«fizikа» fаnidаn o’quv uslubiy majmua


Hromosfera va uning obyektlari


Download 1.9 Mb.
bet63/71
Sana13.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1354618
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71
Bog'liq
Информатика учун УМК

Hromosfera va uning obyektlari
Xromosfera Quyosh atmosferasining o’rta qatlami bo’lib qalinligi 12-15 ming kilometrga yaqin. Xromosfera (“xromos” – yunoncha rangli) nurlanishi fotosferaga nisbatan juda kuchsiz bo’lib, asosiy nurlanish bir nacha kuchli spectral chiziqlarning to’lqin uzunliklaridagina kuzatiladi.
Xromosferada tabiatan bir-biridan farqlanuvchi quyidagi obyektlar kuzatiladi: spikulalar, flokkulalar, protuberanetslar va chaqnashlar.
Spikulalar- xromosferadagi o’lchamlari nisbatan kichik obyektlardir. Ular o’tkir uchli konus ko’rinishida bo’lib, o’qi Quyosh radiusi bo’ylab yo’naladi. Spikulalar Quyosh diski chetida, arrani eslatuchi tishli aylana ko’rinishida uni chegalaydi. Spikulalarning balandligi bir necha ming km gacha, asosining diametri esa ming kilometrgacha boradi. Spikulalar uzoq vaqt yashamaydi va hayotning so’nggida sekundiga 20-40 kilometr tezlik bilan Quyosh atmosferasining tashqi toj zonasigacha ko’tarilib, ko’pchiligi u erda yo’qoladi va qisman xromosferaga qaytadi. Binobarin, xromosferaning Quyosh toji bilan modda almashinuvi asosan spikulalar vositasida amalga oshadi. Spikulalarning yashash davri 2-5 minutdan oshmaydi.
Ma’lum bo’lishicha, aktiv zonalarda (magnit maydonli) spikulalar aniq bir yo’nalish bo’yicha yotib, ularning dinamikasi ham bir hil kechadi. Spikulalar xromosfera panjarasi deyiluvchi yirik strukturani hosil qiladi. Mazkur struktura, fotosfera ostidagi to’lqin harakati tomonidan vujudga keltiriladi deb taxmin qilinadi.
Flokkulalar- xromosferasining fotosfera mash’allari ustidagi sohalari bo’lib, ular ham mash’alar kabi ravshanligi bilan ajralib turadi. Faqat ionlashgan kalsiy (K va H) va H α chiziqlariga mos to’lqin uzunliklaridagi nurlarni o’tkaza oladigan filtrlar orqali olingan spektrogeliogrammmalar balandlik ortgan sayin xromosfera flokkulalari ravshanliklarining ortishini ko’rsatadi. Kalsiy va vodorodli flokkulalar ravshan ko’runishining sababi flokkulalar egallagan maydonning temperaturasi, atorf xromosferaga nisbatan yuqori bo’lishidadir.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling