Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


 ABU ALI IBN SINONING HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI


Download 58.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana24.06.2023
Hajmi58.83 Kb.
#1653478
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ibn sinoning falsafiy qarashlari

 


2. ABU ALI IBN SINONING HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI
 
Ibn Sino yosh bo’lsa ham, har xil fanlar sohasida uyida olib boriladigan 
suhbatlarni diqqat bilan tingladi va uqib olishga harakat qildi. Ibn Sino o’zi yozib 
qoldirgan tarjimai holida “...Lekin ularning fikriga qushilgim kelmasdi”
1
deb 
yozgan bo’lsa ham, lekin uning olim sifatida voyaga etgandan keyingi faoliyati 
chuqur o’rganilsa, Ismoiliylar ta’limotiga yaqinlashganligini sezish qiyin emas. 
Ibn Sinoning bolalik va o’smirlik davrlarida Buxoro Sharqning eng yirik 
madaniy markazlaridan hisoblanar edi. Shaharning shimol tomonida joylashgan eng 
yirik Farjak madrasasi ham bo’lgan. Akademik V.V.Bartold “История культурной 
жизни Туркестана” degan asarida X asrda Samarqandda 17 madrasa bo’lganligini 
yozadi. Bulardan tashqari, Buxoroda ko’plab musulmon maktablari, kasalxona va 
katta kutubxona bo’lgan. Dunyoning turli mamlakatlaridan keltirilgan nodir kitoblar 
sotiladigan alohida shahobchalar ham bo’lgan. Shaharda juda ko’p qonunshunoslar, 
olim, faylasuflar, me’mor va tabiblar yashagan. Buxoroga turli mamlakatlardan 
olimlar kelib turar, ular ilmiy bahslashuvlarda qatnashishi bilan, yoshlarga ta’lim 
ham berar edilar. Shu olimlardan birining rahbarligida Ibn Sino hind hisobini 
o’rganishga kirishadi va keyinchalik fiqh (musulmon qonun-shunosligi) dan 
tortishuv va bahslashuvlarda e’tiroz bildirish usullarini o’rganib olish uchun boshqa 
bir o’qituvchi oldiga qatnaydi va uni ham muvaffaqiyatli o’zlashtirib oladi. 
Ibn Sinoning otasi o’g’lining o’tkir zehnini sezgach, Buxoroga kelgan faylasuf 
Abu Abdulloh Notiliyni o’z uyiga taklif qilib, o’g’li bilan falsafa, mantiq (mantiq), 
geometriya va boshqa qator dunyoviy fanlardan mashg’ulot olib borishni topshiradi. 
1
Abu Ali ibn Sino tarjimai holi. Toshkent. “Fan”, 1980, 13-14 betlar. 



Download 58.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling