O‘zbekiston respublikasi standarti
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiat fani bo‘yicha uzluksiz ta‘lim tizimining majburiy ta‘lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan minimal TALABLAR Bilishi kerak
- TABIAT FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
- A1 DARAJA UCHUN MAJBURIY MINIMAL TA‘LIM MAZMUNI O‘quv kursi ATROFIMIZDAGI OLAM
- Kattaliklar ni o‘lchash
- O‘lchash (aniqlash) va tajriba o‘tkazish
- O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 2013-2014 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalariga
Amaliyotda qo‘llash Geometrik shakllar, kattaliklar, ularning o‘lchov birliklari qo‘llanilgan amaliy masalalarni yechish, ularga oid qisqa yozuv, rasm, jadval asosida amaliy masalalar tuza olish, olgan bilim va ko‘nikmalarni kundalik turmushda qo‘llay olish
13
Tabiat fani bo‘yicha uzluksiz ta‘lim tizimining majburiy ta‘lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan minimal TALABLAR Bilishi kerak: atrofimizdagi olamga nimalar kirishini; jonli va jonsiz tabiatni; jism va moddalarning farqini, o‘simlik va hayvonlar uchun issiqlik va yorug‘likning zarurligini; uyda foydalaniladigan elektr jihozlarni, sezgi organlari vazifa-larini; suvning uch holati, ob-havo, termometr, tarozi, Yer shari, vaqt o‘lchov birliklarini; chaqmoq chaqishi, momaqaldiroq gumburlashi, qushning sayrashi, Quyosh, lampochka va olovlardan yorug‘lik va issiqlikning tarqalishi, shamolning esishi, bulutlarning harakati, yog‘inlar yog‘ishi, suvning isishi va qaynashi tabiat hodisalari ekanligini havo bo‘shliq emasligi, shamol havoning harakati ekanligi, havo haroratining o‘zgarishi, tabiatda suvning aylanishini; yulduzlar, Quyosh, Quyosh sistemasidagi sayyoralar, kometa, meteor va meteoritlar, Oy va ko‘rinish holatlari, kun va tunning, yil fasllarining davriy almashinishini.
tevarak-atrofimizdagi tabiat nimalardan iborat ekanligini tushun-tirib berish; tabiat hodisalari nima ekanligini, shamolning hosil bo‘lishini, yulduz, Quyosh va Yerning qiyosiy o‘lchamini, Quyoshning Yerdan qanchalik uzoqligini tushuntirib berish; termometr yordamida havo va suvning temperaturasini, tarozi yordamida jismlarning massasini, sekundomer yoki soat yordamida vaqtni, chizg‘ich yoki tasma yordamida uzunlikni o‘lchay olish, Quyoshning ko‘rinma harakatiga qarab ufqning asosiy tomonlarini aniqlash; havo bo‘shliq emasligiga oid, shamol havoning harakati ekanligiga oid Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishidan kun va tunning almashinishiga oid oid tajribalarni bajara olish Quyosh Yer yuzini yoritishi va isitishi, havo bo‘shliq emasligi, shamol havoning harakati ekanligi, tabiatda suvning aylanishi, Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishidan kun va tunning davriy almashinishi, globus – Yerning modeli ekanligi, ufq va uning asosiy tomonlari, O‘zbekiston Respublikasining mahmuriy bo‘linishi, poytaxti, tabiatni muhofaza qilish zarurligini tushuntirib berish; globusdan Yerning aylanish o‘qi, qutblari va ekvatorni, suv va quruqliklarni, yarimsharlar tabiiy kartasidan materik va okeanlarni, yirik dengiz, daryo, tekislik va tog‘liklarni, O‘zbekiston Respublikasining tabiiy kartasidan o‘lkamizdagi yirik daryo, ko‘l, tekislik va tog‘liklarni, O‘zbekiston Respublikasining mahmuriy kartasidan mamlakatimiz chegaralari, mamlakatimiz poytaxti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini ko‘rsatish. Amaliyotda qo‘llay olishi kerak: kundalik ob-havoni kuzatish, havo haroratini o‘lchash va natijalarni daftarga yozish; Xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda lampochka, radio, videomagnitofon va televizorni yoqish va o‘chira olish; haroratni o‘lchashda termometrdan, narsalarning o‘lchamini, uzunlikni o‘lchashda chizg‘ich yoki o‘lchov tasmasidan, mahsulotlarni tortishda pallali tarozidan foydalana olish; isiyotgan suvning kengayishi, o‘simlik va hayvonlar uchun yorug‘lik va issiqlikning ahamiyati, suvning xususiyatlari, havoning bo‘shliq emasligi, shamolni hosil qilish, ob-havoni kundalik kuzatish, tabiatda suvning aylanishi, tuproqning tarkibi va ahamiyati, kun va tunning almashinishi, yil fasllarining almashinishi, ufq tomonlarini aniqlash, globus va karta bilan ishlash, o‘lkamiz tabiatini muhofaza qilishga oid olgan bilim va ko‘nikmalarni kundalik turmushda qo‘llay olish.
14
TABIAT FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI Boshlang‘ich ta‘limda ―Tabiiyot‖ (―Atrofimizdagi olam‖, ―Tabiatshunoslik‖) o‘quv kurslarini o‘rganish quyidagi maqsad va vaziflarga erishishga yo‘naltirilgan:
va jamiyatdagi o‘rni haqidagi bilimlarni egallash; tarbiyaviy: atrofimizdagi olamga nisbatan ijobiy tuyg‘ularni shakllantirish, tabiatni qadrlash, muhofaza qilish, o‘lka tabiatiga muhabbat hissini uyg‘otish, dala va bog‘ ishlaridagi kattalar mehnatini ehzozlash, nazariy olgan bilimlarini amalda qo‘llash malakasini shakllantirish, tabiat va jamiyatda faol bo‘lish ehtiyojini tarbiyalash; rivojlantiruvchi: atrofimizdagi olamni, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, umumlashtirish, tabiatga oid muammolar haqida ijodiy fikrlash, ularni hal etish uchun boshqotirish. ―Tabiiyot‖ kursi integrativ o‘quv kursi bo‘lib, uning mazmunida ―Geografiya‖, ―Biologiya‖, ―Fizika‖ va ―Kimyo‖ fanlariga oid boshlang‘ich tushuncha va bilimlar singdirilgan. SHunga ko‘ra, ―Tabiiyot‖ o‘quv kursi yuqorida keltirilgan maqsadlardan tashqari, shu fanlardan boshlang‘ich bilimlar ham beriladi. Davlat ta‘lim standartlarida boshlang‘ich ta‘lim bitiruvchilarining ―Tabiiyot‖ (―Atrofimizdagi olam‖, ―Tabiatshunoslik‖) fanidan tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Talablarda o‘quvchilarning ―Atrofimizdagi olam‖, ―Tabiatshunoslik‖ o‘quv kurslaridan egallashlari shart bo‘lgan minimal kompetensiyalar majmuasi ifodalangan. Boshlang‘ich ta‘lim bitiruvchilari belgilangan kompetensiyalarning barchasini egallagan bo‘lishlari shart. Davlat ta‘lim standartining tarkibiy qismi sifatida ―Tabiiyot‖ (―Atrofimizdagi olam‖, ―Tabiatshunoslik‖) fani bo‘yicha majburiy minimal ta‘lim mazmuni berilgan. Majburiy minimal ta‘lim mazmuni boshlang‘ich ta‘limda ―Atrofimizdagi olam‖, ―Tabiatshunoslik‖ o‘quv kurslarida o‘quvchilarga beriladigan minimal o‘quv materiallari bo‘lib, o‘quv dasturini tuzishda tayanch vazifasini o‘taydi. O‘quv dasturida DTSda belgilangan majburiy minimal o‘quv materiallari batafsilroq beriladi. Dasturdan majburiy minimal o‘quv materiallaridan tashqari qo‘shimcha o‘quv materiallari ham o‘rin olishi mumkin. Majburiy minimal ta‘lim mazmunida keltirilgan kompetensiyalar DTSda belgilangan majburiy minimal o‘quv materiallarini o‘zlashtirish uchun beriladigan imkoniyat darajalari majmuasini ifodalaydi. Belgilangan kompetensiyalar asosida dasturning tegishli o‘quv materiallari oxirida o‘lchov asboblari, namoyish tajriba va amaliy ishlar ro‘yxati keltiriladi. Har bir sinf (bosqich) uchun o‘quv dasturi so‘ngida keltiriladigan o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda ham DTSning majburiy minimal ta‘lim mazmunida belgilangan kompetensiyalar asos qilib olinadi. O‘quv dasturi asosidagi darsliklar mazmunida, birinchi navbatda, shu kompetensiyalarga erishish maqsad qilib qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan ta‘lim jarayonini tashkil etishda har bir o‘quvchi kompetensiyalarda belgilangan talablarga erishishiga imkon yaratadi, har bir darsni o‘tishda shu talablarga alohida e‘tibor beradi.
15
A1 DARAJA UCHUN MAJBURIY MINIMAL TA‘LIM MAZMUNI O‘quv kursi
Majburiy minimal o‘quv materiallari Men va atrofimdagi olam. Bizning maktab. Bizning mahalla. Ko‘chada yurish qoidalari. Quyosh va uning ahamiyati. Oy. Ob-havo. Yil fasllari. Madaniy va yovvoyi o‘simliklar. Uy va yovvoyi hayvonlar. Bahor, yoz va kuzda o‘simliklar va yovvoyi hayvonlar hayoti. Atrofimizdagi narsalar: uy anjomlari, o‘quv qurollari, kiyim- kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari. Gazdan foydalanish. Uyda foydalaniladigan elektr jihozlari. Kompg‘yuter va uning imkoniyatlari. Uyda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. Biz yashaydigan o‘lka – O‘zbekiston. O‘lkamiz tabiati: tog‘lar, dalalar, yaylovlar, cho‘llar, o‘rmonlar, daryolar. Suv va uni tejash. Odamning sezgi organlari. Jism va moddalar. Suvning uch holati. Termometrdan foydalanish. Ob-havoni kundalik kuzatish. Fasllar. Turli fasllarda Quyoshning ko‘rinma harakati. Kishilarning bahor, yoz va kuzdagi mehnati. Foydali va zararkunanda hasharotlar. O‘lkamizda uchraydigan qushlar. Yer. Globus. Yerning Quyosh atrofida, Oyning Yer atrofida aylanishi. Yer yuzi tabiati. Vaqt o‘lchov birliklari. Ovqatlanish qoidasi. Tabiat va inson. Tabiatni asrash.
Tevarak-atrofdagi olam, maktab xonalari va hovlisi, mahallada nimalar borligi (bog‘cha, maktab, do‘kon, aloqa bo‘limi va boshqalar), ko‘chadagi odam va mashinalar, ko‘chaning piyodalar o‘tish joyi, sfetofor, Quyoshning chiqishi va botishi, turli fasllardagi ko‘rinma harakati, Oy va uning ko‘rinma harakati, kundalik ob-havo, o‘simliklarning bahor, yoz va kuzdagi hayoti, kishilarning bahor, yoz va kuzdagi mehnati, qishloq tabiati, bog‘da yetishtiriladigan mevalarni kuzatish;tevarak- atrofda nimalar borligi, maktabda o‘zini tutish qoidalari, mahallada nimalar borligi, Quyoshning ahamiyati, yil fasllarining bir-biridan farqi, o‘simlik qismlari, o‘simliklarning bahor, yoz va kuzdagi hayoti, kishilarning bahor, yoz va kuzdagi hayoti, sezgi organlarining vazifalari, suvning uch holati, ob-havo holatlari, vaqt o‘lchov birliklari, suvning ahamiyati, jism va moddalarning farqi, uy va yovvoyi hayvonlar, qush va hasharotlar hayoti, shahar va qishloqning farqini tushuntirish.
Termometr yordamida havo va suvning haroratini, tarozi yordamida jismlarning massasini, sekundomer yoki soat yordamida vaqtni o‘lchash.
Amaliyotda qo‘llash Ko‘chada yurish qoidalariga rioya qilish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda vklyuchatel orqali lampochkani, muruvvatini burash orqali radioni, pulg‘t yordamida videomagnitofon va televizorni yoqish va o‘chirish, oshxona ishlarida onasiga yordam berish, termometrdan foydalana olish, pallali tarozidan foydalanish, gulzor va xona o‘simliklarini parvarish qilish. 16
O‘quv kursi TABIATSHUNOSLIK Majburiy minimal o‘quv materiallari Jonli va jonsiz tabiat. Tabiat hodisalari. Tabiatda suv va havo. Yer usti va osti suvlari. Suvning xususiyatlari. Havo va uning ahamiyati. SHamol. Yog‘inlar. Tabiatda suvning aylanishi. Tuproq, uning ahamiyati, tarkibi va unumdorligi. Tabiiy o‘simliklar. O‘t, butu va daraxtlar. Madaniy o‘simliklar, ularni parvarish qilish va hosilini yig‘ish. Manzarali o‘simliklar. Dorivor o‘simliklar. Yovvoyi hayvonlar. Yirtqich va o‘txo‘r hayvonlar, ularning hayoti. Zararkunanda va foydali hasharotlar, ularning hayoti. Qushlar va ularning ahamiyati. Hasharotxo‘r qushlar. Xonaki parrandalar. Uy hayvonlari va ularni parvarish qilish. Suv hayvonlari. Ozuqa zanjiri. Odam va uning salomatligi. Odamning tuzilishi. Teri, skelet va muskullar, ularning vazifalari. Odam yuragi, o‘pkasi, miyasiYu oshqozoni va ularning vazifalari. Zararli moddalarning salomatlikka tahsiri va ulardan saqlanish. Yulduzlar. Quyosh – eng yaqin yulduz. Quyosh sistemasidagi sayyoralar. Kometa, meteor va meteoritlar. Oy – Yerning tabiiy yo‘ldoshi. Yer sharining ichki tuzilishi. Globus – Yerning modeli. Ekvator va qutblar. Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishi. Kun va tun, yil fasllarining davriy almashinishi. Ufq va uning asosiy tomonlari. Yarimsharlar tabiiy xaritasi. Masshtab. Yer yuzasining asosiy shakllari va ularning tabiiy xaritada tasvirlanishi. O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi. O‘zbekiston hududidagi asosiy daryo, ko‘l, kanal va suv omborlari. O‘lkamidagi o‘rmon, cho‘l, tog‘ va adirlar tabiati. O‘zbekiston Respublikasining kartadagi o‘rni, egallagan maydoni, aholisi, mahmuriy bo‘linishi, poytaxti, poytaxt aholisi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning O‘zbekiston kartasidagi o‘rni, egallagan maydoni, aholisi, tabiiy sharoiti, tabiatining diqqatga sazovor joylari. Insonning tabiatga tahsiri. O‘zbekiston Respublikasining ―Qizil kitobi‖. Qo‘riqxonalar. O‘lkamizdagi qo‘riqxonalar. Tabiatni muhofaza qilish.
Tevarak-atrofdagi jonli va jonsiz tabiat, jism va moddalar, chaqmoq chaqishi, qushlarning sayrashi, Quyosh, lampochka, olovlardan yorug‘lik va issiqlikning tarqalishi, shamolning esishi, bulutlarning harakati, yog‘inlar yog‘ishi, suvning isishi va qaynashini kuzatish; yer sharining ichki tuzilishi, globus – Yer sharining modeli ekanligi, havo bo‘shliq emasligi, shamol havoning harakati ekanligi, havo haroratining o‘zgarishi, tabiatda suvning aylanishi, foydali qazilmalar va ularning turlari, kun va tunning, yil fasllarining davriy almashinishi, yulduzlar, Quyosh sistemasidagi sayyoralar, kometa, meteor va meteoritlar, Oy uning va ko‘rinish holatlarini tushuntirish. O‘lchash (aniqlash) va tajriba o‘tkazish Termometr yordamida havo haroratini o‘lchash; quyoshning ko‘rinma harakatiga qarab, kompas yordamida ufqning asosiy tomonlarini aniqlash; havo bo‘shliq emasligiga oid, shamol havoning harakati ekanligiga oid, yomg‘ir tomchilari hosil bo‘lishiga oid, kun va tunning, yil fasllarining almashinishiga oid tajribalarni o‘tkazish
Globusdan Yerning aylanish o‘qi, qutblari va ekvatorini, suv va quruqliklarni, yarimsharlar tabiiy kartasidan materik va okeanlarni, yirik dengiz, daryo, tekislik va tog‘liklarni, O‘zbekiston Respublikasining tabiiy kartasidan o‘lkamizdagi yirik daryo, ko‘l, tekislik va tog‘liklarni, qo‘riqxonalarni, O‘zbekiston Respublikasining mahmuriy kartasidan mamlakatimiz chegaralari, qaysi davlatlar bilan chegaradosh ekanligi, mamlakatimiz poytaxti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini ko‘rsatish. Amaliyotda qo‘llash Termometrdan foydalanish, havoning bo‘shliq emasligi, shamolni hosil qilish, ob- havoni kundalik kuzatish, tabiatda suvning aylanishi, choy qaynatishda isiyotgan suvning kengayishi, kun va tunning almashinishi, yil fasllarining almashinishi, ufq tomonlarini aniqlash, globus va karta bilan ishlash, o‘lkamiz tabiati, tabiatni muhofaza qilishga oid olgan bilim va ko‘nikmalarni kundalik turmushda qo‘llash. 17
O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 2013-2014 o‘quv yili uchun tayanch o‘quv rejasi
t/r
O‘quv fanlari Sinflar
Xaftalik umumiy
soat 1 2 3 4 5 6 7 8 9 Davlat ixtiyoridagi soatlar 22 24
26 26
30 32
33 34
35 262
1 Ona tili va adabiyot 8 8
10 9 7 5 5 5 67 2 O‘zbek tili/rus tili 2 2 2 2 2 2 2 2 16 3 CHet tili 2 2 2 2 3 3 3 3 3 23 4 Tarix
2 2 3 3 3 13 5 Davlat va xuquq asoslari
1 1 2 6 Iqtisodiy bilim asoslari
1 1 2 7 Matematika 5 5 5 5 5 5 5 5 5 45 8 Informatika
1 2 3 9 Fizika
2 2 2 2 8 10 Kimyo
2 2 2 6 11 Biologiya
1 2 2 2 2 9 12 Tabiyot va geografiya 1 1
1 1 2 2 2 2 13 13 Odobnoma 1 1
1
4 Vatan tuygusi
1 1
2 Milliy istiqlol g‘oyasi va mahnaviyat asoslari
1 1 1 3 14 Musiqa madaniyati 1 1 1 1 1 1 1
7 15 Tasviriy sanhat 1 1 1 1 1 1 1
7 16 CHizmachilik
1 1 2 17 Mexnat 1 1
1 2 2 2 1 1 12 18 Jismoniy tarbiya 2 2
2 2 2 2 2 2 18
Maktab ixtiyoridagi soatlar 0,5
0,5 0,5 1 0,5 2 5
Umumiy soatlar 22,5 24
26 26 30,5 32,5 34 34,5 37 267
(kun xisobida)
6 6 10
16
18
O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 2013-2014 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalariga TUSHUNTIRISH XATI O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖ va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida‖gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi ―CHet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 1875-PQ-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi ―O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta‘limni tashkil etish to‘g‘risida‖gi 203-sonli, 1999 yil 16 avgustdagi ―Umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida‖gi 390-sonli, 2003 yil 29 oktyabrdagi ―Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limiga izchil o‘tishni tahminlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi 473-sonli, 2012 yil 15 maydagi ―Umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standartiga o‘zgartirishlar kiritish haqida‖ 130-sonli, 2013 yil 8 maydagi ―Uzluksiz ta‘lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida‖gi 124-sonli qarorlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Sanitariya qoidalari va mehyorlarini (SanQvaM) asosida tuzilgan. O‘quv reja tarkiban davlat va maktab komponentlaridan iboratdir. Davlat komponentiga ajratilgan fanlar Davlat ta‘lim standartlari asosida tuzilgan dasturlarga binoan o‘qitiladi. 1. Ta‘lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarda rus tili fani, ta‘lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili fani haftasiga ikki soat hisobida 2-sinfdan boshlab o‘qitiladi. Ta‘lim qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman tillarida olib boriladigan maktablarda rus tili fani o‘quvchilar va ularning ota-onalari xohishiga qarab ona tili va adabiyotdan II- IX-sinflarda, ona tili va adabiyot fanidandan 1 soatdan olinib 2-sinfdan boshlab o‘qitilishi mumkin. 2. «Jahon tarixi» fani YII-IX-sinflarda 1-yarim yillikda haftasiga 2 soatdan, 2 yarim yillikda haftasiga 1- soatdan; «O‘zbekiston tarixi» fani YII-IX-sinflarda 1-yarim yillikda haftasiga 1 soatdan, 2-yarim yillikda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida»gi F-1322-sonli farmoyishi asosida I-IV-sinflarda ―Konstitusiya alifbosi‖ kursi ―Odobnoma‖, «O‘qish», «Tabiatshunoslik», «Atrofimizdagi olam» kabi fanlar tarkibida 10 soatdan o‘qitiladi; V-VI-sinflarda ―Konstitusiya olamiga sayohat‖ kursi ―Vatan tuyg‘usi‖ fanidagi mavjud takrorlanishlar hamda takrorlash va nazorat ishlarini o‘tkazish uchun ajratilgan soatlar hisobidan alohida dastur asosida o‘qitiladi; VII–sinfda 17 soat hajmida maktab komponenti hisobidan o‘qitiladi. Bu mashg‘ulotlar maktab dars jadvaliga kiritilishi va sinf jurnalida alohida bet ajratilishi lozim. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi «Din sohasidagi mahnaviy- mahrifiy, ta‘lim ishlarini va faoliyatni yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar berish to‘g‘risida»gi 364-sonli qarori ijrosini tahminlash maqsadida «Dinlar tarixi» kursidan dastlabki umumiy tushunchalar: I-IV-sinflarda sinflar kesimida 17 soatdan, jami 68 soat ―Odobnoma», «Atrofimizdagi olam», «O‘qish», «Mehnat», «Tabiatshunoslik» fanlari va tarbiyaviy soatlar tarkibida; V-sinfda 17 soat «Tarix», «Adabiyot», «Vatan tuyg‘usi» fanlari va tarbiyaviy soatlar tarkibida; VI-sinfda 17 soat «Tarix», «Adabiyot», «Vatan tuyg‘usi» fanlari va tarbiyaviy soatlar tarkibida; VII-sinfda 17 soat «Tarix», «Adabiyot», «Milliy istiqlol g‘oyasi va mahnaviyat asoslari» fanlari va tarbiyaviy soatlar tarkibida; VIII-sinfda 17 soat «Tarix», «Adabiyot», «Milliy istiqlol g‘oyasi va mahnaviyat asoslari» fanlari va tarbiyaviy soatlar tarkibida; IX-sinfda «Dunyo dinlari tarixi» kursi maktab komponenti hisobidan jami 17 soat o‘qitiladi. 5. ―Iqtisodiy bilim asoslari‖: I-IV-sinflarda ―Iqtisod va soliq alifbosi‖ kursining o‘quv materiallari «Ona tili», «O‘qish», «Matematika», «Atrofimizdagi olam», «Mehnat» fanlari tarkibida, sinflar kesimida 10 soatdan jami 40 soat; V-VII sinflarda ―Iqtisod va soliq saboqlari‖ o‘quv kurslari «Matematika», «Mehnat», «Fizika», «Konstitusiya olamiga sayohat», «Geografiya», «Tarix», «Vatan tuyg‘usi» fanlari tarkibida sinflar kesimida 17 soatdan jami 51 soat; VIII-IX-sinflarda esa alohida fan sifatida o‘qitiladi. 19
6. Xalq ta‘limi vazirligining 2006 yil 3 avgustdagi «Umumiy o‘rta ta‘limning yangi tahrirdagi Davlat ta‘lim standartlari, modernizasiya qilingan o‘quv dasturlari tajriba-sinovlarining ikkinchi bosqich natijalari va ularni davom ettirish to‘g‘risida»gi 6/4 HB-sonli buyrug‘iga asosan informatika fani Y-YII-sinflarda maktab komponenti hisobidan sinflar kesimida 0,5 soatdan, jami 51 soat o‘qitiladi. 7. Ayrim fanlar chuqur o‘qitilishga ixtisoslashtirilgan maktab(sinf)larda o‘qishlarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi ―Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta‘lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida‖gi 173-sonli va 2011 yil 9 sentyabrdagi ―Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta‘lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta‘lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida‖gi 254-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlangan fanlarni chuqur o‘qitish bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Mazkur namunaviy o‘quv dasturlar asosida, fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha mualliflik o‘quv dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi huzuridagi Respublika ta‘lim markazi bilan kelishgan holda mustaqil ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish mumkin. 8. ―Yo‘l harakati qoidalari‖ni o‘rgatish uchun: I-sinfda maktab komponenti hisobidan xaftasiga 0,5 soat ajratilib, sinf jurnalida alohida sahifada o‘tilgan mavzular qayd etiladi; II-VIII-sinflarda bu mashg‘ulotlar tasdiqlangan dastur asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va sinf rahbarlari tomonidan tarbiyaviy soatlar hisobidan o‘tiladi. Bu mashg‘ulotlar o‘qituvchilarning pedagogik yuklamasi sifatida inobatga olinadi. ―Yo‘l harakati qoidalari‖ mashg‘ulotlari II-YIII-sinflarda maktab dars jadvaliga kiritiladi va sinf jurnalida tarbiyaviy soatlar uchun ajratiladigan sahifada o‘tilgan mavzular qayd etib boriladi. 9. ―Hayot xavfsizligi asoslari‖ mashg‘ulotlari I-IV-sinflarda ―Jismoniy tarbiya‖, ―Odobnoma‖, ―Atrofimizdagi olam‖ fanlari tarkibida 17 soatdan, V-IX sinflarda ―Geografiya‖, ―Biologiya‖, ―Kimyo‖, ―Fizika‖, ―Mehnat ta‘limi‖ ―Vatan tuyg‘usi‖ va ―Milliy istiqlol g‘oyasi va mahnaviyat asoslari‖ fanlari dasturlari tarkibida sinflar kesimida 17 soatdan o‘tiladi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 3 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ― Yuksak mahnaviyat - yengilmas kuch‖ asarini uzluksiz ta‘lim tizimida o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida‖gi F–360 sonli farmoyishi asosida maktab komponenti hisobidan IX cinfda yiliga 10 soat o‘qitiladi. 11. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining I-IV-sinflarida «Salomatlik darslari» o‘quv kursi ―Odobnoma‖, ―Atrofimizdagi olam‖, ‖Tabiatshunoslik‖, ―Jismoniy tarbiya‖ va ―O‘qish‖ fanlari tarkibiga, V-YII va IX- sinflarda «Sog‘lom avlod asoslari» o‘quv kursi ―Biologiya‖, ―Jismoniy tarbiya‖, ―Mehnat ta‘limi‖ fanlariga integrasiya qilingan holda hamda YIII-sinfda maktab ixtiyoridagi soatlardan foydalangan holda o‘qitiladi. Darslarni oliy mahlumotli, yetarli bilim va malakaga ega bo‘lgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan o‘qituvchilar o‘tishlari kerak. Davra suhbatlariga mutaxassis tibbiy xodimlarni taklif etish tavsiya etiladi. 12. Malakali o‘qituvchilarga va zarur sharoitlarga ega bo‘lgan umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida (shahar maktablarida sinfdagi o‘quvchilarning soni 25 va undan ortiq, qishloq maktablarida esa 20 va undan ortiq bo‘lgan taqdirda) quyidagi fanlarni o‘qitishda sinf o‘quvchilari ikki guruhga bo‘linadi: I-IX-sinflarda chet (ingliz, nemis, fransuz va boshqa) tillar darslarini o‘tishda; ta‘lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan maktablarning II-IX-sinflarida o‘zbek tili darsini o‘tishda; ta‘lim rus tilida olib borilmaydigan maktablarning II-IX-sinflarida rus tili darsini o‘tishda; V-IX-sinflarda ―Informatika‖ fani darslarini o‘tishda; VIII-IX-sinflarda jismoniy tarbiya darslarini o‘tishda (har bir guruhda yigit va qizlar sakkiztadan kam bo‘lmasa). Amaliyotdagi davlat ta‘lim standartlariga ko‘ra (UO‘TDTS to‘plami, 4-soni, 312-bet) Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining V-IX-sinflarida o‘quvchilar soni shahar maktablarida 25 va undan ortiq, qishloq maktablarida 20 va undan ortiq bo‘lsa, mehnat ta‘limi darslari shu sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruh (o‘g‘il va qiz bolalar)ga ajratgan holda alohida dasturlar asosida olib boriladi. 13. O‘zbekiston Respublikasi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik Kengashining 2003 yil 4 iyundagi yig‘ilishi bayonining 3-bandini bajarish maqsadida V-IX-sinflarda qo‘shimcha mashg‘ulotlar sport seksiyalar tarzida o‘tkaziladi. 14. Ta‘lim qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman tillarida olib boriladigan maktablarda maktab pedagogik kengashining qaroriga binoan ayrim fanlar va kurslar o‘zbek tili(davlat tili)da o‘qitilishi mumkin. 15. Sog‘liqni saqlash vazirligining umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida ta‘lim jarayonini tashkil etish sharoitlariga qo‘yiladigan talablari (SanQiM №0102-00) asosida o‘quv yili birinchi sinfda 33 hafta, II-IX- sinflarda 34 hafta belgilangan. Maktabda o‘quv mashg‘ulotlari 2 sentyabrdan boshlanadi va barcha sinflarda
20
25 mayda tugallanadi. O‘quv yili mobaynida tahtillar: kuzgi tahtil - 4 noyabrdan 6 kun; qishki tahtil - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 22 dekabrdagi PF-517-sonli Farmoniga ko‘ra dekabrg‘ oyining oxirgi 4 kuni va yanvarg‘ oyining birinchi dekadasi mobaynida‖, bahorgi tahtil – 21 martdan 7 kun; yozgi tahtil – o‘quv yili (imtihonlar) tugagan kundan boshlab 31 avgustgacha davom etadi. I-sinf o‘quvchilari uchun fevralg‘ oyining uchinchi haftasida bir haftalik tahtil beriladi (Ota-onalarning talablariga binoan fevralg‘ oyining boshqa xaftasida tahtil berish mumkin). 16. O‘quv yili yakunida V-VIII-sinf o‘quvchilarining mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbga yo‘naltirish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan, ota-onalar va mahalla qo‘mitalari raislari bilan kelishilgan, maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amaliy mehnat mashg‘ulotlari: - V-VI sinflarda 6 kun 4 soatdan; - VII sinfda 10 kun 4 soatdan; - VIII sinfda 16 kun 4 soatdan bevosita maktabda, idora va korxonalarda, Xalq ta‘limi vazirligining 2003 yil 3 noyabrdagi 159-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining V-VIII va X- sinflarida amaliy mehnat mashg‘ulotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma»ga qathiyan rioya qilgan holda o‘tkaziladi. 18. Barcha turdagi davlat umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida mazkur o‘quv reja davlat tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling