Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar r e j a
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR
chet tili o‘qituvchilari bilan bog‘lanishlari, darsda mavzuga
doir, darsning samaraliligini oshirishga doir o‘quvchilarga biron-bir narsa o‘qib berishi va ayrim hodisalarning badiiy tasviri bo‘lgan adabiy kitoblarni tanlab olishda katta imkoniyat tug‘diradi. Yozuvsiz xarita ishlatilganda o‘quvchilar shahar va daryo, ko‘l, okean, dengiz va boshqalarning nomlarini topib yozadilar. Biroq, hunuk va noto‘g‘ri yozish hollari ham uchraydi. O‘qituvchi o‘quvchilarning hatolarini har tomonlama tekshirib, ogohlantirib baholashi kerak. Boshqa predmet o‘qituvchilari yagona orfografik rejimga itoat qilgan holda ish ko‘rishlari lozim. Boshqa predmet o‘qituvchilari ham nazorat ish olganlarida o‘quvchining ishlaridagi imlo-hatolariga, jumlalarning tuzilishiga e’tibor bersalar, o‘quvchilarning savodxonliklari orta boradi. Maktabda yagona talaffuz va orfografik barqaror bo‘lishiga muvaffaq bo‘linadi. Geografiya o‘qituvchisi geografik terminlarni-shaharlar, tog‘lar, daryolar, ko‘l va boshqalarni to‘g‘ri talaffuz etish va sinf doskasiga to‘g‘ri yozib ko‘rsatishda ona tili, rus tili va chet tili o‘qituvchilari bilan mustahkam aloqa bog‘lashi kerak. Shuningdek, rasm va chizmachilik o‘qituvchisi bilan ham aloqa bog‘lasa juda yaxshi bo‘ladi. Chunki rasm o‘qituvchisi o‘quvchilardan rasm va chizma ko‘nikmalarini, qalam va bo‘yoq ishlatish, chizma buyumlaridan foydalanish va boshqa shu kabi ko‘nikmalarni hosil qiladi. Bu albatta geografiya uchun ham zarur. Chunki o‘quvchilarga geografiya predmeti bilimlarini amalda mustahkamlashda yozuvsiz xaritalar ishlatiladi, ekskursiya vaqtida tabiat manzalarini rasmga tushirishga to‘g‘ri keladi. Geografiya materiallarni o‘qitishda tarixiy masalalarga ham ko‘p duch kelamiz. Geografiya va tarixning o‘zaro bog‘lanishi alohida o‘rin tutadi. “Tarix va geografiya-opa- Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling