Excel elektron jadvallar bilan ishlash. Ma'Lumotlarni kiritish va taxrirlash. Excel dasturida avtoto`ldirishlar va avtohisoblashlar


EXCEL dasturini yuklash va unda ishni tugatish


Download 1.74 Mb.
bet2/12
Sana23.04.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1386919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
EXCEL ELEKTRON JADVALLAR BILAN ISHLASH MA\'LUMOTLARNI KIRITISH VA

EXCEL dasturini yuklash va unda ishni tugatish
Excel dasturini yuklashning bir necha usullari bor.

  1. Windows ishchi stolida MS Excel nomli yorliq bo’lsa, shu yorliqni ishga tushurish bilan Excelni yuklash mumkin. Ya‘ni shu yorliqga sichqoncha ko’rsatgichi keltirilib bir vaqtda ikki marta sichqonchaning chap tamondagi tugmasi bosiladi.

  2. Ishchi stoldagi MS Excel yorligiga ko’rsatgich keltirilib yorliqning kontekstli menyusi ochiladi va menyudan «Открыть» bo’limi tanlanadi.

  3. Agar foydalanuvchi vazifalar qatoriga Excelning belgisini (znachok) kiritib kuygan bo’lsa, shu belgini sichqoncha orqali tanlash bilan ham elektron jadvalni yuklash mukin.

  4. «Пуск» tugmasini bosib Windowsning menyusi chiqariladi, menyudan «programm» bo’limi tanlanadi, so’ng MS Excel tanlanib Excel EJ ni yuklash mumkin.

  5. «Пуск» tugmasini bosib Windowsning menyusi chiqariladi, «Документы» bo’limini chiqarib, Excelda yozilgan fayllardan birini tanlasaq shu fayl bilan birgalikda Excel EJ chiqadi.

Excel EJ yuklanganda ekranga ikkita oyna chiqadi, oynaning biri Excelning oynasi bo’lsa ikkinchisi EJ kitobinig oynasi.
1- rasmda Excel oynasining umumiy ko’rinishi va uning elementlari ko’rsatilgan.
Excel EJ dan chiqish uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin:
-sichqoncha yordamida boshqarish tugmalaridan ёпиш (закрыть) tugmasi bosiladi.
-menyudan «Файл» bo’limiga o’tiladi, so’ng «Выход» bo’limi tanlanadi. Bu ishni sichqoncha orqali yoki klaviatura yordamida ham bajarish mumkin. Alt tugmasi bosiladi, Enter klavishi bosiladi, so’ng «Выход» bo’limi tanlanadi.
- Faqat klaviaturadan foydalanish kerak bo’lsa, quyidagi klavishlar ketma-ket bosiladi. Chap Alt, Ф, ы.
- Alt va F4 klavishlari birgalikda bosiladi.
Excel EJ oynasining umumiy ko’rinishidagi nomerlangan elementlar quyidagilar:



  1. Excel oynasining belgisi va sarlavxasi.

  2. Excel Ejning menyusi.

  3. Excel oynasining boshqarish tugmalari. O’rash, (tiklash) yoyish va yopish tugmalari.

  4. Excel oynasining instrumentlar paneli.

  5. Yacheyka (katak) nomini ko’rsatuvchi satr.

  6. Formula (yozish) qatori

  7. Ustun nomlarini ko’rsatuvchi satr.

  8. Qator nomerlarini ko’rsatuvchi satr.

  9. Varaqlarni utkazuvchi (aylantiruvchi) tugmalar.

  10. EJ kitobining varaqlari.

  11. CHizish va ob‘ektlar bilan ishlashning instrumentlar paneli.

  12. EJ kitobini gorizontal aylantirish (utkazish) tugmalari.

  13. EJ kitobini vertikal aylantirish (utkazish) tugmalari.

  14. EJ varagi katagidagi kursor.




1-rasm

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling