Falsafa: fani bo’yich


Download 58.36 Kb.
bet1/3
Sana09.05.2023
Hajmi58.36 Kb.
#1448970
  1   2   3
Bog'liq
Oqbo\'tayev Shahzod


Toshkent moliya instituti

Falsafa: fani bo’yich

MUSTAQIL ISH



Bajardi;KI-72 guruh talabasi
OQBO’TAYEV SHAHZOD

TOSHKENT -2023

Mavzu: Tushunchani bo’lish nima va qanday usullarda amalga oshiriladi



Reja:
1.Tushuncha tafakkur shakllaridan biri sifatida
2.Tushunchaning turlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar
3.Tushunchalar ustida mantiqiy amallar
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLLARIDAN BIRI SIFATIDA
Inson tushunchalar vositasida fikrlaydi va o‘zaro munosabatda aynan shu tushunchalar orqali bir-biri bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dunyo va dunyo qonunlarining mohiyatini bilishi kundalik ong darajasidagi tushunchalar va ilmiy tushunchalar – kategoriyalar shaklida namoyon bo‘ladi.
Tushuncha moddiy dunyodagi narsa, hodisalarning umumiy va muhim belgilari hamda xususiyatlarining inson miyasida aks ettirilishi asosida paydo bo‘ladi.
Tushuncha tafakkur shakllaridan biri sifatida insonning oddiy hissiy bilish shakllari – sezgi, idrok va tasavvurdan farq qiladi. Sezgi – predmetlardagi ayrim jihatlar (rang, ta’m, hid va boshqalar)ning inson ongidagi aksidir, idrok esa predmetlarning inson miyasida to‘la, yaxlit holda in’ikos etishidir. Tasavvurda inson oldindan idrok qilgan holatlarning obrazlarini ko‘z oldida tiklaydi. Demak, ko‘rib turganimizdek sezgi, idrok, tasavvur kabi hissiy bilishning shakllari bevosita hamda ko‘rgazmalikka asoslanar ekan.
Tushunchada esa muayyan bir guruh predmetlarga xos bo‘lgan muhim va zaruriy belgilar umumlashtiriladi, natijada insonning tafakkurida alohida bir xususiyatga, ya’ni shakl, rang va boshqa belgilarga ega bo‘lgan aniq bir predmet – stol yoki stul emas, balki ularning umumiy obrazi shakllanadi.
Tushuncha bir-biriga o‘xshash narsa va hodisalarning umumiy hamda muhim tomonlarini ongimizda aks ettiradi. Chunki shu belgilar predmetning mohiyatini ko‘rsatadi.
Tushunchaning belgilari deganda nima tushuniladi?
Agar narsa-hodisalar biron jihati bilan bir-biriga o‘xshash yoki farqli bo‘lsa, shu o‘xshashlik yoki tafovut narsa va hodisalarning belgisi deb aytiladi. Biz ongimizda aks etgan narsa va hodisalarning belgisini
«tushunchaning belgisi» deb ataymiz.
Narsa va hodisalarning belgilari juda ko‘p. Ular predmetga bo‘lgan ahamiyati nuqtai nazaridan muhim va nomuhim belgilarga bo‘linadi.
Narsa va hodisalarning ma’lum nisbatda olinganida tub xususiyatlarini ifodalovchi belgi «muhim belgi» deb ataladi.
Predmetlarning mavjudlik mohiyatiga ta’sir qilmaydigan xususiyatlarini ifodalovchi belgi «nomuhim belgi» deb ataladi.
Belgilarni muhim va nomuhim belgilarga ajratish nisbiydir. Chunki bu holat insonning faoliyati va tajribasiga bog‘liq hamda o‘zgaruvchandir. Inson bilim doirasiga binoan o‘zgarib boradi. Muhim belgi nomuhimga, nomuhimdan muhimga o‘tib boradi. Demak, tushunchada narsa va hodisalarning birinchidan, eng umumiy va ikkinchidan, muhim belgilari ifodalanar ekan.
Narsa va hodisalarning umumiy, muhim, o‘ziga xos belgilarini insonning ongida yaxlit aks ettiruvchi tafakkur shakli «tushuncha» deyiladi.
Tushuncha haqida dastlabki tasavvurga ega bo‘lganimizdan so‘ng uning shakllanishi asoslarini, boshqacha aytganda, tushuncha shakllanishining mantiqiy usullarini bilishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tushunchaning shakllanishida taqqoslash, analiz, sintez, mavhumlashtirish va umumlashtirish kabi mantiqiy usullar muhim rol o‘ynaydi.
Muayyan narsa haqida tushuncha hosil qilish uchun dastlab ushbu predmetning boshqalar bilan o‘xshashligi yoki farqini aniqlash lozim. Aynan shu vazifani bajaruvchi mantiqiy usul «taqqoslash» hisoblanadi.
Tushunchani hosil qilishda foydalaniladigan yana bir muhim mantiqiy usul bu analiz va sintez. Tafakkurda analiz va sintez mavhum tushunchalar yordamida amalga oshiriladi va bunday tushunchalarni vujudga keltirishda asosiy usullardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bilishda u – taqqoslash, mavhumlashtirish va umumiylashtirish usullari bilan bog‘lab qo‘llaniladi.

Download 58.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling