Absolyut spetsifiklik. Agar ferment faqat bitta substratning parchalanish
yoki hosil bo’lish reaksiyasini katalizlasa, bunda u absolyut spetsifiklikka ega
bo’ladi. Masalan: ureaza fermenti bitta moddaning -karbamidning karbonat
angidrid va ammiakkacha parchalanish reaksiyasini katalizlaydi. Ureaza hatto
mochevina hosilalariga ham ta`sir ko’rsatmaydi.
Absolyut guruhviy spetsifiklik. Bu xildagi fermentlarning mohiyati
Shundan iboratki, ular bir-biriga o’xshash tuzilgan birikmalarga ta`sir etadi.
Masalan: alkogoldegidrogenaza, asosan etil spirtiga ta`sir etadi, lekin
tarmoqlanmagan zanjirli yuqori molekulyar boshqa spirtlarga ham ta`sir ko’rsatishi
mumkin.
Nisbiy guruhviy spetsifiklik. Bunday spetsifiklikka ega bo’lgan
fermentlar substrat strukturasiga befarq bo’lib, faqat ular tarkibidagi kimyoviy
bog`lar xiliga qarab o’z ta`sirini ko’rsatadi. Masalan, pepsin, tripsin oqsil
molekulasidagi peptid bog`larni gidrolizlaydi:
Stereokimyoviy spetsifiklik. Bu xildagi spetsifiklikni faqat optik jihatdan
faol bo’lgan moddalarda kuzatiladi. Moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok
etadigan ko’p tabiiy organik birikmalar optik jihatdan faol bo’ladi va organizmda
biror-bir stereoizomer sifatida uchraydi. Agar reaktsion muhit ikki xil izomerdan
tashkil topgan aralashmadan iborat bo’lsa, stereokimyoviy spetsifiklikka ega
bo’lgan ferment ta`sirida faqat substratning yarmi parchalanadi. Masalan:
proteolitik fermentlar, odatda faqat L-shakldagi aminokislotalardan tashkil topgan
peptidlarni parchalaydi. D-shakldagi aminokislotalarga esa ta`sir etmaydi. Shunga
o’xshash, laktatdegidrogenaza fermenti ham L-laktat kislotaning oksidlanish
reaksiyasini katalizlaydi, D-shakldagi kislotaga ta`sir etmaydi.
Shunday
qilib,
fermentlarning
spetsifikligi
ularning
eng
asosiy
xususiyatlaridan biridir.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Biokataliz tushunchasini ta’riflang?
2. Fermentlarning ahamiyati nimada?
3. Immoblizatsiyani tushuntiring?
4. Fermentativ kataliz nazariyasini tushuntiring?
5. Bir va ikki komponentli fermentlarning farqi nimada?
6. Aktivator va ingibitor tushunchalariga ta’rif bering?
7. Fermentlar aktivligining o‘lcham birligi ?
8. Kofermentlar nima?
9. Fermentlarning aktiv markazlari nima?
10. Gomogen va geterogen kataliz nazariyasini tushuntiring?
11. Biokatalizatorlarni anorganik katalizatorlardan farqi nimada?
12. Fermentlarnin ajratib olishda qanday usullardan foydalaniladi?
Ma’ruza bo‘yicha nazorat ishlari uchun «tayanch» so‘z va iboralar.
1. Biokataliz, 2. Ferment, 3. Substrat, 4. Fermentning aktiv markazi, 5. Bir
komponentli fermentlar, 6. Ikki komponentli fermentlar, 7. Apoferment, 8.
Aktivator, 9. Ingibitor, 10. Kataliz, 11. Ferment aktivligi, 12. Aktiv markaz, 13.
Immoblizatsiya, 14. Spektrofotometriya, 15. Dekistrinlar, 16. Diastaza (Amilaza).
17. Immoblizatsiya, 18. Biokatalizatorlar. 19.Gomogen va geterogen kataliz, 20.
Koferment.