Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar r e j a


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1278478
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR



 
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA SINFDAN 
TASHQARI ISHLAR
 
 
 
R E J A : 
 
1. Geografiya o‘qitish metodikasi uchun fanlararo aloqalarining ahamiyati 
 
2. Geografiya o‘qitish metodikasining pedagogika fanlari bilan aloqadorligi 
 
3. Geografiya o‘qitish metodikasining geografiya fanlari bilan aloqadorligi 
 
4. Pedagogik-psixologik tadqiqotlar va geografiya ilmi tushunchasi 


Geografiya o‘qitish uslubiyoti geografiya, didaktika va 
pedagogika-psixologiya fanlari bilan chambarchas bog‘langan. 
Geografiya o‘qitish uslubiyoti geografiya fani bilan 
chambarchas bog‘liq. Bu bog‘liqlik quyidagilarda namoyon 
bo‘ladi: 

geografiya fani maktab geografiyasi mazmunini asosini 
tashkil qiladi va uning rivojlanishi uchun asos bo‘lib 
xizmat qiladi: 

geografiya fanining mazmuni maktab geografiyasining 
tuzilishida aks etgan. Maktab geografiyasi ikki qismdan: 
tabiiy va iqtisodiy geografiyadan hamda fakultativ 
kurslardan iborat: 

o‘quv vositalari va ular bilan ishlash usullari geografiya 
fanida qo‘llaniladigan usullar bilan aniqlanadi. Masalan: 
geografiyada keng qo‘llaniladigan xaritaviy usullar, maktab 
geografiyasida ham keng ishlatiladi.. (Xaritalar bilan 
ishlash), dalada bajariladigan ilmiy-tekshirish ishlari 
maktabda o‘tkaziladigan o‘quv-sayohatlarda aks etgan: 

geografiya ta’limining mazmuni geografiya fanining 
rivojlanishi bilan doimo takomillashib boradi. Hozirgi 
paytda maktab geografiyasida yangi-yangi tushunchalar 


tobora ko‘payib bormoqda, masalan, TTG va TICHK: 
HICHK. 

Geografiya ta’limi ekologiya fani bilan ham chambarchas 
bog‘liq, chunki hozirgi paytda maktab geografiyasida 
ekologik tarbiyaga alohida ahamiyat kasb etmoqda. 
Didaktika hamma o‘quv predmetlarini uslubiyotini umumiy 
ilmiy asosini tashkil qiladi. Geografiya ta’limi didaktika fani 
tomonidan asoslab berilgan qonuniyatlar, qonunlar va qoidalar 
asosida rivojlanadi. Didaktika geografiya o‘qitish jarayonining 
tarkibiy 
qismlari 
o‘rtasidagi 
qonuniy 
bog‘lanish 
va 
munosabatlarni oydinlashtiradi va shu asosda o‘qitishning 
maqsadi, mazmuni va usullari o‘qitish jarayonini jihozlashga 
doir talablarni belgilab beradi. o‘qitish uslubiyoti fani 
didaktikaga suyanibgina qolmasdan balki uning rivojlanishi 
uchun muhim ma’lumotlar beradi. masalan, o‘quvchilarning 
geografik bilim, ko‘nikma, shakllantirish va boshqalar. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling