Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o
Download 43.03 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza – 10 Yuksak sporali o’simliklarga qisqacha tasnif. Moxsimonlar. Qirqquloqsimonlar . Ma’ruzaning maqsadi
- Tayanch iboralar
- QIRQQULOQSIMONLAR TIPI Qirqquloqsimonlar
a) VEGETATIV b) JINSSIZ c) JINSLI Vegetativ ko‘payishda tanasi bo‘linib ko‘payadi yoki tanasida o‘simtalar hosil bo‘ladi. Sorediya – bu koptoksimon (tugunsimon) bo`lib, suvo‘tlarini zamburug‘lar o‘rab oladi. (1ta yoki 2ta suvo‘tlarini). Sorediya etilgandan keyin lishaynikni tanasi bosim ta’sirida yoriladi va sorediya shamol yordamida uchib ketadi va qulay sharoitda nam erda o‘sib, ko‘payadi. Izideya – lishaynik tanasida yonidan o‘sib chiqqan o‘simlik bo‘lib, shuni yordamida uzilib qulay erga tushib ko‘payadi. Jinssiz ko‘payish sporalar yordamida bo‘ladi. Zamburug‘ bilan suvo‘ti birgalikda sorediya yoki izideya xosil qilib ko‘payishi mumkin. Suvo‘ti qaysi suvo‘tidan tashkil topgan bo‘lsa, shu bo‘yicha ko‘payadi. Lishayniklarning ba’zi birlari odamlar tomonidan ovqatga ishlatiladi. Masalan: Islandiya lishaynigi. Ba’zi lishayniklardan lakmus bo‘yog‘i olinadi. Tundrada o‘suvchi lishayniklar bug‘ular uchun ovqat. Lishayniklar juda sekin o‘sadi. Masalan: tundrada o‘suvchi lishayniklar 1yilda 3,5 sm o‘sishi mumkin. Ba’zi bir lishayniklardan efir moyi olinadi. Ba’zi bir lishayniklar zaxarli bo‘lgani uchun ovchilar bo‘rilarni zaharlash uchun ishlatadilar Nazorat savollari 1. Suvo‘tlarining tuzilishi, yashash sharoiti va klassifikatsiyasi haqida nimalarni bilasiz? 2. Suvo‘tlarining ko‘payishini tushuntirib bering? 3. Suvo‘tlarining axamiyati to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 4. Zamburug‘lar qanday o‘simlik, ularning tuzilishi va klassifikatsiyasi haqida nimalarni bilasiz? 5. Zamburug‘larning ahamiyati qanday? 6. Lishayniklar qanday organizmlardan tashkil topgan? 7. Lishayniklarni qanday xillari mavjud? 8. Lishayniklarni ko‘payishi va ahamiyati? Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati 1. Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” , 2001.-230 c. 2. Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A. Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 3. Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Samatova SH. O‘simliklar sistematikasidan amaliy mashg‘ulotlar. – T.: “YUNAKS-PRINT” MCHJ bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 4. Ahmedov O‘.A., Yulchieva M.T. Botanika fanidan elaktron darslik.-T.: 2008. 5. Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published by forgotten books, 2013. –48 p 6. V. Ch. Evans Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg, London Nyu– York, Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 7. Hamidov A., Nabiev M.M. “O‘zbekiston o‘simliklarini aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b. 122 8. Василев A.E. “Морфология, анатомия растений”. – M.: Изд-вo “ Высшая школа ”, 1988. -435 c. 9. Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O‘.A. va boshqalar. Dorivor o‘simliklarning lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati.-T.: X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b. 10. Berezovskaya T.P., Dmitruk S.E., Grishinna e.I., Belousov M.V. Osnovы farmatsevticheskoy botaniki. – Tomsk: Pechatnaya manifaktura, 2004.-294 s. 11. Xolmatov X.X., Ahmedov O‘. A. Farmakognoziya. 1-2 qism. – T.: “Ibn Sino” nashiryoti, 2007.- 806 b. Ma’ruza – 10 Yuksak sporali o’simliklarga qisqacha tasnif. Moxsimonlar. Qirqquloqsimonlar . Ma’ruzaning maqsadi: 1.Yuqori sporali o’simliklarga qisqacha nasnif. 2.Moxsimonlilar bo’limi. 3.Jigarsimon moxlar. 4.Poya va bargli moxlar. 5.Torf hosil qiluvchi moxlar. 6.Moxlarning yashash sharoiti. 7.Qirqquloqsimonlar bo’limi. 8.Qirqquloqlar.O’rmon qirqqulog’i. 9.Qirqbo’g’imlilar.Dala qirqbo’g’imi. 10.Plaunlar.Cho’qmoqli plaun. 11.Yuqori sporali o’simliklarning kelib chiqishi. Tayanch iboralar: Yuksak sporali o’simliklarga tasnif. Moxsimonlar. qirqquloqsimonlar. Yuksak sporali o’simliklarni tuban sporali o’simliklardan ustunligi. Moxlar va qirqquloqsimonlarning umumiy xususiyati. Yuksak o’simliklarning umumiy tasnifi va kеlib chiqishi. havodan oziqlanish asoslari. Yuksak o’simliklarda qonuniy nasl gallanish sodir bo’lishi. Yuksak o’simliklarning asosiy bo’limlari. Moxsimonlar bo’limi. Bo’limning umumiy xususiyatlari. Moxsimonlar sinfi: jigarsimon va poya bargli moxlar, ularning xususiyatlari. Tanasining tuzilishi va ko’payishi. Rivojlanish davri va ularda nasl gallanish. Poya va bargli moxlarning kеnja sinflari: torf moxlar, kakku zig’iri. YUQORI SPORALI O’SIMLIKLAR Tuban sporali o’simliklarning jinsiy organlari bir hujayrali,sodda tuzilgan.Tuban sporali o’simliklar organlarga bo’linmaydi. Yuqori sporali o’simliklarning ko’pchilik vakillari organlarga bo’linadi.Ba’zi bir vakillari organlarga bo’linmaydi.Jinsiy organlari ko’p hujayrali, murakkab tuzilgan.Yuqori sporali o’simliklarga 2 ta tip kiradi. 1.Moxsimonlar 2.Qirqquloqsimonlar MOXSIMONLAR Bu tipga yuqori sporali o’simliklarning eng soda tuzilganlari kiradi.Shunday bo’lsa ham ular tuban sporali o’simliklarga nisbatan yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi.Moxlar quruqlikda 123 yashashga moslashgan bo’lsa ham ular asosan nam yerni yaxshi ko’radi.Moxlarni ariq bo’ylarida,botqoqliklarda,zax yerlarda uchratish mumkin.Moxlarning ba’zi bir vakillari organlarga bo’linmaydi.Mas:jigarsimon moxlar.Ko’pchilik vakillari organlarga bo’linadi.Bularda haqiqiy tuzilgan barg, poya mavjud. Lekin ildiz bo’lmaydi.Ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi.Rizoid-epidermisdan o’sib chiqqan mayda tukka o’xshaydi.Moxlarda yuqori o’simliklarga nisbatan to’qimalari yaxshi taraqqiy etmagan.Moxlarning otaligi- anteridiya,onaligi-arxegoniya deyiladi. Moxlarning jinsli nasli yaxshi taraqqiy etgan. Jinsli naslini gametofit deyiladi. Jinssiz nasli yomon taraqqiy etgan. Jinssiz naslini sporofit deyiladi. Moxlar 3 xil yo`lda ko`payadi. 1.Vegetativ 2. Jinsli 3. Jinssiz Jinsli va jinssiz ko`payish gallanib turadi. Oldin jinsli, so`ngra jinssiz ko`payish bo`ladi. Jinsli ko`payish natijasida spora hosil bo`ladi. Jinssiz ko`payganda yangi o`simlik hosil bo`ladi. Moxlar 2 sinfga bo`linadi: 1.Jigarsimon moxlar Bularning ba`zi vakillarining tashqi ko`rinishi jigarga o`xshash bo`ladi. Jigarsimon moxlar organlarga bo`linmagan. 2. Poya va bargli moxlar Ularda haqiqiy poya va barg bo`ladi. JIGARSIMON MOXLAR. Jigarsimon moxlarga vakil qilib Marshansiyani olamiz. Marshansiyani birinchi marta fransuz vrachi Marshanse topgan va o`z nomiga qo`ygan. Morshansiya zax yeralarda , ariq bo`ylarida o`sadi. Uning tanasining tashqi ko`rinishi bargga o`xshash bo`ladi. Tanasining pastki tomonidan, ya`ni epidermisdan o`sib chiqqan rizoidlar yordamida yerga yopishib o`sadi. Marshansiyaning ko`ndalang kesimida tashqi tomoni epidemis bilan qoplangan. Epidermisda ustitsalar joylashgan . Ustitsaning ichkari tomonida havo kamerasi bor. Assimilyatsion hamda zapas oziq moddalarni to`playdigan to`qimalar uchraydi. Assimilyatsion to`qima hujayralarida xlorofill donachalari bor. Bu hujayralarda fotosintez protsessi bo`lib turadi. Marshansiya tanasining pastki epidermisidan rizoid o`sib chiqqan bo`ladi. Marshansiya 3 xil yo`lda ko`payadi: 1. Vegetativ 2. Jinsli 3. Jinssiz 124 Vegetativ ko`payish kurtaklar yordamida bo`ladi. Kurtaklar marshansiyaning ustki tomoniga joylashgan. Kurtaklar shamol yordamida uzilib ketib, bu uzilgan kurtaklardan marshansiya o`sib chiqadi. Ya`ni kurtaklar marshansiya tanasiga aylanadi. Marshansiya bir jinsli ikki uyli o`simlik hisoblanadi . Bitta marshansiya onalik ekzemplyar hisoblanadi. Otalik va onalik marshansiyalar bir-birlaridan quyidagicha farq qildi: Otalik marshansiyaning tanasining ustidan o`sib chiqqan plastinka kamroq qirqilgan. Onalik ekzemplyaridagi plastinka ko`proq qirqilgan. Otalik ekzemplyaridagi plastinka dastasi tuksiz va kaltaroq. Onalik ekzemplyaridagi plastinkaning dastasi tukli bo`ladi. Otalik va onalik ekzemplyaridagi plastinkalar ichida jinsiy organlar taraqqiy etadi. Otalik ekzemplyaridagi plastinka ichida bir nechta yumaloq shaklda anteridiya uchraydi. Onalik ekzemplyaridagi plastinka ichida arxeginiyalar taraqqiy etadi. Arxegoniya ikki qismdan ibborat : 1. Arxegoniyaning bo`yni 2. Arxegoniyaning qorni Arxegoniyaning qornida tuxum hujayra taraqqiy etadi. Marshansiyaning jinsli ko`payishi yog`ingarchilik vaqtida suv yordamida sodir bo`ladi. Anteridiyalar ishlab chiqargan spermatozoidlar (otalik ekzemplyaridagi) suvda suzib yuradi. Spermotazoidlar onalik ekzemplyaridagi arxegoniyaning uchiga kirib yopishadi. Natijada arxegoniyaning uchi yoriladi. Spermatozoidlaning kirishiga yo’l ochiladi.Spermotozoidlar arxegoniyaning bo’yni orqali kirib tuxum hujayrani otalantiradi.Otalanish bo’lib o’tgandan so’ng embrion hosil bo’ladi.Shu bilan jinsiy ko’payish tugaydi va jinssiz ko’payish boshlanadi. Sporogon avval arxegoniyaning qornida joylashgan bo’ladi.Sporogon yorilgandan so’ng uning bandi,arxegoniyani yorib chiqadi.Sporalar yorilgandan so’ng sporogon ham yoriladi.Natijadajuda ko’p sporalar va ellateralar chiqadi. Ellateralar –bu jinssiz hujayra.Sporalar qulay sharoitga tushib qolsa,o’sa boshlaydi.Sporalar marshansiyaga aylanadi.Sporalar tashqi ko’rinishi jihatidan bir xil bo’lsa ham,fiziologik jihatdan har xildir.Bitta sporadan otalik marshansiya o’sib chiqsa,2-sporada onalik marshansiya o’sib chiqadi.Marshansiya oldin jigar kasalligiga ishlatilgan.Hozir esa meditsinada ishlatiladi. POYA VA BARGLI MOXLAR Poya va bargli moxlarda haqiqiy poyasi va bargi bor. Ildizi bo’lmaydi.Ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi.Bu sinfga vakil qilib “Kakku zig’iri”ni olamiz.Kakku zig’iri MDHning o’rmon zonasida,ba’zan botqoqliklarda o’sadi.Bo’yining uzunligi 40 sm gacha boradi.Bargi ko’ndalang kesimida tashqi tomondan epidermis bilan qoplangan.Bargida mehanik va assimilyatsion to’qimalarni uchratish mumkin. Barg poyali moxlar sinfi 3ta tartibni o`z ichiga oladi : 1.Yashil moxlar. (Bryales) 2.Sfagnum moxlar. (Sphagnales) 3. Andrea moxlari (Andreales) Yashil moxlar tartibiga kakku zig`iri va Respublikamizda uchraydigan Funariya moxi kiradi. Kakku zig`iri ikki uyli, ko`p yillik o`simlik bo`lib poyasi tik o`suvchi qizg`ish rangda bo`ladi . Funariya ham boshqa moxlar kabi o`rmon zonalarida o`sadi. Uning bargi poyasiga zich o`rnashgan bo`lib bo`yi 3 sm ga teng. Poyasi och-yashil rangli bo`lib yashil gilamlar tashkil qiladi poyaning yer osti qismida rizoidlar ko`p bo`ladi. Kakku zig’irida haqiqiy poya va barg bor, ildiz bo’lmaydi, ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi. Kakku zig’iri uch xil yo’lda ko’payadi. 1.Vegetativ 125 2.Jinsli 3.Jinssiz Vegetativ ko’payish rizoidlar yordamida bo’ladi. Oldin jinsli, so’ngra jinssiz ko’payish bo’ladi. Kakku zig’iri marshansiyaga o’xshash bir jinsli, ikki uylik o’simlik hisoblanadi. Bitta ekzemplyarda arxegoniyalar taraqqiy etadi. Bitta ekzemplyarda anteridiya taraqqiy etadi. Onalik kakku zig’irining bo’yi uzun, otalik kakku zig’irining bo’yi bir oz kaltaroq bo’ladi. Otalik ekzemplyarda anteridiyalarni o’rab turgan qizil bargchalar parafizalar bo’ladi. Bu qizil bargchalarni perianti deyiladi. Anteridiya uzun xaltachaga o’xshash bo’ladi. Anteridiyalar ikki xivchinli , harakatchan spermatazoidlarni vujudga keltiradi. Arxegoniyaning shakli kolbaga o’xshash bo’lib ular ham parafizalar bilan o’ralgan. Otalanish protsesi suvning yordamida bo’ladi. Suvda suzib yurgan spermatozoidlar kelib arxegoniyaga yopishadi. Bo’yni orqali kirib,tuxum hujayrani otalantiradi. Natijada embrion paydo bo’ladi. Embrion ko’p hujayrali sporogonga aylanadi. Sporogon band tashkil etadi. Shu holicha u qishlaydi. Kelgusi yili sporogon bandi cho’zilib ketib ,poyadagi bargdan uzoqlashadi. Sporogonning yuqori tomonida qalpoqchasi bo’ladi. Bu qalpoqcha sporogonni sovuqdan va issiqdan saqlaydi.Bu qalpoqchalar bahorda tushib ketadi. Qalpoqcha ostidagi qalpoqcha esa sporogonning ichki tomonini yopib turadi. Sporogon ichida sporangiya hujayralari taraqqiy etadi. Sporongiya hujayralarining reduksion bo’linishi natijasida sporalar vujudga keladi. Sporalar yetilgandan so’ng sporongiya devoriy yoriladi. Sporogonning qopqoqchasi ochilib, sporolar tarqalib ketadi. Sporalar juda mayda, sariq rangli bo’ladi. Sporalar qulay joyga tushib qolsa, kakku zig’iriga aylanadi. Sporalar fiziologik jihatidan har xil. Bitta sporadan otalik kakku zig’iri, ikkinchi sporadan onalik kakku zig’iri vujudga keladi. 20 TORF HOSIL QILUVCHI MOXLAR Sfagnum bir-biriga o’xshash bo’lgan 300 dan ortiq turga ega. Asosan u MDH ning shimol va g’arbida, mineral moddalari kam bo’lgan suvlarida, nam va botqoqliklarda o’sadi. Tarkibida Ca tuzlari bor suvga chidayolmaydi. Shuning uchun ham ohakli tuproqda o’smaydi. Sfagnum namlikmimg 99% ini o’ziga shimib. Natijada sfagnum o’sgan yer botqoqlikka aylanadi. Sfagnumning yuqori tomoni asta sekin o’sib boraveradi. Pastki tomoni esa asta sekin qurib boradi. Natijada qurigan tomoni yig’ilib torf botqoqligiga aylanadi. Torf bakteriyalarini o’ldirish hususiyatiga ega. Shuning uchun u tibbiyotda yara bog’lovchi material ya’ni paxta sifatida ishlatiladi. Torf yoquv ashyosi, hamda o’g’it sifatida qo’llaniladi. 21 QIRQQULOQSIMONLAR TIPI Qirqquloqsimonlar toshko’mir davrida yer yuzida ko’p tarqalgan o’simlikhisoblanadi.U davrda daraxtsimon paporotniklarning juda katta o’rmonlari bo’lgan.Bu daraxtlarning balandligi 20-30m bo’lgan.Yerdan qazib olingan bu o’simliklarning toshga aylangan qoldiqlari 1. 20 V. Ch. Evans Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg, London Nyu– York, Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 2. 21 Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published by forgotten books, 2013. –50 p 126 va ularning tosh ko`mir davrining o`simligi ekanligini bildiradi. Hozirgi vaqtda ham Avstraliya, Yangi Zelandiya , Braziliya mamlakatlarida o`sadigan tuzilgan turlari uchraydi. Bularning tashqi ko`rinishi palmaga o`xshaydi. Qirqquloqsimonlilar moxlardan shu bilan farqlanadiki, ularning sporofit nasli yaxshi taraqqiy etgan. Moxsimonlarda ildiz bo`lmaydi, qirqquloqsimonlilarda haqiqiy ildiz bo`ladi. Qirqquloqsimonlilar quruqda o`ssa ham , ular soya salqinni yaxshi ko`radi. Qirqquloqsimonlilar orasida suvda o`sadigani ham uchraydi. Masalan: suv qirqqulog`i. qirqquloqsimonlilarning o`tkazuvchi to`qimalari yaxshi taraqqiy etgan. Ularda floema va ksilema elementlarini ko`rish mumkin. O`tkazuvchi to`qima elementlari konsentrik, yani ksilema markazida joylashgan. Qirqquloqsimonlilar 3 sinifga bo`linadi: 1. Qirqquloqlar 2. Qirqbo`g`inlar 3. Plaunlar Qirqquloqsimonlarning turlari 8000 dan oshadi. Qirqquloqlar yer sharining cho`l zonasidan tashqari hamma yerida tarqalgan. Havosi nam bo`lgan joylarda , o`rmonlarda, ba`zilari tog`li joylarda o`sadi. Ba`zi qirqquloqlar madaniy o`simliklar orasida begona o`t sifatida uchraydi. Mas : Gruziyada choy plantatsiyasida orlyak deb atalgan qirqquloq uchraydi. Uning bargi shu darjada katta bo`ladiki, odam ko`rpa o`rnida yopib yotsa bo`ladi. Qirqquloqlarning urug`langan tuxum hujayrasidan vujudga kelganva rivojlangan sporafit moxlarnikiga nisbatan ancha yirik, tashqi va ichki tuzilishi ham murakkab bo`lib, unda barg, poya va ildiz bo`ladi. Ba`zi qirqquloqlarning sporafiti ancha yirik bo`lib, tashqi ko`rinishidan gulli o`simliklarga o`xshaydi. Qirqbo`g`imlilar Qirqbo`g`inlar poyasida bo`g`im va bo`gim oraliqlari bo`lishi bilan xarakterlidir. Bo`g`imida mayda reduksiyalangan barglar bo`ladi. Qirqqbo`g`inlar ariq bo`ylarida, nam yerlarda , madaniy o`simliklar orasida begona o`t sifatida uchraydi. O`rta Osiyoda o`sadigan vakillaridan biri dala qirq bo`g`imi (Equisetum arvense) dir. Dala qirqbo`g`imining ildiz poyasida tugunaklar bo`lib, yoz davomida zapas oziq moddalar (krahmal) saqlashga moslashgan. Dala qirqbo`g`imi yoz faslida 2 xil novda chiqaradi. Erta bahorda qoramtir-to`q jigarrangli novda o`sib, bo`yi 8-12 sm ga yetadi. Bu tik o`suvchi bahorgi novda oziq moddalar bilan to`yingan bo`lib, ularning poyasi bo`g`im va bo`g`im oraliqlarga bo`linganligi bilan xarakterlidir . Har qaysi bo`g`mda tangacha simon, nishtarga o`xshash reduksiyalangan barglar joylashadi. Yozgi novdalar yashil rangda bo`lib, asossan,assimlyatsiya qilishga moslashgan. Qirqbo`g`im o`simligida ham gallanib ko`payish kuzatiladi. Sparangiylar sporali boshoqchalarida 6-8 tadan joylashadi. Sporangilar ichida ko`p miqdorda elaterali sporala pishib yetilgandan so`ng, tashqariga chiqib sochiladi. Spora to`q yashil rangli shar simon hujayradan iborat bolib, qalin po`st bilan o`raladi, uni spiral shaklda o`ralga 2 ta tasma- elaterlar o`rab turadi. Bir xil sporalar o`sib urg`ochi gametofit, 2 xillari esa erkak gametafit hosil qiladi. Urg`ochi o`simta ancha yirik bo`lib, unda arxegoniya yetiladi. Erkak o`simta mayda bo`lib,unda anteridiy hosil bo`ladi. Otalanish suv yordamida bo`ladi. Otalangan tuxum hujayralardan zigota, undan esa yangi qirqbo`g`im xosil bo`ladi. Plaunsimonlar. Plaunlarning poyasi dixatomik ravishda shoxlanishi bilan boshqa sinflardan farq qiladi.Plaunsimonlarga uncha katta bo`lmagan ko`p yillik yashil o`tlar, poyasining uzunligi 1- 3 metrgacha yetadigan yer bag`irlab o`sadigan o`simliklar kiradi. Plaunsimonlarda sporafit nasl ustun bo`ladi. Jinssiz ko`payish sporalar yordamida , jinsli ko`p ayish jinsiy organlar yordamida bo`ladi. Plaunsimonlilarda oldin jinssiz , so`ngra jinsiy ko`payish bo`ladi. Moxlarda aksincha bo`ladi. O`simtalar bir uyli ikki jinsli yoki ikki uyli bir jinsli bo`lishi mumkin . otalanish protsessi yog`ingarchilik vaqtida bo`ladi. Otaslangan tuxum hujayradan jinssiz nasl- sporafit o`sib chiqadi. Sporafit – bu ildiz , poya, bargli haqiqy o`simlikdir. Jinssiz nasli – sporofitda 127 sporangiya hujayralarining reduksiyon yo`lda bo`linishi natijasida sporalar hosil bo`ladi. Sporalar shamol yardamida tarqaladi. Agar sporalar bir xil bo`lsa undan ikki jinsli o`simta o`sib chiqadi. Sporalar har xil bo`lsa ikki uyli bir jinsli o`simta o`si chiqadi. Sporalar katta va kichik bo`lishi mumkin. Kichik sporalarni mikrospora, katta sporalarni makrospora deyiladi. Mikrosporalar mikrosparangiyalarda makrosporalar esa makrosporalarda taraqqqiy etadi. Mikrosporadan otalik o`simtasi o`sib chiqadi. Bu otalik o`simtada anteridiyalar taraqqiy etadi. Makrosporadan onalik o`simtasi o`sib chiqadi. Unda arxegoniyalar taraqqiy etadi. O`rmon qirqqulog`ining ildiz poyasidan gijja haydaydigan ekstrakt tayyorlanadi . qirqbo`g`imning poyasi siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Apteka plaunning sporasi detskaya pudra va pilyula tayyorlashda , bir-biriga yopishib qolmasliga uchun sporadan sepiladi. Og`ir sanoatda metallarni quyishda , qolipga sporasi solib qo`yiladi. Nazorat savollari 1. Tuban va yuqori sporali o’simliklar farqi? 2. Moxlar qanday ko’payadi? 3. Jigarsimon moxlarning tuzilishi va ko`payishi? 4. Poya va bargli moxlarning tuzilishi va ko’payishi? 5. Qirqquloqsimonlilar klassifikatsiyasi? 6. Qirqquloqlarning moxlardan farqi? 7. Qirqbo`g`imlilar tuzilishi? 8. Qirqbo`g`imning ko`payishi? 9. Plaunsimonlar, tuzilishi, ko`payishi? 10. Qirqquloqsimonlilar ahamiyati? Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati 1. Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” , 2001.-230 c. 2. Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A. Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 3. Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Samatova SH. O‘simliklar sistematikasidan amaliy mashg‘ulotlar. – T.: “YUNAKS-PRINT” MCHJ bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 4. Ahmedov O‘.A., Yulchieva M.T. Botanika fanidan elaktron darslik.-T.: 2008. 5. Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published by forgotten books, 2013. –50 p 6. V. Ch. Evans Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg, London Nyu– York, Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 7. Hamidov A., Nabiev M.M. “O‘zbekiston o‘simliklarini aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b. 8. Василев A.E. “Морфология, анатомия растений”. – M.: Изд-вo “ Высшая школа ”, 1988. -435 c. 9. Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O‘.A. va boshqalar. Dorivor o‘simliklarning lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati.-T.: X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b. 10. Berezovskaya T.P., Dmitruk S.E., Grishinna e.I., Belousov M.V. Osnovы farmatsevticheskoy botaniki. – Tomsk: Pechatnaya manifaktura, 2004.-294 s. 11. Xolmatov X.X., Ahmedov O‘. A. Farmakognoziya. 1-2 qism. – T.: “Ibn Sino” nashiryoti, 2007.- 806 b. Download 43.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling