Himoyaga ruxsat beriladi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana30.04.2020
Hajmi1.45 Mb.
#102454
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning orni va bu masalani oqitish uslubiyoti


3-chizma 

 

 



 

 

 



 

 

Bevosita 



investitsiyalar ikki 

maqsadga 

yo‘naltiriladi: 

 

 



1. Yangi kompaniya tashkil etish. 

 

2.  Bankrot bo`lgan 



kompaniyalarni xarid qilish.

 


17

 

 



Portfel‘  investitsiyalar  (portfoIio  investments)  -  shunday  investitsiyalarki, 

bunda kapitalni daromad olish maqsadida korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari 

va boshqa qimmatli qog`ozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar 

korxonalarning  moliyaviy  xujalik  faoliyati  ustidan  nazorat  urnatish  huquqini 

bermaydi.  Xorijiy  portfel‘  investitsiyalar  barcha  xalqaro  operatsiyalarni  amalga 

oshirishda  firmalar  uchun  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  turdagi  investitsiyalarga 

asosan 

moliyaviy 



muammolarni 

yechish 


uchun 

murojaat 

kilinadi. 

Korporatsiyalarning  moliyaviy  bo‘limlari  mablag‘`larning  bir  mamlakatdan  boshqa 

mamlakatga qisqa muddatli investitsiyalardan yuqori foyda olish uchun o‘tkazadilar. 

Bunday investitsiyalar ko‘pincha xususiy tadbirkorlar kapitaliga asoslangan, ba`zida 

esa o‘z qimmatbaho qog`ozlarini chiqaradi va xorijiy qimmatbaho qog`ozlarini sotib 

oladi. 


Portfel  investitsiyasining  bevosita  investitsiyalardan  afzallik  tomoni  shundaki, 

ular  tugatilish  vaktida  qimmatbaho  qog`ozlar  tezda  naqd  valyutaga  almashtirib 

olinishi mumkin. Portfel‘ investitsiyalarning amalga oshirilishining asosiy sababi  – 

tavakkalchilik  darajasini  hisobga  olgan  holda  xorijiy  investor  o‘z  mablag‘larini 

xorijda maksimal foyda keltiruvchi qimmatbaho qog`ozlarga joylashtirishi mumkin. 

Ma`lum  bir  ma`noda  portfel‘  investitsiyasi  pulni  inflyatsiya  va  spekulyatsiya  yuli 

bilan  foyda  kurishdan  saklash  vositasi  sifatida  karaladi.  Bunda  investitsiya 

kilinayotgan  soha  xam,  qimmatbaho  qog`oz  turi  xam  xech  kanday  ahamiyatga  ega 

emas, u ustama kurs  o‘sishiga qarab istalgan foydani bersa va devidendlar  to‘lansa 

bo‘ldi. 


Bevosita va portfel’ investitsiyalar o`rtasidagi farqlar: 

1-Jadval

 

Belgilar 



Bevosita investitsiyalar 

Portfel‘ investitsiyalar 

Kapital 

chiqarishdan 

asosiy maqsad: 

Xorijiy  firma  ustidan  nazorat 

o‘rnatish 

Yuqori foyda olish 

Maqsadga 

erishish 

yo‘llari 

Xorijda ishlab chiqarishni tashkil 

etish va olib borish 

Xorijiy  qimmatbaho  qog`ozlarini 

sotib olish 


18

 

 



Maqsadga 

erishish 

usullari 

a)  xorijiy  firmaga  to‘liq  egalik 

qilish 

b)  aktsiyalar  nazorat  paketini 



sotib olish (XVJ nizomiga binoan 

kompaniya aktsioner kapitalining 

25%dan kam bo‘lmasligi kerak) 

Xorijiy 


firma 

aktsioner 

kapitalining 

25%dan 


(AKSH, 

Yaponiya,  Germaniyada  10%dan) 

kamini sotib olish 

Daromad shakllari 

Tadbirkorlik faoliyati foydasi

dividendlar 

Dividendlar, foizlar 

 

Manba:Akopova E.S., Voronkova O.N. i dr. Mirovaya ekonomika i mejdunarodnie 

ekonomicheskie otnosheniya. Rostov-na-Donu: «Feniks», 2000.- S. 278 (416 s). 

 

Xorijiy investitsiyalar qo`shma korxonalarda o`z hissasi bilan katnashib, xorijiy 

investorlarga  to`liq  tegishli  bo`lgan  korxonalarni  yaratish,  xususiylashtirishda 

katnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaho qog`ozlarni sotib olishi, 

er  va  boshqa  tabiiy  resurslardan  foydalanish  huquqiga  ega  bo‘lishi,  erkin  iqtisodiy 

hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin. 



4-chizma 

 

 



 

 

 



 

1. Iqtisodiy omillar: 

 ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  va  iqtisodiy  o‘sish  sur`atlarining  bir 

maromda ushlab turilishi; 

 jahon  va  aloxida  mamlakatlar  iqtisodiyotida  chuqur  tarkibiy  siljishlarning 

amalga  oshirilishi  (ayniksa,  fan-texnika  tarakkiyoti  yutuklari  va  jahon  xizmatlar 

bozori tarakkiyoti ta`siri ostida olib borilishi); 

Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 gurux omillar ta`sir ko`rsatadi: 

 

 



Iqtisodiy 

omillar


 

 

Siyosiy 



omillar

 


19

 

 



 ishlab  chiqarishni  xalqaro  ixtisoslashuvi  va  kooperatsiyalashuvining 

chuqurlashuvi; 

 jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o`sib borishi (AKSH Transmilliy 

korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi AQSH 

tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir); 

 ishlab  chiqarishning  baynalminallashuvi  va  integratsiya  jarayonlarining 

chuqurlashib borishi; 

 xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshq. 



2. Siyosiy omillar: 

  kapital  eksporti  (importi)ni  erkinlashtirish  (Erkin  iqtisodiy  hududlar  (EIX), 

offshor hududlari va boshq.); 

  rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish; 

  iqtisodiy  isloxotlarni  olib  borish  (davlat  korxonalarini  xususiylashtirish, 

xususiy sektorni va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash); 

  bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

20

 

 



1.2. Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati va uni jalb 

qilish sabablari. 

Chet  el  investistiyalari  –  kapital  eksport  qiluvchi  mamlakatlarning  importyor 

mamlakatlarning  iqtisodiy  sub‘ektlari  hamda  qo‘shma  korxonalarning  real  va 

moliyaviy  aktivlariga  kiritgan  mablag‘‘lardir.  Chet  eldan  investistiyalash  kapital 

oqimining  bir  iqtisodiyotdan  boshqasiga  chiqib  ketishini  bildiradi,  boyliklarni 

yanada foydaliroq shartlarda joylashtirish va investistiyalar chet ellik kapital egasiga 

qaytishiga  qadar  nisbatan  uzoq  vaqt  davomida  mablag‘lar  oqimini  ta‘minlash 

maqsadlarini  nazarda  tutadi.  Ularga  oqib  o‘tish,  qochish,  ya‘ni  mamlakatlararo 

ko‘chib yurish xosdir. 

Huquqiy  nuqtai  nazardan  ular  o‘zlarining  milliy  huquqiy  sharoitlarini  qabul 

qiluvchi mamlakatning huquqiy sharoitlariga almashtiradilar. Chet el investistiyalari 

mohiyat  jihatidan  o‘z  milliy  investistiya  muhitini  o‘zga  muhitga  almashtiradi. 

Xavfsizlik,  daromatdorlik,  kapitallashuvdan    tashqari  chet  el  investistiyalarining 

o‘ziga  xos  muhim  belgisi  aniq  maqsadlarni  ko‘zlaydi.  Shu  sababli,  o‘zaro 

manfaatlarning  mos  tushishi,  ishonchli  munosabatlar,  kirib  borish  sharoitlarini 

hisobga olish investistiyalarning bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chishining asosini 

tashkil etadi. 

Chet  el  investistiyalari  ichki  investistiyalardan  farqli  ravishda  mamlakat, 

valyuta,  milliylashtirish,  rekvizistiya  kabi  qo‘shimcha  tavakkalchilikka  to‘qnashish 

ehtimoliga  ega  bo‘ladi.  Demak,  chet  el  investistiyalarining  risk  doirasi  ancha 

kengdir. 

Xorijiy  investistiyalar  kapitalni  qulayroq  joylashtirish  hamda    uzoq  muddat 

davomida undan foyda ko‘rish maqsadida eksport qiluvchi mamlakatlarning kapital 

qabul qiluvchi mamlakatlarning real va moliyaviy aktivlariga qo‘yilishini bildirgan 

holda bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga o‘tayotgan kapital oqimidir. 

O‘zbekiston  uchun  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  bosqichida  bevosita  chet  el 

investistiyalarini jalb etish vositalari ishlab chiqaradigan bazaviy sanoat tarmoqlarda 

yangi qo‘shma korxonalar barpo etish orqali  jalb qilish ma‘qulroq. Bu bilan yangi 

texnologiyalarni, 

intellektual 

potenstialni 

va 


menejmentni 

rivojlantirish 



21

 

 



ta‘minlanadi, buning uchun investistiya muhitini yaxshilash, qo‘shma korxonalarni 

tashkil  qilishda  va  yangi  loyihalarga  bevosita  chet  el  investistiya  oqimini  har 

tomonlama rag‘batlantirish, qonun hujjatlarini takomillashtirish kerak.  

Xorijiy  investistiyalarning  o‘ziga  hos  xususiyatlaridan  biri  ularning 

mamlakatlararo ko‘chishi, faqat o‘z maqsadini ko‘zlashi, amal qilish sharoitlarining 

o‘zgarishi,  ancha  qulay  shartlar  bilan  qo‘yilishi,  ishonch  qozonishi  hisoblanadi. 

Demak,  chet  el  investistiyalari bir iqtisodiyot  sub‘ektlarining  kapitalini  boshqasiga 

bog‘lab qo‘yish bo‘lib, buning natijasida mamlakatlar va mintaqalar bo‘ylab kapital 

ko‘chishi  yuz  beradi.  Xorijiy  tadqiqotchilarning  ta‘kidlashicha,  bevosita  chet  el 

investistiyalarini  jalb  qilishning  salbiy  tomonlari  ham  bor.  Chet  el  korxonalarining 

salbiy  tomonlari  –  ichki    bozorni  boshqarish  imkoniyatlari,  ishlab  chiqarishning 

baynalminallashuvi oqibatida ko‘plab chet el valyutasining chiqib ketishidir. 

Bevosita  chet  el  investistiyalari  eksportyor  mamlakatning  ishlab  chiqarish 

kapitalini  uni  qabul  qiluvchi  mamlakatda  bevosita  tovarlar  va  xizmatlar  ishlab 

chiqarish  maqsadlarida  kiritishdan  iborat.  Bunday  investistiyalar  korxonalar 

akstiyalari umumiy hajmining 10-25 %dan ortiq bo‘lmaydigan nazorat paketini sotib 

olish  shaklida  yoki  o‘zining  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  qurish  yoxud  qo‘shma 

korxona  akstiyalarining  kamida  25  %ini  (AQSh  va  Jahon  Tiklanish  va  Taraqqiyot 

banki statistikasi bo‘yicha esa kamida 10%) sotib olinganda bevosita investistiyalar 

hisoblanadi. 

Barcha  hollarda  ham  bevosita  chet  el  investistiyalari  (BChI)  kapital 

eksportyorlariga  investistiyalash  ob‘ektining  ishlab  chiqarish  faoliyatini 

boshqarishda  samarali  qatnashish  imkoniyatlarini  yaratadi.  Ular  o‘z  egasiga 

mamlakat  chegaralaridan  tashqarida  investistiyalar  kiritgan  firmalar  va  korxonalar 

ustidan  nazorat  o‘rnatishni  ta‘minlaydi,  monopoliyalarga  qo‘yilgan  to‘siqlarni 

bartaraf  etish,  o‘z  mahsuloti  eksportini  kengaytirish,  xom  ashyo  va  energiya 

manbalari  ustidan  nazorat  o‘rnatish,  ancha  arzon  ishchi  kuchidan  foydalanish 

imkoniyatlarini beradi. 

Kapitalga bo‘lgan talab va taklif bank foiz siyosati bilan tartibga solinadi. Bank 

foiz  stavkasidan  farq  qilgan  holda  investistiyalardan  tushadigan  natija  qanchalik 



22

 

 



yuqori  bo‘lsa,  investistiyalarga  talab  shu  qadar  ko‘proq  bo‘ladi.  Bu  esa  o‘z 

navbatida    investistiyalarni  moliyalashtirishning  manbai  tarzida  bank  kreditiga 

talabni  yanada  oshiradi.  Bank  kreditiga  talabning  ko‘tarilishi  foiz  stavkalarining 

yanada ko‘tarilishiga olib keladi. 

Respublikada  ko‘p  ukladli  xo‘jalik  iqtisodiyotni  shakllantirish  sharoitida 

investistion  faoliyatni  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  asosiy  vazifalar 

quyidagilardan iborat:   

  ijtimoiy va hususiy manfaatlarni;  

  ayrim mamlakatlarni, korporastiyalarni, xalqaro moliya institutlarini,   

  investorlar manfaatlarini to‘g‘ri aniqlash; 

  ularning o‘zaro maqbul nisbatlarini to‘g‘ri aniqlash;  

  ularning huquqiy sharoitlari va kafolatlarini belgilashva boshqalar. 

  Ma‘lumki, chet ellik investorlar o‘z investistiyalarini kiritish to‘g‘risida qaror 

qabul qilar ekan, birinchi navbatda o‘zlarining manfaatlari va maqsadlarini hisobga 

oladi.  O‘zbekistonda  chet  el  investistiyalari  davlat  tomonidan  qonun  yo‘li  bilan 

himoya  qilinadi.  Investistiyalashning  huquqiy,  iqtisodiy  va  tashkiliy  asoslari  ishlab 

chiqilgan halqaro shartnomalarning tamoyillariga muvofiq belgilangan 

 O‘zbekiston  Respublikasi  hukumati  iqtisodiyotda,  ayniqsa  uning  ustuvor 

tarmoqlarida  sanoatlashtirish  va  zamonaviylashtirish  borasidagi  siyosatni  amalga 

oshirishda  bevosita  xorijiy  investistiyalarni  rag‘batlantirish  siyosatini  yoqlaydi. 

Qulay  investistion  iqlim  mamlakat  tarmoqlarida  tuzilmaviy  o‘zgarishlarni  tez 

amalga  oshishiga,  xorijiy  investistiyalar  hajmi  oshishiga  yordam  bermoqda. 

O‘zbekistonda  investistion  siyosatning  rivojlantirishni  asosiy  omillaridan  biri  – 

Davlatning  investiston  dasturidir.  Ushbu  dasturning  asosiy  maqsadi  investirlarni 

manfaatlari  va  intilishlarini  muvofiqlashtirish  va  shuningdek  ular  uchun  imtiyozli 

rejimlar  joriy etilgan sohalarni aniqlashga qaratilgan.  

Mamlakatimizdagi  investistiya  jarayonlarining  takomillashib  borayotganligi 

namoyon  etuvchi  yana  bir  jihat–davlat  byudjetidan  moliyalashtirish  tarkibidagi 

nisbatlarning  sezilarli  darajada  o‘zgarib  borayotganligi  hisoblanadi.  Investistiya 

jarayonlariga    davlat  byudjetidan    moliyalashtirilgan  mablag‘‘lar  dinamikasi  shuni 



23

 

 



ko‘rsatadiki,  agar  2005  yilda  davlat  byudjetdan  moliyalashtirilgan  mablag‘‘larning 

36,2%  respublika  byudjeti,  63,8%  mahalliy  byudjet  hisobiga  ta‘minlangan  bo‘lsa, 

2009  yilda  bu  nisbat  tegishli  ravishda  35,5%  va  64,5%  ni  tashkil  etishi  ko‘zda 

tutilmoqda.  Bu  esa  investistiya  jarayonlarini  moliyalashtirishda  mahalliy 

byudjetlarning ishtiroki va roli kengayib borayotganligini ko‘rsatadi.  

Milliy 


iqtisodiyotni 

rivojlantirishda  xorijiyinvestistiyalarning  ahamiyati 

benihoyat katta bo‘lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: 

- birinchidan,  xorijiy  investistiyalar  ishlab  chiqarishga  zamonaviytexnika  va 

texnologiyalarni  joriy  etib,eksportga  mo‘ljallangan  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishni 

rivrjlantiradi; 

- ikkinchidan, import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va 

buning  uchun  xorijiy  investistiyalarni  iqtisodiyotning  ustuvor  sohalariga  yo‘naltirish 

va  pirovardida  aholining  me‘yordagi  turmush  darajasini  ta‘minlash  imkonini 

yaratadi; 

- uchinchidan,  kichik  biznesni  rivojlantirish  va  qishloq  xo‘jaligi  ishlab 

chiqarishini  jadallashtirish  orqali  o‘sib  borayotgan  aholini  ish  joylari  bilan 

ta‘minlaydi;  

- to‘rtinchidan, 

korxonalarning 

eskirgan 

ishlab 

chiqarish 



quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



24

 

 



1.3. O’zbekiston Respublikasining investistion muhiti. 

 O‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotida  xorijiy  investistiyalarni  jalb  qilish 

bo‘yicha davlat siyosati respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida tuzilmaviy 

o‘zgarishlarning  kuchli  quroli  bo‘lib  hisoblanadi.  O‘zbekiston  respublikasi 

Prezidenti  I.A.Karimov,-―Iqtisodiyotimizda  tarkibiy  o‘zgarishlarni  amalga  oshirish 

va  uni  modernizastiya  qilish,  eksport  rivoji,  import  o‘rnini  bosadigan  mahsulotlar 

ishlab  chiqarishni  ta‘minlashning  muhim  sharti  bo‘lgan  xorijiy  investistiyalar, 

avvalobor, xususiy sarmoyalarni jalb etish, buning uchun tegishli investistion muhit 

va investorlar uchun kafolatlar yaratish bu borada, ayniqsa, katta ahamiyatga ega‖ - 

degan  edi.  So‘nggi  yillarda  O‘zbekiston  iqtisodiyotida  chet  el  investistiyalarining 

hissasi  oshib  bormoqda.  Agar  1993  yilda  chet  el  investistiyalar  umumiy  kapital 

qo‘yilmalar  hajmining  faqat  0,8  %ini  tashkil  etgan  bo‘lsa,  2013  yilda  bu   

ko‘rsatkich 20,3 %ni tashkil etgan edi.

 

O‘zbekiston  Respublikasida  mustaqillik  yillarida  qulay  investistion  muhit 



yaratilib,  xorijiy  investorlar  uchun  keng  huquqiy  kafolatlar  va  imtiyozlar  tizimi 

ishlab  chiqilgan.  Bundan  tashqari  chet  el  investistiyalar  ishtirokidagi  korxonalar 

faoliyatini  rag‘batlantirish  bo‘yicha  yaxlit  chora-tadbirlar  tizimi  ishlab  chiqilgan 

bo‘lib, u  o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 

- umumiy choralar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat investistion 

dasturiga kiritilgan loyihalar uchun imtiyozlar; 

- xususiylashtirish jarayonida xorijiy investorlar ishtirokini rag‘batlantirish; 

-  texnik  –  texnologik  qayta  jihozlash,  xalq  iste‘moli  mollarini  ishlab 

chiqarilishini rag‘batlantirish. 

O‘zbekiston Respublikasining qulay investistion muhiti qabul qilingan bir qator 

huquqiy hujjatlarga - ―Xorijiy investorlarning  huquqlarini himoyalash kafolatlari va 

choralari  to‘g‘risida‖,  ―Chet  el  investistiyalari  to‘g‘risida‖,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  ―Chet  el  investistiyalari  ishtirokidagi  korxonalarga 

beriladigan  qo‘shimcha  rag‘batlantirishlar  va  imtiyozlar  to‘g‘risida‖,  ―Chet  el 

investistiyalari  ishtirokidagi  korxonalar  mahsuloti  eksportini  rag‘batlantirish 

bo‘yicha  qo‘shimcha  choralar  to‘g‘risida‖gi  Farmonlari  va  qonunlariga  asoslanadi. 



25

 

 



Shuni  ta‘kidlab  o‘tish  zarurki,  ―Xorijiy  investorlarga  kafolatlar  to‘g‘risida‖gi 

qonunda shuningdek chet el investistiyalarini ular kiritilgan vaqtdan boshlab 10 yil 

mobaynida 

qonunchilikda 

investistiyalash 

sharoitlarini 

yomonlashtiruvchi 

o‘zgartirishlardan himoyalash ishlari nazarda tutilgan. 

Xorijiy investor O‘zbekiston Respublikasida quyidagi yo‘llar bilan investistion 

faoliyatni amalga oshirishi mumkin: 

  -  O‘zbekiston  rezidentlari  -  huquqiy  va  jismoniy  shaxslar  bilan  birgalikda 

tashkil  etilgan  kompaniyalar,  banklar,  trestlar,  kartellar,  birlashmalar  va  boshqa 

korxonalardagi ulushi bilan ishtirok etish yo‘li bilan; 

  - 100%li chet el investistiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzish yo‘li bilan; 

  -  portfel  investistiyalari  -  O‘zbekiston  kompaniyalari  tomonidan  chiqarilgan 

akstiyalar,  obligastiyalar,  va  boshqa  qimmatbaho  qog‘ozlar  sertifikatlarini  harid 

qilish yo‘li bilan; 

  - er osti va er usti foydali qazilmalaridan foydalanishga tegishli (konstessiya) 

huquqlarini o‘z ichiga oluvchi er va ko‘chmas mulkni to‘la yoki qisman sotib olish 

yo‘li bilan. 

Qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investistiyalarni jalb qilish keng 

tarqalgan  shakllaridan  biri  hamkorlikda  qo‘shma  korxonalarni  tashkil  etishdir. 

O‘zbekiston Respublikasida qo‘shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 

30  %  xorijiy  investorlarga  tegishli  bo‘lgan  va  xorijiy  investor  faqat  yuridik  shaxs 

bo‘lgan,  nizom  kapitalining  eng  kam  mikdori  150  ming  AQSh  dollariga  teng 

bo‘lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investistiya 

ishtirokidagi  korxona  nizom  jamg‘armasining  150  ming  AQSh  dollaridan  kam 

bo‘lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish 

ishlari  bilan  shug‘ullanishga  ixtisoslashgan  kichik  qo‘shma  korxonalarning 

keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan. 

 

 

 



26

 

 



5-chizma 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



O’zbekiston Respublikasida chet el investistiyalari faoliyat ko’rsatayotgan 

korxonalar quyidagi soliq imtiyozlariga ega: 

I. O’zbekistonda xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi 

korxonalar uchun yaratilgan kafolat va imtiyozlar: 

1. Xorijiy  investorning  pul  shaklidagi  ulushi  5  million  AQSH  dollaridan  kam 

bo‘lmagan  yangidan  tashkil  etilayotgan  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi 

korxonalar  davlat  ro‘yxatidan  o‘tgan  sanadan  boshlab  10  yil  mobaynida  soliq 

qonunchiligida  o‘zgarishlar  yuz  bergan  hollarda,  yuridik  shaxslardan  olinadigan 

foyda  solig‘i,  qo‘shilgan  qiymat,  mol-mulk  solig‘i,  obodonlashtirish  va  ijtimoiy 

infratuzilmani  rivojlantirish  solig‘i,  yagona  ijtimoiy  to‘lov,  yagona  soliq  to‘lovi, 

Tenderlar 

e‘lon qilish 



 

Xorijiy 

investistiyalarni jalb 

qilish shakllari 

 

Yirik    xorijiy    



kompaniya    va    

firmalarning 

shu‘ba korxonalari 

va filiallarini 

tashkil etish 

Konstessiya va 

lizing 

shartnomalari 



tuzish 

100% mol - mulk 

xorijiy 

investorlarga 

tegishli bo‘lgan 

xorijiy 


korxonalarni 

tashkil etish 

Ulushi qo‘shilib 

qatnashishi orqali 

qo‘shma 

korxonalarni 

tashkil etish 

Moliyaviy aktivlarni 

sotish va sotib olish 

tashkil etish 

Erkin 

iqtisodiy 



hududlar 

tashkil etish 



27

 

 



shuningdek,  Respublika  yo‘l  jamg‘armasiga  hamda  Ta‘lim  va  tibbiyot 

muassasalarini rekonstruktsiya qilish uchun majburiy ajratmalar to‘lashning mazkur 

korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tish sanasida amal qilgan me‘yorlari va qoidalarini 

qo‘llash huquqi berildi. 



2. Qiymati  50  million  AQSH  dollaridan  oshadigan  va  xorijiy  investorning 

ulushi  kamida  50  foiz  bo‘lgan  investitsiya  loyihalari  doirasida,  ishlab  chiqarish 

maydonidan  tashqaridagi  zarur  tashqi  muhandislik-kommunikatsiya  tarmoqlarini 

qurish byudjet mablag‘lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan 

amalga oshiriladi. 

3. Vazirliklar,  idoralar,  mahalliy  davlat  organlari,  huquqni  muhofaza  qiluvchi 

va  nazorat  idoralari,  tijorat  banklari  tomonidan  xorijiy  investorlar  hamda  xorijiy 

investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalarning  faoliyati  bilan  bog‘liq  qo‘shimcha 

talablar va cheklovlar o‘rnatilishi qat‘iyan taqiqlangan va bu hol qonunga xilof deb 

hisoblanadi. 


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling