«fizikа» fаnidаn o’quv uslubiy majmua


Download 1.9 Mb.
bet65/71
Sana13.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1354618
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71
Bog'liq
Информатика учун УМК

Quyosh toji. Toj Quyosh atmosferasining sirtki qismi bo;lib, balandligi turli radial yo’nalishlarda turlicha bo’ladi. Ayrim radial yo’nalishlarda Quyosh tojining balandligi 10 million kilometrgacha yetadi. Tojning ravshanligi Oyning to’linoy fazasidagi ravshanligiga ham yetmasligi tufayli, uni oddiy ko’z bilan ko’rishning iloji yo’q. Asrlar davomida Quyosh tojini faqat Quyosh to’la tutilgandagina kuzatilgan. XX asrning o’rtalariga kelib, Fransiyalik olim Lio yaratgan koronagraf yordamida Quyosh tojini tutilishlarsiz ham kuzatila boshladi. Koronagraf – oddiy refraktorda yasalgan Quyosh tasvirini “sun’iy oy” bilan to’sish va so’ngra interferension – polyarizatsion filtrdan (IPF) o’tkazish orqali ma’lum to’lqin uzunligida tojning tasvirini olishga imkon beruvchi maxsus teleskopdir. Bunda “sun’iy oy” konus sirtli, asosining diametric refraktor yasagan Quyosh tasvitining diametriga teng bo’lgan ko’zgu bo’lib, u yordamida Quyoshning fotosfera bilan chegaralangan tasviriga tegishli nurlar teleskop trubasidan tashqariga chiqarib yuboriladi. Quyosh diski atrofidagi tojning tasviri IPF ga tushadi. Bu filtr toj spektridagi ravshan spectral chiziqlardan birining to’lqin uzunligiga mos qilib yasaladi. Agar toj spektrini olish zaruriyati tug’ilsa, IPF o’rniga spektrograf o’rnatiladi.
Yerda kuzatiladigan ko’plab fizik va biologic hodisalarning kechishi, xususan, iqlimning o’zgarishi, xilma – xil kasalliklarning davriy ravishda takrorlanishi, ionosferadagi hodisalar, Yer magnit maydoni “bo’ronlari” va kosmonavtlar uchun radiatsiya xavfining tug’ilishi – bularning hammasiga Quyoshda ro’y beradigan turli aktiv jarayonlar sababchi ekanligi faqat fanga bog’liq.
Bir –biridan 150 million kilometr uzoqlikda turgan bu ikki osmon qismi orasidagi bog’lanishni qanday tushuntirish mumkin., bu katta masofada vositachi rolini nima o’ynaydi, degan savol tug’iladi.
Yerda Quyosh hayot manbai ekanligi va bunda uning nurlari yorituvchi va issiqlik manbai ekanligi ma’lum. Keyingi yillarda Quyosh elektromagnit to’lqinlarining ko’zga ko’rinmaydigan qisqa to’lqinli diapazonlarida ham yetarlicha intensive nurlanish borligi aniqlandi. Bu nurlar ultrabinafsha, roentgen va qisman gamma nurlari bo’lib, Quyoshdagi aktiv hodisalar, bu nurlar intensivligining ortishida asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Quyosh shamoli oqimining intensivligi Quyosh aktivligining fazasiga mos ravishda o’zgarib boradi. Quyoshdan kelayotgan korpuskulyar zarrachalar, radiatsion nurlar intensivligining bu xilda o’zgarib turishi Quyoshning aktivlik darajasiga bog’liq bo’lib, dog’lar sonining o’zgarib turishi bilanbir xilda kechadi.
Quyosh aktivligi va epidemic kasalliklar orasidagi bog’lanishni o’rganishda rus olimi professor A.L. Chijevskiyning hissasi katta. U keng tarqaladigan o’lat, vabo, qaytarma tif, bo’g’ma kabi epidemik kasalliklarni o’rganib, ularning boshlanishi, rivojlanishi va tugashi Quyosh aktivligiga mos kelishini aniqladi.Olimlardan R.P. Bogacheva va V.M. Boykolar esa oxirgi bir necha o’n yillik davr mobaynida Riga va O’zbekistonda poleomiyelit kasalliklari dinamikasini o’rganib, bu kasalliklarning avji Quyosh aktivligi fazasiga juda mos kelishini topishdi.
Ma’lum bo’lishicha, Quyosh shamoli Yerga yetib kelgan kunlari avtomobillar bilan yuz beradigan halokatli hodisalar oddiy kunlarga nisbatan 3-4 baravar ortiq bo’lar ekan
Nazorat savollari:
1. Quyosh haqida qanday umumiy ma’lumotlarni bilasiz?
2. Quyosh atmosferasi qanday qatlamlardan iborat.
3. Quyosh dog’larining paydo bo’lish mexanizmi qanday?
4. Quyosh toji nima ?
5. Protuberanetslar nima?
6. Quyosh tojining balandligini uning radiusi bilan solishtiring.
7. Xromosfera chaqnashlari qanday jarayon?
8. Chaqnashlar Quyosh dog’lari bilan qanday bog’langan?
9. Quyoshning ichki tuzilishi qanday?
10. Quyosh aktivligi undagi qaysi obyektlarning soniga nisbatan belgilanadi?
11. Quyosh aktivligining o’rtacha davri qanday?
12. Quyosh aktivligi Yer atmosferasidagi qanday hodisalarda o’z aksini topadi.
13. Quyosh aktivligi Yerdagi biologic hodisalarga qanday ta’sir etadi?

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling