Fermentlar. Fermentli kataliz nazariy asoslari. Ferment-substrat kompleks
tushunchasi. Fermentlarning aktiv markazi haqida tushuncha. I va II
komponentli fermentlar.
Fermentlar kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi biologik katalizatorlar
bo’lib, tabiatiga ko’ra eng yuqori darajada takomillashgan oqsil moddalardir. Ular
xujayra, to’qima va turli organizmlarning hayotiy jarayonlarining asosi bo’lgan
minglab kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi. Bu guruh moddalarga, ya’ni
biologik katalizatorlarga ferment nomi berilishi yoki ularni ikkinchi nomi enzim
deb atalishi bijgish jarayonlarining ochilishi bilan bogliq.
Peterburg FA haqiqiy a’zosi K.S. Kirxgoff 1814 yili unayotgan arpa doni
(solod)dan olingan ekstrakt ta’sirida kraxmalni qandlashib, maltozaga aylanishini
ko’rsatgan. 1883 yili Payon va Perso arpa doni ekstraktidan spirt bilan cho’ktirish
orqali kraxmalni qandga aylantiruvchi diastaza (amilaza) fermentini ajratib
olishga sazavor bo’lgan. 1926 yilda J. Samner tomonidan toza kristall modda