Himoyaga ruxsat beriladi
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning orni va bu masalani oqitish uslubiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bevosita va portfel’ investitsiyalar o`rtasidagi farqlar: 1-Jadval
- 4-chizma
- 2. Siyosiy omillar
- 1.2. Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati va uni jalb qilish sabablari.
- 1.3. O’zbekiston Respublikasining investistion muhiti.
- O’zbekiston Respublikasida chet el investistiyalari faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar quyidagi soliq imtiyozlariga ega
3-chizma
Bevosita investitsiyalar ikki maqsadga yo‘naltiriladi:
1. Yangi kompaniya tashkil etish.
2. Bankrot bo`lgan kompaniyalarni xarid qilish.
17
Portfel‘ investitsiyalar (portfoIio investments) - shunday investitsiyalarki, bunda kapitalni daromad olish maqsadida korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog`ozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar korxonalarning moliyaviy xujalik faoliyati ustidan nazorat urnatish huquqini bermaydi. Xorijiy portfel‘ investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda firmalar uchun muhim ahamiyatga ega. Bu turdagi investitsiyalarga asosan moliyaviy muammolarni yechish
uchun murojaat kilinadi. Korporatsiyalarning moliyaviy bo‘limlari mablag‘`larning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga qisqa muddatli investitsiyalardan yuqori foyda olish uchun o‘tkazadilar. Bunday investitsiyalar ko‘pincha xususiy tadbirkorlar kapitaliga asoslangan, ba`zida esa o‘z qimmatbaho qog`ozlarini chiqaradi va xorijiy qimmatbaho qog`ozlarini sotib oladi.
Portfel investitsiyasining bevosita investitsiyalardan afzallik tomoni shundaki, ular tugatilish vaktida qimmatbaho qog`ozlar tezda naqd valyutaga almashtirib olinishi mumkin. Portfel‘ investitsiyalarning amalga oshirilishining asosiy sababi – tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda xorijiy investor o‘z mablag‘larini xorijda maksimal foyda keltiruvchi qimmatbaho qog`ozlarga joylashtirishi mumkin. Ma`lum bir ma`noda portfel‘ investitsiyasi pulni inflyatsiya va spekulyatsiya yuli bilan foyda kurishdan saklash vositasi sifatida karaladi. Bunda investitsiya kilinayotgan soha xam, qimmatbaho qog`oz turi xam xech kanday ahamiyatga ega emas, u ustama kurs o‘sishiga qarab istalgan foydani bersa va devidendlar to‘lansa bo‘ldi.
Bevosita va portfel’ investitsiyalar o`rtasidagi farqlar: 1-Jadval
Belgilar Bevosita investitsiyalar Portfel‘ investitsiyalar Kapital chiqarishdan asosiy maqsad: Xorijiy firma ustidan nazorat o‘rnatish Yuqori foyda olish Maqsadga erishish yo‘llari Xorijda ishlab chiqarishni tashkil etish va olib borish Xorijiy qimmatbaho qog`ozlarini 18
Maqsadga erishish usullari a) xorijiy firmaga to‘liq egalik qilish b) aktsiyalar nazorat paketini sotib olish (XVJ nizomiga binoan kompaniya aktsioner kapitalining 25%dan kam bo‘lmasligi kerak) Xorijiy
firma aktsioner kapitalining 25%dan
(AKSH, Yaponiya, Germaniyada 10%dan) kamini sotib olish Daromad shakllari Tadbirkorlik faoliyati foydasi, dividendlar Dividendlar, foizlar
Xorijiy investitsiyalar qo`shma korxonalarda o`z hissasi bilan katnashib, xorijiy investorlarga to`liq tegishli bo`lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda katnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaho qog`ozlarni sotib olishi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin. 4-chizma
1. Iqtisodiy omillar: ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o‘sish sur`atlarining bir maromda ushlab turilishi; jahon va aloxida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniksa, fan-texnika tarakkiyoti yutuklari va jahon xizmatlar bozori tarakkiyoti ta`siri ostida olib borilishi); Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 gurux omillar ta`sir ko`rsatadi:
Iqtisodiy omillar
Siyosiy omillar
19
ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi; jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o`sib borishi (AKSH Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir); ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi; xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshq. 2. Siyosiy omillar: kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX), offshor hududlari va boshq.); rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish; iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash); bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.
20
1.2. Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati va uni jalb qilish sabablari. Chet el investistiyalari – kapital eksport qiluvchi mamlakatlarning importyor mamlakatlarning iqtisodiy sub‘ektlari hamda qo‘shma korxonalarning real va moliyaviy aktivlariga kiritgan mablag‘‘lardir. Chet eldan investistiyalash kapital oqimining bir iqtisodiyotdan boshqasiga chiqib ketishini bildiradi, boyliklarni yanada foydaliroq shartlarda joylashtirish va investistiyalar chet ellik kapital egasiga qaytishiga qadar nisbatan uzoq vaqt davomida mablag‘lar oqimini ta‘minlash maqsadlarini nazarda tutadi. Ularga oqib o‘tish, qochish, ya‘ni mamlakatlararo ko‘chib yurish xosdir. Huquqiy nuqtai nazardan ular o‘zlarining milliy huquqiy sharoitlarini qabul qiluvchi mamlakatning huquqiy sharoitlariga almashtiradilar. Chet el investistiyalari mohiyat jihatidan o‘z milliy investistiya muhitini o‘zga muhitga almashtiradi. Xavfsizlik, daromatdorlik, kapitallashuvdan tashqari chet el investistiyalarining o‘ziga xos muhim belgisi aniq maqsadlarni ko‘zlaydi. Shu sababli, o‘zaro manfaatlarning mos tushishi, ishonchli munosabatlar, kirib borish sharoitlarini hisobga olish investistiyalarning bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chishining asosini tashkil etadi. Chet el investistiyalari ichki investistiyalardan farqli ravishda mamlakat, valyuta, milliylashtirish, rekvizistiya kabi qo‘shimcha tavakkalchilikka to‘qnashish ehtimoliga ega bo‘ladi. Demak, chet el investistiyalarining risk doirasi ancha kengdir. Xorijiy investistiyalar kapitalni qulayroq joylashtirish hamda uzoq muddat davomida undan foyda ko‘rish maqsadida eksport qiluvchi mamlakatlarning kapital qabul qiluvchi mamlakatlarning real va moliyaviy aktivlariga qo‘yilishini bildirgan holda bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga o‘tayotgan kapital oqimidir. O‘zbekiston uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida bevosita chet el investistiyalarini jalb etish vositalari ishlab chiqaradigan bazaviy sanoat tarmoqlarda yangi qo‘shma korxonalar barpo etish orqali jalb qilish ma‘qulroq. Bu bilan yangi texnologiyalarni, intellektual potenstialni va
menejmentni rivojlantirish 21
ta‘minlanadi, buning uchun investistiya muhitini yaxshilash, qo‘shma korxonalarni tashkil qilishda va yangi loyihalarga bevosita chet el investistiya oqimini har tomonlama rag‘batlantirish, qonun hujjatlarini takomillashtirish kerak. Xorijiy investistiyalarning o‘ziga hos xususiyatlaridan biri ularning mamlakatlararo ko‘chishi, faqat o‘z maqsadini ko‘zlashi, amal qilish sharoitlarining o‘zgarishi, ancha qulay shartlar bilan qo‘yilishi, ishonch qozonishi hisoblanadi. Demak, chet el investistiyalari bir iqtisodiyot sub‘ektlarining kapitalini boshqasiga bog‘lab qo‘yish bo‘lib, buning natijasida mamlakatlar va mintaqalar bo‘ylab kapital ko‘chishi yuz beradi. Xorijiy tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, bevosita chet el investistiyalarini jalb qilishning salbiy tomonlari ham bor. Chet el korxonalarining salbiy tomonlari – ichki bozorni boshqarish imkoniyatlari, ishlab chiqarishning baynalminallashuvi oqibatida ko‘plab chet el valyutasining chiqib ketishidir. Bevosita chet el investistiyalari eksportyor mamlakatning ishlab chiqarish kapitalini uni qabul qiluvchi mamlakatda bevosita tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish maqsadlarida kiritishdan iborat. Bunday investistiyalar korxonalar akstiyalari umumiy hajmining 10-25 %dan ortiq bo‘lmaydigan nazorat paketini sotib olish shaklida yoki o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini qurish yoxud qo‘shma korxona akstiyalarining kamida 25 %ini (AQSh va Jahon Tiklanish va Taraqqiyot banki statistikasi bo‘yicha esa kamida 10%) sotib olinganda bevosita investistiyalar hisoblanadi. Barcha hollarda ham bevosita chet el investistiyalari (BChI) kapital eksportyorlariga investistiyalash ob‘ektining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishda samarali qatnashish imkoniyatlarini yaratadi. Ular o‘z egasiga mamlakat chegaralaridan tashqarida investistiyalar kiritgan firmalar va korxonalar ustidan nazorat o‘rnatishni ta‘minlaydi, monopoliyalarga qo‘yilgan to‘siqlarni bartaraf etish, o‘z mahsuloti eksportini kengaytirish, xom ashyo va energiya manbalari ustidan nazorat o‘rnatish, ancha arzon ishchi kuchidan foydalanish imkoniyatlarini beradi. Kapitalga bo‘lgan talab va taklif bank foiz siyosati bilan tartibga solinadi. Bank foiz stavkasidan farq qilgan holda investistiyalardan tushadigan natija qanchalik 22
yuqori bo‘lsa, investistiyalarga talab shu qadar ko‘proq bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida investistiyalarni moliyalashtirishning manbai tarzida bank kreditiga talabni yanada oshiradi. Bank kreditiga talabning ko‘tarilishi foiz stavkalarining yanada ko‘tarilishiga olib keladi. Respublikada ko‘p ukladli xo‘jalik iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida investistion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: ijtimoiy va hususiy manfaatlarni; ayrim mamlakatlarni, korporastiyalarni, xalqaro moliya institutlarini, investorlar manfaatlarini to‘g‘ri aniqlash; ularning o‘zaro maqbul nisbatlarini to‘g‘ri aniqlash; ularning huquqiy sharoitlari va kafolatlarini belgilashva boshqalar. Ma‘lumki, chet ellik investorlar o‘z investistiyalarini kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilar ekan, birinchi navbatda o‘zlarining manfaatlari va maqsadlarini hisobga oladi. O‘zbekistonda chet el investistiyalari davlat tomonidan qonun yo‘li bilan himoya qilinadi. Investistiyalashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari ishlab chiqilgan halqaro shartnomalarning tamoyillariga muvofiq belgilangan O‘zbekiston Respublikasi hukumati iqtisodiyotda, ayniqsa uning ustuvor tarmoqlarida sanoatlashtirish va zamonaviylashtirish borasidagi siyosatni amalga oshirishda bevosita xorijiy investistiyalarni rag‘batlantirish siyosatini yoqlaydi. Qulay investistion iqlim mamlakat tarmoqlarida tuzilmaviy o‘zgarishlarni tez amalga oshishiga, xorijiy investistiyalar hajmi oshishiga yordam bermoqda. O‘zbekistonda investistion siyosatning rivojlantirishni asosiy omillaridan biri – Davlatning investiston dasturidir. Ushbu dasturning asosiy maqsadi investirlarni manfaatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish va shuningdek ular uchun imtiyozli rejimlar joriy etilgan sohalarni aniqlashga qaratilgan. Mamlakatimizdagi investistiya jarayonlarining takomillashib borayotganligi namoyon etuvchi yana bir jihat–davlat byudjetidan moliyalashtirish tarkibidagi nisbatlarning sezilarli darajada o‘zgarib borayotganligi hisoblanadi. Investistiya jarayonlariga davlat byudjetidan moliyalashtirilgan mablag‘‘lar dinamikasi shuni 23
ko‘rsatadiki, agar 2005 yilda davlat byudjetdan moliyalashtirilgan mablag‘‘larning 36,2% respublika byudjeti, 63,8% mahalliy byudjet hisobiga ta‘minlangan bo‘lsa, 2009 yilda bu nisbat tegishli ravishda 35,5% va 64,5% ni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda. Bu esa investistiya jarayonlarini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning ishtiroki va roli kengayib borayotganligini ko‘rsatadi. Milliy
iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiyinvestistiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo‘lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: - birinchidan, xorijiy investistiyalar ishlab chiqarishga zamonaviytexnika va texnologiyalarni joriy etib,eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivrjlantiradi; - ikkinchidan, import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va buning uchun xorijiy investistiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirish va pirovardida aholining me‘yordagi turmush darajasini ta‘minlash imkonini yaratadi; - uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta‘minlaydi; - to‘rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi.
24
1.3. O’zbekiston Respublikasining investistion muhiti. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xorijiy investistiyalarni jalb qilish bo‘yicha davlat siyosati respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida tuzilmaviy o‘zgarishlarning kuchli quroli bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston respublikasi Prezidenti I.A.Karimov,-―Iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizastiya qilish, eksport rivoji, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta‘minlashning muhim sharti bo‘lgan xorijiy investistiyalar, avvalobor, xususiy sarmoyalarni jalb etish, buning uchun tegishli investistion muhit va investorlar uchun kafolatlar yaratish bu borada, ayniqsa, katta ahamiyatga ega‖ - degan edi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida chet el investistiyalarining hissasi oshib bormoqda. Agar 1993 yilda chet el investistiyalar umumiy kapital qo‘yilmalar hajmining faqat 0,8 %ini tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilda bu ko‘rsatkich 20,3 %ni tashkil etgan edi.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida qulay investistion muhit yaratilib, xorijiy investorlar uchun keng huquqiy kafolatlar va imtiyozlar tizimi ishlab chiqilgan. Bundan tashqari chet el investistiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha yaxlit chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - umumiy choralar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat investistion dasturiga kiritilgan loyihalar uchun imtiyozlar; - xususiylashtirish jarayonida xorijiy investorlar ishtirokini rag‘batlantirish; - texnik – texnologik qayta jihozlash, xalq iste‘moli mollarini ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish. O‘zbekiston Respublikasining qulay investistion muhiti qabul qilingan bir qator huquqiy hujjatlarga - ―Xorijiy investorlarning huquqlarini himoyalash kafolatlari va choralari to‘g‘risida‖, ―Chet el investistiyalari to‘g‘risida‖, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Chet el investistiyalari ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo‘shimcha rag‘batlantirishlar va imtiyozlar to‘g‘risida‖, ―Chet el investistiyalari ishtirokidagi korxonalar mahsuloti eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida‖gi Farmonlari va qonunlariga asoslanadi. 25
Shuni ta‘kidlab o‘tish zarurki, ―Xorijiy investorlarga kafolatlar to‘g‘risida‖gi qonunda shuningdek chet el investistiyalarini ular kiritilgan vaqtdan boshlab 10 yil mobaynida qonunchilikda investistiyalash sharoitlarini yomonlashtiruvchi o‘zgartirishlardan himoyalash ishlari nazarda tutilgan. Xorijiy investor O‘zbekiston Respublikasida quyidagi yo‘llar bilan investistion faoliyatni amalga oshirishi mumkin: - O‘zbekiston rezidentlari - huquqiy va jismoniy shaxslar bilan birgalikda tashkil etilgan kompaniyalar, banklar, trestlar, kartellar, birlashmalar va boshqa korxonalardagi ulushi bilan ishtirok etish yo‘li bilan; - 100%li chet el investistiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzish yo‘li bilan; - portfel investistiyalari - O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan chiqarilgan akstiyalar, obligastiyalar, va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar sertifikatlarini harid qilish yo‘li bilan; - er osti va er usti foydali qazilmalaridan foydalanishga tegishli (konstessiya) huquqlarini o‘z ichiga oluvchi er va ko‘chmas mulkni to‘la yoki qisman sotib olish yo‘li bilan. Qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investistiyalarni jalb qilish keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo‘shma korxonalarni tashkil etishdir. O‘zbekiston Respublikasida qo‘shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 30 % xorijiy investorlarga tegishli bo‘lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo‘lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investistiya ishtirokidagi korxona nizom jamg‘armasining 150 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug‘ullanishga ixtisoslashgan kichik qo‘shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.
26
5-chizma
O’zbekiston Respublikasida chet el investistiyalari faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar quyidagi soliq imtiyozlariga ega: I. O’zbekistonda xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun yaratilgan kafolat va imtiyozlar: 1. Xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSH dollaridan kam bo‘lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o‘zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat, mol-mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov, yagona soliq to‘lovi, Tenderlar e‘lon qilish Xorijiy investistiyalarni jalb qilish shakllari
Yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shu‘ba korxonalari va filiallarini tashkil etish Konstessiya va lizing shartnomalari tuzish 100% mol - mulk xorijiy investorlarga tegishli bo‘lgan xorijiy
korxonalarni tashkil etish Ulushi qo‘shilib qatnashishi orqali qo‘shma korxonalarni tashkil etish Moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish tashkil etish Erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish 27
shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda Ta‘lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish uchun majburiy ajratmalar to‘lashning mazkur korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tish sanasida amal qilgan me‘yorlari va qoidalarini qo‘llash huquqi berildi. 2. Qiymati 50 million AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo‘lgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish byudjet mablag‘lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
va nazorat idoralari, tijorat banklari tomonidan xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog‘liq qo‘shimcha talablar va cheklovlar o‘rnatilishi qat‘iyan taqiqlangan va bu hol qonunga xilof deb hisoblanadi.
Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling