Badiiy adabiyot nafosat tarbiyasida cheksiz imkoniyatlarga ega. U o’quvchilarga hayotni chuqurroq anglashni o’rgatadi. O’quvchilarga o’zbek va chet el adabiyoti haqida ko’proq ma’lumot beriladi. O’quvchilar she’rlar, hikoyalar, xalq og’zaki ijodi namunalari -maqol, matal, ertak, doston, qo’shiq, qissa va romanlarni qanchalik ko’p o’qisa ularda go’zallikka bo’lgan intilish shunchalik kuchli bo’ladi. SHoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiy faoliyati, asarlari bilan tanishish tahlil qilish o’quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, his — tuyg’ulari va til boyligin takomillashtiradi. SHuningdek, adabiyot darslari o’quvchilarda go’zallikni "idrok etishni ta’minlaydi. O’quvchilar nasriy asarlar, she’rlardan parchalar yod oladilar, buning natijasida o’quvchilarning badii nutq madaniyati ham shakllanadi. O’quvchilarning mumtoz adabiyotimiz vakillari — Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat, Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek, Abdulla Qahhor, G’ofur G’ulom, Zulfiya, Maqsud SHayxzoda, zamondosh adiblar — Primqul Qodirov, Odil YOqubov, Xudoyberdi To’xtaboev, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad YUsuf, SHavkat Rahmon, Mahmud Toir asarlari, shuningdek, jahon adabiyotining noyob namunalari bilan tanishishlari ularning har tomonlama etuk bo’lib o’sishlariga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |