Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar r e j a


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana16.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1278478
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR

 


Biologiya-o‘simlik 
va 
hayvonlarning 
xayotiy 
xususiyatlarini muhit bilan bog‘lab o‘rgatsa, geografiya esa 
ularni hududda tarqalish sabablarda o‘rganadi. 
Maktab geografiyasida tabiat zonalari, o‘simlik, tuproq, 
hayvonot dunyosining iqlimgi bog‘liq holda tarqalish qonuniyati 
o‘rganilsa, zoologiya darsida ayrim hayvonlarning qay tarzda 
yashashi va ovqatlanishiga bog‘liq organizm tuzilishi 
o‘rganiladi. Geografiyada mazkur hayvonning qayerda va qaysi 
sharoitda, qanday sababga ko‘ra shu yerda yashashi o‘rganiladi. 
Geografiya materiallarini o‘zlashtirishda matematikada 
o‘tiladigan gradus burchaklarni o‘lchash, musbat va manfiy 
sonlar, foiz kabi tushunchalar katta yordam beradi. o‘quv yili 
oxirida 
o‘tiladigan 
“Geometrik 
yasash”, 
“Parallellik”, 
simmetriya, uchburchak yasash, umuman yuzalarni o‘lchashga 
oid mavzular geografiya darslarida uzunlikni aniqlash, yer 
yuzasi turli nuqtalari oralig‘ini o‘lchash, ko‘l, orol, dengiz 
yuzalarini hisoblash uchun zarur materiallar hisoblanadi. 
Matematikadan olingan bilimlarga tayangan holda mutlaq va 
nisbiy balandlik tushunchasi, ob-havoni kuzatish natijalarini 
hisoblash, havodagi suv bo‘g‘i to‘yinishi kabi tushunchalar oson 
o‘zlashtiriladi. 
Ekologik mazmundagi masalalar yechishda raqamlar orqali 
o‘quvchilar mustaqil ravishda yangi axborot olib ekologik 


muammolarni mazmunini chuqur bilib olib, ularda qiziqish hosil 
bo‘ladi. 
Bu 
qiziqish 
hududning 
boyliklari, 
ularga 
yetkazilayotgan ziyonni aniqlashni, insonning tabiatga ta’siri 
oqibatlarini bilib olishga olib keladi. Keyinchalik esa bunday 
masalalardan geografiyaning barcha kurslarida, rolli o‘yinlar 
jarayonida ham foydalansa bo‘ladi. 
Maktabda fizika fani bilan geografiya predmetini bog‘lab 
o‘qitishni taqozo qiladi. Maktab fizika kursining mazmuni, 
o‘qituvchiga, o‘quvchilarda dunyoning moddiyligi va undagi 
hodisalarning bir-biriga 
bog‘liq ekanligi, bu hodisalar 
qonuniyatlarini bilish mumkinligi va bu qonuniyatlarning 
amaliy faoliyatimizda ishlatilishi to‘g‘risida tasavvur hosil 
qilishga imkon beradi. fizika bo‘yicha bu qonuniyatlarning 
mohiyatini bilish, jumladan, atmosferada bo‘ladigan elektr 
hodisalarini, quyosh va oy tutilishlarini o‘rganish, o‘quvchilarga 
raketalarning uchishi to‘g‘risida kinofilmlarni ko‘rsatish, 
o‘quvchilarni ilmiy-ateistik ruhda tarbiyalashga aniq material 
bo‘ladi. 
Geografiya o‘qituvchisining ona tili, rus tili va adabiyot, 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling