Himoyaga ruxsat beriladi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana30.04.2020
Hajmi1.45 Mb.
#102454
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning orni va bu masalani oqitish uslubiyoti


4. Davlat  mulkini  xorijiy  investorlarga  sotishda  tender  savdolarini  o‘tkazish 

bo‘yicha 

Davlat 

komissiyasiga 



(R.S.Azimov) 

xorijiy 


investorlarning 

buyurtmanomalari  bo‘yicha  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalarni  barpo 

etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida bo‘lgan past likvidli 

ob‘ektlarni  aniq  investitsiya  majburiyati  ostida  investor  bilan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

shartnomalar tuzish yo‘li bilan tanlov o‘tkazmasdan «nolь» xarid qiymati bo‘yicha 

sotish huquqi berildi. 



5. Vazirliklar,  idoralar  va  xo‘jalik  birlashmalarining  buyurtmanomalari 

bo‘yicha  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  qatnashayotgan  xorijiy 

kompaniyalarning  mansabdor  shaxslari  va  mutaxassislariga  12  oy  muddat  bilan 

kirish vizalari hamda ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilish belgilandi. 



6. Xorijiy  investorlarga  o‘zlarining  investitsiya  faoliyatini  amalga  oshirishlari 

uchun  Davlat  byudjeti  va  uning  ijrosi,  pul-kredit  siyosati,  tashqi  savdo  hamda 

boshqa  ko‘rsatkichlarni  hisobga  olgan  holda  zarur  bo‘lgan  iqtisodiy  axborotlardan 

tizimli asosda belgilangan tartibda keng foydalanish imkoni yaratildi. 

 


28

 

 



II. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun soliq 

va bojxona sohasida belgilangan kafolat va imtiyozlar: 

 

1. 2005  yilning  1  iyulidan  boshlab  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xususiy  xorijiy 

investitsiyalarni  jalb  etadigan  va  iqtisodiyot  tarmoqlarida  mahsulotlarni  ishlab 

chiqarishga  ixtisoslashtirilgan  korxonalar  yuridik  shaxslarning  foydasidan 

olinadigan  soliq,  mulk  solig‘i,  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  va 

obodonlashtirish solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona 

soliq  to‘lashdan,  shuningdek  Respublika  yo‘l  jamg‘armasiga  majburiy  ajratmalar 

to‘lashdan ozod qilingan. 

To‘g‘ridan-to‘g‘ri  xususiy  xorijiy  investitsiyalar  hajmi  quyidagicha  bo‘lganda 

mazkur soliq imtiyozlari beriladi: 

300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga; 

3  milliondan  ortiq  AQSH  dollaridan  10  million  AQSH  dollarigacha  —  5  yil 

muddatga; 

10 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda — 7 yil muddatga. 

Keyingi  qonun  hujjatlarida  investitsiyalash  shart-sharoitlari  yomonlashgan 

taqdirda  imtiyozlar  qancha  muddatga  berilgan  bo‘lsa,  ana  shu  muddat  mobaynida 

amal qiladi. 

2. Xalq  iste‘mol  tovarlari  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan,  ustav  fondida 

xorijiy sarmoya ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 

korxonalar  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  paytdan  boshlab  5  yil  muddatga  xorijiy 

valyutadagi  tushumni  majburiy  sotishdan  ozod  qilinadi.  Mazkur  korxonalar,  agar 

ushbu  tovarlarni  o‘zining  ishlab  chiqarishi  ulushi  xo‘jalik  faoliyatidan  olingan 

tushum umumiy miqdorining 60 foizidan ortiqni tashkil etsa, xalq iste‘mol tovarlari 

ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar deb hisoblanadi. 

 

3. Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshiruvchi 

xorijiy  kompaniyalar,  shuningdek  ular  tomonidan  jalb  etiladigan  xorijiy  pudrat  va 

yordamchi pudrat tashkilotlari quyidagilarni to‘lashdan ozod qilingan: 

-  geologiya-razvedka  ishlarini  o‘tkazish  davrida  byudjetdan  tashqari 

jamg‘armalarga barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalarni; 



29

 

 



-  qidirish,  razvedka  qilish  va  boshqa  tegishli  ishlarni  amalga  oshirish  uchun 

zarur bo‘lgan mashina-uskunalarni, moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni import 

qilish chog‘ida bojxona to‘lovlarini.

 

4. Neft  va  gaz  konlarini  qidirish  va  razvedka  qilish  ishlarini  amalga  oshirgan 

xorijiy  kompaniyalar  ishtirokida  tashkil  etiladigan  neft  va  gaz  qazib  chiqaruvchi 

qo‘shma  korxonalar neft  yoki  gaz qazib olinishidan  boshlab 7  yil  muddatga  foyda 

solig‘i to‘lashdan ozod qilingan. 

 

5. Bojxona bojini undirishdan quyidagilar ozod qilingan: 

-  chet  ellik  investorlar  va  ustav  fondida  chet  el  investitsiyalarining  ulushi 

kamida  o‘ttiz  uch  foiz  bo‘lgan  chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar 

tomonidan  o‘z  ishlab  chiqarish  ehtiyojlari  uchun  O‘zbekiston  Respublikasiga  olib 

kiriladigan mol-mulk; 

-  chet  ellik  investorlar  bilan  tuzilgan  mehnat  shartnomalariga  muvofiq 

O‘zbekiston  Respublikasida  turgan  chet  ellik  investorlar  va  chet  davlatlar 

fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk; 

-  O‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotiga  umumiy  summasi  ellik  million 

AQSH  dollaridan  ziyod  bo‘lgan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  investitsiyani  amalga  oshirgan 

chet  ellik  yuridik  shaxslar  tomonidan  olib  kiriladigan  tovarlar,  basharti  olib 

kiriladigan tovarlar ularning o‘z ishlab chiqarish mahsuloti bo‘lsa; 

O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga  qonun  hujjatlariga  muvofiq 



tasdiqlanadigan  ro‘yxat  bo‘yicha  olib  kirilayotgan  texnologik  jihozlar,  shuningdek 

butlovchi  buyumlar  va  ehtiyot  qismlar,  agar  ularni  yetkazib  berish  texnologik 

jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa. 

III. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun 

qulay investitsion muhit yaratish maqsadida belgilangan kafolat va imtiyozlar: 

 

1. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi O‘zbekiston Respublikasi yuridik 

va  jismoniy  shaxslari  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  investitsiyalarning  tegishli 

rejimiga qaraganda noqulayroq bo‘lishi mumkin emas. 

 


30

 

 



2. Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari chet ellik 

investorlarning  so‘rovlariga  ko‘ra  ularni  qiziqtirgan  axborotni  qonun  hujjatlarida 

nazarda tutilgan tartibda berishlari shart. 

 

3. Agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash 

shart-sharoitlarini  yomonlashtirsa,  unda  chet  ellik  investorlarga  nisbatan 

investitsiyalash  sanasida  amal  qilgan  qonun  hujjatlari  investitsiyalash  paytidan 

boshlab o‘n yil mobaynida qo‘llaniladi. Chet ellik investor o‘z xohishiga ko‘ra yangi 

qonun  hujjatlarining  investitsiyalash  shart-sharoitlarini  yaxshilaydigan  qoidalarini 

qo‘llash huquqiga egadir. 

4. O‘zbekiston  Respublikasidagi  chet  el  investitsiyalari  va  chet  ellik 

investorlarning 

boshqa 

aktivlari 



davlat 

mulkiga 


aylantirilmaydi.Chet 

el 


investitsiyalari va chet ellik investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi, 

tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiya hollari bundan mustasno. 



5. Chet  ellik  investorning  O‘zbekiston  Respublikasida  olgan  daromadlari  chet 

ellik investorning xohishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida reinvestitsiya 

qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin. 

Chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

quyidagi huquqlarga ega: 

O‘zbekiston  Respublikasi  hududida,  shuningdek  undan  tashqarida  har  qanday 

valyutada,  har  qanday  bankda  hisobvaraqlar  ochish,  ulardan  foydalanish  va  ularni 

tasarruf etish; 

chet el valyutasida ssudalar olish va uni qaytarish.

 

6. Chet ellik investorlarga chet el valyutasidagi pul mablag‘‘larini O‘zbekiston 

Respublikasiga va undan tashqariga, ular soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni 

O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  to‘lashi  sharti 

bilan, biron-bir cheklashsiz erkin o‘tkazish kafolatlanadi. 

7. Chet 

el 


investitsiyalari 

ishtirokidagi 

korxonalar 

O‘zbekiston 

Respublikasining  qonun  hujjatlari  talablariga  rioya  etgan  holda  eksport-import 

operatsiyalarini  mustaqil  ravishda  amalga  oshiradilar.  O‘zlari  ishlab  chiqargan 



31

 

 



mahsulotni  eksport  qilganlarida  bunday  mahsulot  litsenziyalanmaydi  va 

kvotalanmaydi. 

Chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar  O‘zbekiston  Respublikasi 

qonun  hujjatlariga  muvofiq  o‘z  ishlab  chiqarish  ehtiyojlari  uchun  mahsulotni 

litsenziyasiz  import  qilishga  haqli.  Eksportga  chiqariladigan  o‘zining  ishlab 

chiqargan  mahsulotini  va  korxonalar  tomonidan  o‘z  ehtiyojlari  uchun  import 

qilinadigan  mahsulotni  aniqlash  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

 

8. Xorijiy  sarmoya  ishtirokidagi  korxonalarning  valyuta  bilan  o‘zini  o‘zi 

qoplash  imkoniyatini  oshirish,  ular  tomonidan  raqobatbardosh  mahsulot  ishlab 

chiqarishni  hamda  eksportga  yetkazib  berishni  ko‘paytirish  maqsadida  quyidagi 

qo‘shimcha imtiyozlar yaratilgan: 

- o‘zi ishlab chiqargan mahsulotga eksport boj to‘lovlari bekor qilinsin

-  xaridorlarga  xizmat  qiluvchi  vakil  banklarning  kafolatlari  mavjud  bo‘lgan 

hamda amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan valyuta daromadi tushumi muddatlariga 

rioya  etilgan  taqdirda  o‘z  mahsulotini  oldindan  haq  to‘lamasdan  va  akkreditiv 

ochmasdan eksport qilish huquqi berilsin; 

-  chet  ellarda  tashqi  bozorlarning  marketing  tadqiqotlari  hamda  ishlab 

chiqarayotgan  mahsulotni  reklama  qilish  maqsadida  savdo  uylari  hamda 

vakolatxonalari  ochib,  ularga  konsignatsiya  shartlari  asosida  tovarlar  yetkazib 

berishga ijozat berilsin

-  o‘zi  ishlab  chiqaradigan  mahsulotni  yetkazib  berish  uchun  eksport 

kontraktlarini  (litsenziyalanadigan  tovarlar  eksportidan  tashqari)  O‘zbekiston 

Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  vazirligida  ro‘yxatdan  o‘tkazish  bekor 

qilinib,  ularni  vakil  banklarda  va  bojxona  organlarida  hisobga  olishning  amaldagi 

tartibi saqlab qolinsin; 

- korxonalar o‘zi ishlab chiqaradigan eksport mahsulotining kontrakt narxlarini 

shartnoma asosida mustaqil shakllantirishlari belgilab qo‘yilsin. 

 

 


32

 

 



 

 

 



 

 

 



II-BOB: O’ZBEKISTON 

IQTISODIYOTINI 

RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY 

INVESTITSIYALARNING 

AHAMIYATI VA UNING HOZIRGI 

HOLATINING TAHLILI. 

 

 

 

 

 

 

33

 

 



2.1 O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy investitsion faoliyati 

tahlili. 

Bu  rejada  men  asosan  2012-2013  yillarda  mamlakatimizda  olib  borilgan 

investitsiya  faoliyati  va  uning  tahlillarini,  shuningdek,  istiqboldagi  yirik  investitsiya 

loyihalariga  to‘xtalib  o‘tmoqchiman.  Garchand  rejada  yaqin  yillardagi  investitsiya 

faoliyati  haqida  so‘z  yuritisada,  e‘tiboringizni,  avvalambor,  mamlakatimizning  oz 

yillik tarixi davomidaga asosiy kapitalga kiritilga investitlar dinamikasiga qaratmoqchi 

edim: 

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 

1-diagramma 

 

Manba: “Bozor, Pul va Kredit” jurnali 2013-yil 11-son 



 

 

18 yil ichida 310 martaga ortish, albatta, bu tempdagi o‘sish o‘z-o‘zidan amalga 

oshayotgani  yo‘q,  bunda  mamlaktimiz  tanlagan  erkin  bozor  iqtisodiyoti  va  uni 

qurishga qaratilgan keng ko‘lamdagi ichki va tashqi siyosati sababchi. Buning uchun 

mamlakatimizda  ko‘plab  islohotlar,  investorlar  uchun  qulay  muhit,  xususan,  soliq 

imtiyozlari,  valyuta  almashunivi,  bojxona  to‘lovlari  bo‘yicha  bir  qator  imtiyozlar 

berilda(I bobda bu haqida to‘xtalib o‘tgandik). Bu o‘zgarishlar faqat miqdorlarda emas 

balki tarkiban ham o‘zgargan.  



34

 

 



Solishtirish  uchun  e‘tiboringizga  quyida  keltirilgan  asosiy  kapitalga  kiritilgan 

investitsiyalarning yo‘nalishi o‘zgarishini keltirishimiz mumkin. 



Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning yo’nalishi o’zgarishi 

2-diagramma 

 

Manba: www.stat.uz 

 

Bu shundan dalolat beradiki, mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatimiz 



investitsiyalarni  katta  qismini  SSSR  tarqab  ketgandan  so‘ng  o‘z  ishlab  chiqarish 

faoliyatini to‘xtatgan, buning natijasida mavjud bino-inshoat, asbob uskunalar ham 

ma‘nan  ham  jismonan  eskirgan  korxonalarni  rekonstrutsiya  qilishga  sarflagan. 

Hozirda  esa  deyarli  hamma  korxonalar  rekonstruktsiya  qilinib  bo‘lingan,  ammo, 

haligacha  modernizatsiya  qilish  jarayoni  jadal  davom  etmoqda  va  asosiy  etibor 

yangi ishlab chiqarish korxonalari qurishga qaratilayapti. 

 

O‗zbekistonda  2013-yilning  o‗zida  kapital  investitsiyalar  hajmi  dollar 



hisobida qariyb 14 milliardni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizni tashkil 

etadi.  ―O‗zbekiston  2013‖  almanaxi  ma‘lumotlariga  ko‗ra,  ushbu  investitsiya 

resurslari  asosan  sanoat  (34,5%),  uy-joy  qurilishi  (21,9%)  va  transport  (15,5%) 

sohasiga yo‗naltirildi. 

 


35

 

 



2013-yil kapital investitsiyalar tarkibi 

3-diagramma 

 

Manba: www.stat.uz 



 

Solishtirish uchun e‘tiboringizga 2000-yildagi kapital investitsiyalar tarkibini 

keltiramiz: 

2000-yil kapital investitsiyalar tarkibi 

4-diagramma 

 

Manba: www.stat.uz 



36

 

 



2013  yilda  Investistiya  dasturini  amalga  oshirish  doirasida  mamlakatimizda 

13  milliard  dollar  qiymatidagi  kapital  qo‘yilmalar  o‘zlashtirildi,  bu  2012  yilga 

nisbatan 11,3 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining 

deyarli  yarmini,  ya‘ni  47  foizini  xususiy  investistiyalar  –  korxonalar  va  aholining 

shaxsiy mablag‘‘lari tashkil etgani alohida e‘tiborga loyiqdir. 

Jalb etilayotgan investistiyalarning asosiy qismi  – 70 foizdan ortig‘i, birinchi 

navbatda, ishlab  chiqarish  ob‘ektlarini qurishga  yo‘naltirildi,  eng  yangi  zamonaviy 

uskunalar xarid qilishga sarflangan investistiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkil 

etdi. Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investistiya kiritish hajmi yalpi 

ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi. 

O‘zlashtirilgan  umumiy  kapital  qo‘yilmalar  hajmining  3  milliard  dollardan 

ortig‘ini xorijiy investistiyalar tashkil etdi. Shuning 72 foizdan ziyodi yoki 2 milliard 

200  million  dollari  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy  investistiyalardir.  Mamlakatimizda 

Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg‘armasining  tashkil  etilgani  chet  el  investistiyalarini 

jalb  etishda  ko‘p  jihatdan  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda,  desak,  hech  qanday 

mubolag‘a  bo‘lmaydi.  Jamg‘armaning  asosiy  vazifasi  iqtisodiyotning  yetakchi 

tarmoqlari  va  yo‘l-kommunikastiya  sohasidagi  strategik  muhim  investistiya 

loyihalarini  xorijiy  sheriklar  bilan  hamkorlikda  moliyalashda  faol  ishtirok  etishdan 

iborat. 

Jamg‘arma  faoliyat  boshlaganidan  buyon  o‘tgan  qisqa  vaqt  mobaynida  15 

milliard  dollardan  ziyod  miqdordagi  aktivlarga  ega  bo‘lgan  qudratli  moliya 

institutiga  aylandi.  Jamg‘arma  o‘z  mablag‘‘lari  bilan  umumiy  qiymati  29  milliard 

dollardan ziyod 86 ta strategik ahamiyatga molik investistiya loyihasini hamkorlikda 

moliyalashtirishda  ishtirok  etmoqda.  Faqat  2013  yilning  o‘zida  Jamg‘arma 

mablag‘‘lari  ishtirokida  qiymati  780  million  dollardan  ortiq  bo‘lgan    33  ta  o‘ta 

muhim loyiha amalga oshirildi. 

2013  yilda  Investistiya  dasturi  doirasida  moliyalashning  barcha  manbalari 

hisobidan  umumiy  qiymati  qariyb  2  milliard  700  million  dollardan  iborat  bo‘lgan 

150  ta  ishlab  chiqarish  yo‘nalishidagi  loyihani  amalga  oshirish  ishlari  nihoyasiga 

etkazildi.  Bular  qatorida  Toshkent  issiqlik  elektr  markazida  kogenerastion  gaz 



37

 

 



turbinali  texnologiyani  joriy  etish;  Janubiy  O‘rtabuloq  –  Muborak  gazni  qayta 

ishlash  zavodi  gaz  quvurini  va  kompressor  stanstiyasini  barpo  etish  orqali 

Somontepa  va  Janubiy  O‘rtabuloq  konlarini  to‘liq  jihozlash;  «Angren»  konini 

modernizastiya  qilish  orqali  Yangi  Angren  issiqlik  elektr  stanstiyasining  1-5-

energiya  bloklarini  yil  davomida  ko‘  mir  bilan  ishlashga  o‘tkazish;  «Angren» 

maxsus  industrial  zonasi  hududida  «Ohangaron»  podstanstiyasini  rekonstrukstiya 

qilish,  «Bekobod  stement»  ochiq  akstiyadorlik  jamiyatida  yangi  liniya  qurish 

hisobidan faoliyat ko‘rsatayotgan stement ishlab chiqarish jarayonini modernizastiya 

qilish, 

"Quyuv-mexanika 

zavodi‖  sho‘‘ba  korxonasida  metall  quyishni 

rekonstrukstiya qilish va boshqa yirik loyihalar borligini alohida qayd etish lozim. 

Shu  bilan  birga,  Toshkent  va  Namangan  viloyatlarida  zamonaviy 

to‘qimachilik  komplekslari,  Jizzax  va  Xorazm  viloyatlarida  yigiruv  va  to‘quv, 

Samarqand  viloyatida  sport  poyabzallari  ishlab  chiqarish  korxonalari  tashkil  etildi. 

Oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 21 ta korxonada ishlab chiqarish modernizastiya qilindi 

va texnik qayta jihozlandi. 

«Navoiy»  erkin  industrial-iqtisodiy  zonasi  tashkil  etilganidan  buyon  uning 

hududida  umumiy  qiymati  100  million  dollardan  ziyod  bo‘lgan  19  ta  investistiya 

loyihasi  bo‘yicha  ishlab  chiqarish  korxonalari  ishga  tushirildi.  Jumladan,  yuksak 

texnologiyalar  asosida  modem  va  televizorlar  uchun  pristavkalar,  elektr  energiyani 

elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish 

qozonlari,  mobil  va  stastionar  telefon  apparatlari,  tayyor  dori  vositalari  va  boshqa 

turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 

2013  yilda  maxsus  zonadagi  korxonalar  tomonidan  qiymati  100  milliard 

so‘mdan  ziyod  mahsulot ishlab  chiqarildi  va  bu  boradagi o‘sish sur‘ati  2012  yilga 

nisbatan 25,8 foizni tashkil etdi. 

«Angren»  maxsus  industrial  zonasi  hududida  qisqa  muddatda  umumiy 

qiymati  qariyb  44  million  dollar bo‘lgan  5  ta  loyiha  asosida  energiyani tejaydigan 

diodli  yorug‘lik  lampalar,  turli  kattalikdagi  mis  quvurlar,  ko‘mir  briketlari  kabi 

yuksak  texnologiyalar  asosidagi  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  yo‘lga  qo‘yildi. 


38

 

 



Shuningdek,  shakar  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  yangi  zavod  va  boshqa  korxonalar 

tashkil etildi. 

Bugungi kunda «Jizzax» maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab 

chiqarish  va  muhandislik-kommunikastiya  infratuzilmasini  jadal  rivojlantirish 

bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. 

O‘tgan yilning o‘zida mazkur zona hududida Xitoy kompaniyalari ishtirokida 

100  ming  dona  mobil  telefon  ishlab  chiqarish,  shuningdek,  chorva  mahsulotlarini 

qayta ishlash va ozuqa tayyorlash bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 6 million dollar 

bo‘lgan dastlabki 3 ta loyiha amalga oshirildi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  va  Toshkent  Moliya  instituti 

hamkorlikda  ―Milliy  iqtisodiyotga  investitsiyalarni  jalb  qilishni  faollashtirish‖ 

mavzuida ilmiy-amaliy konferentsiya  tashkil etdi. 

Anjuman  mamlakatimiz  Prezidenti  I.Karimovning  ―2012  yilning  asosiy 

yakunlari  va  2013  yilda  O'zbekistonni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  ustuvor 

yo'nalishlariga  bag'ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  ma'ruzasi, 

shuningdek,  ―2011-2015  yillarda  respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh 

qilish,  uning  barqarorligini  oshirish  va  yuqori  xalqaro  reyting  ko'rsatkichlariga 

erishishning  ustuvor  vazifalari  to'g'risida‖,  ―2011-2015  yillarda  O'zbekiston 

Respublikasi  sanoatini  rivojlantirishning  ustuvor  yo'nalishlari  to'g'risida‖gi 

qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tashkil etildi. 

Konferentsiyada  Markaziy  bank,  tijorat  banklari  va  ishlab  chiqarish 

korxonalarining  etakchi  mutaxassislari,  iqtisodchi-olimlar,  katta  ilmiy  xodim-

izlanuvchilar va magistrantlar ishtirok etdi. 

Joriy   yilning  o'tgan  to'qqiz  oyida  respublikamizda  amalga  oshirilgan  keng 

qamrovli  islohotlar  yuqori  iqtisodiy  o'sish  sur'atlarini  ta'minlash  imkonini  berdi: 

o'zlashtirilgan kapital  qo'yilmalar  hajmi  19,3  trillion so'mni  tashkil qildi va qiyosiy 

narxlarda  12,5  foizga  oshdi.  Kapital  qo'yilmalar  umumiy  hajmining  63  foizi  ishlab 

chiqarish maqsadlariga yo'naltirilgan. 

Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo'yicha ko'rilgan 

keng  qamrovli  chora-tadbirlar  natijasida  o'zlashtirilgan  xorijiy  investitsiya  va 



39

 

 



kreditlar hajmi 12,4 foizga oshib, 1,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Uning 77,5 

foizi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalardir. 

Banklar  resurs  bazasining  kengayishi  va  ularning  investitsiya  faolligini 

kuchaytirishga  oid  kompleks  chora-tadbirlarning  amalga  oshirilishi  tijorat  banklari 

tomonidan iqtisodiyotga kredit ajratish hajmini 1,3 barobarga, jumladan, muddati bir 

yildan  ortiq  bo'lgan  uzoq  muddatli  kredit  qo'yilmalari  hajmi  31,6  foizga  o'sishini 

ta'minladi.  Banklar  tomonidan  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 

texnologik  yangilash  uchun  qiymati  qariyb  5,5  trln.so'mlik  yoki  2012  yilning  shu 

davriga nisbatan 1,3 barobar ko'p kredit mablag‘'lari ajratildi. 

Konferentsiyada  mamlakatimizda  banklarning  kredit  portfeli  tarkibida  uzoq 

muddatli  investitsiyaviy  moliyalashning  ulushiga  qarab  tabaqalashtirilgan  foyda 

solig'i  stavkalarining  joriy  etilishi  tijorat  banklarining  investitsiyaviy  faolligini 

oshirishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi. 

Anjumanda milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini 

oshirish borasida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni 

yanada  faollashtirish,  mamlakat  investitsion  jozibadorligini  oshirish,  investitsiyalar 

samaradorligini 

baholash 

va 

investitsiya 



faoliyatini 

moliyalashtirishni 

takomillashtirish,  iqtisodiyotning  real  sektoriga  investitsiyalarni  jalb  etishda  tijorat 

banklari 

ishtirokini 

yanada 


qo'llab-quvvatlash, 

investitsiya 

faoliyatini 

moliyalashtirishda qimmatli  qog'ozlar vositalaridan foydalanish  masalalari bo'yicha 

fikr-mulohazalar bildirildi hamda ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Ta‘kidlash  joiz,  2012-yilda  sanoatga  kiritilgan  investitsiyaning  asosiy  qismi 

—  40  foizi  yoqilg‗i  tarmog‗iga,  mashinasozlik  va  metallga  ishlov  berishga  — 

12,5%,  elektr  energiyasiga  —  10%,  metallurgiyaga  —  8,5%,  yengil  sanoatga  — 

8,1% qismi sarflangan. 


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling