O‘zbekiston respublikasi standarti


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana31.12.2017
Hajmi0.65 Mb.
#23442
1   2   3   4   5   6   7   8   9

 

Amaliyotda 

qo‘llash 

Geometrik  shakllar,  kattaliklar,  ularning  o‘lchov  birliklari  qo‘llanilgan  amaliy 

masalalarni yechish, ularga oid qisqa yozuv, rasm, jadval asosida amaliy masalalar tuza 

olish, olgan bilim va ko‘nikmalarni kundalik turmushda qo‘llay olish 

 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

13 


Tabiat fani bo‘yicha uzluksiz ta‘lim tizimining  

majburiy ta‘lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan minimal  

TALABLAR  

Bilishi kerak: 

  atrofimizdagi olamga nimalar kirishini; 

  jonli va jonsiz tabiatni; 

  jism va moddalarning farqini, o‘simlik va hayvonlar uchun issiqlik va yorug‘likning zarurligini; 

 uyda foydalaniladigan elektr jihozlarni, sezgi organlari vazifa-larini; 

 suvning uch holati, ob-havo, termometr, tarozi, Yer shari, vaqt o‘lchov birliklarini; 

  chaqmoq  chaqishi,  momaqaldiroq  gumburlashi,  qushning  sayrashi,  Quyosh,  lampochka  va  olovlardan 

yorug‘lik  va  issiqlikning  tarqalishi,  shamolning  esishi,  bulutlarning  harakati,  yog‘inlar  yog‘ishi,  suvning 

isishi va qaynashi tabiat hodisalari ekanligini 

 havo bo‘shliq emasligi, shamol havoning harakati ekanligi, havo haroratining o‘zgarishi, tabiatda suvning 

aylanishini; 

  yulduzlar,  Quyosh,  Quyosh  sistemasidagi  sayyoralar,  kometa,  meteor  va  meteoritlar,  Oy  va  ko‘rinish 

holatlari, kun va tunning, yil fasllarining davriy almashinishini. 

 

Bajara olishi kerak: 

  tevarak-atrofimizdagi tabiat nimalardan iborat ekanligini tushun-tirib berish; 

  tabiat  hodisalari  nima  ekanligini,  shamolning  hosil  bo‘lishini,  yulduz,  Quyosh  va  Yerning  qiyosiy 

o‘lchamini, Quyoshning Yerdan qanchalik uzoqligini tushuntirib berish;  

  termometr  yordamida  havo  va  suvning  temperaturasini,  tarozi  yordamida  jismlarning  massasini, 

sekundomer  yoki  soat  yordamida  vaqtni,  chizg‘ich  yoki  tasma  yordamida  uzunlikni  o‘lchay  olish, 

Quyoshning ko‘rinma harakatiga qarab ufqning asosiy tomonlarini aniqlash;  

    havo  bo‘shliq  emasligiga  oid,  shamol  havoning  harakati  ekanligiga  oid  Yerning  o‘z  o‘qi  atrofida 

aylanishidan kun va tunning almashinishiga oid oid tajribalarni bajara olish  

 Quyosh Yer yuzini yoritishi va isitishi, havo bo‘shliq emasligi, shamol havoning harakati ekanligi, tabiatda 

suvning  aylanishi,  Yerning  o‘z  o‘qi  atrofida  aylanishidan  kun  va  tunning  davriy  almashinishi,  globus  – 

Yerning modeli ekanligi, ufq va uning asosiy tomonlari, O‘zbekiston Respublikasining mahmuriy bo‘linishi, 

poytaxti, tabiatni muhofaza qilish zarurligini tushuntirib berish;  

 globusdan Yerning aylanish o‘qi, qutblari va ekvatorni, suv va quruqliklarni, yarimsharlar tabiiy kartasidan 

materik  va  okeanlarni,  yirik  dengiz,  daryo,  tekislik  va  tog‘liklarni,  O‘zbekiston  Respublikasining  tabiiy 

kartasidan  o‘lkamizdagi  yirik  daryo,  ko‘l,  tekislik  va  tog‘liklarni,  O‘zbekiston  Respublikasining  mahmuriy 

kartasidan  mamlakatimiz  chegaralari,  mamlakatimiz  poytaxti,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  va  viloyatlar 

hududlarini ko‘rsatish. 



 

Amaliyotda qo‘llay olishi kerak: 

 kundalik ob-havoni kuzatish, havo haroratini o‘lchash va natijalarni daftarga yozish; 

  Xavfsizlik  qoidalariga  rioya  qilgan  holda  lampochka,  radio,  videomagnitofon  va  televizorni  yoqish  va 

o‘chira olish; 

  haroratni  o‘lchashda  termometrdan,  narsalarning  o‘lchamini,  uzunlikni  o‘lchashda  chizg‘ich  yoki  o‘lchov 

tasmasidan, mahsulotlarni tortishda pallali tarozidan foydalana olish; 

  isiyotgan  suvning  kengayishi,  o‘simlik  va  hayvonlar  uchun  yorug‘lik  va  issiqlikning  ahamiyati,  suvning 

xususiyatlari,  havoning  bo‘shliq  emasligi,  shamolni  hosil  qilish,  ob-havoni  kundalik  kuzatish,  tabiatda 

suvning aylanishi, tuproqning tarkibi va ahamiyati, kun va tunning almashinishi, yil fasllarining almashinishi, 

ufq tomonlarini aniqlash, globus va karta bilan ishlash, o‘lkamiz tabiatini muhofaza qilishga oid olgan bilim 

va ko‘nikmalarni kundalik turmushda qo‘llay olish. 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

14 


TABIAT FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI 

 

Boshlang‘ich  ta‘limda  ―Tabiiyot‖  (―Atrofimizdagi  olam‖,  ―Tabiatshunoslik‖)  o‘quv  kurslarini 

o‘rganish quyidagi maqsad va vaziflarga erishishga yo‘naltirilgan: 

 ta‘limiy: atrofimizdagi olam, tabiat, tabiiy va ijtimoiy borliqning birligi va farqi, odam va uning tabiatda 

va jamiyatdagi o‘rni haqidagi bilimlarni egallash;  



  tarbiyaviy:  atrofimizdagi  olamga  nisbatan  ijobiy  tuyg‘ularni  shakllantirish,  tabiatni  qadrlash,  muhofaza 

qilish,  o‘lka  tabiatiga  muhabbat  hissini  uyg‘otish,  dala  va  bog‘  ishlaridagi  kattalar  mehnatini  ehzozlash, 

nazariy  olgan  bilimlarini  amalda  qo‘llash  malakasini  shakllantirish,  tabiat  va  jamiyatda  faol  bo‘lish 

ehtiyojini tarbiyalash;  



  rivojlantiruvchi:  atrofimizdagi  olamni,  tabiatni  kuzatish,  tahlil  qilish,  umumlashtirish,  tabiatga  oid 

muammolar haqida ijodiy fikrlash, ularni hal etish uchun boshqotirish. 

―Tabiiyot‖ kursi integrativ o‘quv kursi bo‘lib, uning mazmunida ―Geografiya‖, ―Biologiya‖, ―Fizika‖ 

va ―Kimyo‖ fanlariga oid boshlang‘ich tushuncha va bilimlar singdirilgan. SHunga ko‘ra, ―Tabiiyot‖ o‘quv 

kursi yuqorida keltirilgan maqsadlardan tashqari, shu fanlardan boshlang‘ich bilimlar ham beriladi. 

Davlat  ta‘lim  standartlarida  boshlang‘ich  ta‘lim  bitiruvchilarining    ―Tabiiyot‖  (―Atrofimizdagi  olam‖, 

―Tabiatshunoslik‖)  fanidan  tayyorgarlik  darajasiga  qo‘yiladigan  talablar  keltirilgan.  Talablarda 

o‘quvchilarning  ―Atrofimizdagi  olam‖,  ―Tabiatshunoslik‖  o‘quv  kurslaridan  egallashlari  shart  bo‘lgan 

minimal  kompetensiyalar  majmuasi  ifodalangan.  Boshlang‘ich  ta‘lim  bitiruvchilari  belgilangan 

kompetensiyalarning barchasini egallagan bo‘lishlari shart.      

Davlat 

ta‘lim  standartining  tarkibiy  qismi  sifatida  ―Tabiiyot‖  (―Atrofimizdagi  olam‖, 



―Tabiatshunoslik‖)  fani  bo‘yicha  majburiy  minimal  ta‘lim  mazmuni  berilgan.  Majburiy  minimal  ta‘lim 

mazmuni  boshlang‘ich  ta‘limda  ―Atrofimizdagi  olam‖,  ―Tabiatshunoslik‖  o‘quv  kurslarida  o‘quvchilarga 

beriladigan  minimal  o‘quv  materiallari  bo‘lib,  o‘quv  dasturini  tuzishda  tayanch  vazifasini  o‘taydi.  O‘quv 

dasturida DTSda belgilangan majburiy minimal o‘quv materiallari batafsilroq beriladi. Dasturdan majburiy 

minimal o‘quv materiallaridan tashqari qo‘shimcha o‘quv materiallari ham o‘rin olishi mumkin.  

Majburiy  minimal  ta‘lim  mazmunida  keltirilgan  kompetensiyalar  DTSda  belgilangan  majburiy 

minimal  o‘quv  materiallarini  o‘zlashtirish  uchun  beriladigan  imkoniyat  darajalari  majmuasini  ifodalaydi. 

Belgilangan  kompetensiyalar  asosida  dasturning  tegishli  o‘quv  materiallari  oxirida  o‘lchov  asboblari, 

namoyish  tajriba  va  amaliy  ishlar  ro‘yxati  keltiriladi.  Har  bir  sinf  (bosqich)  uchun  o‘quv  dasturi  so‘ngida 

keltiriladigan o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda ham DTSning 

majburiy minimal ta‘lim mazmunida belgilangan kompetensiyalar asos qilib olinadi. O‘quv dasturi asosidagi 

darsliklar mazmunida, birinchi navbatda, shu kompetensiyalarga erishish maqsad qilib qo‘yiladi. O‘qituvchi 

tomonidan  ta‘lim  jarayonini  tashkil  etishda  har  bir  o‘quvchi  kompetensiyalarda  belgilangan  talablarga 

erishishiga imkon yaratadi, har bir darsni o‘tishda shu talablarga alohida e‘tibor beradi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

15 


A1 DARAJA UCHUN MAJBURIY MINIMAL TA‘LIM MAZMUNI 

 

 

O‘quv kursi 

 

ATROFIMIZDAGI OLAM 



 

Majburiy 

minimal 

 o‘quv 

materiallari 

Men  va  atrofimdagi  olam.  Bizning  maktab.  Bizning  mahalla.  Ko‘chada  yurish 

qoidalari. Quyosh va uning ahamiyati. Oy. Ob-havo. Yil fasllari. Madaniy va yovvoyi 

o‘simliklar.  Uy  va  yovvoyi  hayvonlar.  Bahor,  yoz  va  kuzda  o‘simliklar  va  yovvoyi 

hayvonlar  hayoti.    Atrofimizdagi  narsalar:  uy  anjomlari,  o‘quv  qurollari,  kiyim-

kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari. Gazdan foydalanish. Uyda foydalaniladigan elektr 

jihozlari.  Kompg‘yuter  va  uning  imkoniyatlari.  Uyda  xavfsizlik  qoidalariga  rioya 

qilish.  Biz  yashaydigan  o‘lka  –  O‘zbekiston.  O‘lkamiz  tabiati:  tog‘lar,  dalalar, 

yaylovlar, cho‘llar, o‘rmonlar, daryolar. Suv va uni tejash. Odamning sezgi organlari. 

Jism  va  moddalar.  Suvning  uch  holati.  Termometrdan  foydalanish.  Ob-havoni 

kundalik kuzatish. Fasllar. Turli fasllarda Quyoshning ko‘rinma harakati. Kishilarning 

bahor,  yoz  va  kuzdagi  mehnati.  Foydali  va  zararkunanda  hasharotlar.  O‘lkamizda 

uchraydigan  qushlar.  Yer.  Globus.  Yerning  Quyosh  atrofida,  Oyning  Yer  atrofida 

aylanishi.  Yer  yuzi  tabiati.  Vaqt  o‘lchov  birliklari.  Ovqatlanish  qoidasi.  Tabiat  va 

inson. Tabiatni asrash. 

Ko

m

pe

te

nsi

yal

ar 

 

Kuzatish va 

tushuntiris

h 

Tevarak-atrofdagi  olam,  maktab  xonalari  va  hovlisi,  mahallada  nimalar  borligi 

(bog‘cha,  maktab,  do‘kon,  aloqa  bo‘limi  va  boshqalar),  ko‘chadagi  odam  va 

mashinalar,  ko‘chaning  piyodalar  o‘tish  joyi,  sfetofor,  Quyoshning  chiqishi  va 

botishi,  turli  fasllardagi  ko‘rinma  harakati,  Oy  va  uning  ko‘rinma  harakati,  kundalik 

ob-havo,  o‘simliklarning  bahor,  yoz  va  kuzdagi  hayoti,  kishilarning  bahor,  yoz  va 

kuzdagi mehnati, qishloq tabiati, bog‘da yetishtiriladigan mevalarni kuzatish;tevarak-

atrofda  nimalar  borligi,  maktabda  o‘zini  tutish  qoidalari,  mahallada  nimalar  borligi, 

Quyoshning  ahamiyati,  yil  fasllarining  bir-biridan  farqi,  o‘simlik  qismlari,  

o‘simliklarning  bahor,  yoz  va  kuzdagi  hayoti,  kishilarning  bahor,  yoz  va  kuzdagi 

hayoti,  sezgi  organlarining  vazifalari,  suvning  uch  holati,  ob-havo  holatlari,  vaqt 

o‘lchov  birliklari,  suvning  ahamiyati,    jism  va  moddalarning  farqi,  uy  va  yovvoyi 

hayvonlar, qush va hasharotlar hayoti, shahar va qishloqning farqini tushuntirish. 

Kattaliklar

ni 

 o‘lchash  

 

Termometr  yordamida  havo  va  suvning  haroratini,  tarozi  yordamida  jismlarning 

massasini, sekundomer yoki soat yordamida vaqtni o‘lchash. 

 

 



Amaliyotda  

qo‘llash 

Ko‘chada  yurish  qoidalariga  rioya  qilish,  xavfsizlik  qoidalariga  rioya  qilgan  holda 

vklyuchatel orqali lampochkani, muruvvatini burash orqali radioni, pulg‘t yordamida 

videomagnitofon  va  televizorni  yoqish  va  o‘chirish,  oshxona  ishlarida  onasiga 

yordam berish, termometrdan foydalana olish, pallali tarozidan foydalanish, gulzor va 

xona o‘simliklarini parvarish qilish. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

16 


O‘quv kursi 

TABIATSHUNOSLIK 

 

Majburiy 

minimal 

 o‘quv 

materiallari 

Jonli va jonsiz tabiat. Tabiat hodisalari. Tabiatda suv va havo. Yer usti va osti suvlari. 

Suvning  xususiyatlari.  Havo  va  uning  ahamiyati.  SHamol.  Yog‘inlar.  Tabiatda 

suvning  aylanishi.  Tuproq,  uning  ahamiyati,  tarkibi  va  unumdorligi.  Tabiiy 

o‘simliklar.  O‘t,  butu  va  daraxtlar.  Madaniy  o‘simliklar,  ularni  parvarish  qilish  va 

hosilini  yig‘ish.  Manzarali  o‘simliklar.  Dorivor  o‘simliklar.  Yovvoyi  hayvonlar. 

Yirtqich  va  o‘txo‘r  hayvonlar,  ularning  hayoti.  Zararkunanda  va  foydali  hasharotlar, 

ularning  hayoti.  Qushlar  va  ularning  ahamiyati.  Hasharotxo‘r  qushlar.  Xonaki 

parrandalar. Uy hayvonlari va ularni parvarish qilish. Suv hayvonlari. Ozuqa zanjiri. 

Odam  va  uning  salomatligi.  Odamning  tuzilishi.  Teri,  skelet  va  muskullar,  ularning 

vazifalari. Odam  yuragi, o‘pkasi, miyasiYu oshqozoni  va ularning  vazifalari. Zararli 

moddalarning  salomatlikka  tahsiri  va  ulardan  saqlanish.  Yulduzlar.  Quyosh  –  eng 

yaqin yulduz. Quyosh sistemasidagi sayyoralar. Kometa, meteor va meteoritlar. Oy – 

Yerning  tabiiy  yo‘ldoshi.  Yer  sharining  ichki  tuzilishi.  Globus  –  Yerning  modeli. 

Ekvator  va  qutblar.  Yerning  o‘z  o‘qi  va  Quyosh  atrofida  aylanishi.  Kun  va  tun,  yil 

fasllarining  davriy  almashinishi.  Ufq  va  uning  asosiy  tomonlari.  Yarimsharlar tabiiy 

xaritasi.  Masshtab.  Yer  yuzasining  asosiy  shakllari  va  ularning  tabiiy  xaritada 

tasvirlanishi.  O‘zbekiston  Respublikasining  tabiiy  xaritasi.  O‘zbekiston  hududidagi 

asosiy daryo, ko‘l, kanal va suv omborlari. O‘lkamidagi o‘rmon, cho‘l, tog‘ va adirlar 

tabiati.  O‘zbekiston  Respublikasining  kartadagi  o‘rni,  egallagan  maydoni,  aholisi, 

mahmuriy  bo‘linishi,  poytaxti,  poytaxt  aholisi.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  va 

viloyatlarning  O‘zbekiston  kartasidagi  o‘rni,  egallagan  maydoni,  aholisi,  tabiiy 

sharoiti,  tabiatining  diqqatga  sazovor  joylari.  Insonning  tabiatga  tahsiri.  O‘zbekiston 

Respublikasining ―Qizil kitobi‖. Qo‘riqxonalar. O‘lkamizdagi qo‘riqxonalar. Tabiatni 

muhofaza qilish. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ko

m

pe

te

nsi

yal

ar 

 

Kuzatish va 

tushuntiris

h 

Tevarak-atrofdagi  jonli  va  jonsiz  tabiat,  jism  va  moddalar,  chaqmoq  chaqishi, 

qushlarning  sayrashi,  Quyosh,  lampochka,  olovlardan  yorug‘lik  va  issiqlikning 

tarqalishi, shamolning esishi, bulutlarning harakati, yog‘inlar yog‘ishi, suvning isishi 

va  qaynashini  kuzatish;  yer  sharining  ichki  tuzilishi,  globus  –  Yer  sharining  modeli 

ekanligi,  havo  bo‘shliq  emasligi,  shamol  havoning  harakati  ekanligi,  havo 

haroratining  o‘zgarishi,  tabiatda  suvning  aylanishi,  foydali  qazilmalar  va  ularning 

turlari,  kun  va  tunning,  yil  fasllarining  davriy  almashinishi,  yulduzlar,  Quyosh 

sistemasidagi  sayyoralar,  kometa,  meteor  va  meteoritlar,  Oy  uning  va  ko‘rinish 

holatlarini tushuntirish. 



O‘lchash 

(aniqlash)  

va tajriba 

o‘tkazish 

Termometr yordamida havo haroratini o‘lchash; quyoshning ko‘rinma harakatiga qarab, 

kompas yordamida ufqning asosiy tomonlarini aniqlash; havo bo‘shliq emasligiga oid, 

shamol havoning harakati ekanligiga oid, yomg‘ir tomchilari hosil bo‘lishiga oid, kun va 

tunning, yil fasllarining almashinishiga oid tajribalarni o‘tkazish 

 

Globus va 

kartadan 

ko‘rsatish 

Globusdan  Yerning  aylanish  o‘qi,  qutblari  va  ekvatorini,  suv  va  quruqliklarni, 

yarimsharlar tabiiy kartasidan materik va okeanlarni, yirik dengiz, daryo, tekislik va 

tog‘liklarni, O‘zbekiston Respublikasining tabiiy kartasidan o‘lkamizdagi yirik daryo, 

ko‘l,  tekislik  va  tog‘liklarni,  qo‘riqxonalarni,  O‘zbekiston  Respublikasining 

mahmuriy  kartasidan  mamlakatimiz  chegaralari,  qaysi  davlatlar  bilan  chegaradosh 

ekanligi,  mamlakatimiz  poytaxti,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  va  viloyatlar 

hududlarini ko‘rsatish. 



 

Amaliyotda 

qo‘llash 

Termometrdan  foydalanish,  havoning  bo‘shliq  emasligi,  shamolni  hosil  qilish,  ob-

havoni  kundalik  kuzatish,  tabiatda  suvning  aylanishi,  choy  qaynatishda  isiyotgan 

suvning  kengayishi,  kun  va  tunning  almashinishi,  yil  fasllarining  almashinishi,  ufq 

tomonlarini  aniqlash,  globus  va  karta  bilan  ishlash,  o‘lkamiz  tabiati,  tabiatni 

muhofaza qilishga oid olgan bilim va ko‘nikmalarni kundalik turmushda qo‘llash. 



 

 

 

 

 

 

17 


O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining  

2013-2014 o‘quv yili uchun tayanch o‘quv rejasi  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

t/r 


O‘quv fanlari 

Sinflar 


Xaftalik 

umumiy 


soat 







Davlat ixtiyoridagi soatlar 

22 

24 


26 

26 


30 

32 


33 

34 


35 

262 


Ona tili va adabiyot 



10 



10 





67 

O‘zbek tili/rus tili 



 







16 

CHet tili 









23 

Tarix 



 

 

 



 





13 

Davlat va xuquq asoslari 



 

 

 



 

 

 



 



Iqtisodiy bilim asoslari 



 

 

 



 

 

 



 



Matematika 









45 

Informatika 



 

 

 



 

 

 



 



Fizika 



 

 

 



 

 





10  Kimyo 

 

 

 



 

 

 





11  Biologiya 

 

 

 



 





12  Tabiyot va geografiya 









13 

13  Odobnoma 





1   

 

 



 

 



Vatan tuygusi 

 

 



 

 



1   

 

 



Milliy istiqlol g‘oyasi va 

mahnaviyat asoslari 

 

 



 

 

 



 



14  Musiqa madaniyati 







1   

 



15  Tasviriy sanhat 





1   


 

16  CHizmachilik 



 

 

 



 

 

 



 



17  Mexnat 









12 

18  Jismoniy tarbiya 









18 

 

Maktab ixtiyoridagi soatlar 



0,5   

 

 



0,5  0,5 

0,5  2 



 

Umumiy soatlar 



22,5 

24 


26 

26    30,5   32,5  34    34,5  37 

267 

 

Amaliy mexnat mashg‘uloti 



(kun xisobida) 

 

 



 

 



10 


16   

 


 

18 


O‘zbekiston  Respublikasi  umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining   

2013-2014 o‘quv  yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv  rejalariga  

 

TUSHUNTIRISH   XATI 

 

O‘zbekiston  Respublikasining  ―Ta‘lim    to‘g‘risida‖  va  ―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to‘g‘risida‖gi 

qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  10  dekabrdagi  ―CHet  tillarni  o‘rganish  tizimini 

yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 1875-PQ-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 

13 maydagi ―O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta‘limni tashkil etish to‘g‘risida‖gi 203-sonli, 1999 yil 

16  avgustdagi  ―Umumiy  o‘rta  ta‘limning  davlat  ta‘lim  standartlarini  tasdiqlash  to‘g‘risida‖gi  390-sonli,  2003 

yil  29  oktyabrdagi  ―Umumiy  o‘rta  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‘limiga  izchil  o‘tishni  tahminlashga  doir 

qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida‖gi  473-sonli,  2012  yil  15  maydagi  ―Umumiy  o‘rta  ta‘limning  davlat 

ta‘lim standartiga o‘zgartirishlar kiritish haqida‖ 130-sonli, 2013 yil 8 maydagi ―Uzluksiz ta‘lim tizimining chet 

tillar bo‘yicha davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida‖gi 124-sonli qarorlari hamda Sog‘liqni saqlash 

vazirligi tomonidan tasdiqlangan Sanitariya qoidalari va mehyorlarini (SanQvaM) asosida tuzilgan.  

O‘quv reja tarkiban davlat va maktab komponentlaridan iboratdir. Davlat komponentiga ajratilgan fanlar Davlat 

ta‘lim standartlari asosida tuzilgan dasturlarga binoan o‘qitiladi.           

1.  Ta‘lim  o‘zbek  tilida  olib  boriladigan  maktablarda  rus  tili    fani,  ta‘lim  o‘zbek  tilidan  boshqa  tillarda  olib 

boriladigan  maktablarda  o‘zbek  tili  fani  haftasiga  ikki  soat  hisobida  2-sinfdan  boshlab  o‘qitiladi.  Ta‘lim 

qoraqalpoq,  qozoq,  qirg‘iz,  tojik  va  turkman  tillarida  olib  boriladigan  maktablarda  rus  tili fani  o‘quvchilar  va 

ularning ota-onalari xohishiga qarab ona tili va adabiyotdan II- IX-sinflarda, ona tili va adabiyot fanidandan 1 

soatdan olinib 2-sinfdan boshlab o‘qitilishi  mumkin.  

2.  «Jahon  tarixi»  fani  YII-IX-sinflarda  1-yarim  yillikda  haftasiga  2  soatdan,  2  yarim  yillikda  haftasiga  1-

soatdan; 

«O‘zbekiston  tarixi»  fani  YII-IX-sinflarda  1-yarim  yillikda  haftasiga  1  soatdan,  2-yarim  yillikda  haftasiga  2 

soatdan o‘qitiladi.  

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini 

o‘rganishni  tashkil  etish  to‘g‘risida»gi  F-1322-sonli  farmoyishi  asosida  I-IV-sinflarda  ―Konstitusiya  alifbosi‖ 

kursi  ―Odobnoma‖,  «O‘qish»,  «Tabiatshunoslik»,  «Atrofimizdagi  olam»  kabi  fanlar  tarkibida  10  soatdan 

o‘qitiladi;  

V-VI-sinflarda ―Konstitusiya olamiga sayohat‖ kursi ―Vatan tuyg‘usi‖ fanidagi mavjud takrorlanishlar hamda 

takrorlash va nazorat ishlarini o‘tkazish uchun ajratilgan soatlar hisobidan alohida dastur asosida o‘qitiladi; 

 VII–sinfda 17 soat hajmida maktab komponenti hisobidan o‘qitiladi.  

Bu mashg‘ulotlar maktab dars jadvaliga kiritilishi va sinf jurnalida alohida bet ajratilishi lozim.  

4.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2003  yil      22  avgustdagi  «Din  sohasidagi  mahnaviy-

mahrifiy,  ta‘lim  ishlarini  va  faoliyatni  yanada  takomillashtirishda  ijtimoiy  ko‘mak  va  imtiyozlar  berish 

to‘g‘risida»gi  364-sonli  qarori  ijrosini  tahminlash  maqsadida  «Dinlar  tarixi»  kursidan  dastlabki  umumiy  

tushunchalar:  

I-IV-sinflarda  sinflar  kesimida    17  soatdan,    jami  68  soat  ―Odobnoma»,  «Atrofimizdagi  olam»,  «O‘qish», 

«Mehnat», «Tabiatshunoslik»  fanlari va tarbiyaviy soatlar tarkibida;                                    

V-sinfda 17 soat «Tarix», «Adabiyot», «Vatan  tuyg‘usi» fanlari va tarbiyaviy  soatlar  tarkibida; 

VI-sinfda 17 soat «Tarix», «Adabiyot», «Vatan tuyg‘usi» fanlari  va tarbiyaviy  soatlar tarkibida; 

VII-sinfda  17 soat «Tarix», «Adabiyot», «Milliy  istiqlol g‘oyasi va mahnaviyat asoslari» fanlari va  tarbiyaviy  

soatlar tarkibida; 

VIII-sinfda    17  soat  «Tarix»,  «Adabiyot»,  «Milliy    istiqlol  g‘oyasi  va    mahnaviyat  asoslari»  fanlari    va 

tarbiyaviy  soatlar tarkibida; 

IX-sinfda «Dunyo dinlari tarixi» kursi maktab komponenti hisobidan jami 17 soat o‘qitiladi.  

5. ―Iqtisodiy  bilim asoslari‖:                                                                            

I-IV-sinflarda  ―Iqtisod  va  soliq  alifbosi‖  kursining      o‘quv  materiallari  «Ona  tili»,  «O‘qish»,  «Matematika», 

«Atrofimizdagi olam», «Mehnat» fanlari tarkibida, sinflar kesimida 10 soatdan jami 40 soat;  

V-VII sinflarda ―Iqtisod va soliq saboqlari‖ o‘quv kurslari  «Matematika»,  «Mehnat»,  «Fizika»,  «Konstitusiya 

olamiga sayohat», «Geografiya», «Tarix», «Vatan tuyg‘usi» fanlari tarkibida sinflar kesimida 17 soatdan jami 

51 soat; 

VIII-IX-sinflarda esa alohida fan sifatida o‘qitiladi.  



 

19 


6. Xalq ta‘limi vazirligining 2006 yil 3 avgustdagi «Umumiy  o‘rta ta‘limning  yangi  tahrirdagi  Davlat  ta‘lim  

standartlari, modernizasiya qilingan o‘quv dasturlari tajriba-sinovlarining ikkinchi bosqich natijalari va  ularni 

davom    ettirish  to‘g‘risida»gi  6/4  HB-sonli  buyrug‘iga  asosan  informatika  fani  Y-YII-sinflarda  maktab  

komponenti hisobidan   sinflar kesimida  0,5 soatdan, jami 51 soat o‘qitiladi. 

7.  Ayrim  fanlar  chuqur  o‘qitilishga  ixtisoslashtirilgan  maktab(sinf)larda  o‘qishlarni  tashkil  etish  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2008  yil  7  avgustdagi  ―Ayrim  fanlar  chuqur  o‘rganiladigan  davlat 

ixtisoslashtirilgan  umumta‘lim  muassasalari  faoliyatini  takomillashtirish  to‘g‘risida‖gi  173-sonli  va  2011  yil                        

9  sentyabrdagi  ―Ayrim  fanlar  chuqur  o‘rganiladigan  davlat  umumta‘lim  muassasalarining  ixtisoslashtirilgan 

sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta‘lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 

kiritish  haqida‖gi  254-sonli  qarorlari  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta‘limi  vazirligi  va  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Davlat  test  markazining  qo‘shma  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan 

fanlarni chuqur o‘qitish bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi. 

 

Mazkur namunaviy o‘quv dasturlar asosida, fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha mualliflik o‘quv dasturlarini 



O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta‘limi  vazirligi  huzuridagi  Respublika  ta‘lim  markazi  bilan  kelishgan  holda 

mustaqil ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish mumkin. 

8. ―Yo‘l harakati qoidalari‖ni o‘rgatish uchun: 

I-sinfda  maktab  komponenti  hisobidan  xaftasiga  0,5  soat  ajratilib,    sinf  jurnalida  alohida  sahifada  o‘tilgan 

mavzular qayd etiladi;  

II-VIII-sinflarda bu mashg‘ulotlar tasdiqlangan dastur asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va sinf rahbarlari 

tomonidan  tarbiyaviy  soatlar  hisobidan  o‘tiladi.  Bu  mashg‘ulotlar  o‘qituvchilarning  pedagogik  yuklamasi 

sifatida  inobatga  olinadi.  ―Yo‘l  harakati  qoidalari‖  mashg‘ulotlari  II-YIII-sinflarda  maktab  dars  jadvaliga 

kiritiladi va sinf jurnalida tarbiyaviy soatlar uchun ajratiladigan sahifada o‘tilgan mavzular qayd etib boriladi. 

9. ―Hayot xavfsizligi asoslari‖ mashg‘ulotlari I-IV-sinflarda ―Jismoniy tarbiya‖, ―Odobnoma‖, ―Atrofimizdagi 

olam‖  fanlari  tarkibida  17  soatdan,  V-IX  sinflarda    ―Geografiya‖,  ―Biologiya‖,  ―Kimyo‖,  ―Fizika‖,  ―Mehnat 

ta‘limi‖ ―Vatan tuyg‘usi‖ va ―Milliy istiqlol g‘oyasi va mahnaviyat asoslari‖ fanlari dasturlari tarkibida sinflar 

kesimida 17 soatdan   o‘tiladi. 

10.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2008    yil  3  iyuldagi  O‘zbekiston  Respublikasi  

Prezidentining ― Yuksak mahnaviyat - yengilmas kuch‖ asarini uzluksiz ta‘lim tizimida o‘rganishni tashkil etish 

to‘g‘risida‖gi F–360 sonli farmoyishi asosida maktab komponenti hisobidan IX cinfda yiliga 10 soat o‘qitiladi. 

11.  Umumiy  o‘rta  ta‘lim  maktablarining  I-IV-sinflarida  «Salomatlik  darslari»  o‘quv  kursi  ―Odobnoma‖, 

―Atrofimizdagi  olam‖,  ‖Tabiatshunoslik‖,  ―Jismoniy  tarbiya‖  va  ―O‘qish‖  fanlari  tarkibiga,      V-YII  va  IX-

sinflarda  «Sog‘lom  avlod  asoslari»  o‘quv  kursi  ―Biologiya‖,    ―Jismoniy  tarbiya‖,  ―Mehnat  ta‘limi‖  fanlariga 

integrasiya  qilingan    holda  hamda  YIII-sinfda  maktab  ixtiyoridagi  soatlardan  foydalangan  holda  o‘qitiladi. 

Darslarni oliy mahlumotli, yetarli bilim va malakaga ega bo‘lgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan o‘qituvchilar 

o‘tishlari kerak. Davra suhbatlariga mutaxassis tibbiy xodimlarni taklif etish tavsiya etiladi.   

12. Malakali  o‘qituvchilarga va  zarur sharoitlarga  ega   bo‘lgan  umumiy  o‘rta  ta‘lim  maktablarida (shahar 

maktablarida  sinfdagi    o‘quvchilarning  soni  25  va  undan  ortiq,  qishloq  maktablarida  esa  20  va  undan  ortiq 

bo‘lgan taqdirda) quyidagi fanlarni o‘qitishda  sinf o‘quvchilari  ikki guruhga bo‘linadi: 

I-IX-sinflarda chet (ingliz, nemis, fransuz va boshqa) tillar darslarini o‘tishda;  

ta‘lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan maktablarning  II-IX-sinflarida  o‘zbek tili darsini o‘tishda; 

ta‘lim rus tilida olib borilmaydigan maktablarning     II-IX-sinflarida  rus tili darsini o‘tishda; 

V-IX-sinflarda ―Informatika‖ fani darslarini o‘tishda; 

VIII-IX-sinflarda  jismoniy  tarbiya  darslarini  o‘tishda  (har  bir  guruhda  yigit  va  qizlar  sakkiztadan  kam 

bo‘lmasa). 

Amaliyotdagi  davlat  ta‘lim  standartlariga  ko‘ra  (UO‘TDTS  to‘plami,      4-soni,  312-bet)  Umumiy  o‘rta  ta‘lim 

maktablarining  V-IX-sinflarida  o‘quvchilar  soni  shahar maktablarida  25  va  undan  ortiq,  qishloq  maktablarida 

20 va undan ortiq bo‘lsa, mehnat ta‘limi darslari shu sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruh (o‘g‘il va qiz bolalar)ga 

ajratgan holda alohida dasturlar asosida olib boriladi. 

13.  O‘zbekiston  Respublikasi  Bolalar  sportini  rivojlantirish  jamg‘armasi  Homiylik  Kengashining  2003  yil  4 

iyundagi  yig‘ilishi  bayonining  3-bandini  bajarish  maqsadida  V-IX-sinflarda  qo‘shimcha  mashg‘ulotlar  sport 

seksiyalar tarzida  o‘tkaziladi.    

14.  Ta‘lim  qoraqalpoq,  rus,  qozoq,  tojik,  qirg‘iz,  turkman  tillarida  olib  boriladigan  maktablarda  maktab 

pedagogik kengashining qaroriga binoan  ayrim fanlar va kurslar o‘zbek tili(davlat tili)da o‘qitilishi mumkin. 

15.  Sog‘liqni  saqlash    vazirligining    umumiy  o‘rta  ta‘lim  maktablarida  ta‘lim  jarayonini  tashkil  etish 

sharoitlariga  qo‘yiladigan  talablari  (SanQiM  №0102-00)  asosida  o‘quv  yili  birinchi  sinfda  33  hafta,  II-IX-

sinflarda 34 hafta belgilangan. Maktabda o‘quv mashg‘ulotlari 2 sentyabrdan boshlanadi va barcha sinflarda 


 

20 


25  mayda  tugallanadi.  O‘quv  yili  mobaynida  tahtillar:  kuzgi  tahtil  -  4  noyabrdan  6  kun;  qishki  tahtil  - 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1992  yil    22  dekabrdagi  PF-517-sonli  Farmoniga  ko‘ra  dekabrg‘ 

oyining  oxirgi  4  kuni  va  yanvarg‘  oyining  birinchi  dekadasi  mobaynida‖,  bahorgi  tahtil  –  21  martdan  7  kun; 

yozgi tahtil – o‘quv yili (imtihonlar) tugagan kundan boshlab 31 avgustgacha davom etadi. I-sinf o‘quvchilari 

uchun fevralg‘ oyining uchinchi haftasida bir haftalik tahtil beriladi (Ota-onalarning talablariga binoan fevralg‘ 

oyining boshqa xaftasida tahtil berish mumkin). 

 16.  O‘quv  yili  yakunida  V-VIII-sinf  o‘quvchilarining  mehnat  ko‘nikmalarini  shakllantirish  va  kasbga 

yo‘naltirish  maqsadida  maxsus  ishlab  chiqilgan,  ota-onalar  va  mahalla  qo‘mitalari  raislari  bilan  kelishilgan, 

maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida  amaliy mehnat mashg‘ulotlari: 

     -  V-VI sinflarda 6 kun 4 soatdan;   

- VII sinfda 10 kun 4 soatdan;     

     - VIII sinfda 16 kun 4 soatdan bevosita maktabda, idora va korxonalarda, Xalq  ta‘limi vazirligining 2003 yil 

3  noyabrdagi  159-sonli  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  «Umumiy    o‘rta    ta‘lim  maktablarining  V-VIII  va  X-

sinflarida amaliy  mehnat mashg‘ulotlarini  o‘tkazish tartibi  to‘g‘risida  yo‘riqnoma»ga qathiyan rioya  qilgan 

holda o‘tkaziladi.  

18.  Barcha  turdagi  davlat  umumiy  o‘rta  ta‘lim  muassasalarida  mazkur    o‘quv    reja  davlat  tomonidan  to‘liq 

moliyalashtiriladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling