O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi berdax nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


MOVARUNNAXRDA ShAYBONIYLAR VA AShTIRXONIYLAR


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana25.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

 
MOVARUNNAXRDA ShAYBONIYLAR VA AShTIRXONIYLAR 
HUKMRONLIGI 
 
REJASI 
 

1. Kuchmanchi o’zbeklrning Muhammad Shayboniyxon boshchiligidagi 
Movaraunnaxrga yurishi. Zixiriddin Muhammad Bobur 
2. Shayboniylar davridagi Movaraunnaxrning ijtimoiy, iqtisodiy va siesiy 
ahvoli 
3. Movaraunnaxrda Ashtarxoniylar hukmronligi davri 
Adabiyotlar: 
1.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.T.1998 
2.Azamat Ziyo.O’zbek davlatchiligi tarixi.T.2000 
3.Zaki Validiy. O’zbek urug`lari. T.1992 
4.Bobur. Boburnoma.T.1960. 
5.Shaniyazov K.Uzbeki-Karluki.  
6. O’zbekiston tarixi. T.2003,2006 
7.Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T2000. 
 
Movaraunnaxrning utroq dehqonchilik aholisi qadimdon endosh dashtliklar 
kuchmanchi chorvador aholisi bilan, iqtisodiy va siesiy jihatdan mulkotda bo’lib 
kelgan. Yirik va kichik urdalarga osongina birlasha oladigan kuchmanchilar 
Movaraunnaxrning dehqonchilik vohalariga tez-tez hujim qilib turardi. 
Kuchmanchi chorvalar turkiy kabilalarning aksariyati bu davrlarda Dashti 
kipchoqda yashardi. Mug`ullar istilosiga qadar Dashti Qipchoq aholisigonp 
davlatga birikmagan. Mug`ullar hukmronligi davrida u Juji ulusi tasarrufida 
buldi. Keyinchalik be erlarda Oltin O’rda davlati tashkil topdi. 14 asrning 90-
yillarida u Temur kushinlari tomonidan tormor etilgach parchalanib ketdi. 15 
asrning 1  yarmida rus manbalarida Nug`oy nomi bilan gilga olingan Mangit va 
Shayboniy uluslari shularning eng yiriklaridan edi. Nug`oy ulusining aholisi 
mang`it eki nug`oylar deb, Shayboniy ulsining chorvador qabilliri kuchmanchi 
uzbeklar deb atalardi. 15 asrda Dashti Qipchoqda vujudga kelgan eng yirik 
xonliklaridan Shayboniy ulusindagi kuchmanchi uzbeklarning Abulxairxon 
davlati edi. 1478 yilda xonlik poygaxti Singnokka kuchirildi. Kuchmanchi 
o’zbeklar davlati shaklan garchi kuchli kurinsa-da u mustahkam iqtisodiy a 
siesiy tayanchga ega emas edi. Bu davlat urug`-kabilachilik munosabatlari 
asosida barpo etilgan edi. 
Abulxatr vafotidan so’ng (1468) Dashti Kipchoqda o’zaro kurash yana avj 
olib, kuchmanchi chorvador kabilalarning dastlabki davlati barhom topdi, biroq 
ko’p vaqt utmay, Abulxairxon davlatini uning nabirasi Muhammad 
Shayboniyxon qayta tiklashga kirishdi. 1480 yillarga kelib u kuchmanchi 
o’zbeklar davlatini tiklashga muvaffaq bo’ldi. 15 asrning 90-yillarida. 
Temuriylarning o’zaro kuchaygan kezda Shayboniyxon Dashti Qipchoqning 
janubiy qismin, jumladan O’tror, Savron va Yassi va boshqa shaharlarni ishg`ol 
qiladi. Shayboniyxon qushinlari 1499 yildan boshlab Movaraunnaxrni ishg`ol 
qilishni boshlaydi. Bu vaqtda Samarqandda Abusandning nabirasi Sultanali 
hukmronlik qilar edi. Nihoyatda og`ir iqtisodiy tanglikni boshdan keshirgan va 
Temuriylarning tax uchun kurashidan bezor bulgan mehnatkash shaharni faol 

mudofaa qilmadi. Natijada Samarqand Shayboniyga jangsiz taslim buludi. Biroq 
shahar zadogonlarining ma`lum qismi temuriylar hukimdorligini tiklash 
tarafdorlari edi. Ular Farg`ona hukmdori Boburga maktub yo’llab Samarqandni 
ishg`ol qilishga da`vat etadilar. Bobur qushinlari bilan Samarqandga etib 
kelgach, unga peshvoz chiqilib, shahar darvozalari ochib beriladi. Lekin bu 
davrda shaharli oziq ovqat zaxiralari tugab, ocharchilik boshlangan edi. Bundan 
xabar topgan Shayboniyxon katta kuch bilan yana Samarqandga yurish 
boshlaydi. 1501 yil aprelida Zarafshon buyidagi Saripul kishlog`i yaqinida 
bulgan jangda Bobur qushinlari engiladi. Bobur 1501 yilning 2 yarmida 
Samarqanni tark etib, Toshkentga xon tog`asi Mahsudxon xuzurisha yo’l olgan. 
1502  yilda Shayboniyxon Sirdare tomon yurish qilib, Toshkent xoni 
Mahmudxon, Bobur va kalmoklarning birlashgan kuchlarini tormor keltiradi. 
1501 yili Farg`ona ishg`ol qilinadi. Shayboniyxon Samarqandni o’z davlatining 
poytaxti qilib, Buxoroga inisi Mahmud Sultonni hokim tayinlaydi. 
Movaraunnaxrdi o’z mavkeyini mustahkamlab olgach, Shayboniyxon 1504 
yilda avval Xisor hukmdori Xusravshoxni engib Kunduzni egallaydi. Sungra 
Xorazmga yo’rish qiladi va 1505 yilning avgustida Xorazmni butunlay 
buysindiradi. 1505 yilning kuzila Shayboniyxon kushinlari Xurosonga bostirib 
kirib, Maymana vap Faraebgacha etib boradi. 1507 yil may oyida Xirotni 
egallagach Temuriylar davlati butunlay netilo qilinib, uning xaroblarida 
Shayboniyxon saltanati tashkil topadi. Bu saltanatga Kaspiy dengizidan 
Vttisungcha Dashti Qipchoqdan Xurosonning janubiy chegaralarigacha bulgan 
erlar kiradi. Temuriylar davlatining baham topishga yuqori tadaqa vakillari, 
jumladan ruhoniylarning ma`lum qismi mamlakatda o’z mavqelari hamda mol 
mulklarini saqlab qolish maqsadida Shayboniylar bilan kelishib, stoqinlik yo’liga 
utishlari sabab bo’ldi. 
O’zbek qabilalari Dashti Qipchoqdan Movaraunnaxr va Xurosan tomon 
ketgach nufuzli o’zbek qozoqlardan iborat Qozoq xonligi kuchaydi. Uning xoni 
Qosimxon Movaraunnaxrni talashga, Sirdare xavzasidagi utloqlarni, Utror, 
Savron va Turkiston kabi savdo va hunarmandchilik shaharlarini qulga kiritishga 
urinadi. 1509 yilda Ulutovda Shayboniyxon bilan Qosimxon urtasidagi kattiq 
jang bo’lib, Qozoq xonligiga kakshatqich zarba beriladi. Shu vaqtda janubda 
shoh ismond boshliq Eron, Saffariylari (qizilboshchilar) davlatining taxiyki 
kuchayib, jiddiy kavf paydo buldi. Murgab daresining narigi tomonida bulgan 
katta jangda qizilboshchilar Shayboniy qushinlarini qurshovga olib butunlay tor-
mor qiladilar. Muxorobada Shayboniyxon hom xalok buladi. Bundan so’ng 
qizilboshlilar bilan kurashadigan shayboniylardan munosib sarkarda topilmadi. 
Xirotni qizilboshlilar jangsiz ishg`ol etdilar. Shoh Ismoil bilan Shayboniylar 
o’rtasida tuzilgan sulx shartnomasiga muvofiq Amudare chegara qilib belgilandi. 
Qabulni egallab turgan Bobur shoh Ismoilning madadi bilan Movaraunnaxr 
tomon yurish boshlaydi. 1511 yilda u Kunduz orqali Amudaredan utib, o’zbek 
sultonlarini tor-mor qiladi. Sungra Samarqand, Qarshi va Buxoroni Shayboniylar 
jangsiz bushatib ketadilar. Bobur Movaraunnaxrni jangsiz egallaydi. Boburning 

qaytishni va g`alabasini Movaraunnaxr aholisi hayrihoxlik bilan qarshi olsa ham, 
ammo uning hukmronligi uzoqqa chuzilmadi. Shayboniyxonning jiyani 
Ubaydulla Sulton qulay fursatdan foydalanib 1512 yilning baharida 
Movaraunnaxrga yurish qilib Buxorogacha bosib boradi. Bobur xisorga kachadi. 
Ubaydulla Samarqandni egallab, Shayboniylar hukmronligini qayta tiklashga 
muvoffaq buladi. Bobur Kabulga qatgach, u keyinchalik Shimoliy Hindistonni 
uziga buysindirib, bu ulkada Buyuk mug`ullar nomi bilan shuhrat topgan 
Boburiylar saltanatiga asos soladi. 
Shayboniylar davlatini cheksiz huqukka ega bulgan xon boshqarar edi. 
Viloyatlarni xonning ug`illari (sultonlar) hamda kuchmanchi qabila boshliqlari 
(biylar) idora qilardi. Xonlik poy taxti 1533 yildan Samarqanddan Buxoraga 
ukchirildi, xonlik ham Buxoro xonligi nomini oldi. Ubaydulloxon ulimidan 
so’ng Shayboniy sultonlari va mahalliy hokimlar urtasida hokimiyat uchun 
kurash kuchayib, xonlik erlari mayda bulaklarga bulinib ketdi. 1551-1556 
yillarda Movaraunnaxr uchun Shayboniylar urtasidagi kurashda Iskandar 
Sultonning ug`li Abdullaxon g`olib chiqdi. U Shayboniylar sulolasi urtasida eng 
buyuk xukimdor bulgan. 557 yildan Buxoro shhri xonlikning uzil-kesil poytaxti 
bulib qoldi. Abdulloxon hukmronligi (1557-1598) vaqtida Movaraunnaxrda 
tarqoq hokimliklarga barham berilib, markazlashgan davlat va kuchli qushin 
tashkil etildi. Xonlik chegarasi yana Qashqardan Orol va Kaspiy dengizi 
sohalarigacha Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismgacha bo’lgan 
erlarni kamradi. Xunarmandchilik, savdo-sotiq ilm-fan, madaniy va elchilik 
aloqalari rivojlandi. Biroq Abdulloxon vafotidan so’ng mamlakatda taxt uchun 
uzaro kurashlar yana avj oldi. Shayboniylarning oxirgi xukimdori Pirmuhammad 
II dvvrida (601) tarqaqlik kuchayib, 1500-1601- yillarda qariyb 100 yil hukm 
surgan Shayboniylar sulolasi barhom topib, Movaraunnaxrda Jujixon naslidan 
bulgan Ashtarxoniylar (Joniylar) hukmronligi boshlandi. Bu sulola davrida 
xonlikda siesiy nizo va beboshliklar deyarli tuxtamadi. Dastlab asli 
Ashtarxoniylik, Buxoroda kunim topgan shaxzoda Jonibekning ug`li Boki 
Muhammad (1601-1605), sungra uning ukasi Vali Muhammad (1605-1611) 
taxtga utkazildi. Imonkulixon davrida (1611-1642) qozoq biylari va boshqa 
kuchmanchilarning Buxoro xonligi erlariga talonchilik yurishlari kuchaydi. 
Chunonchi Imonqulixon 1612 yilda Toshkentni egallab, ug`li Iskandarni hokim 
etib tayinladi, ammo shaharlarda quzg`olon kutarilib Iskandar uldirildi. 
Imomkulixon Toshkent aholisini shafqatsiz qirgin qilib shaharni yana xonlikka 
kushib oldi. Uning davrida xonlik ancha mutaxkamlandi. Uning ulimidan so’ng 
taxtni egallagan Nadr Muhammadxon ham shafqatsizligi va zolimligi bilan 
norozilik chiqardi. Natijada muholif kuchlar ta`ziki bilan taxtdan voz kechdi. 
Hukimdor Abdulazizxon bilan ukasi Subxonkulixon urtasida hkoimiyat uchun 
kurash boshlandi va Subxonkulixon taxtni egallab uz raqiblariga qarshi 
shafqatsiz kurash olib bordi. Lekin uning ug`li Abdulloxon II davrida Balx, 
Termiz, Shahrisabz hokimlari mustaqil bo’lib olishga harakat qildilar. Uzaro 
betuxtov urushlar harbiy yurishlardan keyin bushab iqtisodiy ahvol 

mushkullashdi. 1708-1709 yillarda pul islohati natijasida pul qiymati to’rt marta 
tushib ketdi. Isloo’otdan zarar kurgan aholi g`alaen kutardi.   
Ayrim nufuzli amirlar uyushtirgan fitna natijasida Ubaydullaxon 1711 
yillarda uldirildi. Taxtga marhum xonning ukasi Abdulfoizxon nomigagina xon 
qilib utkazildi. Hokimiyatdagi muhim lovozimlar amirlar quliga utib qoldi. 
Markaziy hokimiyat zaiflashgach, 1711 yilda Balx, 1723 yilda Samarqand 
viloyati Buxoro xonligidan ajralib chiqdi. 1720 yildi Toshkentni kalmoqlar bosib 
oldi. Sungra kolmoqlarning hujmidan qochib qozoqlar Movaraunnaxrga yani 
Zarafshon vodiysiga kirib bog` va ekinzorlarni payvon qildilar. Movaraunnaxr 
parchalanib, uch xonlikga bo’linib ketdi. 
 
MARKAZIY OSIEDAGI XONLIKLAR 
REJASI: 
1. Buxoro xonligining iqtisodiy, ijtimoiy va siesiy ahvoli. 
2. Xiva xonligining iqtisodiy, ijtimoiy va siesiy ravnoqi 
3. Quqon xonligining shakllanishi va rivojlanishi. 
Adabiyotlar: 
1.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.T.1998 
2.Azamat Ziyo.O’zbek davlatchiligi tarixi.T.2000 
3.Zaki Validiy. O’zbek urug`lari. T.1992 
4.Xorazm tarixi. Urganch 1999. 
5.Bobobekov X.Qo’qon tarixi.T.1996  
6. O’zbekiston tarixi. T.2003,2006 
7.Bayoniy. Shajaraiy Xorazmshoxiy. T.1991. 
 
Ubaydullaxon davrida (1533) yil xonlikning poytaxti Samarqanddan 
Buxoroga kuchirilishi bilan, xonlik ham Buxoro xonligi deb yuritila boshladi. 
Buxoro xonligi Ashtarxoniylarning hukmronligining oxirgi davrida inqirozga 
yuz tuta boshladi. Ayrim nufuzli amirlar uyushtirgan fitna natijasida 
Ubaydullaxon 1711 yili uldirildi. Taxtga ukasi Abulfoizxon nomigagina xon 
qilib o’tkazildi. Hokimiyatdagi muhim lovozmlar nufuzli amirlar kuliga utib 
qoldi. Markaziy hokimiyat zaiflashgach, 1711  yilda Balx, 1723 yilda 
Samarqand viloyatlari Buxoro xonligidan ajralib chiqdi. 1720 yillarda Toshkent 
viloyatini qalmoqlar bosb oldi. Buxoro xonligi iqtisodiy va siesiy tnqtrozga yuz 
tutib, Movaraunnaxr parchalanib, uchta xonlikka bulinib ketdi. 
Bundan oydalangan Eron hukmdori Nodirshoh 1740 yilning bahorida 
Balxni egalladi va usha yili Amudaredan utib Buxoro xonligini buysindirdi. U 
mang`it qabilasidan bulgan Muhammad Hokim otalikni ishonchli vakili sifatida 
taxtga utkazildi. Xonlik Nodirshoxning ulimidan so’ng (1747) Eronga tobelikdan 
kutulib, uz mustaqilligini tikladi. 1747 yilda otasi urniga otalik tayinlangan 
Muhammad Raxim boshlik fitnashilar Abulfoizxonni uldiradilar. Bundan narozi 
bulgan viloyat hokimlari isen kutaradilar. Quzg`olonlar shafqatsiz bostirilgach, 
Muhammad Roxim arxoni davlat va ruhoniylar fatvosi bilan 1753 yilda Buxoro 

taxtini egallaydilar. Shundan keyin Ashtarxoniylar sulolasi barham topib 
mang`itlar sulolasi hukmronligi boshlandi. 
Muhammad Raxim vaqtida Buxoro amirligiga erlar ancha qisqargan edi. 
Doniel biy otalik vaqtida uzaro urushlar davom etib, Karmana, Uratepa, Nurota, 
Sherobod, Boysun va boshqa joylarda mahalliy kuchlar bosh kutarib, poytaxt 
izmidan chiqishga harakat qilganlar. Uning katta ug`li Shohmurod hukmronligi 
davrida Donielbiy joriy etgan solihlardan bir qanchasi bekor qilindi, iqtisodiy 
haet birmuncha yaxshilandi. Mang`itlar sulolasi markaziy hokimyatni 
mustahkamlashga qanchalik urunmasin viloyat hokimlarining mustaqillikka 
intilishi davom etaveradi. Ayniqsa Buxoroga muxolif bulgan Shaxrisabz va 
Kitob bekliklari bilan kurash shiddatli bo’ldi. Faqat 1853 yildagina bu 
bekliklarni Buxoraga buysindirishga muvaffaq bulindi. Amir Haydar davri ham 
ichki va tashqi urushlardan holi bulmadi. Ayniqsa Uratepa bir necha marta 
quldan-qulga utib turdi. 19 asrning 1-choragida Buxoro bilan Xiva va Quqon 
xonliklari o’rtasida O’rta Osie ustunlikka erishish uchun talon-taroj urshlari 
buldi. Toshkent, Turkiston, Chimkent va ularning atrofi Quqon xonligi 
tasarrufiga utdi. Amir Xaydarning vorisi Nasrullo 1827-1860) amirlik erlarni 
kengaytirishga muvaffaq  bo’ldi. U taxtga da`vagor bulish mumkin bulgan 
barcha shaxslarni kirib toshladi. 
Buxoro xonligida davlatni boshqarish boshqa xonliklardan deyarli farq 
qilmadi. 16-17 asrlarda otalik lavozimidagi shaxs xonninng ung quli bo’lib, u 
butun mamlakatni boshqargan. Naqib harbiy ishlar va tashqi siesat bilan 
shug`ullangan. Vaqf erlarni nazorat qilish sadrlar zimmasiga yuklatilgan. 
Shuningdek kushni uchun alohida qozi (qoziaskar) tayinlangan. 
Konunshunoslikka va umuman shariatga doir muhim masalalarni kchish va 
haetga tatbiq etish a`lam zimmasiga buldi. 
Devonbegi otalik mansadidan keyin turgan. U urush va sulx ishlarini, ayrim 
viloyat hokimlarini tayinlash va boshqa masalalar bilan shug`ullangan. 
Parvonachi xon erliklarini topshirish va harbiy qismlarga boshchilik qilish kabi 
vazifalarni ado jtgan. Qushbegi ovchi kuchlarni saqlash va xonninng ovga 
chiqishini tashkil etish bilan shug`ullangan. Mang`itlar sulolasit davrida ham 
mustabit hokimiyat shakli mavjud bulib, amir huquqi chegaralanmagan oliy 
hukmdor edi. Ijro etuvchi hokimiyatni bosh vazir-qushbegi boshqargan. U xon 
bilan bamaslaxat ish yuritgan. Jamiyat haeti shariat qonunlariga asoslangan. 
Mamlakat murakkab davlat apparati orqali idora qilingan. Masalan moliya ishlari 
devonbegiyi qalonga, davlat kafvsizligi kukoldashga, ichki tartibni saqlash va 
nazorat qilish raisga topshirilgan. Buxoro qoziqoloni xuzurida a`lam va 12 
muftiydan iborat rivoyatlar tuzuvchi muftiylar devoni bulgan. Shayxulislam bosh 
ruxoniy va adliya ishlarining sardori hisoblangan. U jamitya ma`naviy haetini 
boshqargan. Sud hokimiyati ruxoniylar qulida bulgan. Xonlikda rtaasrchilik 
boshqvruv tizimining uzoq saqlanishi tarixiy va qushni kuch qudratiga salbiy 
ta`sir kursatdi. Sarbozlar uq-ey, nayza, qilich, oybolta kabi ibtidoiy qurollar bilan 
qrollangan. Xonlikda qushin asosan otliqlardan tashkil topgan. 

Mamlakat iqtisodiy haetida dehqonchilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi 
savdo asosiy urnini egalladi. Dehqonchilik sug`orish bilan bevosita bog`liq 
bulgan. Sug`orish tarmoqlari Zarafshon va Amudaredan chiqarilgan. Xonlikda 
feodal er egaligining asosan uch turi-amloq (amir boshchiligidagi feodallar 
guruhi ixtieridagi erlar), mulk (xususiy er egalariga qarashli) va vakq (musulmon 
ruxoniylari, madrasa, masjid va mozorlarga qarashli) erlar mavjud bulgan. 
Xonlikda dehqonlar erni asosan ijaraga olib ishlar edi. Dehqonchilikda asosan 
g`alla, paxta ekilgan. Ipakchilik qurok Zarafshon vodiysida rivojlangan. 
Hunarmandchilikda, tuqimachilik, tikuvchilik, misgarlik, zargarlik buyumlari 
ancha rivojlangan bulib xatto xonlikdan tashqariga ham olib chiqilar edi. 
Masalan Zandana qishlog`ida tuilgan zandaniychi matosi butun sharqda mashqur 
bulgan. Xonliklar urtasida savdo uzluksiz davom  etib turgan. Ayniqsa Buxoro 
shahari Markaziy Osiening eng yirik savdo markazi sifatida mashhur bo’lib, 
kuplab qaravan-saroylarga va savdo rastalariga ega edi. 
Buxoro islam dini markazlaridan biri sifatida mashqur edi. Abdulazizxon va 
Abdullaxon saroyida badiiy bezakli nodir asarlar tuplangan kutubxona mavjud 
edi. 16 asrning 2- yarmida Buxoroda qariyt 350 ta shoir, olim, hattot va boshqa 
madaniyat vakili ijod qilganligi haqida ma`lumotlar bor. Tarixda dorir asrlar 
bitilgan. Abdulla Ibn Muhammad, Fayzullox ibn Ruzbexon Isfaxaniy, Xafiz 
Tanish Buxoriy, Shulardan Xafiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”,  Mir 
Muhammad Amin Buxoriyning ”Ubaydullanoma”, Mirza Abdulazim Somiyning 
”Tarixi salotini mangitiya” va boshqa asarlar juda mashhur. Buxoro, Samarqand 
va boshqa joylarda xashamatli me`morchilik inshoatlari (madrasa, masjid va 
boshqa jamoat binolari) buned etildi. Xususan Madarixon, Kakuldosh, Juybor, 
Abdullaxon madrasalari makbaralar, sardobalar me`morchilik va kurilishning 
ajoyib nomunalari sifatida namoen buldi. 
Xiva xonligi Markaziy Osiedagi eng yirik xonliklarning biri hisoblanadi. 
1505 yilda Shayboniylarga, 1510 yilda Eroniylar tomonidan buysindirilgan. 
Lekin 1511 yilda Shayboniylar xonodoniga mansub bulmagan Dashti Qipchoq 
kuchmanchilari tub aholining erdami bilan eronliklarga zarba berib Xorazm 
mustaqilligini tikladilar. Usha kuchmanchilar (Qung`irotlilar) sardori Elbars 
Xorazm xoni deb elon qilindi. Xonlik tegrasmiga Qadimgi Xorazmdan tashqari 
Mangishliq voxasi, Dexistan, Bolxon, Uzboy hamda Xurosonning shimoliy 
qismi kirgan. Poytaxti dastlab Vazir shazari, keyin Kuxna Urganch va Xiva 
bulgan. 
Xorazm xonligi 1538 yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon so’ng esa 1593 yilda 
Abdullaxon tomonidan yanada buysundirildi. Lekin 1598 yilda uz mustakilligini 
yanada tiklaydi. 
Elbars sulolasining vakili Xojimxon (1558-1602), so’ngra Arab 
Muhammad (1602-1623) taxtni egalladi. Bu vaqtda Xorazmga qalmoqlar va 
qozoqlar, keyinroq Ataman Nechay boshchiligida Ural qozoqlari bostirib kirdi. 
Bu davrda taxt uchun kurash qizg`in edi. Bunda turkman qabila boshliqlari ham 
faol qtnashdilar. Asfandierxon turkmanlar erdami bilan taxtni egalladi. 1643 

yilda Orollilar erdamida taxtni egallagan Abulg`oziy Baxodirxon turkmanlarni 
qattiq nazorat ostiga olgach, tub aholining mavqeyin kutarildi. Mamlakatda 
boshboshdalikka chek quyilib, markaziy davlat hokimiyatini mustaxkamlashga 
erishdi. U kalmiklarga va Buxoraga qarshi xarbiy yurishlar qildi. Uning 
mirasxuri Anushaxon xottaki Buxoro xonligidan Samarqandni tortib  olishga 
ham mavaffaq buldi. Buxoro xoni Subxonqulixon Anushaxongna muxolifotdagi 
kuchlarga tayanib, Xivada fitna uyushtirdi va Anushaxonni taxtdan og`darishdi. 
Taxtga Shoxniez utkazildi. (1688-1702). 
1715 yilda taxtga Sherg`ozixon utirdi. Ayni vaqtda mamlakatga tashqaridan 
bulgan xavfxatar kuchaydi. Rus imperatori Petr I Xiva xonligini bosb olish 
maqsadida 1715-1717 yillarda Bekovich Cherkasskiy boshchiligida zamonaviy 
xarbiy kurollar bilan shaylangan katta qushinni yubordi. Ammo Sherg`ozixon 
ustalik kilib ruslarni mag`lubiyatga uchratdi. Ammo Rossiya imperiyasi Xiva 
xonligini bosb olish niyatidan qaiytmadi. Buxoro xoni umumiy dushmanga 
qarshi birgalikda kurashish urniga Sherg`ozixonga muxolif bulib Rossiyaga 
xushamadkuylik qiladi va xayrixoklik bildiradi. 
Buxoro xoni Abuofaizxon Orolbuyi kabilalarini Sherg`ozixonga qarshi 
kuzg`otdi. Sherg`ozixon 1728 yilda mashxadlik qullar tomonidan uldirilgach, 
Xivada yana algov dalg`ov urushlar boshlanib ketdi. Xivaning nufuzli kishilari 
qozoqlarni o’z tarafiga tortish uchun qozoq sultonlaridan biri Elbarsni taxtga 
uturg`izadi. Ayni vaqtda Eron shohi Nodirshoh Xivaga qarshi yurish boshlab 
uziga buysindiradi. 1741 yilda Xivaliklar quzg`olon kutarib xonlikning 
mustahkamligi tiklandi. Nihoyat 1763 yilga kelib Xiva xonligida yangi sulola 
kung`irot kabilasi vakillarining hukmlorligi boshlandi. Muhammaamin inoq 
davrida turkman va buxoroliklarning xujumi kaytarildi. Nihoyat 1763 yilga kelib 
Xiva xonligida yangi sulola qung`irot qabilasi vakillarining hukmronligi 
boshlandi. Muhammadning inoq davrida turkman va buxoroliklarning xujumi 
kaytarildi. 
Muhammad Raxim I (1806-1825) xonligi davrida markaziy hokimiyat 
ancha mustahkamlanib iqtisodiy haet ham barqarorlashdi. Oliy kengash tuzilib 
soliq islohati utkazildi. Orol bo’yi qabilaliri va qoraqalpoqlar buysindirildi. 
Seyid Muhammad davrida turkmanlar va qisman qoraqalpoqlar bilan 
tuqnashuvlar bulib utdi. Xonlik taxtida eng ko’p utirgan xonlardan biri Sayid 
muhammad Raxim II davrida bu `uqnashuvlar tuqtatiladi. 
Xonlikda davlat boshqaruvi va qushin tuzulishi Buxoroliklardan deyarli 
farq qilmagan. Xonning huquqi chegaralanmagan. Xondan keyingi eng nufuzli 
lovozim vaziri a`zam eki qushbegi bulib, u soliqlarni tuplash, harbiy ishlar 
umuman xonning barcha topshiriqlarini bajarish bilan shug`ullangan. U kuproq 
xonlikning janubidagi utroq aholini. mehtar mansabidagi kishi esa 
shimoldagilarni boshqargan. Shuningdek, qozi, rais, yasavul va boshqa 
mansablar mavjud edi. Shaharlarni hokimlar va ularning erdamilari bulmish 
yuzboshilar va oqsoqollar idora qilganlar. Xonlikda shayxulislom (oxun) va 
muftiy yuqori mavqeni egallaganlar. Xonlikning qushini asosan, otliqlardan 

tashkil topib, ularga lashkarboshi, yuzboshilar qumondonlik qilgan. Askarlar 
tinichlik paytida dehqonchilik va boshqa kasblar bilan shug`ullanganlar. 
Xonliklar iqtisodiy haetida sug`orishga asoslangan dehqonchilik muhim 
urin egallagan. Erlar davlat va xususiy kishilar qulida bulib, uning ma`lum 
vakfga berilgan. Xonlikda ichki va tashqi savdo muhim urin tutgan. Xiva, 
Urganch, Xazarasp, Xanka, Toshxavuz, Xujayli, Gurlan, Chimboy kabi shaharlar 
xunarmandchilik va savdoning markazlaridan edi. 
Madaniy haetga ham ijobiy uzgarishlar sodir buldi. Tarixga doir qimmatli 
asarlar yaratildi. Abulg`oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk”,  ”Shajarayi 
Tarokimi”, asarlarida xonlikning siesiy va ijtimoiy-iqtisodiy haetiga doir 
ma`lumotlar o’z aksini topgan. Munisning  “Firdavsul-iqbol” asari xonlikning 
XVIII asr tarixiga bog`ishlangan Munis vafotidan keyin asarning davomini 
jiyani Ogaxiy ezgan. Bunda xonlikning tarixi 1872 yil bilan tugagan. XVII 
asrdan me`morchilik rivojlanib xashamatli binolar kurula boshladilar. Ayniqsa 
Qung`irot sulolasi vaqtida xususan XIX asrdan Xivoning obodonlashtirilishiga 
kuproq e`tibor berildi. Eltuzirxon va Ollakulixon vaqtida Kuxna arkda 
Kurinishxona bitkazildi. 
Quqon xonligi O’rta Osiedagi uch xonlikning biri hisoblanib eng nufuzli 
urinlarni egallaydi. XVII asrning oxirlarida Buxoro xonligida kuchaygan ichki 
inzolar markaziy hokimiyatni zaiflashtirgan edi. Xonlik tasarrufidagi erlar 
mustaqillikka intila boshladilar. XVIII asrning boshida Farg`ona vodiysida 
Quqon xonligi vujudga kelib, Farg`onaning mustaqilligi tiklandi. Farg`onani 
dastlab (1709 yilgacha) Chodak xujalari keyin ming (oq butro) kabilasiga 
mansub xonlar idora etdi. Sulola asoschisi Shoxruxbiy Chust shahari yaqinidagi 
Chodak xujlari hokimiyatini sifatida mulkni boshqardi. Xonlik dastlab 
”Farg`ona” xonligi deb yuritilgan. Shoxruxbiyning katta ug`li Muhammad 
Raximbiy 1725 yilda Uratepani va 1729 yilda Samarqandni egalladi Ammo, 
Samarqand Buxoro xonligi tomonidan qayta egallandi. Abduraxim biyning 
qarorgohi Dehqontuda qishlog`ida edi. Nihoyat 1732 yilda u paytaxtni 
Tepaqurg`on qal`asidan hozirgi Quqon shahri urniga kuchirib birinchi poytaxt 
poydevorini qurdirdi. Quqon 1740- yildan boshlab poytaxt sifatida tula 
shakllandi. Abdulkarimbiy hukimronligi davrida poytaxt mudofaa devori bilan 
urab olindi. XVIII asrning II yarmida Erdonabiy va Norbutabiylar davrida 
Farg`onani birlashtirish yakunlandi. XVIII asrning oxirida Toshkent xonligi 
bilan Quqon xonligi urtasida tuxnashuvlar buldi Toshkent xonligi 1784 yil 
Shayxontour dahasi hokimi Yunusxuja tomonidan shaharning turtta mustahil 
hokimligini birlashtirishi natijasida vujudga kelgan edi. Toshkent xonligiga 
Sayram, Chimkent, Turkiston, qurama va ularning atrofidagi joylar kirgan. 
Qozoq dashtlariga chiquvchi karvon yo’li Toshkent xonligi erlaridan utardi. 
Toshkentni va savdo yo’llarini egallash uchun Quqon hukmdori Norutabiy 1794 
yilda katta qushni bilan Toshkentga qarashli erlarga bostirib kirdi, biroq 
mag`lubiyatga uchradi. Norbutabiy vafotidan so’ng taxtga utirgan ug`li Olimbek 
vaqtida (1800-1809) xonlik erlari kengayib, xonlikning siesiy va iqtisodiy 

mavqeyi usdi. Harbiy islohat utkazildi. Ohongaron vohasi, Toshkent, Chimkent 
va Turkiston viloyatlari xonlikta qushib olindi. Qozoq dashti orqali Rossiyaga 
savdo yo’li ochildi. Farg`ona davlati rasman 1805 yildan Quqon xonligi deb 
e`lon qilindi. Olimbek esa uziga xon unvonini oldi, 1807 yilda Olimxon 
Toshkent xonligini buysundirish uchun ukasi Umarxon boshchiligida 12 minglik 
qushin yubordi. 1808 yili Olimxon Toshkentni tamomila buysindirdi. Olimxon 
Toshkentdaligida Quqonda fitna kuzgalib xonlik taxtiga 1809 yilda uning ukasi 
Umarxon utkazildi. U xonlikka buysinmay quygan Turkiston, Chimkent,Sayram 
va Avlieotani qayta egallab, xonlik erlarini yanada kengaytirishga erishdi. Uning 
vaqtida Uratepa va boshqa joylar uchun Buxoro xonligi bilan ko’p marotaba 
urishildi. 1817 yilda Sirdare buyidagi karvon yo’lida Okmachit qal`asi kurildi. 
Umirxon va uning ug`li Madalixon hukimdorligi vaqtida Quqon xonligi eng 
kuchaygan davri buldi. 
Muhammad Alixon davri (1822-1842) da Sharqiy Turkiston bilan ijtimoiy 
va siesiy aloqalar kuchaydi. U 1826-1831 yillarda Sharqiy Turkistonda 
xitoylarga qarshi kurashaetgan mahalliy aholiga erdam kursatish uchun qushin 
tortdi. XI  asrning 20-30 yillarida Xitoy hukumati Quqon xonligiga vaqtincha 
Sharqiy Turkistonning 6 ta shaharidagi bozorlardan boj yig`ish hukuqini 
xonlikka berishga majbur buldi. Xonlikning shimoliy sahralari g`arbda Orol 
dengizidan sharqda Ili daresi vodiysigacha etdi. Bu viloyatlarni Toshkent 
beklarbegi boshqarar edi. 
Quqondagi fitna va golaenlardan foydalangan Buxoro amiri Nasrullo 1839 
va 1841 yillarda Quqon xonligiga bostirib kirib, Toshkent, Hujand, Uratepa va 
boshqa joylarni egallab oldi. 1842-yili Nasrulloxon Kukonga hujum qilib 
Muhammad Alixon, Moxlaroyim (Nodirabegim) va boshqa ko’p odamlarni katl 
etildi va Quqonga Buxoro tarofidan noib tayinlandi. Usha yili quqonliklar 
quzg`olon kutarib buxoroliklarni ag`darib tashladi va taxtga Sherali utirdi. 
Toshkent beklarbegi, Qurama, Hujand qaytarib olindi. Ichki kurashlar aholining 
ijtimoiy ahvolin og`irlashtirdi natijada quzg`olonlar boshlandi. Xonlikda 
Xudaerxon uch marotoba taxtga utirdi. Xudaerxonning eshligidan foydalanib 
Sheralixon davrida mingboshi saylangan Musulmonkul qipchoq xonlikda 
hokimiyati egallab oldi, Qipchoqlar qirg`inidan keyin Musulmonkul qatl etildi. 
1865 yili Buxoro amiri Muzaffar Quqonni bosib oldi. Xudaerxon amir erdamida 
yana Quqon taxtini egallashga muvaffaq buldi. Shu vaqtda Toshkent shahari va 
undan shimolidagi viloyatlarni Rossiya imperiyasi boshib olishga ushurgan edi. 
Quqon xonligidagi hokimiyatni boshqaruv tartibilari Buxoro va Xiva 
xonligidagi hokimiyatni boshqaruv tartibilari Buxoro va Xiva xonliklaridan 
deyarli farqi bulmagan edi. Xon cheksiz Mingboshi yaki otalik oliy harbiy unvon 
hisoblangan. Saroy qashida tuzilgan maxsus kengashda eng oliy mansab vakillari 
kiritilgan. Kengashga xon rahbarlik qilgan. 
Xonlikdagi markazlashgan davlat boshqaruvi hunarmandchilik, 
dehqonchilik, ichki va tashqi savdo rivojiga imkon yaratdi. Dehqonchilikning 
rivojlanishi bilan sug`orish tarmoqlari ham kupaydi. Sug`orish ishlariga 

Shoxruxbiy va Erdonabiy davridan alohida e`tibor berilib kelindi. Olimxon 
davridan alohida e`tibor berilib kelindi. Olimxon oltida kanal chiqargan erda 
Olitioriq qishlog`i yuzaga keldi. Erning aksari qismi davlatga qarashli-amloq 
erlar bulib, uni xonnning shaxsan xonnning uzi tasarruf etgan. Amloq erlar 
dehqonlarga ijoraga bergan. Xon erning katta qismini tanxo sifatida va 
soliqlardan ozod qilingan holda xonlikka sadojat kursatgan kishilarga xususiy 
mulk tarzida bergan. Xonlikda nisbiy osoyishtalik davrlaridagi iqtisodiy 
rivojlanish ma`naviy haetning ham yo’qsalishiga olib kelgan. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling