Fermentlar. Fermentlar va ularning turlari. Fermentlarning sinflanishi


Download 1.09 Mb.
bet1/5
Sana25.10.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1720202
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-MAVZU BIOKIMYO


FERMENTLAR. FERMENTLAR VA ULARNING TURLARI. FERMENTLARNING SINFLANISHI

Fermentlar kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi biologik katalizatorlar bo’lib, tabiatiga ko’ra eng yuqori darajada takomillashgan oqsil moddalardir. Ular xujayra, to’qima va turli organizmlarning hayotiy jarayonlarining asosi bo’lgan minglab kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi. Bu guruh moddalarga, ya’ni biologik katalizatorlarga ferment nomi berilishi yoki ularni ikkinchi nomi enzim deb atalishi bijgish jarayonlarining ochilishi bilan bogliq.

  • Fermentlar kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi biologik katalizatorlar bo’lib, tabiatiga ko’ra eng yuqori darajada takomillashgan oqsil moddalardir. Ular xujayra, to’qima va turli organizmlarning hayotiy jarayonlarining asosi bo’lgan minglab kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi. Bu guruh moddalarga, ya’ni biologik katalizatorlarga ferment nomi berilishi yoki ularni ikkinchi nomi enzim deb atalishi bijgish jarayonlarining ochilishi bilan bogliq.
  • Fermentlar haqidagi ta’limot alohida fan – enzimologiya faniga aylangan.
  • Reaksiyalarning tezligini boshqa bir moddalar ta’sirida o’zgartirishi kataliz deyiladi. Tirik organizmda xuddi shunday jarayon biokataliz deb ataladi.

FERMENTLAR ASOSAN 2 SINFGA BO’LINADI
BIR KOMPONENTLI FERMENTLAR- katalitik hususiyatga ega bo’lgan oqsil molekulasidangina hosil topgan fermentlar. Bir komponentli fermentlarda aktiv markaz rolini bajarishda ayrim aminokislotalar qoldigi ishtirok etadi.
IKKI KOMPONENTLI FERMENTLAR- oqsil kismdan (apofermentdan) va oqsil bulmagan (prostetik gruppadan) qismdan tashkil topgan fermentlar ishtirok etadi. Ko’pchilik fermentlarni aktiv gruppalari tarkibiga vitaminlar kiradi. Bu ferment vodorod peroksidni parchalash reaksiyasida ishtirok etadi.

Ayrim tur kofermentlar vakillari-

  • 1. Nikatinamidli kofermentlar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida keng ishtirok etuvchi kofermentlar. Bularning asosiy vakili NAD va NADF.
  • 2. Flavinli kofermentlar, flavinmononukleotid-fmn va flavinadenindinukleotid-fad hisoblanadi. Bular nafas olish zanjirida vodorod va elektron bilan ta’minlash.
  • 3. Lipoat kislota,- bular o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarda keng tarqalgan bo’lib, asosiy vazifasi ketokislotalarning oksidlanishli dekarboksillanish reaksiyasini katalizlashdan iborat.
  • 4. Glutation,- keng tarqalgan tabiiy peptidlardan hisoblanadi. Bunda sisteinning sulfigidril (SH) gruppasi katalitik gruppa rolini o’taydi. U oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarini katalizlaydi.
  • 5. Koferment A, (koa) moddalar almashinuvida keng miqyosda ishtirok etadigan kofermentlardan hisoblanadi.
  • 6. Vitaminli kofermentlar, - ya’ni fermentlarga ba’zi bir vitaminlarning birikib, shu fermentning katalitik aktivligini oshishiga xizmat qiladi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling