O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi berdax nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O’zbekiston va Qoraqalpog`iston tarixi”
- Dekan ____________________________dotsent. J.Hakimniyazov
- Adabiyotlar
O’ZBEKISTON OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI BERDAX NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI Gumanitar fakul`teti O’zbekiston va Qoraqalpog`iston tarixi kafedrasi «O’zbekiston tarixi» fani bo’yicha (5220200 tarix bakalavr mutaxassisligi I-II kurs talabalari uchun) MA`RUZA MATNLARI Tuzuvchi dots. Hakimniyazov J Nukus - 2008 Ma`ruza matnlarini tuzuvchi: tarix fanlari nomzodi dots.J.Hakimniyazov Taqrizchilar: t.f.d.prof.B.Koshanov,t.f.n.dots.J.Berdiev “O’zbekiston va Qoraqalpog`iston tarixi” kafedrasi majlisining __________2008 y ____bayonnomasi bilan tasdiqlashga taqdim etildi Kafedra mudiri: dotsent M.Seytimbetov Gumanitar fakul`teti o’quv metodik kengashi majlisining _______________ 2008 y._____ bayonnomasi bilan tasdiqlashga taqdim etildi Dekan ____________________________dotsent. J.Hakimniyazov O’ZBEKISTON TARIXI FANI PREDMETI, NAZARIY- METODOLOGIK ASOSLARI VA UNI O’RGANISHNING AHAMIYATI REJASI: 1. O’zbekiston tarixi fani predmeti va drolzarb muammolari. Manbalar 2. O’zbekiston tarixini eritishning nazariy-metodologik asoslari 3. Komil insonni tarbiyalashda tarixning roli Adabiyotlar: 1.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.1998 2.Avesto.Yasht kitobi. T.2001 3.O’zbekiston tarixi. 1-qism. A.Sagdullaev, B.Eshov tahriri ostida.T.1999. 4.Sulaymanova F. Sharq va G`arb. T.1997 5.O’zbekiston tarixi T.2003,2006 Tarix fani turli xalqlar qanday yashaganligi, ularning haetida qanday voqealar bo’lganligi, odamlar haeti va nima uchun o’zgarib hozirgiday bo’lib qolganligini o’rgansa, O’zbekiston tarixi esa shu ona zaminimizda o’tmishda yashagan xalqlarning haeti va ularning rivojlanish jaraenida sodir bo’lgan o’zgarishlar, voqealarni to’laligicha o’rganadigan fandir. Yurtboshimizning bu haqidagi fikrlari katta ahamiyatga egadir. «Hozir, O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya`ni bizning Vatanimiz, nafaqat Sharq, balki umumjahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganlini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siesatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va duneviy ilmlarning asoslari ana shu zaminda yaratilgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari shu kungacha fayzini, maqobatini yo’qotmagan, osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me`morchilik va shaharsozlik san`ati yuksak bo’lganligidan dalolat beradi.» Bizning ongimizdan tashqarida va bizning ongimizga bog`liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan borliq voqelik O’zbekiston tarixi fanining o’rganish ob`ektidir. O’zbekiston tarixi faqat turli bilimlar tarzidagi fan emas, balki bir necha asrlar davomida to’planib kelgan o’zaro ichki qonuniyatlar bilan chambarchas bog`langan bilimlar tizimi sifatidagi fandir. Shu ma`noda u o’zining o’rganish ob`ekti va predmetiga ega bo’lgan musatqil fandir. O’zbekiston tarixi fanining dolzarb muammolari echimini kutaegtagn va aniqlik kiritilish lozim bo’lgan masalalar talaygina. Xususan Vatanimiz hududida eng qadimgi davrlardan boshlab yashaetgan aholi va ularning joylashuvi bu aholining qo’shni qabilalar va elatlar bilan turli munosabatlari qadimgi aholining hozirgi o’zbek xalqi paydo bo’lishiga ta`siri, o’zbek xalqi tarixining paydo bo’lishining xronologik doirasi shular jumlasidandir. Undan tashqari, dastlabki o’zbek davlatchiliging paydo bo’lishi va rivojlanishi ham muhim masaladir. Ayniqsa, mahalliy qadimgi aholining o’troqlashuv va bu jaraen natijasida dastlabki aholi manzilgohlarining paydo bo’lishi dastlabki mnzilgohlar rivojlanib ilk shaharlarga aylanishi dastlabki shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma`daniy va ma`muriy markazlar sifatida rivojlanishi va nihoyat ushbu jaraenlarga asos bo’lgan omillar nihoyatda muhimdir. Respublikamiz hududlaridagi dastlabki davlat uyushmalarining o’zaro va qo’shni davlatlar bilan turli aloqalari, ularning tarixiy-geografik hududi va chegaralari ham ancha munozarali mavzu hisoblanadi. Hozirgi kunda qadar o’lkamiz hududlari va bu erdan chetda bitilgan o’rta asrlarga oid ezma manbalarni o’rganish bo’yicha turli ishlar amalga oshirilgan bo’lishiga qaramay bu yo’nalishda ham hilinadigan ishlar nihoyatda ko’p. Vatan tarixini o’rganishda manbalarning ahamiyati beqiyos bo’lib, bular moddiy va ezma manbalardir. Tariximizning eng qadimgi, ya`ni ezuvsiz zamonlarga oid davrini o’rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalar erdamga keldi. Bu manbalar topilmalardan iborat bo’lib ularga qadimgi manzilgohlar va shaharlar xarobalari, mozor-qo’rg`onlar qoldiqlari, turmush va xo’jalikda ishlatiladigan buyumlar, jangovor va mehnat qurollari, turli - tuman ashelar kiradi. Ezma manbalar esa, eng qadimigi bitiklar, ezuvlar va kitoblardan iboratdir. Moddiy va ezma manbalar ma`lumotlarni solishtirib, qieslab tarixni talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Vatan tarixini eritishda nazariy - metodologik asoslarni bilish katta ahamiyatga ega. Ilmiy, tarixiy metodlar tarixni yoritishning asosiy kaliti hisoblanadi. Birinchidan, O’zbekiston tarixining yaxlit kontseptsiyasini yaratish, buni amalga oshirish uchun bir butun tarixiy jaraenni nisbatan mustaqil bo’lgan bo’laklarga, ya`ni davrlarga bo’lish va ularni chuqur tahlil qilish lozim. Eng asosiy vazifalardan biri yangi ezilgan tarixni o’rganishni tashkil qilishdir. Haqiqatdan ham mustaqillik yillarida to’plangan qancha tarixiy hujjatlarni ilmiy asosda umumlashtirish vaqti keldi. Bu borada bir qancha ilmiy harakatlar ham bor. Ammo ularni yanada jadalroq, qat`iyroq amalga oshirish davr talabidir. Ilmiylik bilan bir qatorda xolislik turadi. Bunda har bir tarixiy voqea hodisalarni tahlil hilaetganda, xolis, haqqoniy ravishda o’rganish eki tarixnavisning hoxish-irodasidan tashqarida, voqea hodisalar qanday sodir bo’lgan bo’lsa, shundayligicha eritish ko’zda tutiladi. Har bir tarix ezuvchi sifatida o’zining mulohazalari va boshqa his-tuyg`ulari bilan atrofni o’rab turgan muhit bilan uzviy ravishda bog`liq. Bu bog`liqlik unga o’z ta`sirini o’tkazadi. Xolislik talab etadigan qoidalar shundan iboratki, ushbu yo’nalishda tarixiy- madaniy taraqqietni (tarixning turli davrlarida) o’rganish jaraenida bo’lib o’tgan eki shu taraqqiet bilan bog`liq bo’lgan jamiki voqea-hodisalarni hech bir o’zgarishlarsiz qanday bo’lib o’tgan bo’lsa o’sha holatda tahlil va talqin etish, tekshirish va xulosalar chiqarib yaxlit holga keltirish o’ta muhimdir. Bu holatda aniq manbaviy asoslarga tayanish, tarixiy jaraenlarni o’zaro chambarchas bog`liqligini assolash lozim bo’ladi. Bu jaraenda hududlar o’rtasidagi rivojlanish jaraenini o’zaro taqqoslash, qieslash faqat ijobiy natijalar berishi tabiiydir. O’zbekiston tarixini o’rganishning metodologik asoslaridan yayana biri bu voqea va hodisalarni dialektik tarzda o’rganishdir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o’zaro bog`lanishda, uzliksiz harakatda, ziddiyatli taraqqietida bo’ladi deb, ta`lim beradi. Bu metod O’zbekiston tarixini o’rganishda uni to’laligicha, voqea- hodisalarni bir-biri bilan bog`liklikda, ayrim tarixiy voqealarni o’rganuvchi fanlarni ham bir butinlikdi, uning bo’laklarini ajratib olmaslik va voqea- hodisalarni doimo o’zgarishda, rivojlanishda o’rganishni taqozo qiladi. Biroq bir davrhaqida fikr-mulohaza yuritilaetgan bo’lsa, ana shu davrning o’zga xos xususiyatini anglab olib, uni ko’rsatishni talab qiladi. Dialektik metodga asoslanib, tarixiy jaraenni umumiyik va alohidalik qoidalardan kelib chiqqan holda tushunish lozim. Unda tashqari dialektik metod O’zbekiston tarixini avolla O’rta Osie, qolaversa, jahon xalqlari tarixi bilan bog`lik holda o’rganishni taqoza etadi. Chunki mavjud bo’lgan har bir xalq, millat eki elat faqat o’ziga xos xususiyatlari bilan butun insoniyat taraqqietida umumiy bog`lanishdadir. Haqiqatan ham, o’zbek xalqining siesiy, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy rivojlanishi johon tarixiy taraqqietining ajralmas qismidir. Chunki eng 3adimgi davrlardan boshlab yaqin o’tmishna qadar O’rta Osie, Sharqiy Turkiston, Ettisuv, Eron, Afg`oniston, Shimoliy Hindiston kabi xududlar o’rtasida yagona iqtisodiy va madaniy makon mavjud edi. O’zbekiston tarixini o’rganishda tarixiylik metod ham alohida o’rin egallaydi. Bu metod tarix jaraenida sodir bo’lgan voqea hodisalarni o’rganishda ketma-ketlikni talab qiladi. Bir voqea-hodisa bilan boshqasini sabab-oqibatli bog`lanishi ham ko’rsatiladi. Tarixiylik voqea-hodisalarni qay tarzda sodir bo’lganligini, jamiyat rivojlanishda ayrim shaxslar va ularni roli to’g`risida to’g`ri , haqqoniy fakr yuritishga o’rgatadi. Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishiga, hozirgi zamon va keladagiga yagona tarixiy jaraen sifatida o’tmish hozirgi zamonnin tayerlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiet qonuni asosida qarashni talab qiladi. Bo’lib o’tgan tarixiy madaniy jaraenlarni, ajdodlarimiz qoldirgan ulkan merosni qanchalik chuqur va har tomonlama o’rgansak, anglab etsak hamda keng targ`ib, hozirgi zamonni shunchalik tushunib, kelajakni erkin tassavur etmiz. Ma`naviyatini tiklash, tug`ilib o’sgan yurtida o’izin boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat`iy nazar, jamiyatning har bir a`zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan o’rish, har xil aqidalar ta`siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonnin xusherlikka I.A.Karimov qalamiga mansub ushbu komil insonni tarbiyalashda Vatan tarixini xolisona va haqqoniy o’rganish naqadar muhim ekanligini dalilidir. Har tomonlama etuk, komil insonnin tarbiyalashda o’zbkeiston tarixining o’rni kattadir. Komil inson tushunchasiga yurtboshimiz yana unday ta`rif beradilar. “Komil inson deganda biz avvalo ongi yuksak, mustakil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma`rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi, u har bir narsani aql mantiq tarozisiga solib ko’radi, o’z vikir o’yi, xulosasini mantiq asosida ko’rgan kishi etku odam bo’ladi”. Bushungi kunda xalqning aniqsa, eshlarning ma`naviy ruhani mustahkamlash va rivojlantirish boasidagi ishlar davlatning oldida turgan muhim vazifalardan biri byalib kirib qolmaydi. Unga har kuni va har soatda tinmay sabr- bardosh bilan mehnat qilish orqali etishtirish mumkin. Bu xayrli ishda O’zbekiston tarixini o’rganishning o’rni beqiyosdir. O’rta Osiyo insoniyat tsivilizatsiyasining o’choqlaridan biri REJASI: 1. Jahon tsivilizatsiyalar tizimida O’rta Osie tsivilizatsiyasining o’rni 2. O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi Antropogenez jaraenlari 3. Ibtidoiy tasviriy san`at 4. Bronza davri yutuqlari Adabiyotlar: 1.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.1998 2.Arxeologlar xikoya qiladi. T.1974 3.O’zbekiston tarixi. 1-qism. A.Sagdullaev, B.Eshov tahriri ostida.T.1999. 4.Sulaymanova F. Sharq va G`arb. T.1997 5.O’zbekiston tarixi T.2003,2006 6.Kabirov J,Sagdullaev A O’rta Osiyo arxeologiyasi. T.1990 Hozirgi kunga kelib Vatan tarixiga bo’lgan diqqat-e`tibor nihoyatda kuchaygan bir davrda, O’zbekiston hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon tsivilizatsiyasining o’choqlaridan biri ekanligiga hech qanday shubha qolmadi. Undan tashqari, nafaqat O’zbekiston, balki butun o’rta Osie hududlarida olib borilayotgan keng miqiyosdagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon tsivilizatsiyasida tutgan yuqori o’rnini yana bor tasdiqlaydi. Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning tarixning turli davrlarida, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishini tsivilizatsiya tushunchasi o’zida aks ettiradi. Bu taraqqiet bosqichi insoniyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi, jamiyat rivojlanish darajasi, moddiy va ma`naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bilan izoqlanadi. O’rta Osiyo tsivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda paydo bo’ldi va rivojlandi. Misol uchun, janubiy xuddlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi VI ming yillikdayoq o’tib, unumdor hujalikni rivojlantirish bo’lsa, bu davrda shimoliy xududlardi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan shug`ullanganlar. Bu notekslik jaraenini tabiiy-geografik sharoitlar va o’zaro munosabatlar bilan izohlash mumkin. Bu o’rinda O’rta Osiening cho’l dasht xududlari hamda tog`oldi va dare vohalari xududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekslikni taqqoslab ko’rish (Kopetdog`, Hisor, zarafshon tog` oldi xududlari hamda Qizilqum, Qashqadare va Zarafshan vohasining dasht xududlari muhimdir. Undan tashqari O’rta Osieda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi aholining neolit davridaeq, yan`ni, miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklardagi o’zaro munosabatlari va bu aholining Sharqdagi, dastavval, Old Osiedagi boshqa qadimgi tsivilizatsiya o’choqlari bilan uzviy aloqada bo’lishi ham mahalliy tsivilizatsiyasining rivojlanishiga katta ta`sir ko’rsatgan. Ibtidoiy jamo tuzumi kishilik jamiyati taraqqietidagi eng uzoq davom etgan va eng qadimgi davridir. Bu davrni ezma manbalar asosida o’rganib bo’lmaydi. Shuning uchun ham ba davrni chuqur o’rganishda arxeologiya, etnografiya, antropologiya kabi fanlarning ahamiyati beqiesdir. Qadimgi odammlar o’z zarur faoliyati davrida atrof muhitga ta`sir ko’rsatib, kundalik haetda o’ziga zarur bo’ladigan mehnat qurollari yasagan, yashash uchun makonlar tanlagan, keyinchalik esa boshponalar kurganlar. O’z navbatida bu jaraenlar inson faoliyatiga ta`sir ko’rsatgan. Hozirgi paytda O’rta Osie xududi ibtidoiy jamiyat rivojlanishining alohida bosqichlari quyidagi davrlarga bo’linadi: 1. Paleolit (palayos-qadimgi litos-tosh) davri: bunda taxminan 800 ming yil ilgari boshlanib, ming yil ilgari tugaydi: a) ilk paleolit-Ashel` davri, 800-100 ming o’z ichiga oladi: b) o’rta paleolit Mkst`e davri, millioddan avvalgi 100-40 ming yilliklar: 2. Mezolit) mezos-o’rta, litos-tosh) miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklar. 3. Neolit (neos-yangi, litos-tosh)- miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar. 4. Eneolit (mis-tosh davri)-miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri-3 ming yilliklarning boshi. 5. Bronza asri- miloddan avvalgn 3-2 ming yilliklar., 6. Temir davri -miloddan avvalgi 1- ming yillikning boshlaridan. O’zbekiston xududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari Farg`ona vodiysidagi Salung`ur, Toshkent viloyatidagi Qo’lbuloq, Buxorodagi Uchut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo’pol qurollar ishlab termachilik bilan shug`ullanishgan. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan farq qilishgan. Ular tabiat oldida ojiz-bo’lib, unda taer bo’lgan mahsulotlarni o’zlashtirganlar. Ular na diniy tushunchani, na dehqonchilikni va na chorvachilikni bilganlar. O’rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Xo’jakent, Samarqanddagi Omonqo’ton, Boysun tog`laridagi Teshiktosh makonlaridan topilgan. Obirahmat makoni eysimon shaklda bo’lib, bu erda 1 m qalinlikdagi 21 ga madaniy qatlam aniqlangan. Topilmalar orasida nuqleuslar, parrakchalar, o’tkir uchli sihchalar, qirg`ishlar uchraydi, shuningdek, turli hayvonlar suyaklari ham kupchilikni tashkil etadi. Yana bir mashhur edgorlik Teshiktosh g`or makon bo’lib bu erdan turli-tuman qurollar va hayvon suyaklaridan tashqari, 9-10 yashar bolalarning qabriqazib ochilgan. Qabrdagi murdaning eniga turli tosh qurollar va arxar shoxi qadab qo’yilgan. O’rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarning mehnat qurollari takomillashib turmushida yangi unsunlar paydo bo’la boshlaydi. Eng muhimi, ibtidoiy to’zimdan urug`chilik jamoasiga o’tish boshlanadi. Shimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida ibtidoiy turar- joylarga asos soldilar. Jamoa bo’lib ov qilish paydo bo’ldi. So’ngi paleolit qadimgi tosh asriing so’ngi bosqichidir. Bu davrga oid makonlar Ohongarondagi Qulbuloo’, Toshkentning g`arbidagi Bo’zsuvv, hamda Samarqand shahridan topilgan. Ulardan topilgan topilmalar orasida qirg`ichlar, kestichlar, sixchalar, pichoqlar, boltalar kabi qurollar bor. Bu davrga kelib odamlar faqat tog`li xududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutug`i urug`chilik tuzimiga (matriarhat) o’tilishidir. Mezolit davri edgorliklari Surxondaredagi Machoy g`or makonidan, Markaziy Farg`onaning ko’pgina edgorliklaridan topib o’rganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana ishmolga qaytadi. Hayvonat va o’simlik dunesida katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Insoniyat o’z tarixidagi dastlabki murakkab moslama o’q-eyin kashf etadi. Mezolit davri qurollari paleolitta nisbatan ixshamligi va sifatliligi bilan farq qiladi. Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va temirchilik xo’jaligi yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib dastlabki uy chorvachiligi eki hayvonlarni xonakilashtirish boshlandi. Neolit davriga kelib qadimgi qabilalar haetida katta-katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu davr odamlari aksariyat hollarda dare sohillari va tarmoqlari eqasida, qullar bo’ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqib, baliqchilik va ovchilik eki dehqonchilik va chorvachilik hamda qisman xunarmandchilik bilan shug`ullanganlar. Eng katta yutuqlardan biri-qulolchilikning paydo bo’lishidir. Shuningdek, bu davrga kelib to’qimachilik va qayiqsozlik ham paydo bo’ladi. Neolit davri qabilalari xo’jalik shakllariga qarab qo’yidagi madaniyatlarga bo’linadi: Joytun madaniyati, Kaltaminar madaniyati, Hisor madaniyati. Joytun madaniyati. janubiy Turkiston xududidagi mil. avv. VI-V ming yilliklariga oid madaniyat. Bu erdan O’rta Osiedagi birinchi shaxsa uylar qoldiqlari, sopol idishlar namunalari aniqlangan. Aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan shug`ullangan. Kaltaminor madaniyati. Qadimgi Xorazm xududidan topilgan bo’lib mil.avv. V-IV ming yilliklarga oiddir. Topilmalar Kaltaminor qabilalarining baliqchilik, ovchilik va qisman hunarmandchilik bilan shug`ullanganidan dalolat beradi. Hisor madaniyati. Asosan, Hisor-Pomir tog`laridan topilgan. Milloddan avvalgi V-IV ming yilliklariga oid. Hisorliklar sopol idishlar yasab, asosan chorvachilik, ovchilik, qisman temirchilik bilan shug`ullangandir. Eneolit-mis-tosh davrida odamlar dastlabki metall bilan tanishdilar. Bu davrga kelib mis qurollar ancha takomillashgan bo’lsada, undan og`ir mehnat qurollari yasashning imkoni yo’q edi. Misdan asosan uy-ro’zg`or buyumlari, taqinchoqlar va harbiy qurollar yasalgan. Eneolit davri edgorliklari Buxoro viloyatining Lavlakon, Beshbuloq, Uchtut (mis koni) mavzelarda. Samarqand atroflarida (Sarazm madaniyati) topib tekshirilgan. Bu davrga kelib dehqonchilik O’rta Osiening shimoli-sharqiy xududlariga ham eyiladi. Hozirgi kunda ibtidoiy jamoa tuzumining turli bahslarga sabab bo’laetgan muammolaridan biri-antropogenez-odamning paydo bo’lishi va rivojlanishidir. Turli xududlarda qadim zamonlarda yashagan ilg`or mutafakkirlar odamning paydo bo’lishi haqida ilmiy ta`rifiga yaqin fikrlarni baen etganlar. Ular asosan insoniyat 8ayvonat olamidan ajralib chiqqan degan ikrni bildiradilar. Insoniyat paydo bo’lishi millionlab yillar davom etgan rivojlanish jaraenining natijasidir. Eng qadimgi qazilma odam qoldqlari Sharqiy Afrikadan (Olduvay), Indoneziyadan (Yava, pitekantrop), Xitoydan (sinantrop), Germaniyadan (Geydel`berg) topib tekshirilgan. Keyingi zamonaviy odamga ancha yaqin bo’lgan odam qoldiqlari dastlab Neandertal` (Germaniya) vodiysidan topilgan (O’zbekistondagi Teshiktosh). O’rta tosh davrida, birinchi navbatda mehnat jaraenida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiefasidagi odamlar hozirgi qiefadagi odamlarga aylana boshladilar. Ular jismoniy jihatdan kamol topib, hozirgi qiefadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez jaraeni tutsgadi (kroman`on ko’rinishdagi odamlar)yu. Odamning paydo bo’lishi erdan eng buyuk hodisalardan biri bo’ilb, u dastlab toshdan oddiy to’qmoq yasagan bo’lsa, uzluksiz me8nat, intilish natiyjasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga etib keldi. Dune tarixida ibtidoiy tasviriy san`at, xususan, g`oyalarning devorlariga turli tasvirlar chizish so’nggi paleolit davriga oiddir. O’Rta Osieda g`oyalar, ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo’ladi. Neolit davriga kelib esa rivojlangan bosqichga ko’tariladi. Kalaminor, Hisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub edgorlikdan ibtidoiy san`atlaning namunalari topilgan. O’rta Osiening tog`lik xududlarida keng tarqalgan bueq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-uyib ishqalash, usuli bilan ishlangan (petrogliflar) rasmlardir. Qzbekistondagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko’ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo’lmb, ular yuzdan zieddir. Bu erdan qoyatoshlarda O’zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonat olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular ibtidoiy buhalar, sherlar va yo’lbarslar, qoplan, tulki va bo’rilar, bug`u va jayron kabilardir. Rasmlar orasida 72-ey, uzun qilich, qanjar, dubulga, qopqon kabi narsalar ham kupchilikni tashkil etadi. Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondare) bo’lib, bu rasmlar mezolit- neolit, ya`ni, mil. Avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o’sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g`oyaviy qarashlari va diniy e`tiqodlari o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda bronzaning vatani Kichik Osie va Mesopotamiya bo’lgan. Mil. Avv. III ming yillikka kelib O’rta Osie xududlarida ham bronza qurollar keng tarqaladi. O’Zbekiston xududlarida bronza davri edgorliklari ko’pldab uchraydi. Bu davrga mansub madaniyat izlari dastlab Xorazm, keyinroq esa Zarafshon va Qashqadare hamda Farg`ona vodiylaridan topilgan. Ulardan eng yiriklari tozabogeb, Zamonbobo, Sopollitepa, Jarqo’ton, Chust, Amirobod edgorliklaridir. Bu edgorliklarda olib borilgan tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, bronza davrida kishilik jamiyati madaniy taraqqietida katta- katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Aholi xo’jalik yuritishning muayyan ko’rinishlariga, ya`ni vohalarda, kullar, darelar va saylar bo’ylarida dehqonchilikka dasht va tog` oldi xududlarida chorvachilikka (mehnatning dastlabki yirik taqsimoti) o’tib oldi. Bu davrga kelib O’rta Osiening ijtimoiy tuzimida ham o’zgarish jaraenlari bo’lib o’tdi. Urug`chilik tuzumi bronza davridayam davom etgan bo’lsada ona urug`ining mavkei yo’qolib bordi. Metall eritish va xo’jalikning rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mehnat va mavkei birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lib bordi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumiknki, bronza davri jamiyat taraqqietida de8konchilik, chorvachilik, ovchilik va hunarmandchildik rivojlanishida erkaklar etakchilik qilganlar. Aellar erkaklar ishlab chiqargan narsalarni iste`mol qilishda ishtirok etsalar ham unga egalik qilishdan mahrum bo’ladilar. Ishlab chiqarishda hukmronlik qilish shu tariqa erkaklar quliga o’tali va ona urug`i tuzumi o’rnini ota urug`i (patriarxat) tuzimi egallaydi. Bronza davriga kelib ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi, mehnat unumdorligining oshishi natijasida ayrim kishilar qo’lida boylik (dehkonchilik qurollari, dehkonchilik chorvachilik mahsulotlari va boshqa) to’planib borgan bo’lsa, ba`zi birlari qashshoqlanib ularga qaram bo’lib boradi. Dastlab mulkiy tabaqalanish, keyin esa ijtimoiy tabaqalanish natiyjasida urug`chilik tuzimi xaroblarida sinfiy jamiyat paydo bo’ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling