Fermentlar va ularni ishlab chiqarish biotexnologiyasi reja: Fermentlar haqida tushuncha


Download 14.74 Kb.
bet2/6
Sana28.09.2023
Hajmi14.74 Kb.
#1689516
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fermentlar va ularni ishlab chiqarish biotexnologiyasi-fayllar.org

Fermentlar (enzimlar)


  • Yuqorida ta’kidlanganidek, kо‘p mikroorganizmlar katta miqdorda kultural muhitga chiqadigan fermentlar hosil qiladilar. Bu fermentlar asosan oqsil, kraxmal, sellyuloza, yog‘larni va boshqa suvda erimaydigan moddalarni parchalaydigan gidrolazalarga taalluqlidir. Bir qancha fermentlar faqat mikroorganizmlardagina uchraydi. Molekula holidagi azotdan ammiak hosil qilishda ishtirok etadigan nitrogenaza fermenti azotni о‘zlashtirish qobiliyatiga ega bо‘lgan bakteriyalardagina uchrashi aniqlangan.

Fermentlar (enzimlar)


  • Ayrim bakteriyalarning xarakterli xususiyatlaridan yana biri ularning anorganik substratlarni: ammiakni, nitritlarni, sulfid va oltingugurtni boshqa birikmalarini, va shunga о‘xshash ikki valentli temirni oksidlash qobiliyatidir. Bunday jarayonlarni amalga oshishi mikroorganizmlarda alohida fermentlarning mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bir qancha bakteriyalar va suv о‘tlari molekula holidagi vodorod hosil qilishi hamda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini olib boruvchi degidrogenaza fermentlari saqlashi aniqlangan.

Fermentlar (enzimlar)


  • Kо‘pchilik bakteriyalar ularga metan, metanol, metillangan aminlarni, uglerod oksidini va boshqa bir xil uglerodli birikmalardan substrat sifatida foydalanib, о‘sish va rivojlanishga yordam beradigan fermentlarni sintezlash qobiliyatiga ega. Atrof muhitni, uni ifloslantiruvchi bir qancha moddalardan tozalash mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan fermentlar hisobiga amalga oshiriladi, ular plastmassa, pestitsidlarni va boshqa zaharli murakkab birikmalarni oddiy tarkibiy qismga parchalab yuboradilar.

Fermentlar klassifikatsiyasi.

Fermentlar klassifikatsiyasi qabul qilingan klassifikatsiya tizimiga binoan hamma fermentlar olti sinfga bо‘linadi:


  • Oksidoreduktazalar;

  • Transferazalar;

  • Gidrolazalar;

  • Liazalar;

  • Izomerazalar;

  • Ligazalar (sintetazalar).

Download 14.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling