Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


-MA’RUZA ERGASH GAPLI QO’SHMA GAPLAR


Download 1.09 Mb.
bet56/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

14-MA’RUZA
ERGASH GAPLI QO’SHMA GAPLAR


Reja:

  1. Ergash gapli qo’shma gaplar haqida nazariy ma`lumot.

  2. Ergash gapli qo'shma gaplar tasnifi.

Ma`lumki, ergashgan qo’shma gaplarda ikki yoki undan ortiq sodda gaplar o'zaro hokim-tobelik munosabati orqali bog’lanadi. Ergash gap bosh gapga tobe bog’lanib, bosh gapdagi biror bo’lakni izohlab keladi. Bosh va ergash gap grammatik hamda mazmunan jips bog’lanib, yaxlit birlikni tashkil etadi va umumiy bir fikrni ifodalaydi. Ular o’zaro fe`lning amaliy shakllari (sifatdosh, ravishdosh va shart fe`li),yordamchi so’zlar orqali munosabatga kirishadi. Ergashgan qo'shma gaplarning guruhlanishi ergash gapning bosh gapdagi qaysi bo'lakni izohlab kelishiga qarab belgilanadi.


Eski o’zbek tilida ham ergash gapli qo’shma gaplarning yuqoridagi turlari qayd qilinadi. Quyida ularni ko’rib o'tamiz.
Ega ergash gapli qo’shma gaplar. Ma`lumki, ega ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan egani izohlab, to'ldirib keladi. Eski o’zbek tilida ega ergash gap bosh gapga quyidagicha bog’langan.
1. Hozirgi o’zbek tilidagidek, fe`lning shart mayli formasi yordamida: har kim padshSh bolsa.
2. -r(-ar, - er, -ur, -ur) affiksli sifatdosh formasi yordamida: Ul chin svzni palganga catar, durriu saminni najasatSha atar (Nav. MK).
3. Fe`lnyng anikdik mayli formasi yordamida: Har kishi kim tiriklik manziuliuga kelibtur, axiur dunya gamxanasiudiun kechkusidur (BN).
Kesim ergash gapli qo’shma gaplar. Kesim ergash gap bosh gapning olmosh bilan ifodalangan kesimini izohlab, bosh gapga hozirgi uzbek tilvdagidek, -ki,-kim boglovchisi orkali boglangan. Bosh gapning kesimi vazifasida hozirgi uzbek tilida shu olmoshi keladi. eski uzbek tilida esa ko’proq. bu, bular, ulu andac kursatish olmoshlari qo’llangan.
To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar. Ma`lumki, to’ldiruvchi ergash gaplar bosh gaplardagi tuldiruvchi mavkei (poziciyasi)ning ma`nosini tuldirib keladi va bosh gapga –ki -kim shakliy vositasi orkali bog’lanadi.
Hozirgi uzbek tilida tuldiruvchi ergash gaplar bosh gapga fe`lnyng shart mayli yxakli, deb yordamchisi, -mi,chi,-ku yuklamalari va -ki boglovchisi yordamida boglanadi. eski uzbek tilida esa asosan -kSh-kim vositasida boglangan.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling