«fizikа» fаnidаn o’quv uslubiy majmua


Download 1.9 Mb.
bet64/71
Sana13.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1354618
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
Bog'liq
Информатика учун УМК

Protuberanetslar- xromosfera gardishining chekka qismlarida limb chegarasidan bir necha yuz ming kilometrgacha ko’tarila oladigan “olovli tillar” dir. Ular turli formalarda, xususan pichan g’arami, halqasimon shakllarda bo’lib, ko’pincha Quyosh sirtiga perpendikulyar bo’ladi. Protuberanetslarning asosi xromosferada yotib, uch qismi Quyosh atmosferasining toj qismigacha boradi. Protuberanetslarning temperaturasi 20000 K ga yaqin.
Protuberanetslar fizik tabiatiga ko’ra uch guruhga bo;linadi: sokin, aktiv va eruptive.
Sokin protuberanetslar vaqt o’tishi bilan shaklini deyarli o’zgartirmaydi va uzoq vaqt yashay olishi bilan boshqalardan farq qiladi. Bunday protuberanetslar vaqt davomida o’z ravshanligini ayrim uchastkalaridagina o’zgartirib, ichki harakat bilan chegaralanadi.
Aktiv protuberanetslar asosan Quyosh dog’lari bilan bog’langan bo’;ib, uzluksiz turli harakatlarda ishtirok etadi. Ba’zan ular ma’lum kanal bo’ylab xromosferadagi “tortishish markazi” deb yuritiladigan nuqtalarga tomon harakatlanadi.
Eruptiv protuberanetslar ga xos xususiyatlardan biri – ular kutilmaganda va katta tezlik bilan tartibsiz harakatda bo’lishidadir. Bunday protuberanetslarlarning harakat tezligi sekundiga 500 dan 1000 kmgacha bo’ladi. Aktiv protuberanetslarlarning aksariyati murakkab Quyosh dog’lari bilan bog’langan.
Xromosfera chaqnashlari. Chaqnashlar asosan aktiv sohalarda kuzatiladi. Bu ob’yektlar juda murakkab bo’lib, chaqnash jarayoni , quvvati jihatdan minglab vodorod bombasi portlaganda ajraladigan energiyasiga teng. Chaqnash davomida Quyoshdan yulduzlararo bo’shliqqa millionlab tonna korpuskulyar zarrachalar oqimi sekundiga 500 ÷ 1000 km tezlik bilan otiladi. Chaqnash kuzatiladigan joyda ultrabinafsha, roentgen va radiodiapazonda nurlanish bir necha martaga ortadi. Chaqnashlarning eng kuchlilari kuzatilganda, ular asosan protonlardan iborat kosmik nurlar bilan nurlanishi ma’lum bo’ladi.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling