Moliya instituti buxgalteriya hisobi fanidan mustaqil ish


Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi


Download 0.76 Mb.
bet5/10
Sana27.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1069015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

3. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi.


Buxgalteriya hisob registrlariga ko‘rsatkichlar aks ettirilayotganda, e’tiborsizlik, ma’suliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato yozuvlar yozilishi mumkin.
Xato yozuvlar aks ettirilgani qo‘yidagi holatlarda aniqlanishi mumkin.

  1. Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan.

  2. Xato yozuv noto‘g‘ri buxgalteriya provodkasi natijasida vujudga kelgan.

  3. Buxgalteriya provodkasi to‘g‘ri, ammo aks ettirilgan summa ko‘p yoki kam yozilgan.

Xato yozuvni yuqorida keltirilgan qaysi holatlardan birida aniqlanganiga ko‘ra tuzatish yozuvlari amalga oshiriladi.
Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud:

    1. «Korrektura» usuli.

    2. «Qizil qalam» usuli.

    3. «Qo‘shimcha yozuv» usuli.

«Korrektura» usulidan xato yozuv faqat bir hisob registrida mavjudligi aniqlangan holatda foydalaniladi.
«Korrektura» usulini mohiyati shundaki, xato yozuv ustidan ingichka chiziq tortilib, uni yoniga to‘g‘ri yozuv yoziladi, hamda bu xaqda xato yozuvni to‘g‘rilagan javobgar shaxs yoki bosh buxgalter muddatni ko‘rsatib, imzo qo‘yadi.
Masalan: «Materiallar» hisob schetini debeti bilan buxgalteriya xisob reestriga 40050 so‘m o‘rniga, 40000 so‘m yozilgan
40000 (14.03.05) «to‘g‘rilanganligiga ishonilsin» (imzo).
«Qizil qalam» usulidan buxgalteriya provodkasi noto‘g‘ri berilganida, yoki ko‘p summa aks ettirilganida foydalaniladi.
«qizil qalam usuli yordamida xato yozuv qizil rangli siyoh orqali to‘g‘rilanadi. YA’ni qizil rangda yozilgan raqam, shu raqam yozilgan oborot jami summasidan ayirilishi kerak.
Qizil siyohdagi yozuv aks ettirib, xato yozuv to‘g‘rilanganidan so‘ngra, to‘g‘ri buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib qo‘yiladi.
«Qizil qalam» usuliga misolni keltirish orqali talabalarni, ushbu usul mohiyati bilan yaqindan tanishtiramiz.
Masalan: «Asosiy ishlab chiqarish» uchun ombordan material berildi 60000 sum.
Ushbu jarayon uchun buxgalteriya provodkasi qo‘yidagicha bo‘ladi: Debet «Asosiy ishlab chiqarish» 60 000
Kredit «Materiallar» 60 000 sum
Buxgalteriya xodimi tomonidan esa, hisob registrlariga 600 000 so‘m aks ettirilgani aniqlandi.
Xato yozuvni bir «O» raqamini o‘chirish orqali to‘g‘rilash mumkin emas. Demak, «qizil qalam» usulidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
600 000 –540 000 = 60 000

Aksincha, yozilishi kerak bo‘lgan summadan kam summa yozilgani aniqlansa,


«qo‘shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi.
Masalan, xodimlarga hisoblangan ish hisobotn daromad solig‘i ushlab qolindi 170 000 Xo‘jalik jarayoni buxgalteriya hisob registrida qo‘yidagi buxgalteriya provodkasi asosida
aks ettiriladi:Debet «Xodimlar bilan mehnat haqi « yuzasidan hisob-kitob. Kredit «Byudjet bilan hisob-kitob»
Xato yozuv orqali yuqoridagi schetlar uchun yuritiladigan buxgalteriya hisob registriga 170 000 soni o‘rniga 120 000 soni yozilgani aniqlandi.
170 000 – 120 000 = 50 000
Xato yozuv to‘g‘rilanishi uchun 50 000 qo‘shimcha yozuv aks ettirilishi kerak. Materiallar qiymatida farqlar ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga ko‘ra tegishli schetlarga
«qo‘shimcha yozuv» yoki «kizil yozuv» usuli orqali aks ettiriladi.



    1. Buxgalteriya hisobi shakllari.

Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir necha buxgalteriya hisob shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo‘llaniladigan hisob shakllarini tanlash qo‘yidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:

  • korxona hisob ishlarini hajmi ko‘p yoki kamligiga;

  • korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga va xakozo.

Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga to‘liq amal qilinishi shart.
Buxgalteriya hisobi shakllari qo‘yidagi turlarga bo‘linadi:

  • memorial order shakli

  • bosh davtar shakli

  • jurnal order shakli

  • elektron-avtomatlashtirilgan shakl

Buxgalteriya hisobi shakllari bir biridan qo‘yidagi xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi:

      1. SHakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra.

      2. Registrlar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra.

      3. Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra.

      4. Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra.

      5. Ezuvlarni yozish tartibi va texnika vositalarning qo‘llash tartibiga ko‘ra.

Quyidagi buxgalteriya hisobi shakllarini alohida, alohida ko‘rib o‘tish orqali ular xususiyatlariga to‘xtab o‘tamiz.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling