Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Download 303.93 Kb.

bet1/4
Sana12.11.2017
Hajmi303.93 Kb.
  1   2   3   4

O‘ZBEKISTON 

RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA 

SERVIS INSTITUTI

«BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT» KAFEDRASI

«MOLIYAVIY HISOB» FANIDAN

KURS ISHI 

MAVZU: Mehnat haqini hisoblash tartibi va hisobi

(  “Juma paxta tozalash zavodi” OAJ misolida

 

 )  

                

                                         Bajardi: BH-111 guruh talabasi 

        Barakayev O    

                                                          Ilmiy rahbar:Katta o’qit. Poshoxo’jayeva D

1


SAMARQAND – 2014

Mundarija:

Kirish………………………………………………………………………..……3

I BOB. Mehnat haqi hisobining nazariy asoslari

1.1 Mehnat haqinining buxgalteriya hisobi obyekti sifatida mohiyati…………..7

1.2 Mehnat haqini hisoblash bo’yicha buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari 

va amal qilish tamoyillari………………………………………………..….17



II BOB. “Juma paxta tozalash zavodi” OAJda mehnat haqining hisobi

 2.1 Asosiy ish haqini hisob-kitob qilish va hisobga olish tartibi…………….….21

 2.2 Qo’shimcha ish haqlarini hisob-kitob qilish va hisobga olish tartibi……….31

  2.3 Ish haqidan ushlanmalar va  ajratmalar hisob-kitob qilish va hisobga  olish 

tartibi……………………………………………………………………………..35

Xulosa va takliflar……………………………………………………………….42

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………45

Ilovalar………………………………………………………………………..….48

2


Kirish

           Mavzuning   dolzarbligi.  O‘zbekistonning   bozor   iqtisodiyotiga   o‘tishi 

iqtisodiyotning   ko‘pgina   tarmoqlariga   jiddiy   o‘zgarishlar   kiritib,   mehnatga   haq 

to‘lash tizimi ham chetda qolmadi. Mehnatni tashkil etish borasida davlat, korxona 

va tashkilotlar o‘rtasida yangi munosabatlar yuzaga kelmoqda. Bozor iqtisodiyoti 

mehnat munosabatlarini tartibga solish tizimiga yangiliklar yaratdi. Tashkilotlar, 

xo’jalik yurituvchi sub’yektlar o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va iqtiqboligiga qarab, 

mehnat haqi shakli va tizimini mustaqil tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.  

       Prezidentimizning 2013 yil 25 dekabrdagi qarori shulardan biri bo‘lib, ushbu 

hujjatga binoan,   “Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 1 foizga 

pasaytirildi va 8 foiz qilib belgilandi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 

solig‘ining eng kam ish haqining stavkasi 7,5 foizga kamaytirildi, o‘rtacha va eng 

yuqori stavkalari esa 2013 yil darajasida saqlanib qolindi, iqtisodiyotning barcha 

tarmoqlaridagi   mikrofirmalar   va   kichik   korxonalar   uchun   yagona   soliq   to‘lovi 

stavkasi


 

6

 



foiz

 

miqdorida



 

saqlanib


 

qolindi.


 

            2014   yilning   1   yanvaridan   boshlab,   yuridik   shaxslarning   mol-mulkiga 

solinadigan   soliq   stavkasi   3,5   foiz   o‘rniga   4,0   foiz   miqdorida   belgilandi,   suv 

resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2013 yilda amal qilgan soliq 

stavkalari   1,2   baravarga   indeksatsiya   qilindi,yer   qa’ridan   foydalanganlik   uchun 

soliq   stavkalari   o’z   darajasida     saqlanib   qolindi,   obodonlashtirish   va   ijtimoiy 

infratuzilmani   rivojlantirish   solig‘i   sof   foydaning   8   foizi   miqdorida   saqlanib 

qolindi,xizmat ko‘rsatish sohasi sub’ektlari uchun plastik kartochkalar orqali haq 

to‘langanda   ko‘rsatilgan   xizmatlar   hajmi   bo‘yicha   belgilangan   stavkani 

kamaytirish   10   foiz   o‘rniga   5   foiz   etib   belgilandi.  Asosiy   vositalarni   har   yili 

3


majburiy qayta baholash amaliyoti ham bekor qilinib, ular uch yilda bir marta 

o‘tkaziladi.   Soliq   imtiyozlari   muddati   uzaytirilgani   ham   xo‘jalik   yurituvchi 

sub’ektlar uchun ayni muddao bo‘ldi. ba’zi soliq imtiyozlari muddati uzaytirilgani 

ham   xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlar   uchun   ayni   muddao   bo‘ldi.”

1

  Prezidentimiz 



qarori  va  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  siyosatidan  kelib 

chiqib aytish mumkinki ko’p sohalarda va shu jumladan mehnatga haq to’lash 

tizimida islohotlar olib borish  dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 

      Bozor iqtisodiyoti sharoitida   korxonalar  mehnatga  haq , boshqa  qo‘shimcha 

haq  to‘lash  tizimini  mustaqil  ravishda qonunchilik  asosida  belgilab  olinadi. 

Har bir davlat fuqarolarining hayot darajasi mehnat haqi o‘sishi bilan belgilanadi, 

aksariyat   insonlar   uchun   mehnat   haqi   asosiy   daromad   manbai   hisoblanadi. 

Shuning uchun mehnat haqi bilan bog’lik barcha masalalar (uning miqdori, to’lovi 

va to’lov shakli, boshqalar) xodimlarning va ish beruvchilar uchun birday muhim 

hisoblanadi.   Prezidentimiz   ta’kidlaganlaridek:   «Mamlakatimizda   xo’jalik 

yurituvchi sub’yektlar barqaror va ishonchli faoliyat yuritib yuqori kursatgichlarni 

namoyon etib kelmoqda». Mehnat  haqi  xodimlarning  daromadlari  bo‘lib  ishlab-

chiqarishga   qo‘shgan   o‘z   mehnat   ulushlari deb   e’tirof   etiladi.   Shuni   etirof 

etish  joizki  korxonalar  o‘z  faoliyatini  amalga  oshirish  ularda turli  ixtisoslikka 

ega  bo‘lgan  mutaxasislar  jaomasini  shakillantirishni, shuningdek  mos  ravishda 

ular  mehnati  hamda  mehnatiga  haq to‘lash  tizimlarini  tashkil  qilishni  taqazo 

etadi.  


         Prezidentimiz o‘z asarlarida mamlakatimizda mehnatni rag‘batlantirish, ish 

haqini ko‘paytirish va aholi daromadlari o‘sishini taminlashga qaratilgan siyosatni 

amalga oshirish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar haqida alohida to‘talab o‘tib: 

“Jamiyat   azolari   daromadlari   darajasi   ular   turmush   farovonligining   muhim 

ko‘rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olish, sog‘ligini 

1

 



 Karimov I.A. ning 2013 yil 25 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 

prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori

4


saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi 

pul  daromadlari  ish   haqi,  tadbirkorlik  faoliyatidan  olinadigan  daromad,  nafaqa, 

pensiya, stependiya shaklidagi barcha pul tushumlari, mulkdan foiz, dividentlar, 

renta shaklda olinadigan daromadlari, qimmatli qog‘zlar, ko‘chmas mulk, qishloq 

xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyimlarini sotishdan va har xil xizmatlar 

ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlarini o‘z ichiga oladi”

2

.

         Tabiyki, ish haqi va aholi real daromadlarining ahamiyatli darajada o’sishi 



milliy   iqtisodiyotning   barqaror   sur’atlarda   rivojlanish   bilan   bir   qatorda   tashqi 

savdo va eksport sohasidagi faoliyatning samaradorligiga ham bog’liq.

       Ushbu mavzuning dolzarbligini quyidagilarda ko‘rishimiz  mumkin:

Har   bir   shaxs   o‘z   mehnati   uchun   qonun hujjatlaridabelgilangan   eng 



kam  oylik  ish  haqidan  oz bo‘lmagan  miqdorda  haq   olishlari lozim;

Har     bir     shaxs     o‘z     mehnatiga     haq     olish     va     mulkdor     bo‘lish  



huquqiga  ega;

Ish bilan bog‘liq holda sog‘ligiga yoki mol-mulkiga etkazilgan  zararning 



o‘rnini qoplash;

Qariganda,   mehnat   qobiliyatini   yo‘qotganda,   boquvchisidan   mahrum 



bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot 

olishi  lozim ;



         Mavzuning   o‘rganilganlik darajasi.Takidlash joizki   bozor   iqtisodiyoti 

sharoitida mehnat haqining muhimligini ko‘rib chiqdik.Mehnat haqi O‘zbekiston 

Respublikasining 1995  yil  21  dekabrdagi  Qonuni  bilan  tasdiqlangan  va  1996 

yil   1   apreldan   amalga   kiritilgan     O‘zbekiston     Respublikasining   Mehnat 

2

Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, O’zbekistot sharoitida uni 



bartaraf etishning yo’llari va choralari.-T: O’zbekiston, 2009 33-b.

5


kodeksi,  O‘zbekiston    Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining   qarorlari,  21-son 

BHMS, shuningdek  bir  qator  O‘zbekistonlik  olimlar, mutahassislar, jumladan, 

Urazov K.B.,  Musayev   H.N.,   Toshnazarov   S.N.,   Hasanov    N.X.,   Haydarov 

Sh.U.,       va       boshqalar       o‘z       ishlarida       mehnatning       hisobiga       keng 

to‘xtalganlar,       bu       haqda       ularning       darsliklari   ,       o‘quv       qo‘llanmalari 

maqolalaridan   bilib   olish   mumkin.



     Mavzuning ilmiy-tadqiqot  ishlari  rejalari  bilan  bog‘liqligi.  Mazkur   kurs 

ishi   Samarqand   iqtisodiyot  va  servis  instituti  “Buxgalteriya  hisobi  va  audit” 

kafedrasining   ilmiy-tadqiqot ishlari   rejasiga   mos   keladi   va   mazkur   doirada 

bajarilgan.



       Ishning maqsadi   va   vazifalari. Ushbu   kurs   ishining   maqsadi   bozor 

iqtisodiyoti     sharoitida     mehnat     haqi     hisobini     tashkil     etishning     nazari, 

metodologik  hamda  ilmiy-amaliy  tavsiyalar  berishdan  iborat.  Bundan  tashqari, 

talabaning  shu  kungacha  olgan  bilimlari,  ko‘nikmalari  natijasini  bayon  etish 

va  uni  yanada  boyitish,  shu  bilan  birga  korxonada  mehnat  haqi  yuzasidan 

o‘z  takliflarini  berish.

    Ushbu maqsaddan  kelib  chiqib  kurs  ishi  oldida  quyidagi  vazifalar  qo‘yildi:

mehnat  haqini  hisob obyekti sifatida  tasniflanishi berish;



mehnat  haqi hisobini  nazariy  asoslarini  ochib  berish;

mehnat  haqi  hisobining  vazifalarini  ishlab  chiqish;



mehnat  haqi  hisobining sintetik va analitik hisobini ko’rib chiqish;

korxonada   mavjud   amaliyotni   ko’rib   chiqib   ular   hisobini     yaxshilash 



yo’llarini ishlab chiqish.  

       Izlanishlar obekti va predmeti. Kurs ishining tadqiqot obekti bo‘lib, “Juma 

paxta   tozalash   zavodi”OAJ   hisoblanadi.   Izlanishning     predmeti     esa     mehnat 

haqini  hisoblash  tartibi  va  hisobi.

6


       Ishning tarkibi. Kurs  ishi  ikkita  bob,  xulosa  va  takliflar,  foydalanilgan 

adaboyotlar  ro‘yxati,  ilovalardan  iborat  bolib,  jami  hajmi  ___  betdan  iborat.



1-bob Mehnat haqi hisobining nazariy asoslari

1.1. Mehnat haqi hisobining buxgalteriya hisobi obekti sifatida mohiyati va  

ahamiyati

             O‘zbekistonning   bozor   iqtisodiyoti  sharoitida   ishlab   chiqarish 

korxonalarining bosh vazifasi aholining turmush darajasini oshirish, yuksaltirish, 

ijtimoiy   ishlab   chiqarishni   jadal   rivojlantirish   mehnat   unumdorligini   oshirish, 

milliy daromadni o‘stirishdan iboratdir. Korxonalarda mehnat va ish haqi hisob-

kitob ishlarining aniq va operativ ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda 

qiyin soxalaridan biridir. 

          Unda xodimlar soning o‘zgarishi, ish vaqtining sarflanishi,ish haqi fondi, 

to‘lov   turlari   va   xodimlar   toifasi   bo‘yicha   hamda   ish   haqi   fondidan   tashqari 

amalga oshiriladigan boshqa to‘lovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-

kitoblar aks ettiriladi. Bu ma’lumotlar asosida mexnat unumdorligi hamda mexnat 

resurslaridan   foydalanish,   xodimlar   soni,   ish   haqi   fondining   sarflanishi   va 

boshqalar   bo‘yicha   reja   topshiriqlarining   bajarilishi   ustidan   nazorat   amalga 

oshiriladi.

Mexnat   va   ish   haqi   hisobini   yo‘lga   qo‘yish   mexnatga   to‘g‘ri   munosabat 

ruhida tarbiyalashning muhim omillaridan biridir.

Bozor   iqtisodiyotiga   o‘tish   natijasida   xodimlar   daromadining   tarkibiga 

xo‘jalik yurituvchi subektning mulkiga qo‘shilgan ulushlari va olgan aksiyalari 

uchun oladigan daromadlar (dividentlar, foizlar)iham qo‘shiladi.

Ularning tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar korxonalardagi mehnat 

jarayoni   ishtirokchilari,   ya’ni   xodimlar   va   ish   beruvchilar   o‘rtasidagi 

7


munosabatlarini   tartibga   soluvchi   respublika   mehnat   qonunchiligining   hujjati 

O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21 dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan 

va 1996 yil 1 apreldan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat 

kodeksi hisoblanadi.

         Ayrim korxonalar darajasida ishga haq to‘lash va ish beruvchi bilan xodim 

o‘rtasidagi  ijtimoiy mehnat  munosabatlarini tartibga  solish  unda  qabul qilingan 

ichki   normativ   hujjatlar-mehnat   shartnomalari   asosida   amalga   oshiriladi,   ular 

korxona   raxbariyati   tomonidan   mehnat   jamoasi   vakillari   ishtirokida   ishlab 

chiqariladi.

      Mehnat shartnomalari:

Ish  beruvchi  bilan  vakil  qilgan  shaxs  o`rtasidagi;



Ish  beruvchi  va  xodimlar  o`rtasida;



Quyidagilar ish beruvchi bo’lishi mumkin:

Korxonalar, shu   jumladan   ularning   alohida   tarkibiy   bo`linmalari   o`z 



rahbarlari  timsolida;

Mulkdorning  o`zi  ayni  bir  vaqtda  rahbar  bo`lgan  xususiy  korxonalar;



Ish beruvchi

Korxonani boshqarish va o`z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul 



qilish;

Qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish 



va bekor qilish;

Mehnat   shartnomasida   shart   qilib   ko`rsatilgan   ishni   lozim   darajada 



bajarishni  xodimdan  talab  qilish; 

O`z  manfaatlarini  himoyalash  uchun  boshqa  ish  beruvchilar  bilan  birga 



jamoat   birlashmalari   tuzish   va   bunday   birlashmalarga   a’zo   bo`lish 

huquqiga  egadir.

       O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 5-moddasida mehnat haqiga 

kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahnolini mehnat to`g`risidagi qonunlar 

8


va   boshqa   normative   hujjatlarda   nazarda   tutilganiga   qaraganda 

yomonlashtiriladigan   shartlari   haqiqiy   emasligi   kafolatlangan.   Ularni   qo`llash 

mehnat qonunchiligini buzish hisoblanadi. Masalan, agar ish beruvchi xodimga 

ish vaqtidan tashqari ishlagani uchun qonunchilikda belgilangan ustama haqni 

(O`zR MK 157-moddasi) to`lamagan taqdirda xodim o`z qilgan mehnati uchun 

ish beruvchidan O`zR MKda belgilab qo`yilgan tartibda va hajimda hisoblashni 

talab   qilishga   haqli.   Ish   beruvchi   xaq   to`lashdan   bosh   tortsa   xodim   kasaba 

uyishmasi   vakillik   organi   (yoki   korxona   xodimlar   tomonidan   saylanadigan 

boshqa bir ororgan) yoki sudga murojat qilish huquqiga ega. 

       Korxonalar   tomonidan   xo’jalik   faoliyatini   amalga   oshirish   ularda   turli 

ixtisoslikka ega bo’lgan mutaxassislar jamoasini shakllantirishni, shuningdek mos 

ravishda ular mehnati hamda mehnatiga haq to’lash tizimlarini tashkil qilishni 

taqozo etadi. 

    Korhona hodimlarining soni, ishvaqti va tabel hisobi O’zbekiston Respubkikasi 

Adliya   vazirligi   tomonidan   1999   yil   30   iyulda   788-son   bilan   ro’yhatdan 

o’tqazilgan   Yollanma   ishchilarning   soni   va   ish   haqi   sitatistikasi   bo’yicha 

yuruqnomada belgilangan. 

      Korxonada ishlovchi xodimlar ikkita guruhga bo’linadi: (1) asosiy xodimlar; 

(2) asosiy bo’lmagan xodimlar.

           Asosiy   xodimlar  deganda   korxonalarning   shtat   jadvalida   belgilangan 

lavozimlarni egallab turgan hodimlar tushiniladi.



     Asosiy bo’lmagan hodimlar deganda individual mehnat shrtnomasiga ko’ra 

alohida ishlarni bajarish uchun vaqtinchalik ishga olingan hodimlar tushuniladi.

         Xodimlarni ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug’i (farmoyishi) bilan 

rasmiylashtirilishi kerak, buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. O’zR 

MKda ishga qabul qilinayotgan fuqora bilan mehnay shartnomasi shartli belgilab 

qo’yilgan.

     Korxona xodimlariga ish haqi to’lash qabul qilingan tarif va ishbay baholarga 

muvofiq amalga oshiriladi, ular korxonalar tomon mehnat sarfining (ish vaqti) 

kerakli miqdordagi aniqlashga imkon beruvchi mehnat normasi asosida mustaqil 

9


ishlab   chiqiladi.   Mehnat   normasi   xodimlar   uchun   ishlab   chiqarish   va   mehnat 

sharoitlari,   texnika,   texnalogiya   darajasi   va   boshqalarni   hisobga   olgan   holda 

belgilanadi.

         Mehnat va ish haqi bo’yicha birlamchi hisobga olish hujjatlari O’zRning 

“Buxgalteriya   hisobi   to’g’risida”gi   qonunning   9-moddasiga   muvofiq   quyidagi 

majburiy rekvizitlarga ega bo’lishi lozim:

Hujjatning nomi;



Hujjatning tuzilgan sanasi;

Hujjatni tuzayotgan tashkilotning nomi;



Xo’jalik operatsiyasiyasining mazmuni;

Xo’jalik operatsiyasini natural va pulli shaklda aks ettirish ko’rsatgichlari;



Ko’rsatilgan shaxslarning shaxsiy imzolari.

Respublika korxonalarida ish haqi tizimi ish haqining tarifli va tarifsiz tizimlari 

asosida shakllanadi.



Tarif   tizimi  normativlar   yig‘indisi,   ular   yordamida   mehnat   sharoitlari   va 

qiyinchiliklariga,   tabiiy   iqlim   sharoitlarida   ishlashga,   mehnat   maromi   va 

harakteriga qarab ish haqini tabaqalashtirish ta’minlanadi.

Ish haqi tarif tizimini tashkil qiluvchi asosiy elementlar: 

Tarif stavkalari va setkalari;



Tarif koeffitsientlari;

Ishchi   kasblar   va   ishlarning   tarif-malaka   ma’lumotlari,   xizmatchilar 



lavozimlari; 

Ta’rif stavkasi ish vaqti birligi uchun ish haqining pul shaklida ifodalangan 

hajmi.


Ishchilarga mehnati uchun  (to‘lanadigan)haq to‘lashda  qo‘llaniladigan  tarif 

stavkasi vaqt birligi (soat, kun, oy)da beriladigan ma’lum bir murakkablikdagi 

mehnat uchun rag‘batlantirish hajmi. Bajarilayotgan ishning murakkablik darajasi 

ko’rsatkichi razriyad hisoblanadi, uning orqali u yoki bu ish turi tariflanadi. Bir 

vaqtning o’zida razriyad xodimning malaka va darajasi ko’rsatkichi bo’lib ham 

10


xizmat qiladi. Ishchining ish haqi hajmi u bajargan ish razriyadiga qarab oshib 

boradi, chunki haq har doim bajarilgan ish razriyadi bo’yicha amalga oshiriladi. 



Misol.  Korxona   oddiy   ishlarni   bajaruvchi   ishchiga   tarif   stavkasining   bir 

razriyadidan kelib chiqgan holda tariff stavkasi belgilanadi. Ishchining oylik ish 

haqi 559706 tashkil qiladi (91530*6,115).

Haq to’lash uchun vaqt birligi qilib soat, kun, oy olinishi mumkin. Shunga 

muvofiq tarif stavkasi soatbay, kunlik yoki oylik bo’lishi mumkin. Ishchilarga ish 

haqi to’lash uchun tarif stafkasining u yoki bu turini tanlash mazkur korxonada 

qo’llanilayotgan   ish   normalarining   turiga   bog’liq.  Agar   ish   normalar   semena 

vazifalari shaklida bo’lsa, ularga haq to’lashda kunlik tarif stavkalari qo’llaniladi.

Keying vaqtda mehnatni tashqil qilish va haq to’lash tizimida soatbay tarif 

stavkasining ahamiyati oshib bormoqda. Buni quydagicha tushuntirish mumkin: 

birinchidan,   iqtisodiyotning   ko’pchilik   soxalarida   ish   haqi   soatbay   stavkalar 

asosida amalga oshirilmoqda, ikkinchidan, asosan soatbay tarif stafkasi asosida 

amaldagi qonun hujjatlarda (zararli mehnat sharoitlari tufayli qisqartirilgan ish 

vaqtidan, tashqari ishlashda, tungi vaqtda ishlashda va hokazo ) kafolatlangan 

xodimga   beriladigan   qo’shimcha   ish   haqi   miqdori   belgilanadi.   Soatbay   tarif 

stavkasini   ish   vaqtini   jamlab   hisobga   olishni   qo’llaydigan   korxonalarda   aniq 

hodimga o’rtacha ish haqi yozish uchun foydalaniladigan soatbay ish haqidan 

farqlash zarur.

Tarif   stavkalri   barcha   turlarinig   hajmi   (soatbay,   kunlik   va   oylik) 

bajarilayotgan ishlarning murakkabligi, hamda mehnat sharoitlari va og’rligiga 

bog’liq holda oshib boradi. 

Tarif   stavkasi   bazasida   rag’batlantirish   tizimi   shakillanadi.   Mukofotlar, 

ustamalar, qo’shimcha to’lovlar, tuman koiffitsientlari ish haqiga tarifga nisbatan 

foiz miqdorda qo’shiladi. 

Tarif stavkalari miqdorlari o’rtasidagi nisbat bajarilgan ish razmeriga bog’liq 

holda   har   bir   razriyad   uchun   tarif   tavkasida   ko’rsatilgan   tarif   koiffitsientini 

qo’llash   vositasida   aniqlanadi.   Nolinchi   razreyadning   tariff   koiffitsienti   birga 

teng. Birinchi razriyaddan boshlab u oshib boradi va tarif setkasida belgilangan 

11


so’nggi, eng yuqori razriyad uchun o’zining maksimal kattaligiga yetadi. Birinchi 

va so’ngi tarif koiffitsientlari nisbati tarif stavkasining diapazoni deyiladi.

     Tarif stavkasi – razriyadlarga bo’lingan shkala, u ishchilarning ish haqi uchun 

tarif   stavkasi   miqdorini   bajarilayotgan   ishning   og’ir   yengilligiga   ko’ra   hamda 

birinchi   razriyad   tarif   stavkasini   tarif   koiffitsientiga   bo’lish   orqali   ularning 

malakasini aniqlashga yordam beradi.

Tarif   –   malaka   ma’lumotlari   hodim   malakasiga   qo’yiladigan   talablar 

ko’rsatilgan   asosiy   ish  turlarining  to’liq  tavsifnomalarini  o’z  ichiga  oladi  ular 

bajarilayotgan   ishning   murakkablik   darajasini   aniqlashda   va   unga   tegishli 

razriyad berishda yagona mezonlarga amal qilishda yordam beradi.

Hozirgi   vaqtda   ish   va   ishchi   kasblarining   yagona   tarif   malaka 

ma’lumotnomasi qo’llanilmoqda. U ma’lum bir ishlab chiqrish va ko’rsatilgan 

ishlar   bajariladigan   korxona,   tashkilotning   qanday   soxaga   tegishli   bo’lishidan 

qatiy nazar, ishlab chiqarish turlari bo’yicha tuziladi. 

Ma’lum   bir   murakkablik   darajasidagi   ish   turlarini   bajaruvchi   (yoki 

bajaraoladigan)   ishchiga   qo’yiladigan   talablarni   hisobga   olgan   xolda   unga 

ma’lum bir berish haqidagi masala hal qilinadi.

Tarif tizimida qo’llaniladigan ustamalar vaqo’shimcha to’lovlar tariff stavkasi 

miqdorida hisobga olinmagan turli omillarni hisobga olgan holda xodimning ish 

haqini individuallashtirishga imkon beradi.        

Hozirgi   vaqtda   byudjet   hisobidan   moliyaviy   ta’minlanadigan   muassasa, 

tashkilot   va   korxonalar   xodimlari   mehnatiga   haq   to’lash   O’zbekiston 

Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2009   yil   21   iyuldagi   206-sonli   qarori 

asosidagi   tarif   koeffitsientlariga   binoan   2013   yil   15   dekabrdan   tariff 

stavkalarining   miqdori,   “Mehnatga   haq   to’lashning   Yagona   tarif   setkasini 

takomillashtirish   to’g’risida”gi   qarori   tasdiqlangan  Yagona   tarif   setkasi   (YTS) 

asosida   amalga   oshiriladi.   U   22   ta   tarif   razriyadini   o’z   ichiga   olgan   va   turli 

razriyaddagi ishvaishchilar (malakalar) ning ishhaqini tarif koeffitsientlari orqali 

muvofiqlashtirishni ko’rsatadi.

                                                                                                          1-jadval

12


Ish haqi bo’yicha yagona tarif setkas.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling