Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
Download 303.93 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlarning mehnatiga haq to‘lashning 2 xil shakli mavjud: ya’ni. 1-chizma.Ish haqining shakllari Vaqtbay ish haqi
- Ish haqining 2 xil turi mavjud: Asosiy ish haqi va qo‘shimcha ish haqi. 2-chizma: Ish haqining turlari Asosiy ish haqi
- 1.2. Mehnat haqini hisoblash bo’yicha buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va amal qilish tamoyillari
- 3-chizma: Korxona xo’jalik faoliyati davomida yuz beradigan mehnat haqi hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining funksiyalari
- 2-jadval
- II BOB. “Juma paxta tozalash zavodi” OAJda mehnat haqining hisobi
- 1-diagramma.“Juma paxta tozalash zavodi» OAJning aktivlari
- Juma paxta tozalash zavodi
- Aktiv . Uzoq muddatli aktivlar Asosiy vositalar
- TMZ lar ,jami
- Pul mablag’lari , jami
- Aktiv bo’yicha , jami
- Uzoqmuddatlimajburiyatlar, jami
- Majburiyatlar , jami
Mehnatga haq tolashrazriy adlari Tarif koeffitsientl ari Mehnatga haq tolashrazriy adlari Tarif koeffitsientl ari 1 2,476
13 6,503
2 2,725
14 6,893
3 2,998
15 7,292
4 3,297
16 7,697
5 3,612
17 8106
6 3,941
18 8,522
7 4,284
19 8,943
8 4,640
20 9,371
9 4,997
21 9,804
10 5,362
22 11 5,773
12 6,115
Birinchi razryadning tarif stavkasi hajmi oy uchun hisob-kitob qilinayotganda qonunda ko‘rsatilganidek ish haqining eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak.
Haq to‘lash uchun vaqt birligi qilib soat, kun, oy olinishi mumkin.Shunga muvofiq tarif stastavkasi soatbay, kunlik yoki oylik bo‘lishi mumkin. Ishchilarga ish haqi to‘lash uchun tarif stavkasining u yoki bu turini tanlash mazkur korxonada qo‘llanilayotgan ish normalarinig turiga bog‘liq.Agar ish normalari smena vazifalari shaklida bo‘lsa, ularga hahaq to‘lashda kunlik tarif stavkalari qo‘llaniladi. Keyingi vaqtda mehnatni tashkil qilish va haq to‘lash tizimida soatbay tarif stavkasining ahamiyati oshib bormoqda. Buni quyidagicha tushintirish mumkin: birinchidan, iqtisodiyotning ko‘pchilik soxalarida ish haqi soatbay stavkalari asosida amalga oshirilmoqda, ikkinchidan, asosan soatbay tarif stavkasi asosida amaldagi qonun hujjatlarida (zararli mehnat sharoitlari tufayli qisqartirilgan ish vaqtida ish vaqtidan tashqari ishlashda tungi vaqtda ishlashda va h.k) kafolatlangan xodimga beriladigan qo‘shimcha ish haqi miqdori belgilanadi. 13
Xodimlarning mehnatiga haq to‘lashning 2 xil shakli mavjud: ya’ni. 1-chizma.Ish haqining shakllari Vaqtbay ish haqi deganda xodimlarning haqiqatda ishlagan vaqtlari uchun hisoblangan ish haqi tushiniladi. Ushbu ish haqi shaklida xodimga hisoblanadigan ish haqining miqdori bevosita u ishlagan soatlar yoki kunlarning soniga, shuningdek shtat jadvaliga muvofiq belgilangan ish haqi summasiga bog‘liq bo‘ladi. Ish haqining ushbu shakli ishchilar, quruvchilar, sotuvchilar va boshqa bevosita ish bajaruvchilar uchun qo‘llaniladi. Mehnatga vaqtbay haq to‘lashda ishchi yoki xizmatchining ish haqi uning malakasi va ishlagan ish vaqtiga qarab belgilanadi. Raxbar va ma’muriy xo‘jalik xodimlari navbatchi xodimlar, ta’mirlovchi va mashinalarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar va boshqalarning mehnatiga vaqtbay haq to‘lanadi. Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shakli: -oddiy vaqtbay -vaqtbay-mukofatlash turlarga bo‘linadi Oddiy vaqtbay haq to‘lashda ish haqi miqdorini hisoblashda shtat jadvaliga binoan tarif stavkasi yoki lavozimiy maosh asos qilib olinadi. Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay mukofatlash shaklida tarif stavkalari bo‘yicha ish haqidan tashqari qo‘shimcha ravishda korxonada ishlab chiqilgan xodimlarni mukofatlash to‘g‘risidagi nizom jamoa shartnomasi yoki korxona raxbarlarining buyrug‘i asosida ayrim miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga erishilganligi uchun mukofot beriladi. Vaqtbay ish haqini hisoblashda tabel asos qilib olinadi. 14
Ishbay ish haqi deganda xodimlarga haqiqatda bajargan ishlari uchun hisoblangan ish haqi tushuniladi. Ushbu ish haqi shaklida xodimga hisoblanadigan ish haqining miqdori bevosita u bajargan ishning hajmiga va bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi summasiga bog‘liq bo‘ladi. Ish haqining ushbu shakli ishchilar, quruvchilar, sotuvchilar va boshqa bevosita ish bajaruvchilar uchun qo‘llaniladi. Mehnatni tashkil qilish usuliga ko‘ra mehnatga ishbay haq to‘lash individual va jamoaviy turlarga bo‘linadi. Mehnatga individual ishbay haq to‘lashda xodim mehnatini rag‘batlantirish individual tartibda ishlab chiqilgan mahsulot soni, uning sifati va ishbay narxiga to‘liq bog‘liq. Mehnatga jamoaviy haq to‘lashda butun brigadaning ish haqi haqiqatda bajarilgan ish va uning narxini hisobga olgan holda belgilanadi,brigada har bir xodimning ish haqi butun brigada ishlab chiqargan mahsulot hajmi va umumiy ish hajmidagi uning mehnati miqdori hamda sifatiga bog‘liq, mutaxassislikdagi (chilangar, tokar, sozlovchi va h.k)ishchilardan tarkib topgan,ya’ni kompleksli jamoa bo‘lganda ta’mirlash yoki boshqa ishlarni bajarganda qo‘llaniladi. To‘lov ishning butun hajmi uchun qo‘yilgan qiymatlar bo‘yicha mahsulotning o‘lchov birligida ishlarni bajarish uchun maksimal vaqtni ko‘rsatish bilan amalga oshiriladi. Buxgalteriya brigada a’zolari orasida haqiqiy mehnat haqini har bir ishchining ishlagan vaqti va ularning razryadining darajasiga muvofiq taqsimlaydi. Ishhaqi hisob-kitobi usuliga ko’ra mehnatga haq to’lashning ishbay tizimi: bevosita ishbay; ishbay mukofat; billvosita; Bevosita ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajarilgan ish (tayyorlanga mahsulot) bo’yicha belgilangan ishbay narxlarga muvofiq belgilanadi. Misol. Tikuvchi bir oyda 120 ta ish halati tikdi (narxi 4250 so’m). Tikuvchining bir oylik ish haqi 510 000so’mni tashkil qildi(4250*120 halat). 15
Korxonalar buxgalteriyasi mehnatga haq to’lashga doir barcha hisob–kitob ma’lumotlarini ish haqi kitobida, xodimlarning shaxsiy varaqalarida yoki hisob- to’lov qaydnomalarida mujassamlashdi.Ushbu registrlarda keltirilgan ma’lumotlar ish haqi bo’yich hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobini yuritishga asos bo’ladi.
uchun hisoblangan ish haqi tushuniladi. Qo‘shimcha ish haqi deganda xodimga uni ijtimoiy himoya qilish maqsadida, shuningdek unga korxona faoliyatida erishilgan yutuqlar, atoqli sanalar, turli shart sharoitlar uchun asosiy ish haqiga qo‘shimcha tarzda hisoblangan to‘lovlar tushuniladi. Qo‘shimcha ish haqiga vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik uchun hisoblangan nafaqalar, mehnat ta’tili haqi, unvon, kategoriya va boshqa ajralib turadigan tavsiflari uchun beriladigan qo‘shimchalar, mukofatlar, moddiy yordamlar va kompensasiyalar kiradi.
Mehnat haqi hisobining maqsadi xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati davomida yuz bergan mehnat haqini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda to’g’ri va o’z vaqtida hisobga olish, hamda axborot foydalanuvchilariga o’z vaqtida, to’liq hamda aniq axborot yetkazib berishdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mehnat haqi bo’yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 16
Mehnat haqi hisobining mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish; Mehnat haqi hisobining to’g’ri turkumlash va guruhlarga ajratish; Mehnat haqining harakati to’g’risida to’liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish; Mehnat haqining to’g’ri, o’z vaqtida va tegishli boshlang’ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish; Mehnat haqi bo’yicha hisob ma’lumotlarining to’liq uyg’unligini ta’minlash; Mehnat haqining to’g’ri va o’z vaqtida hisoblash; Mehnat haqi ishlab chiqarishga to’g’ri keladigan xarajatlarni to’g’ri va o’z vaqtida hisobga olish va sotish tannarxiga to’g’ri kiritilishini ta’minlash; Ish vaqtidan unumli foydalanishni nazorat qilish; Mehnat haqining hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan olish va tegishli schotlarda aks ettirish; Mehnat haqi hisobining hisobotda to’g’ri aks ettirish va boshqalar. Ish vaqtining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish. Sarflangan mehnatning ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxida tegishli hujjatlarda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish. Hisoblangan ish haqini kalkulyatsiya obektlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash. Ish haqi va mehnatga haq to‘lashning ilg‘or usullarini amalda qo‘llash. Mehnatga haq to‘lash fondining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish. Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo’jalik faoliyati davomida mehnat haqi hisobining amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilishi ustidan nazorat o’rnatish, ish haqiga oid salbiy holatlarning oldini olish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki xo’jalik imkoniyatlarini topishni ta’minlashi zarur. Ayrim adabiyotlarda fanning vazifasi bilan funksiyasi bir xil tushuncha deb qaralsa, ayrim adabiyotlarda esa vazifa bilan funksiyani turli xil tushuncha deb qaraladi. Bizning fikrimizcha ham ikkinchi mulohaza to’g’ri. Chunki vazifani bajarish vaqtinchalik harakterga ega bo’ladi. Bittasini bajargandan keyin ikkinchisiga o’tadi. Funksiya esa doimiy takrorlanib turadigan vazifadir. 17
Shundan kelib chiqib, mehnat haqi hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining vazifalari va funksiyalari ham farq qiladi, ya’ni buxgalteriya hisobining mehnat haqi hisobi bo’yicha vazifalari yuqoridagilar bo’lsa, funksiyalari quyidagilar hisoblanadi (3-chizma). Mehnat haqi hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining funksiyalari Axborot funksiyasi Uzviy aloqa funksiyasi Nazorat funksiyasi Tahliliy funksiyasi
O’zR ning “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi qonugani va buxgalteriya hisobi milliy standart (BHMS) lariga muvofiq mehnat haqi hisobini yuritishning quyidagi tamoyillarini keltirish mumkin (2-jadval). 2-jadval Mehnat haqining amal qilish tamoyillari № Tamoyilning nomi Mehnat haqi bo’yicha qo’llanilishi 1. Ikki yoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish Bu tamoyilning ma’nosi shundan iboratki yuz bergan operatsiyaning summasini bir vaqtning o’zida ikki schotda, ya’ni bir schotning debetida va ikkinchisining kreditida aks ettirilishini bildiradi. 2. Uzluksizlik Bu tamoyil korxonaning doimo harakatdagi subyekt, ya’ni o’z faoliyatini kelgusida davom ettiruvchi va rivojlantiruvchi subyekt sifatida qaraydi. Shunga ko’ra, mehnat haqi ham uzluksiz hisobga olib boriladi. 18
3. Pulda ifodalash Bu tamoyil yuz bergan mehnat haqi milliy valutada, ya’ni so’m va tiyinlarda aks ettirishni bildiradi.
Aniqlilik Bu tamoyil hisobda aks ettirilgan har bir mehnat haqi summasining qat’iy hujjatli asosga ega bo’lishligini bildiradi.
Hisoblash Bu tamoyil mehnat haqi yuz bergan vaqtiga ko’ra tan olishni va shu vaqtdan boshlab ularni buxgalteriya hisobida va hisobotda aks ettirishni bildiradi. 6. Ehtiyotkorlik (konservatizm) Bu tamoyil korxona hisobotlarida mehnat haqi ko’p (kam) qilib ko’rsatmaslikni ifodalaydi. Bu tamoyilni qo’llash yashirin rezervlarni vujudga keltirish, biron bir maqsadda mehnat haqi ko’paytirib (kamaytirib) ko’rsatish huquqini bermaydi.
Taqqoslamalik Mehnat haqi ifodalovchi hisobotlar foydali va mazmunli bo’lishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlar bilan qiyoslanadigan bo’lish kerak. Hisobotdan foydalanuvchilar ushbu hisobot qaysi usullarga, tamoyillarga muvofgiq tuzilganligini bilishi lozim. Agar o’tgan davrdagi hisobot ko’rsatkichlari bilan joriy hisobot davridagi hisobot o’rtsida farq bo’lsa o’tgan davr hisobotini ham qaytadan tasniflash lozim, agar tasniflashning (o’zgartirishning) iloji bo’lmasa ushbu qismda tushuntirishlar, yoxud xarakteri ochib berilishi lozim.
Neytrallik Bu tamoyil mehnat haqini ifodalovchi hisobotlarni bironta shaxs manfaatlari uchun boshqa bironta shaxs zararlari evaziga moslashtirmaslikni bildiradi. 9. Hisobot davri daromadlari muvofiqligi Bu tamoyil hisobot davri mehnat haqi shu davrda real daromad keltirgan qismini kiritishni bildiradi. 10 . Tushunarlilik Bu tamoyil mehnat haqi ifodalovchi hisobotlarning
moddalari axborot
foydalanuvchilari uchun tushunarli bo’lishligini bildiradi. 19
11. Yakunlanganlik Bu tamoyil mehnat haqi to’g’risidagi hisob ma’lumotlarining biron-bir hisobot davri uchun jamlanganligini bildiradi.
Tezkorlik Bu tamoyil mehnat haqi to’g’risidagi hisob ma’lumotlarini va hisob siyosatidagi o’zgarishlarni boshqaruv organlariga kerakli muddatlarda va hajmda yetkazib berishni bildiradi. Axborotning muhimligi ham nisbiy tushuncha bo’lib, u faqatgina o’z vaqtidagina muhim bo’ladi, kechikkan yoki muddatidan oldin berilgan axborotning roli pasayadi. 13 . Offsetting (moddalarning o’zaro hisobga olinishi) Bu tamoyil daromad va xarajatlar moddalari o’zaro hisobga olinishi mumkin emasligini bildiradi (BHMS larda bunga ruxsat berilgan yoki talab qilingan holatlar bundan mustasno).
20 II BOB. “Juma paxta tozalash zavodi” OAJda mehnat haqining hisobi 2.1 Asosiy ish haqini hisob kitob-qilish va hisobga olish tartibi "Juma paxta tozalash zavodi "OAJ Ozbekiston Respublikasi Samarqand viloyat Pastdarg’om tumani hokimligi Tadbirkorlik sub’yektlarini ro’yxatdan o’tkazish INSPEKSIYASI tomonidan 1994 yil 8 iyulda Reestrdagi tartib raqami 13 bilan davlatro’yxatiga olingan. Samarqand viloyat Pastdarg’om tumani 13 yanvar 2010 yil davlat ro’yxatidan o’tqazildi. (1-ilova) "Juma paxta tozalash zavodi” OAJ Jumashaxri, A. Temur kuchasi 1-uyda joylashgan uning asosiy faoliyati va maqsadi fermer xo’jaliklari yetishtirib bergan paxta xom-ashyosini tayyor tola holatiga keltirishdan iborat, savda-sotiqni tashkil qilish Ozbekiston Respublikasi tovar bozorini shakllantirish va boyitishda faol qatnashish, foyda olish va olingan foydani OAJning ishlab chiqarishini rivojlantirishga, xodimlarini moddiy ahvolini yaxshilashga sarflanadi, qolaversa O’zbekistonning paxtasini jahon bozoriga chiqarib O’zbekistonning yalpi daromadining o’sishiga xizmat qiladi.
"Juma paxta tozalash zavodi "OAJ ning davlat soliq qo’mitasida ro’yxatga olinganligi va unga identifikatsiya raqami berilganligi to’g’risida GUVOXNOMA №1245 Dublikat (2-ilova). Litsenziya (3-ilova) Samarqand viloyat Pastdarg’om tuman hokimligining 2010 yil 13 yanvardagi 13/13 raqami bilan ro’xatga olingan "Juma paxta tozalash zavodi "OAJ ning ustaviga kiritilgan o’zgarishlar va qo’shimchalar matniga muvofiq jamiyat ustavi fondi 607 583 400 so’m miqdorida bo’lib, har birining naminali 1180 so’mdan bo’lgan qiymati 596 284 680 so’mlik 505 326 dona egasi yozilgan oddiy aksiyalar hamda nominali 1180 so’mdan bo’lgan qiymati 11 568 720 so’mlik 9804 dona imtiyozli aksiyalarga tasdiqlangan (4-ilova). Shu jumladan: -Viloyat “Paxtasanoat” Hududiy aksiyadorlik birlashmasining Ustav fondini shakllantirish uchun yo’naltirilgan umumiy qiymati 309 997 800 so’m bo’lgan 21
Ustav fondining 51 % miqdoriga 292 710 dona oddiy aksiyalar davlat ixtiyoriga berilgan. -Umumiy qiymati 297 855 600 so’m bo’lgan Ustav fondining 49 % miqdoridagi 252 420 dona oddiy aksiyalar mehnat jamoasi hamda erkin sotuv aksiyalari tashkil etadi (2-ilova). Jamiyatning tashkiliy huquqiy shakli (THSH) -----------------------11050 Mulkchilik shakli (MSHT) -----------------------------------------------273 Pochta manzili: (MXOBT) ----------------------------------------------1718227501 Yuridik Shaxs kodi: (KTUT) ---------------------- --------------------00331725 Tarmoq kodi: (XXTUT) ------------------------------------------------- 17111 Soliq tolovchining indifikatsiya raqami: (STIR) --------------------201184564 Barcha xujalik yurituvchi sub’ektlar majburiyatlarining tarkibida xodimlar mexnatiga haq tulash buyicha qarzdorlik mavjud. Buni «Juma paxta tozalash zavodi» OAJning misolida ham kurishimiz mumkin. Buning uchun 2013 yil ma’lumotaridan foydalanamiz.
«Juma paxta tozalash zavodi» OAJ ning buxgalteriya balansini ko’rib o’tamiz. 2013-yil 1-chorak holatiga buhgalteriya balansida quyidagi malumotlar keltirilgan (5-ilova) ming so’mda (3-jadval).
3-jadval
«Juma paxta tozalash zavodi» OAJ ning buxgalteriya balansini holatining tahlili Ko’rsatgichlarning nomi Hisobot davr boshiga Hisobot davr oxiriga Ming so’m Ulushi %
Ming so’m
Ulushi % 22 Aktiv . Uzoq muddatli aktivlar Asosiy vositalar 14 421 569 9,37 14 525 341 10,10 103
772 0,73
Moliyaviy investitsiyalar 35 870
0,02 35 870
0,03 - 0,01 Uzoq muddatli aktivlar ,jami: 14 457 439 9,39 15 311 211 10,64 853
772 1,29
TMZ lar ,jami: 138 968 330 90,30 127 986 303 88,95 -10 982
027 -1,35
Debetorlar , jami: 459 230
0,30 576 683
0,40 117
453 0,10
Pul mablag’lari , jami: 16 395
0,01 7 798
0,01 -8 597
0 Joriy aktivlar ,jami: 139 443 955 90,61 128 570 784 89,36 -10 873 171
-1,25 Aktiv bo’yicha , jami: 153 901 394 100 143 881 995 100 -10 019
399 0
O’z mablag’larining manbalari, jami: 14 757 778 9,59 14 840 834 10,32 83 056 0.73
Majburiyatlar. Uzoqmuddatlimajburiyatlar, jami: 27 476 230 17,85 27 400 230 19,04 -76 000 2,19
Joriy majburiyatlar, jami: 111 667 386 72,56 101 640 931 70.64 -10 026 455
-1,92 Majburiyatlar , jami: 139 143 616 90,41 129 041 161 89,69 -10 102 455
-0,72 Passiv bo’yicha , jami: 153 901 394 100 143 881 995 100 -10 019 399
0 23
O’z mablag’larining manbalari va majburiyatlarning aktivlardagi xissasini diagramma asosida ko’rib chiqamiz: 2-diagramma. O’z mablag’larining manbalari va majburiyatlarning aktivlardagi xissasini diagramma asosida ko’rib chiqamiz: Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki korxonaning korxonaning uzoq muddatli aktivlari hisobot davri boshida 14421569 hisobot davri oxirida 15 311 211farqi 853772oshgan, joriy aktivlari hisobot davri boshida 139 443 955 hisobot davri oxirida 128 570 784 farqi -10 026 455 kamaygan, o’z mablag’larining manbalari hisobot davri boshida 14 757 778 hisobot davri oxirida 14 840 834 farqi 83 056 oshgan, majburiyatlari hisobot dari boshida 139 143 616 hisobot davri oxirida 129 041 161 farqi -10 102 455 kamaygan. Jumladan bizning tadqiqot obektimiz ish haqi bo’yicha majburiyatlar 2013 yil 1-choragi holatiga korxonaning umumiy qarzlarida % ulushni tashkil etar ekan. «Juma paxta zavodi» ochiq aksiyadorlik jamiyti moliyaviy hisobotlari quyidagi hisobot turlarini o’z ichiga oladi : Buxgalteriya balansi 1-shakl (5-ilova) ; Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot 2-shakl (6-ilova) ; Pul okimlari to'g'risida hisobot 4-shakl ; Xususiy kapital to'g'risidagi 5-shakl ; Boshka turdagi hisobotlar va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va tarmoq me’yoriy hujjatlarida ko’rsatilgan ma’lumotlar, «Juma paxta tozalash zavodi» OAJning 2013 yilda ishchi-xizmatchilar soni jami 558 ta bo‘lib, shundan 13 ta boshqaruv apparati xodimlar,yordamchi ishlab 24
chiqarish xodimlari 72 ta, asosiy ishlab chiqarish xodimlari 165 ta ta’mirlash- mexanika bo’limi 35 ta, tayyorlov bo’limi xodimlari 273 tashkil etgan. «Juma paxta tozalash zavodi » OAJda sohaviy belgilangan meyori bo’yicha shitat ro’yxatining yig’ma jadvali (7- ilova).
4-jadval M A ’ L U M O T
Download 303.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling