Moliya instituti buxgalteriya hisobi fanidan mustaqil ish


Download 0.76 Mb.
bet1/10
Sana27.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1069015
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MOLIYA INSTITUTI


BUXGALTERIYA HISOBI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Guruh:M-93-2/22


Bajardi: Ro’ziyev X._________________


Qabul qildi: Abdullayev A.N__________
TOSHKENT – 2022



Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari

    1. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha, ularning ahamiyati. 2.Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi.

  1. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi. 4.Buxgalteriya hisobi shakllari



Tayanch iboralar: Registrlar, kartochkalar, vedomostlar, «qizil qalam», «Qo‘shimcha yozuv», «Memorial-order», «Bosh kitob», «Jurnal-order», «Elektronavtomatlash-tirilgan», BAT, AIJ, EHM, sintetik hisob registri, xronologik hisob registrlari, tizimli hisob registrlari, kombinatsiya- lashgan registrlar.


    1. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha, ular ahamiyati.


Hisob registrlari «registratsiya» so‘zidan olingan bo‘lib, buxgalteriya hisobi yozuvlarini ro‘yxatga oluvchi hujjatlar degan ma’noni anglatadi.
Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini yoppasiga, uzluksiz hisobini olib borar ekan, bunda hujjatlashtirish ahamiyati yuqoridir.
Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar dastlabki hujjatlarda aks ettirilib boriladi, so‘nggra shu dastlabki hujjatlar xar tomonlama tekshirilib, buxgalteriyaga qabul qilib olinadi.
Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi. Tabiiyki, bu buxgalteriya provodkadari ham hujjatlashtirilishi shart. Buning uchun buxgalteriya hisobi registrlaridan foydalaniladi.
Demak, buxgalteriya hisobi registrlari – hisob yozuvlarini (buxgalteriya provodkalarini) aks ettirishga mo‘ljallangan jadvallardir.
Buxgalteriya hisobi registrlari - jurnallar, qaydnomalar, kitoblar, tasdiqlangan blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schetlarga tegishli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirib boriladi.
Hisob registrlari ma’lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxona balans va hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob registrlaridagi ma’lumotlarning nechoglik o‘z vaqidada to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning o‘ziuchun, balki uning balans va hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekan.
Korxonalar buxgalteriya balans va hisobotlaridan esa qo‘yidagilar foydalaniladilar:

      • Korxonaning ichki boshqaruvi;

      • Bank muassasi;

      • Solik inspeksiyasi;

      • YUqori tashkilot;

      • Kreditorlar;

      • Aksiyadorlar va boshqalar.




    1. Download 0.76 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling