Tinglash va takrorlash mashqlari (Listen and repeat)
Tinglash va takrorlash mashqlari ko‘pincha yangi so‘zlarni rasmlar bilan
solishtirish mashqlaridan keyin yoki o‘quvchilar so‘z yoki so‘z
birikmalarining
ma’nosini bilib olgandan so‘ng bajariladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki,
yangi so‘z yoki qurilmalarning ma’nosini bilmasdan turib
ularni tinglab
takrorlagandan ko‘ra, o‘quvchilar ma’noni bilganlaridan so‘ng ularni tinglab
takrorlasalar yaxshiroq esda saqlab qoladilar.
Zanjir mashqi (Chain Drill)
Zanjir mashqi yangi til materiali bilan ishlashning eng samarali usullaridan
biridir. Ular har bir o‘quvchiga yangi til materiali
yoki qurilmani ishlatib
ko‘rishga imkon beradi. Ular juda tez bajariladi.
Zanjir mashqlari sinf mashqidir. O‘qituvchi yangi materialni tanishtiradi.
M-n.:
I like sewing. O‘qituvchi oldin bir o‘quvchi bilan mashq qilib ko‘radi,
boshqalar esa kuzatib, tinglashadi. U
I like sewing. What about you? deb
aytadi. O‘quvchi o‘zi uchun
javob beradi va shu savolni (What about you?)
so‘raydi. O‘qituvchi o‘zi uchun javob beradi va shu qurilmani shu o‘quvchi bilan
yana bir marta mashq qilib ko‘radi. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilardan
ushbu jarayonni quyidagidek bajarishni so‘raydi:
O‘q. 1: I like sewing.
(yonidagi o‘quvchi tomon buriladi) What about you?
O‘q. 2: I like reading books.
(yonidagi o‘quvchi tomon buriladi) What
about you?
O‘q. 3: I like drawing.
(yonidagi o‘
quvchi tomon buriladi) What about
you? va h.k.
Jarayonni tezlashtirish uchun o‘qituvchi Zanjir
mashqini qatorlarda tashkil
etishi mumkin.
O‘
yinlar (Games)
Darslikda o‘yin mashqlari ikki maqsadda ishlatilgan: sinfni faollashtirish va
darsda o‘rganilgan til yoki so‘z birikmalarini mashq qilish uchun.
Bu mashqlar
darsni qiziqroq olib borishga ko‘maklashadi va tilni a’lo darajada mashq qilish
imkoniyatini ham yaratadi. Ular o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadi
va ularni
ko‘proq o‘rganishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: