Gidrogenlash. Aldegid va ketonlarga katalizatorlar ( Ni, Co, Cu, Pd va b.) ishtirokida vodorod ionli mexanizm asosida birikadi. Bunda aldegidlardan birlamchi, ketonlardan ikkilamchi spirtlar hosil bo’ladi.
Gidratlanish. Aldegid va ketonlar suv biriktirib gidratlangan shaklga o’tadi:
keton 2 atomli spirt (gemdiol)
Ammo bir uglerod atomi bilan ikki gidroksil gruppa birikkan ikki atomli spirt- gemdiol beqaror bo’lganidan u darhol suv va tegishli aldegid yoki ketonga parchalanadi. Aldegid va ketonlarning suv biriktirib olish qobiliyati karbonil uglerodidagi musbat zaryadning kuchayishi bilan oshib boradi. Shuning uchun
ham xloral suvni oson biriktirib, barqaror, qattiq kristall modda - xloralgidrat hosil qiladi:
Xloral xloralgidrat
Xloralgidratni bir uglerod atomida ikki gidroksil tutgan barqaror ikki atomli spirt deb baholash mumkin. U ishqor ta’sirida xloroform va chumoli kislota tuziga aylanadi:
xloralgidrat xloroform
Do'stlaringiz bilan baham: |