Evolyutsiya nazariyasi


J. KYUVENING QIYOSIY ANATOMIYA VA PALEONTOLOGIYADAGI ISHLARI


Download 0.85 Mb.
bet5/8
Sana12.03.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1263342
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
malika evolutsiya

J. KYUVENING QIYOSIY ANATOMIYA VA PALEONTOLOGIYADAGI ISHLARI
Jorj Kyuve (1769— 1832) zoologiya, qiyosiy anatomiya, paleontologiya asoschisi sifatida katta kashfiyotlar qildi. Kyuve hayvonlar morfologiyasiga yangicha yondashdi. Uning fikriga ko'ra, morfologiya fanining asosiy vazifasi hayvonlar tuzilishini oddiygina tasvirlash bo’1may, balki uning qonuniyatlarini ochishdan iborat. U qiyosiy anatomiyaning shakllanishini nihoyasiga yetkazdi. Taqqoslash usulidan foydalanib, korrelatsiya prinsipini kashf etdi. Bu prinsipga ko‘ra, har qanday tirik mavjudot bir butun sistema bo'lib, uning barcha qismlari va organlari bir-biriga mos funksiyasiga ko'ra o’zaro bog’liqdir. Binobarin, organizm o’zaro bogliq organlarning birgalikda yashash natijasidan iborat. Mabodo, hayvonning hazm sistemasi go‘shtni ham hazm qilishga moslashgan bo‘lsa, jag‘lari o'ljani tutib turishga va yeyishga, tirnoqlari uni ushlashga va burdalashga, tishlari kesish va maydalashga moslashgan bo‘lishi kerak. Bunday hayvonning organlar sistemasi o ‘ljani poylab, tutib olishga, sezgi organlari uni uzoq masofadan payqashga moslashgan bo‘ladi va hokazo. Tuyoqli hayvonlarda boshqacha korrelatsiyani ko‘rish mumkin. Ularda o’ljani tutib olish organlari bo‘lmaganligi uchun ular o’txo‘r bo‘lishi kerak. Jag‘lari yon tomonga gorizontal harakat qilishi, tishlari yassi koronkali, urug’ va o'tni ezishga moslashgan bo’lishi kerak. Organlarning korrelatsiyasi tarixiy rivojlanish natijasidir, deb qaralgandagina, u to’g’ri hal qilingan bo'ladi. Biroq Kyuve korrelatsiya prinsipini asoslashda teleologiya oqimiga tayanadi va har bir organ hamda uning tuzilishi ma'lum maqsadda yaratilgan, deb uqtiradi. Shunga qaramay, u ilgari surgan korrelatsiya prinsipi katta ilmiy va nazariy ahamiyatga ega bo‘ldi. Kyuve «yashash sharoiti» prinsiplarini ham ilgari surdi. Bu prinsipga ko‘ra, har bir hayvon muayyan sharoitda yashashni ta’minlaydigan organ va belgilarga ega bo'ladi. Boshqacha aytganda, har bir hayvon m a’lum maqsad bilan muayyan sharoitda yashash uchun yaratilgan, degan teleologik mulohaza yuritadi. Kyuve organizm bilan muhit o'rtasidagi munosabatni, organizmlarning muhitga moslashganligini teleologiya nuqtayi nazaridan tushuntirishga urindi. Kyuvening fan sohasidagi yutuqlari tabiatshunoslikning rivojlanishi uchun, evolyutsion g‘oyalarni asoslash uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Lekin u o‘zi to'plagan dalillaridan ilmiy xulosalar chiqarmay, aksincha, organik dunyo o'zgarmas organizmlar tuzilishidagi moslanishlar azaliy deb, kreatsionistik, teleologik g‘oyalarni ilgari surdi va transformistik, evolyutsion qarashlarning dushmani bo‘lib qoldi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling