spektrofotometrik, kolorimetrik va boshqa usullar bilan oson aniqlash mumkin.
Fermentlarni foydalanishda ularni maxsus adsorbentlarga boglash katta
ahamiyatga ega, bu esa ferment uzoq vaqt aktivligini yo’qotmasligiga, reaksiya
maxsulotini oson ajratib olishga imkon beradi. Bunday boglangan ferment
immobilizasiya qilingan ferment deb ataladi. Bunda fermentlar sanoatning ayrim
tarmoqlarini rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega bo’lib, ulardan qayta-qayta
foydalanish imkonini beradi. Ko’pincha fermentlarni immobilizasiya qilishda
sellyuloza va dekistrin hosilalari, agaroza, poliakrilamid gellar, oddiy kvars va
boshqalar ishlatiladi.
Fermentlar molekulasi bitta, ikkita yoki undan ortiq polipeptid zanjiridan
tashkil topgan bo’ladi. Ulardagi har bir polipeptid zanjir o’ziga xos birlamchi,
ikkilamchi va uchlamchi strukturaga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |