Geografiya darslarida sinfdan tashqari ishlar


Download 9.7 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi9.7 Kb.
#1635056
  1   2
Bog'liq
geografiya darslarida sinfdan tashqari ishlar

geografiya darslarida sinfdan tashqari ishlar

Bajardi: Xo‘shboqova F.K.


R E J A : 
  • Geografiya o‘qitish metodikasi uchun fanlararo aloqalarining ahamiyat
  • Geografiya o‘qitish metodikasiningpedagogika fanlari bilan aloqadorligi
  • Geografiya o‘qitish metodikasining geografiya fanlari bilan aloqadorligi
  • Pedagogik-psixologik tadqiqotlar va geografiya ilmi tushunchasi

Geografiya o‘qitish uslubiyoti geografiya, didaktika va pedagogika-psixologiya fanlari bilan chambarchas bog‘langan. Geografiya o‘qitish uslubiyoti geografiya fani bilan chambarchas bog‘liq. Bu bog‘liqlik quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
  • geografiya fani maktab geografiyasi mazmunini asosini tashkil qiladi va uning rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi:
  • geografiya fanining mazmuni maktab geografiyasining tuzilishida aks etgan. Maktab geografiyasi ikki qismdan: tabiiy va iqtisodiy geografiyadan hamda fakultativ kurslardan iborat:
  • o‘quv vositalari va ular bilan ishlash usullari geografiya fanida qo‘llaniladigan usullar bilan aniqlanadi. Masalan: geografiyada keng qo‘llaniladigan xaritaviy usullar, maktab geografiyasida ham keng ishlatiladi.. (Xaritalar bilan ishlash), dalada bajariladigan ilmiy-tekshirish ishlari maktabda o‘tkaziladigan o‘quv-sayohatlarda aks etgan:
  • geografiya ta’limining mazmuni geografiya fanining rivojlanishi bilan doimo takomillashib boradi. Hozirgi paytda maktab geografiyasida yangi-yangi tushunchalar tobora ko‘payib bormoqda, masalan, TTG va TICHK: HICHK.

Didaktika hamma o‘quv predmetlarini uslubiyotini umumiy ilmiy asosini tashkil qiladi. Geografiya ta’limi didaktika fani tomonidan asoslab berilgan qonuniyatlar, qonunlar va qoidalar asosida rivojlanadi. O‘quvchilar ongida ekologik bilimlarni shakllantirishda predmetlararo aloqa harakteridagi darslar alohida o‘rin tutadi. Tajriba-sinov ishlari davomida bunday dars mavzulari quyidagicha bo‘ldi:
  • Shahar va qishloqning ekologik muammolari
  • Suvdan oqilona foydalanish yoki Orol bo‘yi muammolari
  • Transport va uning ekologik muammolari
  • Energetika muammolari
  • Shamol energiyasidan foydalanish istiqbollari
  • Chiqitsiz texnologiya
  • Quyosh, geotirmal suv ko‘tarilishi va qaytish energiyasi manbalari va ularda oqilona foydalanish
  • Kosmosni o‘zlashtirish va uning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish
  • Atom energiyasida foydalanishning ekologik muammolari va hokazolar.

Bunday darslar tizimining asosiy vazifasi “Insoniyat – jamiyat-tabiat” orasidagi munosabatlarni ochib berishdan iborat.
Predmetlararo aloqa asosida o‘quvchilarni geografik bilimlar tizimi bilan qurollantirish o‘quv predmetlari integratsiyasini joriy etishni taqozo etadi. Shu tufayli so‘nggi o‘quv dasturlarida predmetlararo aloqani amalga oshirish g‘oyasi yotadi. Darslar mazmuniga ko‘ra turli o‘quv predmetlari keng jalb qilinadi. Masalan: 6-sinfda geografiya, biologiya, matematika, 7-sinfda geografiya, fizika, kimyo, biologiya, 8-sinfda geografiya, fizika, kimyo, biologiya, mehnat, 9-sinfda geografiya, tarix, huquq, fizika, kimyo, biologiya, 10-sinfda inson va jamiyat, tarix, mehnat, fizika, kimyo, biologiya, geografiya predmetlarini ko‘rsatish mumkin. Bunday darslar asosida ta’lim predmetlararo ichki aloqa bosqichidan predmetlararo tashqi aloqa darajasiga ko‘tariladi. Natijada o‘quvchilarda tabiat va inson orasidagi munosabatni oydinlashtiruvchi bilimlar tizimi shakllantiriladi.
Hozirgi kunda o‘qituvchilar oldida mamlakatimiz xalq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasini yaratishda kimyo industriyasining ahamiyati katta ekanligini o‘quvchi ongiga singdirishdek ma’suliyatli vazifa turibdi. 5-sinfdan boshlab tabiiyot va geografiya darslarida o‘quvchilar kimyo fani bilan ham ilk bor tanishadilar. Jumladan, o‘quvchilarga geografik bilimlar berilayotganda Respublikamiz foydali qazilmalari bilan tanishtirilayotganda kimyoviy xom ashyo zahiralariga ko‘ra dunyoda oldingi o‘rinlarda turadi. Hozirgi zamon kimyo sanoatining xom ashyo bazasi tubdan o‘zgarayotganligi kabilarni o‘qituvchi aytib o‘tadi.
Tajriba jarayonida maktab kimyo predmetining qator mavzularini puxta tushunishlari uchun o‘quvchilar biologiya va geografiyadan olgan bilimlarga asoslanishlariga to‘g‘ri keldi. Masalan: 7-sinf kimyosida “Suv, asoslar, eritmalar” haqida ma’lumotlar berishda, bu bilimlarning “Tabiatda suv, toza suvning olinishi va uning fizikaviy xossalari” mavzusini o‘rganishda 5-sinf geografiyasida “Quruqlikda suv” mavzusida o‘tilgan geografik bilimlardan foydalanishsa maqsadga muvofiq keladi.
Mamlakatimiz hududidagi juda ko‘p va xilma-xil boyliklarni o‘quvchilarga tushuntirishda tabiiy xaritadan foydalaniladi. Shunday ekan, kimyo darslarida ham xaritadan foydanilsa, yanada yaxshi bo‘ladi va dars materiallarini tushunish bilan birga o‘quvchilarning geografiyadan olgan bilimlari mustahkamlanadi.
Ushbu mavzu geografiya, kimyo, adabiyot fanlaridagi aloqadorlik asosida qarab chiqiladi. Kimyo darslarida ekologik materiallardan foydalanish faqat nazariy ahamiyat kasb etmay amaliy ahamiyatga ham ega. O‘quvchilarning ekologik meyorlar bilan yaqindan tanishishi ularni quyidagi xulosalarga olib keladi:
O‘quvchilar biosferada ro‘y beradigan kimyoviy o‘zgarishlardan tabiiy komponentlarning yaxlitligini bilib oladilar, ular tajriba paytida sifat va miqdoriy taqqoslashlardan foydalanib, atrof-muhitning parametrlarining miqdoriy o‘zgarishlariga bog‘liq ekanligini bilib oladi.
Maktabda o‘tiladigan biologiya fani o‘rganadigan obektlarning ayrim sohalari bo‘yicha geografiyaga juda yaqin turadi. Bu bir-biriga yaqin fanlar tabiatidagi bir xil hodisa va predmet (narsa)larni o‘rganishda o‘ziga xos xususiyatlardan foydalanadilar.

Download 9.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling