5-мавзу: овқатланиш ва саломатлик


  Ovqatlanish  payti  gazeta,  jurnal,  kitob  o‘qish,  televizor  qarash,  shovqin-suron  bo‘lmasligi


Download 207.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/21
Sana05.01.2022
Hajmi207.87 Kb.
#202952
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
5-maruza-1

8.  Ovqatlanish  payti  gazeta,  jurnal,  kitob  o‘qish,  televizor  qarash,  shovqin-suron  bo‘lmasligi. 

Chunki hazm jarayoni aytib o„tganimizdek, murakkab reflektor-gumoral holat bo„lib, uning to„liq va benuqson 

amalga  oshishiga  harqanday  tashqi  omil  sezilarli  ravishda  ta‟sir  qiladi,  ya‟ni  bunday  paytlarda  yoki  tegishli 

tarkibli  shira  ajralishi  buziladi  yoki  oshqozon-ichaklarning  harakat  qilishi  odatdagidan  o„zgacha  bo„ladi. 

Oqibatda ishtaha bo„g„iladi yoki  yegan-ichgan  mahsulotlarning asl mazasi to„liq sezilmaydi va hokazo. Faqat 

kayfiyatni ko„taradigan yoqimli musiqa sadolari bundan mustasno. Bunday kuy va qo„shiqlar sekin tovush bilan 

yangrab tursa, hazm jarayoniga ijobiy ta‟sir etadi. Bunday payti ovqat tarkibiga mos fermentli hazm shiralari 

yetarli ajralib, yegan-ichgan vujudga yaxshi singadi. 

Kuchli  hayajonda,  qattiq  achchiqlanganda  yoki  o„ta  shodlangan  paytlari  hamda  kuchli  charchoq  hissi 

paydo  bo„lganida  o„zni  bosib  olmaguncha  yoki  biroz  dam    olmaguncha  ovqatlanmay  turgan  ma‟qul.  Chunki 

bunday holatlarda ham oromida shira ajralishi, oshqozon-ichaklarning meyoriy harakat qilishi buziladi, ba‟zan 



 

esa kulgi yoki hayajon bois ichaklarda qisilib qolish (spazm) holatlari ro„y beradi. Ota-bobolarimiz taomlanish 



payti  iloji  boricha  tinchlik  saqlashgan,  vag„ir-vug„ur  qilishmagan.  Amir  Temir  bobomizning  yozib 

qoldirishicha, uning askarlari taomlanish jarayonini shovqin-suronsiz amalga oshirgan. Yana shu narsa diqqatga 

sazavorki, kuchli hayajon yeb-ichadigan mahsulotlar ustidan nazoratni susaytirib, kishi ko„p miqdorda taomlarni 

aralash-quralash  qilib  yeb  qo„yishi  mumkin.  Aqliy  yoki  jismoniy  charchoq  esa  o„ziga  xos  ravishda  hazm 

jarayonini  ko„pincha  pasaytirib  yuboradi,  ishtaha  yo„qoladi,  kishi  nima  yeyishini  bilmay  qoladi. 

Achchiqlanganda, asabiylashganda hazm shiralarining meyoriy ajralishi buziladi, ko„pincha tormozlanadi. 




Download 207.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling