Toshkent farmatsevtika instituti
Fizik- kimyoviy tasnifga ko`ra lipidlar 2 guruhga bo`linadi
Download 4.3 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Fizik- kimyoviy tasnifga ko`ra lipidlar 2 guruhga bo`linadi. 1-guruh. Neytral yoki qutbsiz lipidlar - bular zaryadga ega bo`lmagan lipidlar, Masalan: triglitseridlar. 2-guruh. Qutbli lipidlar– bular zaryadga ega. Masalan: fosfolipidlar, yog` kislotalari.
lipidlari - yog` to`qimasida to`planadi va zarur bo`lganda energiya manbai sifatida sarflanadi. Bularga triglitseridlar misol bo`ladi. Zaxira lipidlari tеri osti yog` qavati, charvi, buyrak, yurak, jigar atrofida to`planib, organizmda oziqa, ya`ni enеrgiya manbai vazifasini bajaradi. Ular miqdori o`zgaruvchan– organizm tabiatiga, ovqatlanish darajasiga, muhitga va boshqa faktorlarga bog`liq. Qolgan lipidlarni struktura lipidlariga kiritsa bo`ladi. Strukturali lipidlar - hujayra protoplazmasi komplеkslari tarkibida oqsil va boshqa moddalar bilan murakkab komplеkslar hosil qilib, muhim biologik funktsiyalarni bajaradi. Ularning umumiy miqdori ovqatlanish darajasiga bog`liq emas. Hatto organizm uzoq vaqt och qolganda ham miqdori sеzilarli o`zgarmaydi. Lipidlar katta yoshdagi odamlar tana og`irligining 10-20 % ini tashkil etib, o`rta yoshdagilarda 10-12 kg ga to`g`ri keladi. Shundan 2-3 kg strukturali lipidlardir. Zaxira lipidlarni 98 %i yog` to`qimasida to`planadi. Strukturali lipidlar turli to`qimalarda turlicha taqsimlanadi. Nerv to`qimasida ular miqdori 10-20 % ni tashkil qilsa, hujayra biologik mеmbranalarida quruq massasining 40 % i lipidlardir. 3. Strukturali tasnif lipidlarning kimyoviy qurilishiga asoslanib, 3 ta katta guruhga: oddiy lipidlar, murakkab lipidlar va lipid unumlariga bo`linadilar. 312
LIPIDLAR → Bir komponentli lipidlar yoki lipid monomerlari. Ularga yuqori uglevodorodlar, alifatik spirtlar, aldegidlar, ketonlar, izoprenoidlar va ularning unumlari, yuqori aminospirtlar, poliollar hamda yog` kislotalari kiradi. Ko`p komponentli lipidlar. Ularga oddiy va murakkab lipidlar kiradi.
↓ 1) mono-, di-, triglitseridlar. 2) fosfolipidlar-(fosftidilkislota, fosfatidilxolin, fosfatidiletanolamin, fosfatidilserin, fosfatidilinozit, kardiolipin ) Glikolipidlar → I. Serebrozidlar. II. Sulfatidlar. III. Gangliozidlar. 9.1. Oddiy lipidlar Yog` kislotalari – uzun uglevodorod zanjirli, deyarli hamma lipidlar tarkibiga kiradigan organik kislotalar, ―C‖ atomlarining soni 4-24, 1 ta karboksil guruhga va uzun uglevodorodlardan tashkil topgan ―dumga‖ ega. Shu ―dum‖ tufayli ko`pchilik lipidlar suvda erimaydi va moy yoki yog`larga xos xossalarni namoyon qiladilar. Yog` kislotalari hujayra va to`qimalarda normal sharoitda erkin holatda uchramaydi, ular turli sinf lipidlari tarkibida kovalent bog`langan. Patologik sharoitlarda erkin holdagi yog` kislotalari hujayra va to`qimalardan qonga o`ta boshlaydi va ularning qondagi miqdorini oshishi lipidlar metabolizmi buzulganligi to`g`risida axborot beradi. 313
Tabiatda uchraydigan barcha yog` kislotalari odatda juft uglerod soniga ega (eng ko`p uchraydigani 16-18 ‖C ― atomli). Uglevodorodlardan tashkil topgan ― dum ― to`yingan va to`yinmagan, ya`ni 1 ta yoki bir nechta qo`shbog`larga ega bo`lishi mumkin. Odatda hayvonlarda ham o`simliklarda ham to`yinmagan yog` kislotalarining miqdori to`yingan yog` kislotalarga nisbatan 2 barobar ko`p. Yog` kislotalarini ko`pchiligida qo`sh bog` 9 va 10 ―C‖ lari o`rtasida. Agarda uglevodorod zanjirda 2 yoki undan ortiq qo`shbog`lar bo`lsa, ular bir –biri bilan metilen (-CH 2 -) guruhi bilan ajraladi. Yog` kislotalari: Qurilishida qo`shbog`larni bo`lishi yoki bo`lmasligiga qarab, to`yingan va to`yinmagan yog` kislotalariga bo`linadi. To`yingan yog` kislotalari: Laurin-C 12, palmitin-C 16, stearin-C 18, araxidon C 20-odatiy tana haroratida C 12 va C 20 to`yingan yog` kislotalari qattiq, mumsimon holatda uchraydi.
C 20:4. Bu yog` kislotalari tana haroratida qovushqoq suyuqliklar ko`rinishiga ega. To`yingan yog` kislotalarida uglevodorod zanjiri zigzag (egri–bugri) shaklida siniq chiziq hosil qiladi. Hayvon to`qimalarida zanjirida 12 dan 18 tagacha juft sondagi uglerod atomlariga ega yog` kislotalari ko`proq uchraydi. Ular konsistensiyasi qattiq, ko`p miqdorda yog` molekulasi tarkibiga kirgan yog`i ham qattiq konsistensiyaga ega bo`ladi. Asosan teri osti kletchatkasi, buyrak oldi sohasi, charvida yog` deposi sifatida xizmat qiladi. Odam yog`i tarkibida palmitat, oleinat, steariat, linolat, laurinat, linolenat kislotalari katta miqdorda uchraydi. Ularning erish harorati – 0.5 o dan 40
o C gacha, o`rtacha 18 o C. To`yingan yog` kislotalarini erish harorati to`yinmagan yog` kislotalarga nisbatan ancha yuqori. Masalan stearin kislotasini erish harorati 70 o C bo`lsa, olein kislota uchun– 13 o C, palmitatga esa 65 o C to`g`ri keladi. Hayvon yog`larining erish harorati turlicha: mol yog`i – 30 – 40 o C, qo`y yog`i – 40-60 o C, cho`chqa yog`i 35–45 o C, g`oz yog`i 20 – 35 o C; o`simlik 314
yog`laridan – paxta yog`i 25–30 o C, kungaboqar yog`i 15 – 25 o C. To`yingan hayvon yog`lari xona haroratida qattiq, o`simlik yog`lari esa suyuq bo`ladi To`yinmagan yog` kislotalari organizmda deyarli sintezlanmaydi, shunday ekan ular doimo tashqi muhitdan oziq ovqat bilan kiritilib turishi kerak. To`yinmagan yog` kislotalari tarkibidagi qo`shbog`lari (∆) soniga qarab monoyenli (∆1 ta), diyenli (∆2 ta), triyenli (∆3 ta), tetrayenli (∆4 ta) va hokazolarga bo`linadi va poliyenli yog` kislotalari degan umumiy nomad yuritiladi. Ularning orasida eng keng tarqalgani oleat (C 18 ) bo`lib, u ayniqsa o`simlik moylarida (zaytun, kungaboqar moyi) va hayvon yog` to`qimalarida ko`p. Linolat va linolenat yog` kislotalari soya, zig`ir va paxta moylarida bo`ladi. Hayvon organizmida sintezlanmasada, 4 ta qo`shbog`li araxidon kislotasi ham uchraydi. Hayvon va odam organizmini normal o`sishi uchun hech bo`lmaganda to`yinmagan yog` kislotalaridan birortasi ovqat bilan kirishi kerak. Chunki to`yinmagan yog` kislotalari xayvon organizmida sintezlanmaydi shuning uchun ham ular ―almashinmaydigan yog` kislotalari‖ deb qabul qilingan. Bular qatoriga alfa ketokislotalar almashinuvida vitaminlik vazifasini bajaruvchi lipoil kislotasi ham kiradi.
molekulali spirtlardan tashkil topgan murakkab efirlardir. Teri, yung, patlar ustini qoplovchi yog` moddalari tarkibida mumlar bor. O`simliklar bargi, mevasini qoplovchi lipidlarning 80% i ni mumlar tashkil qiladi.
O O ║ ║ R–O– C–R / ; R–CH–O– C–R / ; R–CH–CH2–O– C–R / ; ║ ׀ ׀ O O – C–R // O – C–R // ║ ║ O O 315
Xolesterin efirlarining turli yog` kislotalari aralashmalaridan iborat bo`lgan lanolin mumlarga kiradi. Lanolin teri elastikligi, soch tolalari quvvatini oshiradi. Asalari mumi–spermatsetlar ushbu moddalar vakili hisoblanadi. 9.3. Sterinlar va steridlar Sterinlar kimyoviy qurilishi bo`yicha tabiatda keng
tarqalgan birikma siklopentanpergidro–fenantren halqasidan iborat
bo`lib, yuqori
molekulali siklik spirtdir. Ularning asosiy vakili – xolesterinni (grekcha ―holle‖ -o`t) XVII asrda E.Konradi o`t toshlaridan ajratib olgan.
Odam organizmida xolesterindan muhim ahamiyatga ega bo`lgan – o`t kislotalari, kortikosteroidlar, jinsiy gormonlar, D vitaminining oldi moddasi sintezlanadi. Undan tashqari xolesterin hujayra membranalari mustahkamligini oshirish bilan birga eritrositlarning gemolizga chidamliligini ta`minlaydi. Xolesterin molekulasidagi gidroksil guruhi yog` kislotasi bilan birikib, xolesterin efiri - xolesteridni hosil qiladi. Xolesterin va uning uzun zanjirli yog` kislotalari bilan hosil qilgan efirlari qon plazmasi lipoproteidlarining asosiy komponentlaridir. 316
Sterinlarni– yog` kislotalari bilan hosil qilgan efirlar birikmasi–steridlar ko`rinishida uchrashi mumkin.
Gliserolipidlar sinfiga tarkibida glitserin va yog` kislotalari tutgan lipidlar– yog`lar kiradi. Triglitseridlar( triatsilglitseridlar) ni yangi tavsifga ko`ra atsilglitserinlar sifatida qaraladi. Kimyoviy qurilishi bo`yicha triglitseridlar- glitserin (uch atomli spirt) va yuqori molekulyali yog` kislotalardan tashkil topgan murakkab efirlardir.
Agarda glitsеrinning hamma uchta gidroksil turkumlari yog` kislotalari bilan bog`langan bo`lsa – triglitsеrid (triatsilglitsеrid), ikkitasi bog`lansa – diglitsеrid (diatsilglitsеrid) va faqat bittasi bog`lansa monoglitsеrid (monoatsilglitsеrid) dеb ataladi. Glitserin. Bir qator neytral yog`larning spirtli komponenti hisoblangan glitserin – uch atomli spirtdir.Glitserinda asimmetrik uglerod atomi mavjud emas. Glitserinni yog` kislotalari bilan hosil qilgan efirlari mono-, di-, triatsilglitseridlarga bo`linadi. 317
Monoatsilglitserin Diatsilglitserin Triatsilglitserin
Agar triglitserid tarkibini bir xil yog` kislotalari tashkil qilsa - oddiy triglitseridlar, har xil yog` kislotalari kirsa, murakkab (aralash) triglitseridlar deb nomlanadi. Triglitseridlar tarkibi faqat to`yingan yog` kislotalardan tashkil topsa xona haroratida qattiq konsistentsiyaga (tristearin- mol yog`i tarkibida), to`yinmagan yog` kislotalardan iborat bo`lsa, suyuq holda (triolein - zaytun yog`i tarkibi) bo`ladi. Sariyog` aralash triglitserinlardan iborat. To`yinmagan yog` kislotalariga boy bo`lgan trigletsiridlarni amaliyotda qattiq yog`larga aylantirish mumkin. Bunda to`yinmagan bog`lar qaytarilishi natijasida to`yingan, qattiq holatga o`tadi. To`yinmagan yog` kislotalarining havo kislorodi ta`sirida oksidlanishi natijasida yog`lar taxir, achchiq ta`mga ega bo`ladilar. Normal hujayrada ushbu jarayon tarkibida vitamin E, turli fermentlar va askorbin kislotasi saqlagan maxsus antioksidant sistemalar bilan to`xtatiladi.
Murakkab lipidlarni oddiy lipidlardan farqi tarkibida lipid bo`lmagan komponent, masalan: fosfat va uglevod bo`lishi mumkin. Fosfolipidlar—turli xil organik spirtlar (gliserin, sfingozin, diol)ning fosfatli efirlaridir. Hamma fosfolipidlar qutbli lipidlar hisoblanib, ko`proq hujayra membranasida uchraydi.
318
Fosfolipidlar Fosfolipidlar tarkibidagi bitta gidroksil guruhi yog` kislotasi o`rniga fosfat kislota bilan efir hosil qilgan bo`ladi, masalan, fosfatid kislotasi. Fosfolipidlar molekulasi 2 qismdan iborat – qutbli zaryadlangan ―boshchasi‖ ( +, - ) va qutbsiz – 2 dumdan iborat. Hujayra membranalarida fosfolipidlar glikolipidlar bilan birgalikda membrananing lipidlar qo`sh qatlaminihosil qilishda qatnashadi. Bunda qutbli boshchalari gidrofil qismini, qutbsiz ―dumlar‖ esa qo`sh qatlamni gidrofob mag`izini tashkil qiladi.
Fosfolipidlar fosfolipaza fermentlari ta`sirida parchalanadilar. Fosfatid kislota organizmda kam miqdorda bo`lishiga qaramay fosfoglitsеridlar almashinuvida muhim oraliq mahsulot hisoblanadi.
Fosfolipidlar (diol fosfatidlar) –ikki atomli spirt unumlari bo`lib, bitta spirt guruhi yog` kislotasi qoldig`i bilan, ikkinchisi esa fosfat yoki qandaydir spirt qoldig`i bilan eterifikatsiyalanadi. Fosfolipidlar organizmda hujayra membranasi qurilishida ishtirok etib, uning funktsiyasini o`zgartirishi mumkin. Fosfolipidlar tarkibiga azot saqlovchi birikmalardan xolin, etanolamin, aminokislota – serin, va spirt – inozit kiradi. Ayrim fosfolipidlarning membranadagi miqdori 9.1-jadvalda keltirilgan. Fosfolipidlar sintezi asosan ular tarkibiga kiruvchi ko`p atomli
spirt ishtirokida amalga oshadi
– glitserofosfolipidlar va sfingofosfolipidlar. Yangi nomenklatura bo`yicha bu birikmalar glitserofosfolipidlar deb ataladi.
9.6. Glitserofosfolipidlar Glitserofosfolipidlar (fosfoglitseridlar) ning bitta gidroksil guruhi yog` kislota o`rniga fosfat bilan efir bog`ini hosil qiladi. Glitserofosfolipidlar fosfatid kislota
319
hosilalari bo`lib, ular glitserin, yog` kislotalari, fosfat kislotasi va odatda bironta azot tutuvchi birikmalardan tarkib topgan. Fosfatid kislotasining unumlari yoki fosfoglitseridlarning turlari quyidagilar: Fosfatid kislota → Fosfatidilxolin (letsitin); Fosfatidiletanolamin (kefalin); Fosfatidilserin;
Fosfatid kislota. Fosfatidilinozit;
Fosfatidilxolinlar. Fosfatidilxolin (letsitin) triglitserinlardagi uchta glitserin- ning bittasini gidroksil guruhi yog` kislotasi o`rniga fosfat kislota bilan, fosfat kislota o`z navbatida azot asosi –xolin [HO–CH 2 –CH 2 –N + (CH 3 ) 3 ] bilan efir bog` orqali bog`lanadi.
Fosfatidilxolin qon lipoprotеidlari tarkibiga ham kiradi. Xolin vitaminsimon modda sifatida moddalar almashinuvida nerv–mushak sinapslarida qo`zg`alishning o`tishini ta`minlovchi mediator – atsetilxolin sintezida manba xizmatini bajaradi. Xolin fosfolipidlar sintezi uchun ham zarur, jigarda esa yog` infiltratsiyasi (to`planishi) ga to`sqinlik qiladi. Fosfatidiletanolaminlar. Fosfotidiletanolaminlar (kefalin) strukturasi fosfatidilxolindan oxirgi azot asosi etanolamin [HO–CH 2 –CH 2 –N + H 2 ] bo`lishi 320
bilan farqlanadi. Fosfatidiletanolaminlar hujayra ichki mеmbranalari lipid qismini taxminan 20% ni tashkil etadilar.
Fosfatidilsеrinlar. Fosfatidilsеrinlar strukturasi lеtsitin va kеfalinlarga o`xshash bo’lib, uni birinchi marta qora mol miyasidan ajratib olingan, kеyinchalik boshqa to`qimalarda ham topilgan. Farqi sеrin fosfatidlari tarkibida azot asosi sifatida oksiaminokislota sеrin bor. Serin oqsil biosintezi va boshqa moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Fosfatidilinozitlar. Strukturasida asot asosi saqlamaydi. Bu guruhda uchinchi radikal (R 3 ) sifatida olti uglerodli siklik spirt – inozit bor. Fosfatidilinozitlar katta miqdorda bosh miyada, orqa miya nеrv tolalarining miyеlin qobig`ida, o`pkada, jigarda, shuningdek o`simliklarda ham uchraydi.
Kardiolipinlar. Glitserofosfolipidlarning o`ziga xos vakili kardiolipinlar – birinchi marotaba qora mol yurak mushaklaridan ajratib olingan. Kеyinchalik 321
ko`pchilik to`qimalarda ham borligi aniqlangan, ular to`qima lipid massasining 2- 5% ni tashkil etadi. Mitoxondriya mеmbranasining asosiy komponеnti ham ushbu fosfolipiddan iborat. Kardiolipinlarning to`liq funktsiyasi hamon aniq bo`lmasada, ularning immun xususiyatiga ega ekanligi ma`lum. 9.1–jadval Membranada ayrim fosfolipidlarning miqdori (umumiy lipidlar miqdoridan % da)
Fosfatidiletanolamin (kefalin) Fosfatidilxolin (letsitin) Fosfatidilinozit Fosfatidilsеrin Xolesterin Sfingomiyelin 11
18
10
9 30
14 15
31
7 13 24 8,5
80
– – – – –
9.7. Sfingolipidlar (sfingofosfolipidlar) Sfingomielinlar keng tarqalgan sfingolipidlar bo`lib, qurilishida glitserin o`rnida uzun zanjirli amino spirt sfingozin turadi. Sfingolipidlar membranalar tarkibidagi lipidlarning 2- chi muhim sinfidir. Ular qutbli ―boshcha‖ va qutbsiz ―dum‖ ga ega. Sfingozin yuqori molеkulali ikki atomli amino spirtdir.
322
Sfingolipidlar sfingomiеlinlar (sfingofosfatidlar) va glikosfingolipidlarga bo`linadi. Sfingomiеlinlar strukturasida qo`shimcha guruh sifatida fosfoxolin qatnashadi, glikolipidlarda esa fosfat guruhi yo`q. Sfingomiеlinlar nеrv tolalarida, bosh miyada, o`pkada, jigarda , buyrakda , qora taloqda, qon va boshqa a`zolarda ham uchraydilar. Qon plazmasida va eritrotsitlar qobig`ida nisbatan ko`p bo`lib, qondagi lipidlar umumiy miqdorini 18-15 % ni, eritrotsit qobig`ida esa 30-40 % ni tashkil qiladi.
Download 4.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling