Buxgalteriya yozuvlarining turliligi, xajmi xar xilligidan kelib chikib, ular aks ettiriladigan hisob registrlari ham turlichadir.
Hisob registrlari turlari o‘rganilayotganda, ularni qo‘yidagi xususiyatlariga e’tibor bermok kerak:
Tashqi ko‘rinish.
Ularda aks etiriladigan yozuvlarning turliligi.
Ma’lumotlarning xajmi.
Hisob registrlari tashqi ko‘rinishi xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi:
daftarlar (kassa daftari, «bosh daftar»).
Kartochkalar.
Varaklar (qaydnomalar).
Kartochkalar, asosan xo‘jalik mablag‘lari analitik hisobi uchun qo‘llaniladi.
Kartochkalarning kontokorrekt, kup ustunli va boshqa turlari mavjud.
Kontokorrekt kartochka shakli pul o‘lchovida (qiymatda) hisobi yuritiladigan xo‘jalik jarayonlarini xar bir schetning debet va kredit tomonlarida aks ettirilishida foydalaniladi va xar bir oy oxiridja schetlar bo‘yicha oborotlarni aniqlashda asos bo‘ladi.
Quyida kartochka hisob registrlarini kontokorrekt shakliga misol keltiramiz.
«Hisobdor shaxslar bilan hisoblashish» - Salimov M.K.
Do'stlaringiz bilan baham: |