Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya
Download 19.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„zlashtirish Ballda
- TALABANING MUSTAQIL ISHI
- ORALIQ BAXOLASH
- To„plangan ball Baho
- Qo„shimcha adabiyotlar
- Internet va ZiyoNet saytlari
- III. FANNI O„QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA‟LIM METODLARI “KEYS-STADI” METODI
- «VEN DIAGRAMMASI» bunda talabalar mavzuda uchragan atamalarni o„xshash va farq qiluvchi tomonlarini bayon qiladilar.
- IV. NAZARIY MATERIALLAR 1-MAVZU
- Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi ahamiyati.
- Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi vazifalari.
- O„zbekistoan Respublikasi
BAHOLASH MEZONLARI. Talabalarning o„zlashtirishini baholash o„quv yili davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: - joriy baxolash (JB) - talabalarning mustakil ishi (TMI) - oraliq baxolash (OB) - yakuniy baxolash (YAB). - Xar bir fan bo„yicha talabaning semestr davomidagi o„zlashtirish ko„rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi. 18 Ushbu 100 ball baxolash turlari bo„yicha quyidagicha taqsimlanadi: № Baxolash turi Maksimal ball Saralash bali 1 Joriy baxolash va talabaning mustaqil ishi 45 va 5 27 2 Oraliq baxolash 20 11 3 YAkuniy baxolash 30 17 4 Jami 100 55 Talabaning fan bo„yicha to„plagan umumiy bali xar bir baxolash turlarida to„plagan ballar yig„indisiga teng bo„ladi. JORIY BAXOLASH (JB) JBda fanning xar bir mavzusi bo„yicha talabaning bilimi va amaliy kunikmalarini aniqlab borish ko„zda tutiladi va u amaliy mashg„ulotlarda amalga oshiriladi. Baxolashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg„ulot materiallarini o„zlashtirishi, nazariy material muxokamasida va ta‟limning interaktiv uslublarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek amaliy bilim va ko„nikmalarini o„zlashtirish darajasi xisobga olinadi. Xar bir belgilangan darsning maksimal balli 5 ballni tashkil qiladi. O„zlashtirish Ballda A‟lo 5 YAxshi 4 Qoniqarli 3 Qoniqarsiz 3 dan kam Talabaning ballarda ifodalangan o„zlashtirishi quyidagicha baxolanadi: Ball Talabaning bilim darajasi 5 Talabalar uy vazifasini bajargan, og„zaki savollarga aniq javob beradi, mavzu buyicha mustaqil fikrlay oladi. 4 Talaba uy vazifasini bajargan, og„zaki va test savollariga javob bera oladi. Mavzuni tushungan, lekin taxlil va fikrlashda ayrim xatoliklar bor. 3 Talaba uy vazifasini bajargan, og„zaki va test savollariga qiynalib javob beradi, lekin fikrlash va taxlil qila olish qobiliyatiga ega emas. 3 dan kam Talaba mavzu buyicha savollarga javob bera olmaydi, mavzuni tushunmaydi. TALABANING MUSTAQIL ISHI Talabaning mustaqil ishi O„zR Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligining 29.08.2010 yil 340-sonli buyrug„i va institut rektori tomonidan 2005 yil 3 sentyabrda tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baxolash tartibi to„g„risida Nizom” asosida tashkil etiladi. Mustaqil ish buyicha talaba tuplagan ball joriy nazoratda olgan baliga kushib xisoblanadi. Talaba mustakil ishi uchun maksimal 5 ball ajratilgan. Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ruyxatga olinadi va 2 yil mobaynida saqlanadi. Mustaqil ish buyicha kafedra nizomi ishlab chiqiladi va unda TMIning shakl va turlari, xar bir ish turiga soatlarni taqsimlash va baxolash mezonlari ishlab chiqiladi. TMI dasturga kiritilgan mavzular asosida referatlar, krassvordlar, slayd, jadval va referatlar shaklida 19 tayyorlanishi mumkin. Talabani mustaqil ishini nazorat qilish o„quv mashg„ulotini olib boruvchi o„qituvchi tomonidan bevosita olib boriladi. ORALIQ BAXOLASH OBda fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo„limi yoki qismi buyicha mashg„ulotlar o„tib bulingandan so„ng, talabaning nazariy bilimlari baxolanadi. Bunda talabaning muayyan nazariy bilimi kafedrada tayyorlangan OB savollari orqali yozma ravishda tekshiriladi. Barcha fanlardan OB semestrda bittadan o„tkaziladi. OBga JBdan qarzi bulmagan talabalar quyiladi. OBning maksimal balli 20 ball. O„zlashtirish Ballda A‟lo 17 YAxshi 14 Qoniqarli 11 Qoniqarsiz 11 dan kam OB buyicha belgilangan maksimal reyting balining 55 % dan kam ball to„plagan talaba YABga quyilmaydi. YAKUNIY BAXOLASH YABda talabaning bilim, kunikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baxolanadi. YAB fan buyicha o„quv mashg„ulotlari tugaganidan so„ng semestr oxirida o„tkaziladi. YABning maksimal bali 30 ball. To„plangan ball Baho 25 A‟lo "5" 21 YAxshi "4" 17 qoniqarli "3" 17 dan kam qoniqarsiz "2" Semestr yakunida fan ÿqituvchisi tomonidan talabaning reytingi xisoblanadi. R= VxO 100 V – tuplangan ball O – Fan uchun ajratilgan soat JB, TMI va OBga ajratilgan umumiy ballarning xar biridan saralash ballini tuplagan talabaga YABga ishtirok etishga xuquq beriladi. YABni o„tkazish shakli - test, og„zaki, yozma ish yoki ushbu usullar kombinatsiyasida Ilmiy Kengash qarori va rektor buyrug„i bilan bnlgilanadi. JB, OB va YAB turlarida fanni uzlashtira olmagan (55 dan kam ball to„plagan) yoki uzrli sabablar bilan baxolash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga quyidagi tartibda qayta baxolashdan o„tishga ruxsat beriladi: - qoldirilgan amaliy mashg„ulot kelgusi darsga qadar topshiriladi. 3 ta mashg„ulotni qoldirgan talaba faqat fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshirishi mumkin. - xar bir qoldirilgan ma‟ruza mashg„uloti uchun u qayta topshirilsa, JBda to„plagan ballar yig„indisidan 5 balldan, agar qayta topshirilmasa 10 balldan olib tashlanadi, - OBni 2 xafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va bali koeffitsentsiz qayd etiladi, 20 - semestr yakunida fan buyicha saralash ballidan kam ball tuplagan talabaning o„zlashtirishi qoniqarsiz xisoblanadi. - akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan so„ng dekan ruxsatnomasi bilan qayta o„zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. SHu muddat davomida o„zlashtira olmagan talaba belgilangan tartibda rektorning buyrug„i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi. 21 REYTING NATIJALARINI QAYD QILISH TARTIBI Fandan reyting nazorati buyicha yakunlovchi qaydnoma varaqasi fan tugagandan sung 1 kun muddat ichida kafedrada 2 nusxada tuldiriladi va mudir tomonidan imzolanib, 1 nusxasi dekanatga topshiriladi.Talabaning to„plagan ballari reyting qaydnomasiga quyidagicha qayd etiladi. № Fan nomi Umumiy o„quv soat Uzlashtirish kursatkichi Reyting O„qituvchining F.I.SH Sana Im- zo 1 XFX 36 86 62 Saidov.S.A. 23.01. 2013 y Talabaning saralash ballidan past o„zlashtirishi “Reyting daftarchasi”da qayd etilmaydi. Fan bo„yicha o„tkaziladigan baholash turlarining (JB, OB va YAB) natijalari kafedra tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi. Asosiy darsliklar va o„quv qo„llanmalar: 1. Karimov I. “O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari”. T. “O„zbekiston”, 1997. 2. Karimov I. “Alloh qalbimizda, yuragimizda”. T. “O„zbekiston”, 1999. 3. Karimov I. “Hushyorlikka da‟vat”. T. “O„zbekiston”, 1999. 4. “O„zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”. O„quv qo„llanma. Toshket Moliya Instituti. T. 2004. 5. Prezident Islom Karimovning “O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari ” asarini o„rganish bo„yicha Metodik Qo„llanma. T. “Universitet”. 1997. Qo„shimcha adabiyotlar: 1. O„zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustdagi «Axolini va xududlarni tabiiy xamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofaza kilish to„grisida»gi Konuni. 2.O„zbekiston Respublikasining «Terrorizmga karshi kurash to„grisida»gi Konuni, 15 dekabr 2000 yil 3. O„zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 may kunidagi «Fukaro muxofazasi to„grisida»gi Konuni. 4. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi «Texnogen, tabiiy va ekologik xususiyatli favkulodda vaziyatlarning tasnifi to„grisida»gi 455-sonli karori. 5.Fukaro muxofazasi institutining Uslubiy qo„llanma “Evakuatsiya kilish (ko„chirish) to„g„risida”gi. Internet va ZiyoNet saytlari 1. www.ziyonet.uz 2. www.Lex.uz . 3. www.uzpharm-control.uz 4. www.doridarmon.uz 5. www.uzpharmsanoat.uz 22 III. FANNI O„QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA‟LIM METODLARI “KEYS-STADI” METODI Keys-stadi interaktiv ta‟lim metodi sifatida tinglovchilar tomonidan eng afzal ko„riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan farmatsevtika fanlaridan dars beruvchi o„qituvchi va tinglovchilarning umumiy intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan. Buning sababi sifatida ushbu metod tinglovchilarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o„zlashtirishda hamda amaliy ko„nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo„lish imkoniyatini berishida ko„rish mumkin. O„z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) tinglovchilarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta‟sir o„tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan “ulg„ayishiga” xizmat qilishi, ta‟lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o„qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko„rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan‟anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi. “Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari Ish bosqichlari Faoliyat shakli va mazmuni 1-bosqich: Keys va uning axborot ta‟minoti bilan tanishtirish yakka tartibdagi audio-vizual ish; keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda); axborotni umumlashtirish; axborot tahlili; muammolarni aniqlash 2-bosqich:Keysni aniqlash-tirish va o„quv topshirig„ni belgilash individual va guruhda ishlash; muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash; asosiy muammoli vaziyatni belgilash 3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o„quv topshirig„ining echimini izlash, hal etish yo„llarini ishlab chiqish individual va guruhda ishlash; muqobil echim yo„llarini ishlab chiqish; har bir echimning imkoniyatlari va to„siqlarni tahlil qilish; muqobil echimlarni tanlash 4-bosqich: Keys echimini echimini shakllantirish va asoslash, taqdimot. yakka va guruhda ishlash; muqobil variantlarni amalda qo„llash imkoniyatlarini asoslash; ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash; yakuniy xulosa va vaziyat echimining amaliy aspektlarini yoritish Keys. Laboratoriyaga yangi yuqori samarali xromatografi o„rnatildi. Ammo ishga tushirishning imkoni bo„lmadi. Nima qilish lozim? 23 “SWOT-TAHLIL” METODI Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, baxs –munozaralar o„tkazishda yoki o„quv seminari yakunida, yoki o„quv rejasi asosida biron bir bo„lim o„rganib bo„lingach qo„llanilishi mumkin. Bu texnologiya tinglovchilarni o„z fikirlarini himoya qilishga, erkin fikirlash va o„z fikrini boshkalarga o„tkazishga , ochiq xolda baxslashishga , o„quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni baxslashish madaniyatiga o„rgatadi. “KEYS-STADI” METODI Keys-stadi interaktiv ta‟lim metodi sifatida tinglovchilar tomonidan eng afzal ko„riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan farmatsevtika fanlaridan dars beruvchi o„qituvchi va tinglovchilarning umumiy intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan. Buning sababi sifatida ushbu metod tinglovchilarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o„zlashtirishda hamda amaliy ko„nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo„lish imkoniyatini berishida ko„rish mumkin. O„z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) tinglovchilarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta‟sir o„tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan “ulg„ayishiga” xizmat qilishi, ta‟lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o„qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko„rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan‟anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi. • Заиф, кучсиз томонлари • Имконият лари • Кучли томонлари • Тўсиқлар T – (threat ) S (stren gth) W – (weak ness) O – (oppor tunity) 24 “ASSESMENT” METODI Ushbu “Assesment” lardan ma‟ruza mashg„ulotlarida qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o„rganishda, yangi ma‟lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg„ulotlarda esa mavzu yoki ma‟lumotlarni o„zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o„z-o„zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. SHuningdek, o„qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o„quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo„shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin. «VEN DIAGRAMMASI» bunda talabalar mavzuda uchragan atamalarni o„xshash va farq qiluvchi tomonlarini bayon qiladilar. Ma`ruza ma`lumotlari talabalar tomonidan amaliy, seminar mashg‟ulotlarida va mustaqil ishlarda ishlab chiqiladi. Amaliy va seminar mashg‟ulotlarida nazariy bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi, mustahkamlanadi, hamda ko`nikmalarni amalda bajarishga o`rgatiladi. Mustaqil ishlarda esa ma`ruzalardan olingan bilimlarni chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Natijada amaliyotga joriy etiladigan ko`nikmalar uchun nazariy asos yaratiladi. Talabalarni xatosiz faoliyat ko`rsatishga o`rgatishda, mashg‟ulotlarni kompleks yangi pedagogik texnalogiyalar bilan o`tkazish professor- o`qituvchining mahorati hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik texnalogiyalar talabalarni muayyan fanni o`zlashtirishga qiziqtirishda va ko`nikmalarni hosil qilishda, mustaqilligini ta`minlashga qaratilgandir. SHunday qilib, kafedrada xayotiy faoliyat havfsizligi ko`nikmalarini hosil qilishda, hamda mashg‟ulotlarni qiziqarli qilib olib borishni ta`minlashda quyidagi yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanilmoqda. «KIM ILG‟OR» USLUBI Guruxdagi talabalarni ikki kichik guruxchaga bo`lib, ularga uyga vazifa qilib, o`tiladigan mavzu va uning uslubiy ko`rsatmasi beriladi. Har bir kichik Havf Yordam 25 guruxcha vazifani chuqur taxlil qilgach, mavzu bo`yicha qator savollar tayyorlab keladilar. Ana shu tayyorlab kelingan savollar asosida ikki kichik guruxcha o`rtasida «Kim ilg‟or» musobaqasi o`tkaziladi, ya`ni savollar birma-bir o`rtaga tashlanadi va musobaqa natijalarini professor-o`qituvchi kuzatib borib, ular bo`yicha talabalar bilimini baholaydi. Bunda har bir talabaning musobaqada qatnashishi hisobga olinadi. «KIM CHAQQON» USLUBI Professor-o`qituvchi kelgusi darsda o`tiladigan mavzu bo`yicha savollar tayyorlab kelib, mavzuning uslubiy ko`rsatmasi bilan birgalikda uyga vazifa qilib beradi. Barcha talabalar ana shu tuzilgan savollar asosida darsga tayyorgarlik ko`radi. Mashg‟ulot vaqtida professor-o`qituvchi birma-bir savollarni o`rtaga tashlaydi. Qaysi bir talaba oldin qo`l ko`targan bo`lsa, uning javobi eshitiladi. SHu tariqa har bir savolga javob olinadi. Talabalarning savollarga qaytargan javoblariga qarab professor-o`qituvchi ularni baholaydi. «MUAMMOLI VAZIFALAR» USULI. Talabalarga o`tiladigan mavzu va uning uslubiy ko`rsatmasi beriladi. Talabalar mavzuni chuqur tahlil qilib keladilar. Mashg‟ulot paytida professor- o`qituvchi talabalarga mavzuga taalluqli har xil muammoli holatlar bo`yicha tezlik bilan echishni talab qiladigan vazifalar beradi. Talabalar bu vazifalarni 0,5- 1,5 daqiqa ichida tezlik bilan echib, ko`rsatib berishlari lozim. Beriladigan vazifalar quyidagicha bo`lishi mumkin. 1. Yonayotgan odam u yoq bu yoqqa yugaryapti, sizni yordamingiz? 2. Yo`lda xushsiz yotgan odamni uchratdingiz, siz nima qilasiz? Bunda barcha talabalar fa`ol qatnashadi. Vazifalarni talabalar tomonidan hatosiz va tezlik bilan bajarilishi, hamda kamchiliklari hisobga olinib, talabalar bilimi baholanadi. «GALEREYA BO`YLAB» USULI Mavzu va uslubiy ko`rsatmalar oldindan talabalarga beriladi. Talabalar uyda o`qib tayyorlanib keladilar. Mashg‟ulotlar paytida guruhdagi talabalar bir necha kichik guruxchalarga (3-4 kishidan iborat kichik guruhchalarga) bo`linadi va ularga berilgan mavzu bo`yicha vazifa beriladi. Har bir guruhcha 10 daqiqa davomida o`z fikrlarini qog‟ozga yozadi va yozgan javoblarini bir-birlariga berishadi. Har bir guruhcha boshqa guruhcha yozgan javoblarni o`qib chiqadi, agar javob to`la bo`lmasa, o`z variantini aytadi. Vazifani bajarish tugagandan keyin, hamma qatnashchilar yozilgan javoblarni muhokama qiladilar va eng to`g‟ri va mukammal berilgan javoblarga yuqori ball qo`yiladi. 26 IV. NAZARIY MATERIALLAR 1-MAVZU AHOLINI VA HUDUDLARNI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSI. O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLARDA ULARNING OLDINI OLISH VA HARAKAT QILISH DAVLAT TIZIMI. AHOLI VA HUDUDLARNI TABIIY XUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISHNI TASHKIL ETISH. HUDUDLAR VA AHOLINI EPIZOOTIK VA EPIFITOTIK VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISHNI TASHKIL ETISH REJA: 1. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari. 2. Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi ahamiyati. 3. О„zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta‟minlash. 4. Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi vazifalari. 5. O„zbekistoan Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 sonli farmoni. Tayanch iboralar: fuqarolarning xavfsizligini ta‟minlash, favqulodda vaziyatlar, ommaviy tadbirlarni o„tkazish qoidalari, tabiiy ofatlar, avariya, halokatlar. 1.O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi “O„zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to„g„risida”gi PF-1378-sonli farmoni. 2.“O„zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to„g„risida”gi PF-1378-sonli Farmoniga o„zgartirish kiritish to„g„risidagi O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi PF-2153 - sonli Farmoni 3.O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 apreldagi “O„zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to„g„risida”gi 143-sonli Qarori 4.O„zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2011 yil 24 avgustdagi 242-sonli “O„zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to„g„risida”gi qarori 5.o„zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi “tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to„g„risida”gi 455-sonli qarori 6.O„zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2010 yil 5 yanvardagi “qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi to„g„risidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi 2-sonli qarori. 7.O„zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2011 yil 8 iyuldagi “qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog„liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora–tadbirlari to„g„risida”gi 202-sonli qarori 8.O„zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2003 yil 13 yanvardagi “ommaviy tadbirlarni o„tkazish qoidalarini tasdiqlash to„g„risida”gi 15-sonli qarori Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi ahamiyati. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning qonuniy asosini O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O„zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Favqulodda vaziyatlar vazirining ko„rsatma va boshqa tegishli me‟yoriy hujjatlari tashkil etadi. Bizga ma‟lumki, XX asrning 60-yillaridan fuqaro mudofaasi tizimi faoliyat ko„rsatib kelgan. Uning asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush sharoitida mamlakat aholisini yalpi qirg„in qurollari va boshqa hujum vositalaridan himoya qilish, urush sharoitida iqtisodiyot bo‟ektlarining 27 barqarorligini ta‟minlash hamda halokat o„choqlarida qutqarish va tiklash ishlarini o„z vaqtida samarali amalga oshirishdan iborat edi. Lekin aholi hayotiga faqatgina ommaviy qirg„in qurollari emas, balki boshqa xavf-xatarlar ham tahdid solib turadiki, ularni aslo nazardan chetda qoldirish mumkin emas. Bular turli tabiiy ofatlar, avariya, halokatlardir. Sodir bo„lib o„tgan bir nechta halokatlar (CHernobil atom elektr stansiyasidagi avariya, 25 000 odamning yostig„ini quritgan Spitak zilzilasi va boshq.) fuqaro mudofaasining o„rni va vazifalariga boshqacha ko„z bilan qarash kerak ekanligini ko„rsatib berdi. Fuqaro mudofaasi qo„shinlari bunday yirik ko„lamdagi ofatlarga qarshi kurashishga tayyor emas ekanligi, fuqaro mudofaasi vazifalari faqatgina harbiy davr chegarasida qolishligi mumkin emasligi, ular oldiga qo„yilgan vazifalar ko„lamini kengaytirish lozimligi ayon bo„lib qoldi. 90-yillarga kelib yadro urushi xavfi kamaydi, biologik qurollardan foydalanish cheklab qo„yildi, yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf etildiki, ular odamlar uchun xavfli bo„lmay, balki iqtisodiyot ob‟ektlarini ishdan chiqarishga qaratilgan edi. Bularning hammasi fuqaro mudofaasi tizimi o„rnida yangi tizim tashkil etilishi lozimligini isbotlab berdi. SHu o„rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to„g„ri keladi. Favqulodda vaziyatning o„zi nima, undan aholi va hududlarni muhofaza qilish deganda nimani ko„zda tutish lozim? Favqulotda vaziyat – odamlar qurbon bo„lishi, ularning sog„ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo„lgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat. Vatanimiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o„rindadir. Asosiy Qomusimiz bo„lgan O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosini ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligi tashkil etadi. Insonning hayoti, yashashga bo„lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi. O„zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiya) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta‟minlashni ko„zlab, O„zbekistoan Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O„zbekitson Respublikasi Oliy Majlisining tasdig„iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi. Oliy majlisning vakolatlariga O„zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e‟lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to„xtatish to„g„risidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi. Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi vazifalari. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so„ng tashkil etilgan Favquolodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri favqulodda vaziyatlarda aholi hayoti va sog„ligini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat. Bu vazifani samarali tashkil etish uchun muhofazaning qonuniy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, muhandislik texnik, maxsus asoslariga ega bo„lishimiz zarur. Har bir rahbar, har bir favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining xodimi texnogen, tabiiy va ekologik favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtda vaziyatga baho berishni, tezlik bilan tegishli qarorlar qabul qilishni, qidiruv-qutqaruv va shoshilinch ishlarni o„tkazishda boshqaruvni amalga oshirish yo„llarini bilishi va bu borada yuqori malakaga ega bo„lmog„i kerak. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish –favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa‟y harakatlari majmui. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish – oldindan o„tkazilib, favqulodda vaziyatlar ro„y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro„y berganda esa odamlar sog„ligini saqlash, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish – favqulodda vaziyatlar sodir bo„lganda o„tkazilib, odamlar hayoti va sog„ligini saqlash, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talofatlar 28 miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar sodir bo„lgan zonalarni xalqaga olib, xavfli omillar ta‟sirini tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo„lmaydigan boshqa ishlar majmui. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo„yilgan dadil qadamlardan biri – avval Mudofaa vazirligi qoshida fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining, so„ngra esa shu boshqarma negizida O„zbekistoan Respublikasi Download 19.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling