Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya


Download 19.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana25.06.2017
Hajmi19.07 Kb.
#9850
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19


 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 
 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
SOG„LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 
 
FARMAKOLOGIYA VA KLINIK FARMATSIYA 
KAFEDRASI 
 
 
HAYOT  FAOLIYATI  HAVFSIZLIGI FANIDAN 
 
O`QUV- USLUBIY MAJMUA
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
  
 
TOSHKENT - 2016
 
 


 
Tuzuvchilar:   
 
 
Saidov S.A.          – Farmakologiya va klinik  
                               farmatsiya kafedrasining mudiri, tibbiyot   
                                fanlari doktori.   
Bagdasarova E.S. - Farmakologiya va klinik   
                                farmatsiya kafedrasining dotsenti,b.f.n  
Usmonova Z.U.    -  Farmakologiya va klinik  
                               farmatsiya kafedrasining assistenti 
Rajapov A.J.        - Farmakologiya va klinik   
                                farmatsiya kafedrasining katta o„qituvchisi  
 
Taqrizchilar: 
 
 
Utyamishev R.G – Gematologiya  va qon quyish ilmiy   
                            tekshirish institutining yetakchi ilmiy  
                            xodimi, t.f.d.  
Fayzieva Z.T. –   Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedogogik  
                            kadrlar tayyorlash bo„limi boshlig„i, t.f.d.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‟quv – uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika institutining soha uslubiy 
kengashining 2016 yil    __  ___ dagi   ___-sonli qarori bilan nasrga tavsiya 
qilingan. 
 
 
     Soha uslubiy kengashi raisi  ____________S.A.Saidov. 
 
    O‟quv-uslubiy majmua MUK da ko‟rib chiqildi va tasdiqlandi 
    “___”    “_________”  2016 yil  “____”  sonli  bayonnomasi   
 
 
    Kelishildi:  Markaziy uslubiy kengashi raisi  ___________ S.U.Aliev 
 
 


 
M U N D A R I J A 
 
 
Kirish
……………………………………………………………………………. 

I. 
Sillabus………………………………………………………………………….. 

II. 
Ishchi dastur……………………………………………………………………. 

III. 
Fanni o„qitishda foydalaniladigan interfaol ta‟lim metodlari……………….. 
20 
IV. 
Nazariy materiallar…………………………………………………………….. 
24 
 
Aholini  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilishning  huquqiy 
asosi.  O„zbekiston  Respublikasi  Favqulodda  vaziyatlarda  ularning  oldini  olish 
va  harakat  qilish  davlat  tizimi.  Aholi  va  hududlarni  tabiiy  xususiyatli 
favqulodda   vaziyatlardan  muhofaza  qilishni tashkil  etish. Hududlar  va aholini 
epizootik 
va 
epifitotik 
vaziyatlardan 
muhofaza 
qilishni 
tashkil 
etish…………………………. 
 
 
24 
 
Aholi  va  hududlarni  texnogen  xususiyatli  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza 
qilishni tashkil  etish.  Aholi  va  hududlarni  terrorchilik harakatlaridan  muhofaza 
qilishni tashkil etish……………………………………………………………… 
 
48 
 
Aholi  va  hududlarni  zamonaviy qirg„in vositalaridan  muhofaza  qilishni  tashkil 
etish.  Aholi  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilishda 
boshqaruvni 
tashkil 
etish…………………………………………………………. 
 
64 
 
Tarmoqlar  va  iqtisodiyot  ob‟etlari  barqarorligini  oshirish.  Xavfsizlik 
deklaratsiyasi. Aholi va xududlarni favqlodda vaziyatlardan mxofaza qilishning 
muxandislik texnik tadbirlarini tashkil etish……………………………………. 
 
83 
 
Aholini FVDT kuchlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni 
tashkil  etish.  Aholi  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish 
tadbirlarini  rejalashtirish.  Favqulodda  vaziyatlar  xavfi  tug„ilganida  va  sodir 
bo„lganida 
 
aholini 
evakuatsiya 
qilish……………………………………………. 
 
99 
 
Aholini  favqulodda  vaziyatlarda  harakat  qilishga  ma‟naviy-  ruhiy  tayyorlashni 
tashkil  etish.  Aholini  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilishning  tibbiy 
ta‟minotini  tashkil  etish.  Favqulodda  vaziyatlarda  jarohatlanganlarga  birinchi 
tibbiy yordam ko„rsatish…………………………………………………………. 
 
 
108 
V. 
Laboratoriya mashg„ulotlari materiallari…………………….………………. 
116 
VI. 
Keyslar banki…………………………………………………………………… 
136 
VII. 
Mustaqil ta‟lim mavzulari……………………………………………………... 
141 
VIII. 
Testlar…………………………………………………….……………………... 
142 
IX. 
Glossariy………………………………………………..……………………….. 
153 
X. 
Foydalanilgan adabiyotlar  ro„yxati…………………………………………... 
157 
 
 
 
 
 


 
KIRISH 
 
 
Mamlakatimizda  mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq  fuqarolarni  jumladan  ishchi  va 
xizmatchilarni ijtimoiy  holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini  yuksaltirishga, ishlash 
sharoitlarini  texnika  xavfsizligi  va  sanitariya  talablari  darajasidagi  asosini  yaratishga  katta 
e'tibor  qaratib  kelinmoqda.  Ta'lim  jarayonida  ham  keng  qamrovli  islohotlar  amalga 
oshirilmoqda.  Qabul  qilingan  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi,  Ta'lim  to'g'risidagi  Qonunlar 
asosida  ta'lim  sohasida  katta  yutuqlarga  erishildi.  Ta'lim  mazmuni  tubdan  ijobiy  o'zgarishga 
yuz  tutmoqda.  Ta'lim  tizimining  barcha  tizimida  eng  zamonaviy  o'qitish  vositalaridan 
foydalanilmoqda.  Ishlab  chiqarish  ham  eng  qudratli,  zamonaviy  ishlab  chiqarish  vositalari 
bilan  qurollantirilmoqda.  Ijtimoiy  hayot  tarzi  faollashmoqda.  Mamlakatda  qabul  qilingan 
«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»,  «Ta'lim  to'g'risida»gi  Qonun  ta'lim  tizimi  mazmunini 
tubdan  o'zgartirib  yubordi.  Jumladan  oliy  ta'lim  o'quv  rejalariga  zamon  va  hayot  talablaridan 
kelib chiqib katta o'zgartirishlar kiritildi.  
Yosh  mutaxassislarga  har  bir  sohada  chuqur  va  keng  qamrovli  ma'lumot  berish,  ularga 
berilgan  bilim  ishlab  chiqarishda  va  jamiyatda  o'z  aksini  va  dolzarbligini  yo'qotmaydigan 
bo'lishiga va ularning bilim darajalari dunyo ta'lim standartlari qo'ygan talabga javob berishiga 
asosiy  ahamiyat  qaratilmoqda.  Zamonaviy  hayotdagi  ishlab  chiqarish  samaradorligini  etuk 
kadrlarsiz  tasavvur  etish  mumkin  emas.  Har  sohada  inson  omili,  uning  qadr-qimmati  birinchi 
o'ringa  qo'yilib  ish  tashkil  etilgan  joyda  yutuqlar  barqaror  bo'lishi  shubhasiz.  Inson  tug'ilishi 
bilan  yashash,  erkinlik  va  baxtga  intilish  huquqiga  ega  bo'ladi.  Inson  o'zining  yashash,  dam 
olish,  sog'ligi  haqida  qayg'urish,  qulay  atrof-muhit,  xavfsizlik  va  gigiena  talablariga  javob 
beradigan  mehnat  sharoitida  ishlashga  bo'lgan  xuquqlarini  hayot  faoliyati  jarayonida  amalga 
oshiradi. Uning bu huquqlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan. 
Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  42-sеssiyasida  1991  yildan  boshlab  tabiiy  ofat  va 
falokatlarni  kamaytirish  bеxatarlik  yillari,  dеb  bеlgilangan  edi.  Hayotiy  faoliyat  xafvsizligi 
tushunchasida ko`p uchraydigan ta'riflar bilan bеlgilanadi.  Faoliyat-insonning 
jamiyatda 
mavjud  bo`lishi  uchun  kеrakli  sharoit.  Mеhnat-faoliyatning  yuqori  shakli.  Faylasuflarning 
fikricha, inosnning ta'rifi-harakatdagi, mеhnatdagi faoliyatidadir.  Mеhnat  va  faoliyat  shakllari 
turlicha  bo`lib,  ular  hayotda  uchraydigan  aqliy,  ma'naviy,  madaniy,  ilmiy  va  boshqa 
jarayonlarni o`z ichiga oladi. Xavflar-yashirin (potеntsial) va haqiqiy bo`ladi. Yashirin xavflar 
amalga  oshishi  uchun  aniq  shartlar  bo`lishi  lozim.  Bu  shartlar  sabab  dеb  ataladi.  Xavf  va 
sabalarni misollar (raqamlarda) ko`rish mumkin: 
So`nggi 30 yil ichida (69-1990 y.) tabiiy ofat ikki marta ko`paygan; 
1909 yildan 1974 yilgacha asabiy kasalliklar 24 marta ko`paygan; 
Dunyoda 500 mln. ga yaqin nogironlar bo`lib, ularning 1/5 qismi baxtsiz hodisa natijasida 
bo`lgan. 
Har  qanday  faoliyat  yashirin  (potеntsial)  xavflidir.  Shu  bilan  birga  xavf  darajasini 
boshqarish ham mumkin. Buf ikr mutlaqo xavfsiz faoliyat bo`lmasligiga asoslangan. 
Xavfsizlik  –  bu  ayrim  extimollarga  asoslanib  paydo  bo`ladigan  xavf-xatarlarni  istisno 
etilgan faoliyat holatidir. 
Xavfsizlik  –  bu  maqsad,  HFX  bo`lsa  shu  maqsadga  erishish  uchun  qo`llanadigan 
vositalar, yo`l-yo`riq, qo`llanmalar usullardir. 
HFX  –  bu  xavf-xatarlarni  o`rganish  va 
insonni himoya qilishni o`rganadigan fandir. 
Ushbu majmua chet el adabiyotlaridan foydalanilgan holda tuzib chiqildi. 
 
 
 
 
 


 
I. SILLABUS 
 
«HAYOT  FAOLIYATI  HAVFSIZLIGI» 
 fanining 
2016/2017 o„quv yili uchun mo„ljallangan 
SILLABUSI 
 
Fanning qisqacha tavsifi 
OTMning nomi va 
joylashgan manzili: 
Toshkent Farmatsevtika Instituti 
Oybek  ko„chasi, 45 
Kafedra: 
Farmakologiya va klinik farmatsiya 
kafedrasi  
Farmatsiya fakulteti 
tarkibida 
Ta‟lim sohasi va 
yo„nalishi: 
5510500– 
“Farmatsiya”  
5140900- Kasb 
ta‟limi 
 
Bakalavriat bosqichining farmatsiya va 
kasbiy ta‟lim yo`nalishlari talabalari uchun 
mo`ljallangan  
 
Fanni (kursni) olib 
boradigan o„qituvchi 
to„g„risida ma‟lumot:  
 
 
e-mail: 
 
 
Dars vaqti va joyi: 
O`quv bo`limi 
tomonidan ishlab 
chiqilgan jadval 
asosida institut o`quv 
binolarida  
10-xona,11-xona 
Kursning 
boshlanishi va 
davom etish 
muddati: 
Bakalavriat ta‟lim 
yo`nalishi o`quv 
rejasiga muvofiq 
birinchi semestrda  
Individual grafik 
asosida ishlash vaqti:  
Haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 14.00 dan 
18.00 gacha 
Fanga ajratilgan  
soatlar 
Auditoriya soatlari 
Mustaqil 
ta‟lim: 
 
74 
(61) 
Ma‟ruza 
36 
Amaliyot 
72 
Fanning boshqa fanlar 
bilan bog„liqligi: 
“Odam  anatomiyasi”,  “  patologik  fiziologiya”,  “  anorganik  kimyo”, 
“Organik  kimyo”,    “analitik  kimyo  ”,  “fizkolloid  kimyo”,  
“farmakologiya”  “Birinchi tibbiy yordam” 
Fanning mazmuni 
Fanning 
dolzarbligi va 
qisqacha 
mazmuni: 
Fanni  o„qitishdan  maqsad  –  Talabalarda  ishlab  chiqarishda  avariyasiz 
holatga  erishish,  jarohatlanishni  oldini  olish,  insonlar  sog'ligini  saqlash, 
mehnat  qobiliyatini  oshirish,  mehnat  sifatini  oshirish  ko„nikmalarini 
shakllantirishga qaratilgan.  
Fanning  vazifasi  -  Hayot  faoliyat  xavfsizligi  insonni  har  qanday 
muhitdagi  faoliyatida  uning  xavfsizligi  va  sog'ligini  ta'minlovchi,  xavfli 
va  zararli  omillardan  himoya  qiluvchi  amaliyot  va  nazariyani  qamrab 
olgan ilmiy bilimlar majmuidir. Bu fan vazifalari:   
-  atrof  muhitning  noqulay  ta'sirlarini  turkumlaydi  (aniqlaydi  va  sonli 
baholaydi);  


 
-  insonni  xavflardan  himoyalaydi  yoki  unga  noqulay  omillar  ta'sirini 
oldini oladi;  
- xavfli va zararli omillarni ta'siri salbiy oqibatlarini tugatish; 
 -  muhitda  insonga  normal,  shinam  sharoit  yaratish.  Hayot  faoliyat 
xavfsizligining integral ko'rsatkichi hayotning davomiyligi hisoblanadi. 
Hayotiy  faoliyatda  yuzaga  keladigan  xavflarni  identifikatsiyalash  va 
ularni  o'rganish,  ishlab  chiqarish  jarayonlarida  xavfsiz  mehnat 
sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va 
baxtsiz 
hodisalarni 
oldini 
oladigan 
chora-tadbirlarni 
o'rganish. 
Shuningdek,  aholini  tabiiy  ofat,  avariya  va  halokatlardan  himoyalanish 
usullariga  o'rgatish,  zararlangan  shikastlanish  o'choqlaridagi  fuqarolarni 
qutqarish  va  tiklov  ishlarini  o'tkazish,  yong'inga  qarshi  xavfsizlik 
choralarini ko'rish, jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko'rsatish 
va boshqa  muhim  vazifalarni  bajara oladigan bilim, ko'nikma va kasbiy 
malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan. 
Talabalar uchun 
talablar 
 
-  o„qituvchiga  va  guruhdoshlarga  nisbatan  hurmat  bilan  munosabatda 
bo„lish; 
- institut ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish; 
- uyali telefonni dars davomida o„chirish; 
- berilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o„z vaqtida va sifatli 
bajarish; 
- ko„chirmachilik (plagiat) qat‟iyan man etiladi; 
-  darslarga  qatnashish  majburiy  hisoblanadi,  dars  qoldirilgan  holatda 
qoldirilgan darslar qayta o„zlashtirilishi shart;  
-  darslarga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish; 
-  talaba o„qituvchidan so„ng, dars xonasiga - mashg„ulotga  kiritilmaydi; 
-  talaba reyting ballidan  norozi bo„lsa   e‟lon  qilingan vaqtdan  boshlab 1 
kun mobaynida apellyasiya komissiyasiga murojat qilishi mumkin  
Elektron pochta 
orqali 
munosabatlar 
tartibi 
 
Professor-o„qituvchi  va  talaba  o„rtasidagi  aloqa  elektron  pochta  orqali 
ham  amalga  oshirilishi  mumkin,  telefon  orqali  baho  masalasi 
muhokama  qilinmaydi,  baholash  faqatgina  universitet  hududida, 
ajratilgan  xonalarda  va  dars  davomida  amalga  oshiriladi.    Elektron 
pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha 
 
Talabalar bilimini baholash tizimi: 
 
t/

Nazorat turidagi topshiriqlarning nomlanishi 
Maksimal yig„ish 
mumkin bo„lgan 
ball 
JN va Mustaqil 
ta‟lim ballar 
taqsimoti 
1. Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti  
50 ball 
45 

Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda 
Maksimal ball  
Har biri 
1.  Talabaning  ma‟ruza  va  amaliy  mashg„ulotlardagi 
faolligi  va  o„zlashtirish  darajasi,  daftarlarning 
yuritilishi va holati 
45 
0-5 
2.  Mustaqil  ta‟lim  topshiriqlarining  o„z  vaqtida  va 
sifatli  bajarilishi  (keys-stadilar,  esse,  referat, 
taqdimot  va  boshqa  turdagi  mustaqil  ta‟lim 

0-1 


 
topshiriqlari) 
2. Oraliq nazorat 
20 ball 
 
1.  Birinchi oraliq nazorat (amaliy mashg„ulot 
o„qituvchisi tomonidan qabul qilinadi) 
10 
Semestrning  
9-haftasi 
2.  Ikkinchi  oraliq  nazorat  (ma‟ruzachi  va  amaliy 
mashg„ulot o„qituvchisi tomonidan qabul qilinadi). 
10 
Semestrning  
9-16-haftalar 
oralig„ida 
3. Yakuniy nazorat 
30 ball 
Semestrning 
oxirgi bir 
haftasida 
Jami: 
100 ball 
 
 
Asosiy 
adabiyotlar: 
1.  Karimov  I.  “O'zbekiston  XXI  asr  bo'sag'asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari”. T. “O'zbekiston”, 1997.  
2. Karimov I. “Alloh qalbimizda, yuragimizda”. T. “O'zbekiston”, 1999.  
3. Karimov I. “Hushyorlikka da'vat”. T. “O'zbekiston”, 1999.  
4.  “O'zbekistonda  demokratik  jamiyat  qurish  nazariyasi  va  amaliyoti”. 
O'quv qo'llanma. Toshket Moliya Instituti. T. 2004.  
5.  Prezident  Islom  Karimovning  “O'zbekiston  XXI  asr  bo'sag'asida: 
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari ” asarini 
o'rganish bo'yicha Metodik Qo'llanma. T. “Universitet”. 1997. 
Qo„shimcha 
adabiyotlar: 
 
1. O'zbekiston  Respublikasining  1999  yil  20  avgustdagi  «Axolini  va 
xududlarni  tabiiy  xamda  texnogen  xususiyatli  favqulodda  vaziyatlardan 
muxofaza kilish to'grisida»gi Konuni.  
2. O'zbekiston Respublikasining «Terrorizmga karshi kurash to'grisida»gi 
Konuni, 15 dekabr 2000 yil  
3.  O'zbekiston  Respublikasining  2000  yil  26  may  kunidagi  «Fukaro 
muxofazasi to'grisida»gi Konuni.  
4. O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasining  1998  yil  27 
oktyabrdagi  «Texnogen,  tabiiy  va  ekologik  xususiyatli  favkulodda 
vaziyatlarning tasnifi to'grisida»gi 455-sonli karori.  
5. Fukaro muxofazasi institutining Uslubiy qo'llanma “Evakuatsiya kilish 
(ko'chirish) to'g'risida”gi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
II. ISHCHI DASTUR 
 
Fanning maqsad va vazifalari 
O„zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgan  dastlabki  kunlardanoq  inson  manfaati 
uning  qadr  qimmati  salomatligi  eng  oldingi  o„ringa  qo„yildi  .Prezidentimiz  I  A.  Karimov   
ta‟birlari  bilan  aytganda  biz  o„z  haq  huquqlarini  taniydigan,  o„z  kuchi  va  imkoniyatlariga 
tayanadigan,  atrofida  sodir  bo„layotgan  voqea  hodisalarga    mustaqil  munosabat  bilan  
yondashadigan,  ayni  zamonda  shaxsiy  manfaatlarini  mamlakat  va  xalq  manfaatlari  bilan 
uyg„un  holda  ko„radigan  erkin,  har  jihatdan  barkamol  insonlarni  tarbiyalashimiz  kerak.Hayot 
faoliyati  xavfsizligi  fani  O„zbekiston  Respublikasi  Favqulodda  vaziyatlarda  ularning  oldini 
olish  va  harakat  qilish  davlat  tizimi,  aholini  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilishning 
huquqiy  asoslari,  aholini  tabiiy  va  texnogen  xususiyatli  favqulodda  vaziyatlardan,  yuzaga 
kelishi  mumkin    bo„lgan  terrorchilik  harakatlaridan  muhofaza  qilish,  iqtisodiyot  ob‟ektlari  va 
tarmoqlar  ishi  barqarorligini  oshirish,  favqulodda  vaziyatlarda  aholini  evakuatsiya  qilish  kabi 
masalalarni o„rganadigan fandir. 
Hayot  faoliyati  xavfsizligi  fanining  maqsadi  talabalarni    mamlakatimizda  sodir  bo„lishi  
ehtimol  bo„lgan  favqulodda  vaziyatlar,  bunday  favqulodda  vaziyatlarning  oldini  olish  ularni 
bartaraf  etish  ulardan  aholini    hamda  hududlarimizni  muhofaza  qilish  yo„llari  bilan 
tanishtirishdan iborat. 
Har  bir  talaba,  har  bir  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  sohasining  xodimi 
bunday  vaziyatlar  yuzaga  kelgan  vaqtda    vaziyatga  baho  berishni,  tezlikda  qaror  qabul  qila 
olishni,  qidiruv,  qutqaruv  va  boshqa  shoshilinch    ishlarni  o„tkazishda    boshqaruvni  amalga 
oshirish yo„llarini bilishi va malakaga ega bo„lishi lozim . 
Hayot  faoliyati  xavfsizligi  fanining  asosiy  vazifalaridan  biri  favqulodda  vaziyatlarda 
aholi hayoti va sog„lig„ini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat.  
 
 
Fan bo‟yicha talabaning malakasiga qo‟yiladigan talablar  
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan talabalar quyidagi ko„nikmalarga ega bo„lishi kerak: 
1.Puls yordamida yurak faoliyatiga baho berish. 
2.Aholini evakuatsiya qilish. 
3.Klinik o„lim holatida birinchi yordam berish. 
4.Kimyoviy avariya sodir bo„lganda birinchi yordam berish. 
5.Bemorlarga in‟eksiya qila bilish. 
6. Zilzila paytida harakatlanish qoidalarini bilishi. 
7.Suv toshqinida harakat qilish qoidalarini bilishi. 
8. Qor ko„chkisida harakatlanish qoidalarini bilishi. 
 
 
O‟quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‟liqligi 
 
 
Fizika kimyo va  mikrobiologiya  umumiy  biologiya  huquqshunoslik   va tibbiy  fanlar 
bilan bog„lash. Lotin tili, rus tili vachet tillar bilan bog„lash. 
Ma‟naviyat  va  ma‟rifat  sohasida,  hamda  patriotizm,  vatanni  sevish,    xalq  mulkiga 
ehtiyot bo„lish tarix, huquqshunoslik va shu yo„nalishdagi fanlar bilan bog„lanish. 
 
Fanni o„qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. 
       HFX  fanini  o„qitishda  hozirgi  zamonda  keng  qo„llanilayotgan  komp‟yuterdan 
foydalaniladi. Fanning barcha bo„limlari bo„yicha test savollari tuzilib komp‟yuterga kiritilgan 
va komp‟yuter orqali talabalarning olgan nazariy bilim darajalari muntazam tekshirib boriladi. 
Bundan  tashqari  Hayot  faoliyati  xavfsizligi  fani  bo„yicha  etuk  dotsent  va  professor 
o„qituvchilar  tomonidan  o„qitiladigan  ma‟ruzalar  va  amaliy  mashg„ulotlarning  barcha 
mavzulari bo„yicha audio va videofilmlar yaratilgan.   


 
 
XFX  fanidan mashg„ulotlarning mavzular va soatlar bo„yicha taqsimlanishi: 
 
t/r 
Mavzular nomi 
 
Jami soat 
Ma‟ruza 
Amaliy 
mashg„ul 
ot 
Mustaqil 
ta‟lim 
F
a
rm
a
ts
iy
a

kt
 
 
 
F
a
rm
a
ts
iy
a
.kt
 
 
 
F
a
rm
a
ts
iy
a

kt
 
 
 
F
a
rm
a
ts
iy
a

kt
 
 
 

Kirish.Aholini va hududlarni 
favqulodda vaziyatlardan 
muhofaza qilishning huquqiy 
asosi.O„zbekiston Respublikasi 
Favqulod-da vaziyatlarda 
ularning oldini olish va harakat 
qilish davlat tizimi.   

 

 

 

 

Aholi va hududlarni tabiiy 
xususiyatli favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish-
ni tashkil etish. Hududlar va 
aholini epizootik va epifitotik 
vaziyatlardan muhofaza 
qilishni tashkil etish. 

Download 19.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling