatida  400  ming  axoli  bо‘lib,  uning  faqatgina  40  mingigina  teng 
xuquqli fuqarolar bо‘lishgan
3
. Mana shu un foiz axoli butun „demos" nomidan xokimiyatga 
da’vogarlik qilgan. Buning ustiga ayollar, kо‘chib kelganlar, qullar siyosiy xuquqlarga ega 
bо‘lmaganlar. 
Demokratiyaning  etimologik  ta’rifiga  nisbatan  kengroq  tushunish  uning  ikkinchi 
ma’nosini  keltirib  chiqaradi.  Unga  kо‘ra  demokratiya  —  „boshqaruv  va  qarorlar  qabul 
qilinishida  a’zolarning  teng  ishtirokiga  asoslanuvchi  xar  qanday  tashkilotning  tuzilish 
shakli" deya e’tirof etadi. 
Uchinchi  ma’noda  demokratiya  qadriyatlarning  ma’lum  bir  tizimiga  asoslanuvchi 
ijtimoiy  tuzum  ideali  sifatida  tushuniladi  va  uning  qadriyatlariga  erkinlik,  tenglik,  inson 
xuquqi, xalq suvereniteti va boshqalar kiritiladi. 
Tо‘rtinchi ma’nosida demokratiya xalq xokimiyatchiligi, demokratik maqsadlar va 
ideallarni amalga oshirish uchun ijtimoiy va siyosiy xarakatlar sifatida qaraladi. 
Bugungi    demokratik  islohotlar  sharoitida    xalqlar    etnik  ongidagi  о‘zgarishlarga,  
bugun  etnomadaniy  hayotimizda  sodir  bо‘layotgan  evolyusion  jarayonlarga  chuqurroq 
qaraydigan  bо‘lsak,  fikrimizcha,  unda  beshta  xususiyatining  sodir  bо‘layotganini 
                                                           
29
 Bekmurodov M. О‘zbek mentaliteti: jamoaviylik va individuallik nisbati. “Hurriyat” gazetasi, 2002 yil, 17aprel. 

 
255 
kо‘rishimiz  mumkin.  Ular:  Birinchidan,  sobiq  shо‘ro  hukmronligi  sharoitida  paymol 
etilgan  milliy  urf-odat,  an’ana,  qadriyat,  marosim  va  udumlarni  qaytadan  tiklanishining 
amalga  oshayotganini;  Ikkinchidan,  milliy-ma’naviy  merosning  qayta  tiklanishi  va  uni 
ommalashtirish  jarayoni  sodir  bо‘layotgani;  Uchinchidan,  ayrim  tiklanayotgan  urf-odat, 
an’ana  qadriyat,  udum  va  marosimlar  milliy-ma’naviy  hayotimizdan  mustahkam  о‘rin 
olmayotganligi;  Ular  an’anaviy  san’at,  kiyinish  va  turmush  kechirish  bilan  bog‘liq  ba’zi 
marosimlarda  kо‘zga  tashlanmoqda;  Tо‘rtinchidan,  ularni  о‘ta  “zamonaviylashtirishga” 
bо‘lgan  intilishlarning  kuchayotganligi  kо‘rish  mumkin.  Ayniqsa  ana  shu,  о‘ta 
“Zamonaviylashtirish”ning ikki  yо‘nalishida: a)  milliy  urf-odat, an’ana, qadriyat,  marosim 
va  udumlarga  bir  guruh  bozor  munosabatlarining  yaratgan  imkoniyatlaridan  foydalanib, 
moddiy 
jihatdan 
baquvvatlashib 
olgan 
millatdoshlarimiz 
tomonidan, 
ularning 
“manmanlik”ka berilayotganligi oqibatida “yangi” tus berilayotganligi; b) Hozirgi davrdagi 
jahon globallashuvining jadallashuvi oqibatida milliy urf-odat, an’ana, qadriyat marosim va 
udumlarimizga  xorijiy,  ayniqsa  g‘arb  qadriyatlarning  ta’sirining  kuchayotganligida; 
Beshinchidan, tiklanayotgan an’anaviy urf-odat, an’ana, qadriyat,  udum,  marosimlar bilan 
g‘arb  mamlakatlari  xalqlarining  bizning  milliy  mentalitetimizga  zid  bо‘lgan  yengil-yelpi 
urf-odat,  an’ana,  qadriyat,  san’at  va  axloqlarga  yoshlarimiz  tomonidan  taqlidchilikning 
kuchayayotganligi о‘rtasidagi qarama-qarshilikning mavjudligida namoyon bо‘lmoqda. 
Shuningdek,  ba’zi  bir  yoshlarda  pulni  har  qanday  omildan  ustun  qо‘yish,  ya’ni, 
“mening barcha  muammolarimni  pul  yechishi mumkinligiga ishonchim komil”,  “bugungi 
kunda  insonni uning pulini miqdoriga qarab baholashadi”, “pulni saqlash qobiliyatim bilan 
faxrlanaman”,  “dushmanim  yoki  raqobatchimga  ta’sir  qilish  uchun  kо‘pincha  pulni  ishga 
solaman”, “ba’zida  men о‘rtoqlarimda taassurot uyg‘otish uchun о‘zimga keraksiz bо‘lgan 
buyumlarni  sotib  olaman”,  “men  qarzga  pul  olishni  yoqtirmayman”,  “mening  kо‘pgina 
о‘rtoqlarim  menga  nisbatan  kо‘p  pulga  egadirlar”,  “men  lotoreya  о‘ynayman”,  “pulni 
sarflash men uchun maroqlidir”  degan  mulohazalarning paydo bо‘lishi  demokratiyani bir 
tomonlama tushunishning, bizning milliy mentalitetimizga zid bо‘lgan yengil-yelpi urf-odat, 
an’ana, qadriyat, san’at va axloqlarga  taqlidchilikning oqibatidir.   
Yoshlar  ongidagi,  xususan,  etnik        ongdagi  ijobiy  va  salbiy  omillarning  paydo 
bо‘lishiga      iqtisodiy    ijtimoiylashuv  jarayonlari      ham  sezilarli  darajada  о‘zini 
kо‘rsatmoqda, desak mubolag‘a bо‘lmaydi.  
 Zamonaviy ijtimoiy psixologiyada keng tarqalgan ta’riflarga kо‘ra, ijtimoiylashuv - 
individning hayoti davomida о‘zi yashayotgan jamiyat taalluqli bо‘lgan qadriyatlar, ijtimoiy 
rollar, xulq-atvorlarni  о‘zlashtirishidir. Bu holatda ijtimoiylashuv cheksiz hisoblanib, biron 
bir davri bilan chegaralanmay, aksincha, individning hayoti  davomida ijtimoiy malakalarni 
о‘zlashtirish  bilan  bog‘liq  hisoblanadi.  Ijtimoiylashuv  о‘zida,  individni  jamiyat  a’zosi 
sifatida  his  qilishi  uchun  zarur  bо‘ladigan  barcha  odob-axloq  va  qadriyatlar  tizimini 
о‘zlashtirishi bilan bog‘liq ijtimoiy jarayonlarni mujassamlashtiradi. 
Keng qamrovli adabiyotlar tahliliga tayanadigan bо‘lsak, bugungi kunda yoshlarning 
iqtisodiy  ijtimoiylashuviga  ta’sir  qiluvchi  hamda  dinamik  xarakter  kasb  etuvchi  ijtimoiy 
omillarni quyidagi kо‘rinishda tо‘laqonli tasavvur qilish mumkin:  
a) megaomillar: transmilliy korporatsiyalar, xalqaro tashkilotlar;  
b) makroomillar: mamlakat, davlat, madaniyat;  
v) mezoomillar: etnos (millat), hududiy shart-sharoitlar, shahar va qishloqlar, OAV;  
g) mikroomillar: oila, mehnat jamoasi, ta’lim muassasalari yoki diniy idoralar.  
О‘sib  kelayotgan  barkamol  avlodni  о‘tish  davridagi  tanaffuslar  oralig‘ida  ularni 
о‘zgarayotgan  shart-sharoitlarga  mos  ravishda  aniq  bilimlarga  tayanib  tarbiyalash, 
mohiyatan  dolzarbdir.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  soha  mutaxassislari  oldida  turgan 

 
256 
vazifalardan biri - bu bolaning shaxs bо‘lib shakllanishi davomida unga iqtisodiy hodisalar 
haqidagi  tasavvurlarni  singdirish,  ya’ni  iqtisodiyot  olamida  namoyon  bо‘ladigan  voqea  va 
hodisalar tо‘g‘risidagi bilimlarni bolalik davri bosqichlariga mos ravishda shakllantirishdir. 
Jahon  miqyosida  informatsion  xurujlarning  tobora  kuchayayotgan  bir    sharoitida,  
yoshlarimizni  ularning  ta’siridan  himoyalash,  ularning  milliy  о‘zligini  anglash    kabi 
etnomadaniyatimizning  boy  zaminlaridan  barhamand  qilish  ayni  paytda  dolzarb 
vazifalardan biridir.  
 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
Etnoijtimoiy  va  etnomadaniy  jarayonlar,  milliy  о‘z-о‘zini  anglashning  yangilanishi, 
lyuralizm,  “fazilat” va “qadriyatlar”, demokratiya, demokratik islohotlar, xalqlarning  etnik 
ongi, etnik    ongdagi ijobiy va salbiy omillar, ijtimoiy psixologiya, iqtisodiy ijtimoiylashuv,  
ijtimoiy  omillar,    megaomillar:  transmilliy  korporatsiyalar,  xalqaro  tashkilotlar; 
makroomillar:  mamlakat,  davlat,  madaniyat;  mezoomillar:  etnos  (millat),  hududiy  shart-
sharoitlar,  shahar  va  qishloqlar,  OAV;    mikroomillar:  oila,  mehnat  jamoasi,  ta’lim 
muassasalari yoki diniy idoralar.  
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.   Etnoijtimoiy va etnomadaniy jarayonlarning milliy о‘z-о‘zini  
anglashning yangilanishidagi ahamiyati qanday? 
2.     Etnomadaniyat millatning botiniy (ichki) va zohiriy (tashqi) salohiyatini 
       о‘zida ifoda etishini misollar bilan izohlang... 
3.     Milliy о‘z-о‘zini anglashdagi plyuralizmning milliy tiklanish   bilan      
        bog‘liqligi qay tarzda namoyon bо‘ladi? 
4.    Etnomadaniyatda millatga xos bо‘lgan “fazilat” va “qadriyatlar”ning aks    
       etishiga misollar keltiring... 
5.     Nima uchun demokratik islohotlarni  xalqlar  etnik ongidagi о‘zgarishlar omili deb 
 
hisoblaymiz? 
6. 
“Demokratiya” sо‘zining etimologiyasini izohlang... 
7. 
Bugungi kunda yoshlarning iqtisodiy ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi  qanday omillar 
 
mavjud? 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
      1.Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.   
      2.Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.:Ma`naviyat.1998 y. 
      3.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. -T.: Ma`naviyat, 2008 y.  
      4. Jabbarov I.M. О‘zbek xalqi etnografiyasi. - Toshkent:О‘qituvchi, 1994. 
      5.Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg‘ona.1998  yil. 
      6.Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg‘ona. 1998 y. 
      7. Bekmurodov M. О‘zbek mentaliteti. - Toshkent:“Yangi asr avlodi”, 2004. 
 
Elektron ta’lim resurslari: 
 
www. tdpu. uz  
1.
 
www. Ziyonet. uz  
2.
 
www. edu. uz  
3.
 
www. ma’naviyat. uz  
 
 
 

 
257 
16-mavzu: 
ETNOMADANIYAT VA MILLIY G‘OYA 
MUSHTARAKLIGI 
 
16.1.Ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi: 
Vaqti –2  soat 
 Talabalar soni: 60-70 nafar 
O‘quv mashg‘ulotining shakli
 Ma’ruza mashg‘uloti: 
Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi 
1.Milliy g‘oyada  ma’naviy qadriyatlarga ega 
bо‘lgan 
etnos 
borlig‘i 
mohiyatining 
ifodalanishi.   
2.Sotsializm  davri  xalqlari  ongida  milliy 
g‘oyaga munosabat.  
3.Millatlararo  munosabatlarda  mayda  millat 
va  elatlar  manfaatlarini  himoya  qilishning 
ahamiyati. 
4.Departatsiya 
qilingan 
xalqlar 
ongida 
etnomadaniyatga 
munosabat. 
Madaniyatlararo 
muloqot 
mintaqaviy 
konfliktlarni yechish omili.  
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Etnomadaniyat va milliy g‘oya mushtarakligi 
haqida  talabalarga    atroflicha  bilim  berib,    ularning  mavzuni  chuqurroq 
o‘zlashtirishlariga erishish 
Pedagogik vazifalar: 
 
-  Talabani  qiziqtirish,  bilim 
darajasini oshirish, yo‘naltirish, 
boshqarish; 
- Talabani faollashtirib, yangi 
mavzuning  bayoni  va  uni 
mustahkamlashda  hamkorlikka 
chorlab, maqsadga erishish; 
- An’anaviylikning 
noan’anaviylik bilan 
uyg‘unlashuviga  muvaffaq 
bo‘lish 
O‘quv faoliyatining natijalari: 
Talaba: 
-  Bilim darajasi yuksaladi;     
-  Mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lib 
boradi; 
- Berilgan didaktik materiallarni o‘rganadi; 
- Yangi mavzuning bayoni  va uni 
mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi; 
- Mavzuni atroflicha  o‘rganishga erishadi; 
- Faol harakat shakllanadi. 
O‘qitish uslubi va texnikasi 
Aq  charxi,  bayon  qilish,  vizual  ma’ruza,  blits-
so‘rov, klaster   usuli  
O‘qitish vositalari 
Ma’ruzalar matni,  tarqatma  materiallar, slaydlar, 
proyektor,   marker, doska 
O‘qitish shakli 
Jamoa, guruhlarda va juftlikda ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
 Proyektor, 
kompyutor 
bilan 
jihozlangan 
auditoriya 
 
16.2.Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi: 
Bosqichlar, 
 vaqti 
Faoliyat mazmuni: 
O‘qituvchi: 
Talaba: 
1-bosqich. 
1.1. Salomlashib,  mavzuga o‘tishdan  oldin  1.1.Aql charxi uchun 

 
258 
Kirish 
 (10 min) 
qisqa 
daqiqali 
aql 
charxi 
mashqini  
o‘tkazadi. 
1.2.Mavzu, 
uning 
maqsadi, 
o‘quv 
mashg‘ulotidan 
kutilayotgan 
natijalarni 
ma’lum qiladi(1-ilova) 
ajratilgan qisqa daqiqali 
jarayonda faol bo‘ladi. 
1.2. Ma’ruzaga 
tayyorgarlik ko‘radi. 
2-bosqich. 
Asosiy  
qism 
(60 min) 
2.1.  Yangi    mavzu  doirasida  talabalar 
bilimini  aniqlash  uchun  Blits-so‘rov  tashkil 
etadi: (2-ilova) 
-  2.2.    Savol-javoblar  jarayonini    yangi 
mavzu  bilan  bog‘laydi,    ma’ruzani    bayon 
etishni  boshlaydi.Taqdimotlar  namoyish 
etadi(3-ilova). 
2.3.Mavzuga oid vizual materiallarni taqdim 
etadi. 
2.4.  Klaster  usulida  tayyorlangan  vizual 
ma’ruzadagi 
chizmada 
aks 
etgan  
millatlararo  munosabatlarni    bayon  etishga 
talabalarni jalb qiladi 
(4-ilova) 
2.5.Talabalarning  fikrlariga  aniqlik  kiritadi,  
vizual  ma’ruzaning  kerakli  joylarini  yozib 
olishlarini taklif etadi. 
2.1.  Savollarni    tinglaydi,  
blits-so‘rov 
jarayonida 
ishtirok etadi. 
Berilgan javoblarni  
tinglab, mulohaza yuritadi. 
2.2.Ma’ruzani diqqat bilan 
tinglaydi.  
2.3.Vizual materiallarga 
e’tibor qaratadi. 
2.4.Chizmada aks 
ettirilgan fikrlarni 
tinglaydi, o‘qituvchining 
xulosasi bilan solishtiradi 
2.5. Vizual ma’ruzaning 
kerakli joylarini yozib 
oladi. 
3-bosqich: 
Yakuniy 
qism: 
(10 min) 
3.1.  Mavzuga  yakun  yasaydi,  darsda  faol 
ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi.  
3.2.  Mustaqil    ish  uchun      talabalarga 
savollar    taqdim  etadi,  ularga  yozma  javob 
tayyorlashni topshiradi 
3.1.Eshitadi 
 
3.2. 
Uyga 
berilgan 
vazifani yozib oladi.  
 
1-ilova: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MAVZU: Etnomadaniyat va milliy g‘oya mushtarakligi. 
Reja: 
1.
 
Milliy  g‘oyada    ma’naviy  qadriyatlarga  ega  bо‘lgan 
etnos borlig‘i mohiyatining ifodalanishi.   
2.
 
Sotsializm  davri  xalqlari  ongida  milliy  g‘oyaga 
munosabat.  
3.
 
Millatlararo  munosabatlarda  mayda  millat  va  elatlar 
manfaatlarini himoya qilishning ahamiyati. 
4.
 
Departatsiya  qilingan  xalqlar  ongida  etnomadaniyatga 
munosabat.Madaniyatlararo 
muloqot 
mintaqaviy 
konfliktlarni yechish omili.  
 
 

 
259 
 
 
 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Etnomadaniyat va milliy g‘oya mushtarakligi 
haqida  talabalarga    atroflicha  bilim  berib,    ularning  mavzuni  chuqurroq 
o‘zlashtirishlariga erishish 
O‘quv  faoliyatining  natijasi:  Talabalar  Etnomadaniyat  va  milliy  g‘oya 
mushtarakligi to‘g‘risida bilimga ega bo‘ladilar. 
 
2-ilova: 
1-o‘quv topshiriq 
 
 
“Блиts-сo‘ров” саволлари: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                                                                  3-ilova:   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
BLITS SО‘ROV SAVOLLARI: 
-
Etnomadaniyat fanini о‘rganishning ahamiyati nimadan 
iborat? 
-Etnomadaniyat  fani  qachondan  boshlab  fan  sifatida 
shakllana boshlagan? 
-Milliy g‘oya fani asoslarini nima tashkil etadi? 
-Milliy g‘oya  fani eng avvalo qaysi fanlar bilan aloqador? 
-Etnomadaniyat 
va 
milliy 
g‘oyaning  bog‘liqligi  
asoslovchi omillar nimalardan iborat? 
  
 
 
 
 
Milliy g‘oyada  ma’naviy qadriyatlarga ega bо‘lgan etnos 
borlig‘i mohiyatining ifodalanishi 
 Milliy  g‘oya  va  etnomadaniyatning  uzviyligi  shundaki, 
ularning  har  ikkisi  ham    milliy-ma’naviy  qadriyatlarga 
asoslanadi.  О‘zbek  xalqining  chaqaloq  tug‘ilgandan  boshlab, 
insonni  sо‘nggi  yо‘lga  kuzatishgacha  bо‘lgan  asriy  ajoyib 
odatlari,  qadriyatlari  borki,    ularning  har  biriga    kо‘plab 
misollarni keltirish mumkin. 
 
 
 
 
 

 
260 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
    
Milliy urf-odatlar
 
Milliy g‘oyada  
ma’naviy 
qadriyatlarga ega 
bо‘lgan etnos 
borlig‘i 
mohiyatining 
ifodalanishi 
   
An’analar, qadriyatlar
 
Rasm-rusumlar 
Sotsializm davri xalqlari ongida milliy g‘oyaga munosabat 
Milliy  qadriyatlar  о‘tmish  mustabid  tuzum  sharoitida  tazyiq  va 
tahqirga  uchragan,  ularga  «eskilik  sarqiti»,  «о‘tmishning  qoldig‘i» 
degan tamg‘alar bosilgan  edi.  hatto,  bolani  beshikka belash, isiriq 
tutatish,  maxsi-kavush  kiyish,  oyoqni  sandalda  issiq  tutish  kabi 
beg‘ubor odatlar ham shu tahqirdan chetda qolmagan.  
Mustamlakachilik  siyosati  soxta  qadriyatlar,  begona  taomillarni 
zо‘rlab kiritishga urindi. 
Millatlararo munosabatlarda mayda millat va elatlar 
manfaatlarini himoya qilishning ahamiyati 
Umuminsoniy  qadriyatlar  barcha  millatlar,  elatlar  va 
xalqlarning  maqsad,  intilishlarining  yaxlitligi,  umumiyligini 
ifodalaydi. Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarda  barcha  
millat  va  elatlar  manfaatlarini  himoya  qilish  kо‘zda  tutilgan. 
Hatto mayda millat deb e’tirof etilgan millat vakillarini ham.   

 
261 
4-ilova: 
2-o‘quv topshiriq 
 
Millatlararo munosabatlar: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MAVZU: Etnomadaniyat va milliy g‘oya mushtarakligi. 
Reja: 
1.
 
Milliy  g‘oyada    ma’naviy  qadriyatlarga  ega  bо‘lgan  etnos  borlig‘i 
 
mohiyatining ifodalanishi.  
2.
 
 Sotsializm davri xalqlari ongida milliy g‘oyaga munosabat.  
3.
 
Millatlararo 
munosabatlarda 
mayda 
millat 
va 
elatlar 
manfaatlarini 
 
himoya qilishning ahamiyati. 
4.
 
Departatsiya 
qilingan 
xalqlar 
ongida 
etnomadaniyatga 
 
munosabat.Madaniyatlararo 
muloqot 
mintaqaviy 
konfliktlarni 
yechish 
 
omili.  
 
1-masalaning  bayoni:  Milliy  g‘oya  -  millatning  о‘tmishi,  buguni  va  istiqbolini 
о‘zida  mujassamlashtirgan,  uning  tub  manfaatlari  va  maqsadlarini  ifodalab,  taraqqiyotga 
hizmat  qiladigan  ijtimoiy  g‘oya  shaklidir.  U  bevosita  insonlarning  о‘zligini  anglash  bilan 
bog‘liq. 
 
Milliy  g‘oyada    ma’naviy  qadriyatlarga  ega  bо‘lgan  etnos  borlig‘i  ifodalanadi.  
О‘zbek xalqining: “Yetti boboni bilgan er, yetti yurtning g‘amin yer” degan hikmati bor. Bu 
esa  о‘z  ajdodlari  va  ularning  tarixini  bilish  demakdir.  Demak,  milliy  о‘zlikni  anglash, 
avvalo,  о‘z  xalqining  tarixini,  asriy  an’analarini  bilish,  о‘z  etnik  ildizlarini    tanish    bilan 
bog‘liq. 
 
Milliy о‘zini anglagan xalq о‘zining boshqa millatlar ichida birortasidan kam yo ortiq 
emasligini, bu zamin barcha insonlar uchun umumiy makonligini, inson hayoti uning barcha 
burjlarida  eng  oliy  qadriyatligini  tushunib  yetadi.  Bu  esa  umumbashariy  о‘zlikni  ang-
lashning aynan о‘zidir. 
 
Milliy g‘oya о‘z mohiyatiga kо‘ra, xalq, millat taqdiriga daxldor bо‘lgan, qisqa yoki 
uzoq muddatda hal etilishi kerak bо‘lgan vazifalar va mо‘ljallarni ham aks ettiradi. Ikkinchi 
jahon urushi yillarida fashistlar Fransiyani bosib olganda “qarshilik kо‘rsatish” g‘oyasining 
milliy  g‘oya  darajasiga  kо‘tarilgani  va  Fransiyaning  ozod  etilishi  milliy  g‘oyaning  juda 
qisqa muddatda ham ulkan ahamiyat kasb etishiga misol bо‘la oladi. 
 
U  yoki  bu  g‘oyaning  milliy  g‘oya  sifatida  maydonga  chiqishi  millatning  о‘tmishi, 
mavjud holati bilan bevosita bog‘liq.  
 
 
 
 
 
 
 

 
262 
 
Biz  ba’zan  oynai  jahon  orqali  qandaydir  sabab  bilan  xotirasini  yо‘qotgan  kishilar 
haqidagi  filmlarni  kо‘rib  qolamiz.  Ular  ota-onasi  u  yoqda  tursin,  hatto  о‘z  ismlarini  ham 
unutib,  faqat  shaklangina  odam,  aslida  ayanchli  jo-nivorlarga  aylanib  qoladilar.  Endi 
xotirasiz xalqni tasavvur qi-ling. Bu chinakam fojiadir. Xotira shaxs uchun ham, xalq uchun 
ham  bebaho  ne’matdir.  Har  qanday  xotirada,  hatto  yosh  bola  yodida  ham  tarixiylik 
elementlari  bо‘ladi.  Tarixiylik  xotiraning  tayanchidir.  Shu  sababli  bosqinchilar  doimo 
xalqning  xotirasini,  ya’ni  tarixini  yо‘qotishga  harakat  qilganlar.  Chunki  xotirasiz  xalq 
manqurt bо‘ladi. Buyruq berilsa bas, о‘zini о‘zi qira boshlaydi. 
 
Tarixiy xotira - inson ma’naviyatining ajralmas qismi, о‘tmishni bilish, uni qadrlash, 
undan  saboq  olish  natijasidir.  Bu  borada  Prezident  Islom  Karimovning  “Tarixiy  xotirasiz- 
kelajak  yо‘q”  nomli  asari  katta  ahamiyatga  ega.  Unda  о‘tmishga  xolis  yondashish,  uni 
qadrlashga  alohida  e’tibor  qaratilgan.  Zero,  tarix  saboqlari  insonni  hushyorlikka  о‘rgatadi, 
irodasini  mustahkamlaydi,  ularni  dilga  jo  etib,  bunyodkorlik  va  yaratish  yо‘lidan  izchil 
borishga undaydi. 
 
Buyuk  mutafakkir  Beruniy  ta’kidlaganidek,  “о‘tmish  kelajakning  kalitidir”.  Uni 
bilish  imkoniga  ega  bо‘lish  muhim  ahamiyatga  ega.  Mustaqillik  tufayli  xalqimiz  tili, 
madaniyati,  urf-  odatlari,  an’analari,  qadriyatlarini,  bir  sо‘z  bilan  aytganda,  о‘z  tarixini 
mukammal bilish imkoniga ega bо‘ldi. 
 
Tarixiy xotira qanchalik boy, mazmunli bо‘lsa, xalq shunchalik uyushgan, hamjihat, 
ulug‘vor  ishlarni  bajarishga  qodir  bо‘ladi.  Tari-xiy  xotiraning  о‘ziga  xos  jihatlaridan  yana 
biri  о‘z  о‘tmishidan  faxrlanish  tuyg‘usidir.  Dunyoda  hududi  О‘zbekistondan  bir  necha 
marta  katta  bо‘lgan  ba’zi  davlatlar  ham,  aholisi  о‘troq  bо‘lib  yashashni  boshlagan 
moziyning  azaliyligi,  о‘nlab  shaharlarining  tarixi  2500  yildan  ortiqroq  ekanligi  bilan 
g‘ururlana olmaydi. 
 
О‘zlikni  anglash  va  tarixiy  xotira  bir-biri  bilan  о‘zviy  bog‘liqdir.  О‘zini  anglagan 
odam ajdodlari, xalqi bilan g‘ururlanganidek, tarixni yaxshi bilgan shaxs, shubhasiz, о‘zini 
ham teran tushunib boradi.  
 
Bir sо‘z bilan aytganda, tarix shunday manbaki, u insonning о‘zini anglashi, jamiyat 
oldidagi  burchi,  ajdodlar  ruhi  oldidagi  mas’uliyatini  tо‘g‘ri  tushunishiga,  istiqbolni  tо‘g‘ri 
belgilashga imkon beradi.  
 
Milliy  g‘oya  va  etnomadaniyatning  uzviyligi  shundaki,  ularning  har  ikkisi  ham  
milliy-ma’naviy qadriyatlarga asoslanadi. О‘zbek xalqining chaqaloq tug‘ilgandan boshlab, 
insonni  sо‘nggi  yо‘lga  kuzatishgacha  bо‘lgan  asriy  ajoyib  odatlari,  qadriyatlari  borki,  
ularning har biriga  kо‘plab misollarni keltirish mumkin. 
 
Masalan,  xalqimizning  sodda  tilida  о‘zbekchilik  degan  sо‘z  bor.  Bu  bizning 
milliyligimizning asosi bо‘lib, xalqimizga xos xislatlar majmuasi, xarakterini anglatadi. 
 
Xalqimizning milliy о‘ziga xosligi, oilaga munosabat, jamoaviy turmush tarzi, ya’ni 
mahallachilikda ham alohida sezilib turadi. 
 
Fuqarolik jamiyati shakllanishining dastlabki siyosiy instituti rolini о‘ynaydigan oila 
xususida qisqacha tо‘xtaladigan bо‘lsak, oilada jamiyatga xos bо‘lgan tipik xususiyatlar va 
vaziyatlar  о‘z  in’ikosini  topadi.  Oilada  har  bir  bolaga  qadriyatlar  tizimi  –  nima  yaxshi-yu 
nima  yomonligi,  qaysi  xatti  –  harakati  ma’qul,  qaysinisi  noma’qul,  qaysi  fikr  ma’niliyu, 
qaysi  biri  bema’ni  ekanligi  tо‘g‘risidagi  dastlabki  tasavvurlar  ota  –  ona,  yaqin  qarindosh  - 
urug‘,  qо‘ni  –  qо‘shni  orqali  singdiriladi.  Bundan  tashqari,  aynan  oilada  hokimiyat  va 
obrо‘lilik,  ya’ni  “avtoritet”  tо‘g‘irisidagi,  siyosiy  ongga  aloqador  bо‘lgan,  siyosiy 
ma’daniyat  va  huquqni  ifodalovchi  tasavvurlar  ham  kurtak  topadi.  Bir  qarashda  oddiy 
tuyulgan  er  va  xotinning  nikohga  bо‘lgan  munosabati,  uni  qadrlashi  bola  ilk  yoshlikdan 
oilani,  oiladagi  burch  va  mas’uliyatning  mohiyatini  teran  tushunib  borishga  imkon  beradi. 

 
263 
Bundan  tashqari  umumxalq  referendumlari,  saylovlar,  saylovoldi  jarayonlariga  munosabat, 
bunda  ota  –  onaning  faol  va  ongli  ishtirok  etishining  о‘zi  ilk  yoshdan  murg‘ak  qalbda  shu 
jamiyat va undagi siyosiy hayotning teng huquqli ish-tirokchisi bо‘lishi mumkinligi hissini 
tarbiyalaydi.  
 
Jamiyatning manfaatlari keng qamrovli bо‘lib, u har bir fuqaroning turfa qiziqishlari, 
ehtiyojlaridan  kelib  chiqadi.  Bu  holat  uning  haq  –  huquqlari  kо‘pligini  keltirib  chiqaradi. 
Buni biz bu-gungi kunda о‘zini о‘zi boshqarish organlari faoliyatida kо‘rib turibmiz. 
 
Mustaqillik yillarida mahallaga tarixda kо‘rilmagan darajada e’tibor kuchayib, о‘z – 
о‘zini  boshqaruvchi  tashkilot  sifatida  haq  –  huquqlari  ortib  bormoqda.  Bu  bejiz  emas, 
albatta. 
 
О‘zbek  xalqi  qadim  zamonlardan  buyon  jamoaviy  turmush  tarzida  yashab  kelgan. 
Kishilar,  oilalar  muammolari  mahallaning  kо‘pni  kо‘r-gan  oqsoqollari,  onaxonlari 
yordamida  hal  etilgan.  Jamoaviy  turmush  tarzi  jamiyat  taraqqiyotiga  ham  kuchli  ta’sir 
kо‘rsatgan.  Xususan,  temuriylar  davrida  shaharlarda  turli  hunar  egalari  mahalla-mahalla 
bо‘lib yashagani jamiyatni iqtisodiy, ma’naviy jihatlardan juda yuksaltirgan. 
 
Download 5.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling