Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o


Download 43.03 Kb.
Pdf просмотр
bet1/41
Sana30.09.2017
Hajmi43.03 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI  
 
 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI  
 
FARMAKOGNOZIYA KAFEDRASI 
 
 
                                                                                    
 
 
“BOTANIKA” FANIDAN O‘QUV-USLUBIY 
MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent -2016   


 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI  
 
 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI  
 
FARMAKOGNOZIYA KAFEDRASI 
 
 
                                                                                    
 
 
“BOTANIKA” FANIDAN O‘QUV-USLUBIY 
MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent -2016   


 
Mazkur  o‘quv  –  uslubiy  majmua  Oliy  va  O‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  2016  yil  6 
apreldagi  137  –  sonli  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  o‘quv    reja  va  dastur  asosida 
tayyorlandi 
 
 
 
 
Tuzuvchilar:  
 
Yulchieva M.T.     – Farmakognoziya  kafedrasi  dotsenti, b.f.n. 
 Atamuratova N.T  – Farmakognoziya   kafedrasi  assistenti 
 
Taqrizchilar:  
Raximova T.T.   -  O’z.RFA O’simlik va hayvonot olami genofondi instituti, 
geobotanika va o’simliklar ekologiyasi laboratoriyasining etakchi     ilmiy   
hodimi professor, b.f.d. 
     Abzalov A.A.–   ToshFarmi Ekologiya va mikrobiologiya  kafedrasi dotsenti, b.f.n. 
 
 
 
 
 
O’quv uslubiy majmua Toshkent farmasevtika institutining soha uslubiy kengashining 2016 yil 
15 iyundagi  15 – sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.       
  
Soha uslibiy kengash raisi: _____________________Tojiev M.A. 
 
 
O’quv uslubiy majmua MUK da ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.   “28” iyun. 2016 yil             
11 - sonli bayonnomasi 
 
Kelishildi: Markaziy uslubiy  kengash raisi: _____________________ S.U.Aliev 
 
 


 
MUNDARIJA 
 
I.
 
Ishchi
 
dasturlar…
…………………………………………………....
...............................................5
 
II.
 
Botanika fanining sillabusi………………………………………………………………....34 
III.
 
Modulni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim 
metodlari…………………….............................................………………………………..39 
IV.
 
Nazariy materiallar……  ………………………..…………… ………………………….44 
V.
 
Laboratoriya mashg‘uloti materiallari …………………………………………………….213 
VI.
 
Keyslar banki………………………………………………………………………………309 
VII.
 
Mustaqil ta’lim mavzulari…………………………………………………………………311 
VIII.
 
Glossariy……………………………………………………..…………………………….313 
IX.
 
Adabiyotlar  ro‘yxati………………………………………………………………………327 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
I.ISHCHI DASTUR 
Farmatsiya va kasb ta’limi yo‘nalishlari uchun 
Kirish  
Mamlakatimizda  ta’lim  tizimiga  e’tiborning  tobora  yuqoriligi  sababli,    o‘quv  darsliklarni 
yangilash  va  xorijiy  o‘quv  adabiyotlaridan  yanada  ko‘prok  foydalanishni  taqozo  etmoqda. 
Mazkur ishchi dasturni  tuzishda xorijiy adabiyot  ma’lumotlari ham  kiritildi.  Bu talabalarning 
botanika fani bo‘yicha olgan bilimlarni yanada mustaxkamlaydi.  
 Farmatsevtika  institutida  botanika  fanini  o’qitilishining  asosiy  maqsadi  malakali 
mutaxassislar  tayyorlash,  tabiatga,  o’simliklar  dunyosiga,  ayniqsa  dorivor  o’simliklarga 
nisbatan  mehr  -  muhabbat  uyg’otish,  tabiiy  boyligimizdan  to’g’ri  va  oqilona  foydalanish 
yo’llarini o’rgatadi. Maqsadga erishish uchun botanika fanidan mashg’ulotlar o’ziga xos uslub 
bilan o’tkaziladi.  Chunki farmatsevtlar, dorivor moddalarning ko’pchiligi o’simliklar maxsuli 
ekanligini  hisobga  olib,  ularni  makro  va  mikroskopik  tuzilishini  tekshirib  aniqlaydi.  Natijada 
anatomiya,  morfologiya,  sistematikadan  bilimga  ega  bo’lib  qolmay,  amalda  ish  bajara  olishi 
zarur.  Bu  amaliy  tajriba  turli  o’simliklarni  qismlari  to’g’risida  aniq  tasavvur  hosil  qilishga, 
makroskopik  va  mikroskopik  tomondan  aniqlashda  farmakognoziya  faniga  asos  bo’ladi. 
Laboratoriya  mashg’ulotining  «Anatomiya»  bo'limida  tayyor  kesiklardan  foydalanish  bilan 
birga, vaqtincha kesiklar tayyorlash ko’zda tutilgan.  
Malakali  mutaxassis  bo’lish  uchun  talabalar  o’simliklar  morfologiyasini,  anatomiyasini 
yaxshi  o’zlashtirishi  lozim.  Sistematikani  o’rganilayotganda  har  bir  talaba  gerbariy  bilan 
ta'minlandi.  
Botanika fanini o‘qitishda 
Pharmaceutikal  Botany,  a Text-Books  for students  of pharmacy 
and  science.  va 
V.  Ch.  Evans  Pharmacognosy  adabiyotlaridan  foydalanib,  yangi  ma’lumotlar 
bilan boyitildi. 
 
Fanning  maqsad va vazifalari 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasining  2015  yil  19  yanvar  yig’lishining  
“O‘rmon xo‘jaliklarini rivojlantirish dorivor va oziq  –ovqat o‘simliklarini etishtirish va qayta 
ishlashni yanada ko‘paytirish to‘g‘risida” gi  5-sonli bayonnomasi va O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 20 apreldagi  yig‘ilishining “Maxalliy korxonalarda dorivor 
o‘simliklarni  va  ular  asosida  biologik  faol  qo‘shimchalar  ishlab  chiqishni  rivojlantirish 
to‘g‘risida”gi  32  -  sonli  bayonnomasida  belgilangan  vazifalarni  ijrosini  ta’minlash  borasida 
Respublikamizda  tabiiy  sharoitda  o‘sadigan  o‘simlik  turlari,  o‘rganish,  o‘simlik    areallarini 
saqlab qolish, zahirasini boyitish kabi vazifalar tushuntirilib boriladi.  
Botanika  fani  farmatsevtika  institutida  umumiy  teoretik  kurs  bo’lib,  talabalarni  ixtisos 
bo’yicha  farmakognoziya,  o’simlik  fiziologiyasi,  bioximiyasi,  mikrobiologiyasi,  dorivor 
o’simliklarni o’stirish biologiyasi kabi kurslarni o’tishga tayyorlaydi. Shu bilan birga talabalar 
botanikaning  muhim  bo’limlari  bilan  tanishib,  bir  vaqtning  o’zida  o’simliklar  dunyosining 
hayot  faoliyatini  o’rganadilar,  bu  esa  farmatsevtlar  uchun  o’ta  muhim  bo’lgan  dorivor 
o’simliklar va o’simlik homashyolari bilan ishlashga yordam beradi. 
Dorivor o’simliklar florasidan foydalanish, tabiatini va o’simliklar dunyosining resurslarini 
himoya qilgan va uni tushungan holda olib borilishi kerak. 
Fanni o’rganishning vazifalari. 
Botanika fanini o’qish natijasida talaba quyidagilarni bilishi shart: 
-
 
o’simliklar dunyosining biologik qonuniyatlarini; 
-
 
o’simlik organlarining morfologik va anatomik strukturalarining xilma-xilligini; 
-
 
yuqorida  ko’rsatilgan  kurslarda  o’rganiladigan  dori  turlarini  o’z  ichiga  olgan  o’simlik 
guruhlarini; 
-
 
homashyoni aniqlashdagi o’simliklarni diagnostik ko’rsatkichlarini bilishdan iborat. 
 
 


 
Fan bo’yicha talabaning malakasiga  qo’yiladigan talablar 
          “ Botanika” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan      
      masalalar doirasida talaba: 
-
 
o‘simlik hujayralari; 
-
 
o‘simlik to‘qimalari va qismlari; 
-
 
o‘simliklarning sistemaeikasi haqida tasavvurga ega bo‘lish. 
-
 
tashqi morfologik xususiyatlari bo‘yicha gerbariy na’munalari asosida o‘simliklarni aniqlash; 
-
 
o‘simliklarni oilasi bo‘yicha ajrata bilish; 
-
 
o‘simliklarni morfologik tuzilishi bo‘yicha ajrata bilish; 
-
 
 o‘simlik organlarining mikrostrukturalari va ularning xilma-xil ko‘rinishlarini ajratish; 
-
 
 tuban va yuqori tipdagi o‘simliklarning tashqi morfologik tuzilishini tasniflab berish
-
 
 o‘simlik  to‘qima  va  hujayralarining  elementar  tuzilishini  bilish  va  mustaqil  ravishda   
hujayra  qobig‘i,  sitoplazma,  yadro,  vakuola  (hujayra  shirasi),  hujayra  xosilasi  bo‘lgan 
kraxmal,  yog‘,  oqsilga  mikroreaksiyalar  olib  borish,  o‘simlik  xom-ashyosini  diagnostik 
ko‘rsatkichlari bo‘lgan kristallarning bor yo‘qligini aniqlash; 
-
 
o‘simlik to‘qimalarida reaktivlar yordamida tirik va o‘lik hujayra elementlarini, hujayraning 
yog‘ochlangan  va  sellyulozali  qobig‘ini,  probkalanishini,  qoplovchi  to‘qimalarning 
kutinlashganini,  tukchalarning  har-xil  turlarini  va  ular  tuzilishini  xilma-xilligini  aniqlashni 
bilish; 
-
 
efir moyi, smola bo‘shliqlarning bor yo‘qligini va ularning tuzilishini aniqlash; 
-
 
hosil  qiluvchi,  qoplovchi,  mexanik,  o‘tkazuvchi,  asosiy  va  ajratuvchi  to‘qimalarning 
tuzilishini bilish; 
-
 
talaba o‘qish davomida o‘simlikni tasniflashi va ularni bir-biridan ajrata bilishi; 
-
 
o‘simlikning morfologiyasini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak; 
-
 
Talabaning ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar
-
 
amaliy mashg‘ulotlarda mikropreparatlarni tayyorlash texnikasini o‘rganish;  
-
 
o‘simlik  organlarida;  ildiz,  poya,  bargning  tuzilishini  anatomik  ko‘rsatkichlaridan 
foydalangan holda aniqlash;   
-
 
o‘simliklar dunyosining tasnifi va ularning tipi, sinfi, oilasi, turini bilish; 
-
 
o‘simliklardan gerbariy tayyorlash; 
-
 
kattalashtirib ko‘rsatadigan asboblardan foydalanish; 
-
 
doimiy va vaqtincha kesiklar tayyorlash va ularni bo‘yash; 
-
 
hujayradagi  moddalarni  aniqlashdagi  kimiyoviy  reaksiyalarni  bajara  olish  ko‘nikmalariga 
ega bo‘lishi kerak
O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi 
Botanika  fani  3-4  semestrlarda  o’qitiladi.  Dasturni  amalga  oshirish  o’quv  rejasida 
rejalashtirilgan anorganik kimyo, fizika, lotin tili fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega 
bo’lishlik  talab  etiladi,  chunki  bu  fanlarning  ayrim  bo’limlaridan  olingan  bilimlar  talabani 
botanika fanini o’zlashtirish vaqtida kerak bo’ladi. 
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
Botanika  fanidan  o‘quv  jarayoni  (ma’ruzalar  va  laboratoriya  mashg‘ulotlari)da  zamonaviy 
pedagogik  va  axborot  texnologiyalar  keng  qo‘llanishi  ko‘zda  tutilgan.  Jumladan,  barcha 
ma’ruzalarda “Blits-so‘rov”, munozara, dialog, laboratoriya mashg‘ulotlarida esa “Bumerang”, 
“Vertushka”, “Klaster”, test,  “FSMU”, “Keys”- stadi, “VVV” kabi pedagogik texnologiyalar 
qo‘llaniladi. 
 “Botanika” 
fanini  loyihalashtirishda  quydagi  asosiy  konseptual  yondashuvlardan 
foydalaniladi: 
          Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim. Bu ta’lim o`z mohiyatiga ko`ra ta’lim jarayoning barcha 
ishtirokchilarini 
to`laqonli 
rivojlantirishni 
ko`zda 
tutadi. 
Bu 
esa 
ta`limni 
loyihalashtirilayotganda,  albatta  ma`lum  bir  ta`lim  oluvchining  shaxsini  emas,  avvalo, 
kelgusidagi  mutahasisslik  faoliyati  bilan  bog`liq  o`qish  maqsadlaridan  kelib  chiqqan  holda 
yondoshilishni nazarda tutadi. 


 
 
Tizimli yondashuv . ta`lim tehnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam 
etmog`I  lozim:  jarayonning  mantiqiyligini,  uning  barcha  bo`g`inlarini  uzaro  bog`langanligi 
yahlitligi. 
 
Faoliyatga yunaltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini  shahkllantirishga 
ta`lim oluvching faoliyatini aktivlashtirish va intinsevlashtirish, o`quv jarayonida uning barcha 
qobiliyatlari va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yunaltirilgan ta`limni ifodalaydi. 
 
Dialogik  yondashuv  .  Bu  yondashuv  o`quv  munosabatlarini  yaratish  zaruriyatini 
bildiradi.  Uning  natijasida  shaxsning    o`z  –  o`zini  faollashtirishi  va  o`z-  o`zini  ko`rsata  olish 
kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. 
 
 Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratik tenglik, ta`lim beruvchi va ta`lim 
oluvchi  faoliyat  mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan  natijalarni  baholashda  birgalikda 
ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi. 
 
Muammoli  ta`lim.  Ta`lim  mazmunini  muammoli  tarzda  taqdim  qilish  orqali  ta`lim 
oluvchi  faoliyatini  aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  bilimni  obektiv  qarama  – 
qarshiligi  va  uni  hal  etish  usullarini  ,  dialiktik  mushohadani  shakllantirish  va  rivojlantirishni, 
amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo`llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta`minlanadi. 
 
Axborotni  taqdim  qilishni  zamonaviy  vositalari  va  usullarini  qo`llash-  yangi 
kompyuter va ahborot tehnologiyalarni o`quv jarayoniga qo`llash. 
 
O`qitishning  usullari  va  tehnikasi  .  Ma`ruza  (kirish,mavzuga  oid,vizuallash), 
muammoli ta`lim, keys-stadi, pinbort, paradoks  va loyihalash usullari , amaliy ishlar. 
 
 O`qitishni  tashkil  etish  shakllari:  Diologik,  polilok,  muloqot  hamkorlik  va  o`zaro 
hamkorlikka asoslangan frontal, kollektiv va guruh. 
 
O`qitish vositalari: O`qitishning ananaviy shakllari ( darslik, ma`ruza mantni) bilan bir 
qatorda- kompyuter va ahborot tehnologiyalari. 
 
Kommunikatsiya  usullari:  tinglovchilar  bilan  operativ  teskari  aloqaga  asoslangan 
bevosita o`zaro munosabatlar. 
 
Teskari  aloqa  usullari  va  vositalari:  kuzatish,  blist-surov,  oraliq  va  joriy  va 
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o`qitish diagnostikasi. 
 
Boshqarish  usullari  va  vositalari:  o`quv  mashg`uloti  bosqichlarini  belgilab  beruvchi 
tehnologik  karta  kurinishidagi  o`quv  mashg`ulotlarini  rejalashtirish,  quyilgan  maqsadga 
erishishda  o`qituvchi  va  tenglovchining  birgalikdagi  harakati,  nafaqat  auditoriya 
mashg`ulotlari- balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazoratlari. 
 
 Monitoring  va  baholash:  o`quv  mashg`ulotida  ham  butun  kurs  davomida  xam 
o`qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib boorish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma 
ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi .  
“Botanika”  fanini  o`qitish  jarayonida  kompyuter  tehnologiyasidan,  “Stat”  statistic 
dasturlar  foydalaniladi.  Ayrim  mavzular  bo`yicha  talabalar  bilimini  baholash  test  asosida  va 
kompyuter  yordamida  bajariladi.  “Internet”  tarmog`idagi  ma’lumotlardan  foydalaniladi, 
tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so`z va iboralar asosida oraliq va 
yakuniy nazoratlar o`tkaziladi  
 
Botanika fanidan mashg’lotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi 
t/r 
Mavzular nomi 
Jami 
soat 
Ma’ruza 
Labora-
toriya 
mashg’u-
lotlari 
Mustaqil 
ta’lim  
F,            
k/t 
F,            
k/t 
F, k/t 
F,            
k/t 

Botanika fani bo’limlari va 
uni farmatsiyadagi ahamiyati. 
Hujayra. O’simlik hujayrasi.  
Osmotik bosim. Sitoplazma. 
10 
10  2 







 
Plastidlar. 

Hujayradagi oziqli moddalar
kristallar. O’simlik to’qimalari. 
Hosil qiluvchi va qoplovchi 
to’qimalar. 
10 
10  2 






Mexanik, o’tkazuvchi, ajratuvchi 
va asosiy to’qimalar. 
10 
10  2 






Ildiz morfologiyasi va anatomik 
tuzilishi. 
10 
10  2 






Poya morfologiyasi. Kurtak 
tuzilishi. O’t o’simliklar 
poyasining anatomik tuzilishi. 
Daraxtsimon o’simliklar 
poyasining antomik tuzilishi. 
10 








Barg morfologiyasi. Bargning 
anatomik tuzilishi. 
10 








Bargdagi fiziologik protsesslar. 
O’simliklarning ko’payishi, 
o’sishi va rivojlanishi. 
10 








O’simliklar sistematikasi. Tuban 
o’simliklarga xarakteristika. 
Bakteriyalarning tuzilishi va 
ko’payishi.  
12 








Suv o’tlari, zamburug’lar va 
lishayniklar. 
12 







10  Yuksak sporali o’simliklarga 
tasnif. Moxsimonlar. 
Qirqquloqsimonlilar. 
10 
10  2 





11  Qirqquloqsimonlilar. Yuksak 
o’simliklar evolyutsiyasi. Ochiq 
urug’lilar. 
10 
10  2 





12  Yopiq urug’lilar o’simliklar 
evolyutsiyasida eng yuksak 
taraqqiy etganidir. Reproduktiv 
organlarning paydo bo’lishi. Gul 
va to’pgullar. 
10 
10  2 





13  Changlanish va otalanish. Meva, 
to’pmeva va urug’ tuzilishi. 
10 
10  2 





14  Yopiq urug’li o’simliklar tasnifi. 
Bir va ikki pallali o’simliklar. 
Magnoliyadoshlar, 
ayiqtovondoshlar, zirkdoshlar, 
ko’knordoshlar. 
10 
10  2 





15  Grechixadoshlar, choydoshlar, 
dalachoydoshlar, qovoqdoshlar, 
karamdoshlar, gulhayridoshlar 
oilalari. 
10 







16  Atirguldoshlar, selderguldoshlar, 
dukkakdoshlar, ituzumdoshlar, 
yasnotkaguldoshlar va 
astraguldoshlar oilalari. 
10 









 
17  Mirtadoshlar, jo‘kadoshlar 
oilalari. Bir pallalilar sinfi. 
Liliyagullilar va qo’ng’irboshlilar 
tartibi. 
12 







18  Ekologiya, fitotsenologiya va 
o’simliklar geografiyasi. 
12 







 
jami 
188   
36 
36 
54 
54 
98 
81 
 
 
 
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatidan uzviy ketma- ketligi 
Asosiy  qismda  fanni  mavzulari  mantiqiy  ketma-ketlikda  keltirilgan.  Har    bir  mavzuning 
mohiyati  asosiy  tushunchalar  va  tazislar  orqali  ochib  beriladi/  talabalar  botanika    fanini 
o’zlashtirishlari    uchun  o’qitishning  ilg’or  va  zamonaviy  ussullaridan  foydalanish,  yangi 
information  pedagogic  texnologiyalarni  tadbiq  qilish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Fanni 
o’zlashtirishda  darslik,  o’quv    va  uslubiy  qo’llanmalar,  ma]ruza  matnlari,  tarqatma 
materiallardan foydalaniladi.   
Ma'ruza  mashg’ulotlari 
Botanika  fani  bo’limlari  va  uni  farmatsiyadagi  ahamiyati.  Hujayra.  O’simlik 
hujayrasi.  Osmotik bosim. Sitoplazma. Plastidlar. 
Botanika  fani  va  uni  vazifalari. 
Botanika fanining bo’limlari. Hujayra tuzilishi, o’simlik hujayralarining hayvon hujayralaridan 
farqi. Plastidlar. Botanika fanining farmatsiyadagi ahamiyati haqida tushuncha beriladi   
            Qo’llaniladigan    ta’lim  texnologiyalari:  aqliy  hujum,  muammoli  ta’lim,  munozora, 
guruhli fikrlash 
Adabiyotlar: A1; A2; A3; Q2; Q6 
 
 
Hujayradagi  oziqli  moddalar,  kristallar.  O’simlik  to’qimalari.  Hosil  qiluvchi  va 
qoplovchi to’qimalar. 
Hujayradagi  oziqli  moddalar.  Ularning  aniqlash  reaktsiyalari. 
Kristallar  va  ularning  ahamiyati.  Hujayra  qobig’i  haqida  tushuncha  beriladi.  O’simlik 
to’qimalari, ularning klassifikatsiyasi. Hosil qiluvchi va qoplovchi to’qimalar, hamda ularning 
vazifalari haqida tushuncha berish  
            Qo’llaniladigan    ta’lim  texnologiyalari:  aqliy  hujum,  muammoli  ta’lim,  munozora, 
guruhli fikrlash
Adabiyotlar: A1; A2; A4; Q1;Q2; Q4 
 
 
Mexanik, o’tkazuvchi, ajratuvchi va asosiy to’qimalar.  Mexanik 
to’qimalarga 
tasnif, 
ularning  xillari,  vazifasi.  O’tkazuvchi  to’qimalarga  tasnif,  ularning  vazifalari.  O’tkazuvchi 
to’qimalarning  elementlari,  ularning  bajaradigan  ishlari.  O’tkazuvchi  to’qimalarning  poyada 
joylashishi,  bog’lamlari,  xillari.  Ajratuvchi  to’qima  xillari,  ularning  tuzilishi  va  vazifalari. 
Asosiy to’qimalar, xillari va vazifalari haqida tushuncha beriladi. 
 
 Qo’llaniladigan    ta’lim  texnologiyalari:  aqliy  hujum,  muammoli  ta’lim,  munozora, 
guruhli fikrlash. 
Adabiyotlar: A1; A2; A4; Q1; Q2; Q4;  
 
 
Ildiz morfologiyasi va anatomik tuzilishi. O’simlik  ildizining  vazifasi,  ularning  mexanik  va 
fiziologik  xususiyatlari.  Ildizlarning  kelib  chiqishiga  ko’ra  bo’linishi.  Ildiz  klassifikatsiyasi. 
Sochma  va  o’q  ildizlar.  Ildiz  metamorfasi.  Tuganak  bakteriyalar.  Mikoriza  haqida  tushuncha 
berish. Ildiz anatomiyasi – birlamchi va ikkilamchi ildiz tuzilishi haqida ma'lumot  
            Qo’llaniladigan    ta’lim  texnologiyalari:  aqliy  hujum,  muammoli  ta’lim,  munozora, 
guruhli fikrlash. 
Adabiyotlar: A1; A2;A3; A4; Q1; Q2; Q4; 

10 
 
 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling