Fizikadan praktikum
Download 104 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- N.X.ULUG‘MURODOV 0 ‘ZBEK IST0N RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
- V NI SHINVHSI ROM” I и l i k e ill — 2 0 15
- 1.1. Laboratoriyada ishlash qoidalari
- 1.2. Laboratoriyada ishlash vaqtida rioya qilinishi kerak bo‘lgan ehtiyot choralari
- 1.3. Talabalarning laboratoriya ishini bajarishdagi vazifalari
- 2. 0 ‘LCHASH VA 0 ‘LCH0V ASBOBLARI 2.1. Xatoliklar haqida tushunchalar
N.X.ULUG‘MURODOV 0 ‘ZBEK IST0N RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI N.X. ULUG‘M URODOV FIZIKADAN PRAKTIKUM Qayta ishlangan va to'ldirilgan ikkinchi nashri 0 ‘zbekistnn Respublikasi Oliy vao'rta maxsus ta ’lim vazirligi farmatsevtika va tibbiyot institution talabalari uchun о ‘quv qo ‘llanma sifatida tavsiya etgan f чтщГ V NI SHINVHSI ROM” I и l i k e ill — 2 0 15 IЮ К: 53:004 (076.5) КПК: 22 3 U 50 N.X.UIug‘murodov I'isikadan praktikum. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va/.irligi. —Т.: “VNESHINVESTROM” nashriyoti, 2015. —352 b. Taqri/.chilar: S. YULDASHEV — biologiya fanlari doktori, professor; U.ABDURAXMONOV — fizika-matematika fanlari doktori, professor; X.M. KOMILOV — farmatsevtika fanlari doktori, professor. IJshbu qo'llanma farmatsevtika vatibbiyot institutlarining Fizikadan namunaviy dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda talabalarning umumiy fizikadan bajarishlari lozim bo‘lgan laboratoriya ishlarining nazariy qismi bajarish tartibi, ayrim tavsiyalar, «BASIC» va «EXSEL» tillarida natijalami hisoblash dasturlari berilgan. Qo'llanma, asosan, farmatsevtika va tibbiyot institutlarining talabalariga mo'ljallangan bo'lib, undan boshqa barcha oliy o ‘quv yurtlari va kollejlarning talabalari ham foydalanishlari mumkin. UO‘K: 53:004 (076.5) KBK: 22.3 U50 ISBN 978-9943-4235-3-4 © “VneshlnvestProm” nashriyoti, 2015-y. M a’lumki, barcha tabiiy fanlar singari fizika fani ham tabiat hodisalarini o'rganadi. Tabiat hodisalaridan esa ishlab chiqarish- ning samaradorligini oshirishda, fan va texnika yutuqlarini xalq xo'jaligining turli tarm oqlariga joriy qilishda keng ko‘]amda foydalaniladi. Fizika fanini o'rganishda laboratoriya ishlarini bajarish muhim o ‘rin egallaydi. Talabalar laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida: o ‘z biiimlarini oshirishlari, olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashlari, fizikaning asosiy tushunchalari va qonunlarini chuqurroq tushunish ham da anglab olishga eri- shishlari, amaliy masalalami yechish malakalari va ko'nikm ala- lini hosil qilishlari, fizik asbob ham da qurilmalar, shuningdek, o'lchov asboblari bilan ishlashni ham da tajriba natijalarini ishlab chiqishni o'rganishlari lozim. Talaba laboratoriya ishlarini bajarishga aw aldan tayyoigarlik ko'rishi, buning uchun esa u qisqa vaqt ichida ishning tavsifi I>i1 .111 tamshib. har bir mavzuga tegishli savollarga javob yozishi, sliiinin^cIcK, *hni bajarishda foydalaniladigan adabiyotlar bilan l.inislitshi lo/im. Hu esa ulardan qisqa vaqt ichida katta hajmdagi iia/ariy m alcnalni o'zlashtirishni va ko‘p vaqt talab etadigan laboiatoriya ishlarini b;ij;mshda olingan natijalarga matematik ish- lov berish kabi hisoblash ishlarini bajarishini taqozo etadi. Buni e ciborga olgan holda o'quv jarayonida EHM ning qo'llanilishi, olgan bilimlari va malakalari ning sifatini oshishiga ham da ko'piab vaqtni tejalishiga olib kcladi. Shu bilan biiga, EHM bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilib, mavjud boMgan standart dasturlardan foydalanish iinkoniga ega bo‘ladi. Ushbu qo‘llanma «Umumiy fizika» va «Tibbiy biologik fizika, mformatika va tibbiyot qurilmalari kursi» fanlarining dasturlari asosida yaratilgan bo‘!ib, unda mexanika asoslariga oid 9 ta, molekular fizika va term odinam ika asoslariga oid 8 ta, elektr, optika, atom va yadro bo ‘limlariga oid 12 ta va biofizikadan 8 ta laboratoriya ishlari berilgan. H arb ir laboratoriya ishining nazariy qismi, bajarilish tartibi, olingan qiymatlaiga ko‘ra hisoblash algoritmi va dasturi keltirilgan. Bunaan tashqari, qo‘!lanmada oMchash xatoliklari haqidagi m a’lumotlar, jadvallar va laboratoriya ishlariga doir ko‘rsatma ham da qoidalar bayon qilingan bo ‘lib, talabalar har bir hisoblashni qo‘shim cha adabiyotlarsiz to ‘liq bajarishlari mumkin. Q o ‘l l a n m a d a n foydalanishning sam aradorligini oshirish maqsadida ilovada ayrim mavzularda pedagogik iexnalogiyalami qo'llash va glossariy namuna tariqasida keitirildi. Hozirgi vaqtda mavjud adabiyotlam ing ko‘pchiligi kirill alif- bosida bo‘lganligi, o'zbektilidagi adabiyotlaming yetishmasligi va ular farmatsevtika instituti o ‘quv dasturini to'liq qanoatlantir- masligi sababli ushbu qo‘llanma talabalam i yuqorida zikr etilgan dastur talablari darajasida o'zlashtirishga erisnishlarida ko‘mak- dosh bo‘ladi, degan umiddamiz. Q o‘llanma bilan tanishib chiqib, qimmatli maslahatiari bilan uning sifatini yaxshiiashga o‘z hissalarini qo‘shganliklari uchun Toshkent farmatsevtika instituti fizika, m atematika va axborot tcxnoiogiyalan kafedrasi o‘qituvchilariga o ‘z minnatdorchiligim - ni bildiraman. QoMlanma haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildiigan kitobxon- larga m uallif oldindan o ‘z m innatdorchiligini izhor etadi. M uallif 1.1. Laboratoriyada ishlash qoidalari Fizika laboratoriyasida ishlash vaqtida quyidagi qoidalarga rioya qilish short: 1. Q o‘llanmadagi tegishli nazany qisrnni o'qib chiqing va la boratoriya ishining mazmuni bilan tanishing. 2. Tajriba uchun kerak bo'lgan narsalar: idishlar, asboblar, tarozi va uning toshlari, term om etr, tekshiriladigan jism mav- judligini aniqlamaguncha tajribani boshlamang. 3. Tajriba o'tkazisn jarayonida ishning qo’llanmada ko‘rsatil- gan tartibi va ketma-ketligiga rioya qiling. 4. Hamma ehtiyot choralai^a rioya qiling (shisha idishlar bilan ishlaganda, term om etrlar, si mob, denaturat va etil spirtlari, elektr tokidan foydalanganda). 5. OMchash ishlari tugatilgandan keyin ish o ‘m ini tartibga kelriring. 6. Kuzatilgan barcha hodisalaming natijalarini yoziboling. 7. Daftaringizga ish o ‘tkazilgan kurmi, mavzuning nomini, ishning m azrnunini, kuzatisn natijalarini yozing. 8. ОЧсЫвН ishlari tugatilgach, o'qituvchi yoki laborantdan olingan asboblarni aaytarib topshirishni unutmang. 1.2. Laboratoriyada ishlash vaqtida rioya qilinishi kerak bo‘lgan ehtiyot choralari Qo'ilanmada keltirilgan laboratoriya ishlarining deyaiii hammasida qizdirish asbob: sifatida elektr plita ishlatiladi (200—300W). Plita bilan ishlashdan oldin uning yeiga ulanganligini tekshirib ko'rish, metall koфusning qizdirish spiraliga tegmayotganligini, umuman plitaning biror joyida qisqa tutashuv yo'qligini tekshirib ko'rish kerak. Yuqoridagi talablarga rioya qilish bilan biiga plitani elektr tarmog‘iga o ‘qituvchi ruxsat beigandan so‘ng ulash mumkin. Laboratoriya ishlarini bajarishda asosan simobli va spirtli term om etrlar ishlatiladi. M a’lumki, simob va texnik spirtlar za- harli bo ‘lib, odam organizmi uchun xatarlidir. Shuning uchun term om etrlar sinib, simob to'kilib ketsa, darhol o“qituvchi yoki laborantga murojaat etib, urn zararsizlantirish choralarini ko'rish zarur. Har xil zaharli suyuqliklar (denaturat, etil spirti, toluol va boshqalar) bilan ishlanganda ham ehtiyot bo ‘lish, ya’ni ular- ning bcxosdan to ‘kilib ketishiga yo‘l quymaslik, idishlarning og‘zi doirno berk turishi kerak. Bulardan tashqari, laboratoriya ishlarining deyarli ham m asi shisha idishlarda bajariladi. Bunday shisha idishlar haroratning keskin o ‘zgarishiga odatdagi shisha idishlarga qaraganda yaxshi chidaydigan bo‘ladi. Eng ko‘p ishlatiladigan shisha idishlar pro- birka, stakan, yum aloq tubli kolba. yassi tubli kolba, konus- sim on kolbalari va h ar xil voronkalardir. Shisha idishlar qizdi- rilayotganda sinmasligi uchun ular asbestlangan metall lo ‘rlar ustiga q o ‘yiladi. Shisha idish va asboblar bilan ishlab b o ‘lgan- dan keyin ulam i yaxshilab tozalab yuvib q o ‘yish kerak. Shisha asbob va idishlar avval oddiy suv, so‘ngra distillangan suv b i lan yuvilgani m a’qul. Agar idish yoki asbob juda iflos b o ‘lsa, u holda bu idish ozgina xlorid kislota qo‘shilgan suv bilan yoki xrom aralashm asi (kaliy bixrom atning sulfat kisloiadagi erit- masi) bilan yuviladi. Qattiq qizdirilgan shisha idishm o‘sha zahoti sovuq stolga yoki tem ir shtativ tagligiga q o ‘yish va sovuq suvga tekkizish yaramaydi. Ichida qaynab turgan suvi bor kolbani sovuq suvga botirish yoki vodoprovod jo ‘mragi ostida sovitish mumkin. Bunda kolbaning suyuqlik tegmay turgan qismiga suv sachramasligi kerak. 1.3. Talabalarning laboratoriya ishini bajarishdagi vazifalari Talaba tom onidan laboratoriya m ashg'ulotining bajarilishi- dan ko'zda tutilgan maqsad, unga fizik qonunlar va ularning obyektivligi to ‘g‘risioa tasavvur hosil qilish, fizik qonunlarning aniqligiga va bu aniqlikning qaysi qonunda qay sharoitda to ‘g‘ri!i- giga ishonch va ko‘nikma hosil qildirishdan iboratdir. M a’ruza jarayonida barcha hodisalarni tajribada ko‘rsatish imkoniyati bo ‘lmaydi, shuning uchun bu hodisalarni faqat laboratoriya sha- roitida kuzatish mumkin. Talaba laboratoriyada fizik o ‘lchashlar- ning asosiy m aqsadlari bilan tanishadi va elem entar ko'nikm a- lar hosil qiladi. Bu esa kelgusida mutaxassislik fanlarini o ‘zlashti- nshda, ishlab chiqarish amaliyotlari va m ehnat faoliyatlarida olgan b ilim larini tatb iq etishda q o ‘l keladi. Talaba laboratoriya mashg‘ulotlari davrida eng ko‘p tarqalgan o lc h o v asboblari- ning tuzilish va ishlash prinsipi bilan tanishadi; tajribaning son qiymatlari bilan ishlab, ulam i ishlab chiqib, qonunlar, hodisa- larning to ‘g‘ri-n o to ‘g‘riligini aniqlash kabi m uhim tekshirish- lami o ‘rganadi. Bularning ham m asi talabani mustaqil ishlash- ga. elem entar tajribalar o'tkazishda, eng optimal yechim lam i topishga o ‘rgatadi. Biror amaliy ishning talaba tom onidan m u- vatTaqivatli bajarilishining asosiy garovi uning nazariv tayyor- garligining mukammalligiga bog‘liqdir. Talaba o'ziga topshirilgan individual m ashg'ulotning nazariy qismini uyda tegishli adabi- yotlardan puxta o ‘zlashtirib, so'ngra tajribada qo‘llay olsa yaxshi n;ili|:i bcradi. I aboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlikning m uhim hosqiclilaridan biri har bir amaliv ishni bajarishdan oldin bu ish bilan tauishib olishdir. Har bir ishni bajarishdan oldin uning tavsitlni diqqat hi Ian o'qib chiqish, bu ishning maqsadi va asosiy vayifasi nimadan iborat ekanligini tushunib olish, ishning ham ma bosqichlarini bajarish tartibini yaxshi bilib olish kerak. Tajribada ishlatadigan qurilma va asboblarni mukammal o ‘iga- nib, ular bilwi muoinala qilishni bilgandan so'nggina ishga kiri- shishi zanir. Agar ishda elektr o ‘lchov asboblari ishlatilsa (amper- metr, voltm etr va boshqalar), ularni ishdan chiqarib qo‘ymaslik uchun a w a l ularn in g sistem asini, klassini, shkalalarining o'lchash qiym atiarini va o ‘lchash diapazonlarini mukammal o'rganish lozim. Talaba har bir ish bilan tanishgandan so‘ng aw al qo‘lianma, beriladigan adabiyot va vazifadan o ‘z daflariga qisqacha konspekt olib qo‘yishi zarur. Konspektga quyidagilami yozib qo‘yish shart: ishning nomi, zarur asbob-uskunalar, ishning asosiy maqsadi, hisoblash formulalari, qurilmaning sxemasi. ishning bajarilish tartibi, amaliy ishda aniqlangan miqdorlar, yoziladigan jadval, ish natijalarini yakunlash tartibi, xulosalar, nazorat savollar. Ishning mazmuni bilan tanishishda ba’zan nazariy material yoki ishni o ‘tkazishga oid ayrim savollar hosil bo‘lishi mumkin. Bunday savollarni ishni bajarishga kirishishdan oldin o ‘qituvchidan so‘rab yoki qo‘shimcha adabiyot yordamida hal qilib olish kerak. Amaliy ishni bajarishga kirishishdan oldin qo‘llanmada ko'rsa- tilgan zarur vosita va asboblaming ish stolida mavjudligini tekshirib olish lozim. Shundan so‘ng asboblarning tuzilishi va ishlash i bilan hamda ularni ishlatish qoidalari bilan yaxshilab tanishish kerak. Har qaysi asbobning vazifasi va texnik xarakteristikasi aniqlan- gandan keyin amaliy ishga kirishiladi. Ishni osonlashtirish uchun, a w a l, sxemaga mos holda barcha o ‘lchov asboblari va ap p aratlarn i ish stolida joylashtirgan m a’quldir. Agar elektron sxema bo ‘lsa, ularni ketma-ket birika- digan joyidan boshlab. tok manbayining bir qisqichidan ikkinchi qisqichiga tom on boradigan zanjir tartibida tuzgan m a’qul. Zan- jirning ketm a-ket keluvchi qismlari (iste’molchilar, am perm etr, reostatlar va boshqa asboblar) ulanadi. Sxema yig'ib bo'lingach, u yana bir marta diqqat bilan tekshirib chiqiladi va o ‘qituvchiga ko‘rsatiladi. 0 ‘qituvchi ham tekshirib, ulashga ijozat bergandan so'ng elektr zanjiriga ulanadi va natijalar olinadi. N atijalar olish q o ‘llanm adagi ishning bajarilish tartibi b o ‘yicha olib boriladi. Ish natijalari tajribadan olingan m a ’lu- motlarning aniqligiga bog‘liq boMishini nazarda tutib, ish vaqtida miqdorlarni aniq o'lchashga erishish lozim. Ishning tajriba qis- m ini tam om lab boMgach, asboblarni darhol yig‘ib qo ‘ym as- dan a w a l olingan natijalar o ‘qituvchiga ko‘rsatiladi, chunki b a ’z an s h u n d a y x a to b o ‘lish i m u m k in k i, uni q u rilm a (sxem a)dan osongina topish m um kin. Agar qurilm a (sxema) qismlarga ajratib q o ‘yilgan b o is a , bunday xatoni topish uchun qurilm a (sxema) qaytadan tiklanishi kerak. Tajribada olingan natijalarning son qiym atlari qo ‘llanm adan olingan jadvalga yozib q o ‘yiladi. Amaliy ishni tam om lab, natijalar tekshirib chiqilgandan keyin, sxema qismlarga ajratiladi. Barcha asbob- uskunalar ish boshlanm asdan ilgari qanday tartibda turgan bo‘lsa, shunday holatga keltiriladi. Laborant yoki o ‘qituvchidan olingan q o ‘llanm a, kerakli q o ‘shim cha asbob (term om etr, sekundom er, chizg‘ich va boshqa)lar qaytarib topshiriladi. Amaliy ishlarni boshqarishda laboratoriya uchun zarur b o ‘lgan N va laboratoriya devoriga osib qo‘yilgan xavfsizlik qoidalariga qat’i> rioya qilish kerak. Talabalar amaliy ishga kirishganda va butun tajriba davoniida o ‘qituvchi uni kuzatib borishi shart: talaba ishni qanday boshiaili asboblardan qanday foydalandi, olingan natijalari qanoatlanar- )imi, xavfsizlik qoidalariga amal qilinmoqdami va hokazo. 2. 0 ‘LCHASH VA 0 ‘LCH0V ASBOBLARI 2.1. Xatoliklar haqida tushunchalar 0 ‘lchashlami ikkiga bo‘lish mumkin: bevosita va bilvosita o ‘lchashlar. Biror kattalikni bevosita o ‘lchash — bu kattalikni bir- lik o ‘lchovi qilib qabul qilingan (etalon) bir jinsli kattalik bilan taqqoslash demakdir. Uzunlik, massa, harorat, tok kuchi kabi kattaliklar bevosita o ‘lchov asboblari yordamida (turli masshtab- dagi chizg‘ichlar, tarozilar, term om etrva ampermetrlarda) o ‘lcha- nadi. Bilvosita o'lchash biror kattalikni bevosita o ‘lchanishi m um kin bo‘lgan kattaliklarning o ‘zaro funksional bog'lanishidan aniq- lash mumkin demakdir. Masalan, erkin tushish tezlanishi (g), matematik mayatnikning uzunligi (I) va tebranish davri (T) bilan quyidagi funksional bog'lanishga ega: g = 4n2l / T2. Demak, g ni aniqlash uchun I va Г kattaliklar bevosita oichanadi Laboratoriya m ashg‘ulotlarida biror fizik kattalik qiymatini aniqlash quyidagi tartibda olib boriladi: 1) m azkurlaboratoriya ishiga doir asboblar o ‘m atiladi; 2) asboblaming ko‘rsatishi tekshiriladi va ulaming to ‘g‘ri ishlashiga erishiladi; 3) oichashlar natijasidan foydalanib, u yoki bu kerakli for mula yordamida izlanayotgan fizik kattalikning qiymati aniqlanadi; 4) o ‘lchashlardagi xatoliklar hisoblanadi. Tajriba o ‘tkazuvchining sezgi a ’zolari, o ic h o v asboblarining yetaili takomillashmaganligi sababli har qanday o ‘lchash ishlarida fizik kattalikning taqribiy qiymati olinadi. Natijada h ar qanday o ‘lchash m uayyan aniqlik bilangina bajarishni talab qiladi. Masalan, biror uzunlik 0,1 m m aniqlik darajasi bilan o ‘lchan- gan b o ‘lsa, u vaqtda uning haqiqiy qiymati o ‘lchanganida 0,1 mm dan ortiq farq qilmaydi. 0 ‘lchash qiymati o ‘lchov asboblarining aniqligi bilan belgi- lanadi. Asbob aniqligi esa shkalaning eng kichik ulushi bilan beri- lib, u o ‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinla- shish darajasini belgilaydi. Bu kattalik asboblaming aniqlik darajasi deb ataluvchi kattalik bilan xarakterlanib, uning pasporti yoki paneliga yozib qo‘yiladi. Aniqlik darajasi ushbu asbobda c ‘lchanishi mumkin b o lg an eng kichik qiymatni asbob strelkasi maksimal og'gandagi qiymatiga nisbatining 100% ga ko'paytirilganiga teng. Shuningdek, tajriba o ‘tkazuvchimng kuzatish holatlari 0 ‘l- chash aniqligiga va tajriba o‘tkazish jarayoniga ta ’sir qiladi. Yuqorida ko‘rib o'tilgan t a ’sirlarni o ‘rganib, qiymatlarini hisobga olish maqsadida tajriba o'tkazish jarayoniga 0 ‘lchash xa- toliklari degan tushuncha kiritiladi. Istalgan kattalikning haqiqiy qiymati va o ‘lchashdan olingan taqribiy qiymati orasidagi farq (ayirma) 0 ‘lchash xatoligi deb yuritiladi. 0 ‘lchash xatoliklarini uch turga bo‘lish mumkin. 1. Qo‘pol xatoliklar yoki yanglishishlar — tajriba olib bo- ruvchining beparvo ishlashi, o ‘lchashlam ing noto‘g‘ri bajarilishi kabi sabablarga ko‘ra yuz beradi. Masalan, tajriba olib boruvchi biror jismni tarozida tortayotganda 25 mg 0 ‘rniga 27 mg yoki am perm etr bilan tok kuchini oMchayotganda 0,5 A o ‘rniga 5,0 A deb yozib qo‘ysa, qo ‘pol xatolikka yo‘l qo'ygan bo‘ladi. Q o‘pol xatolik xuddi shu asbob bilan qayta ish olib borishda yoki o‘lchashlarni boshaa talaba bajarganda oshkor bo‘1ib qoiadi. Qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yilganda, o ‘lchanayotgan kattalikning qiymati boshqa o ‘lchashlar natijasidan keskin farq qiladi. Odatda, qo‘pol xatolik bilan bajarilgan oMchash natijalarini hisoblashga kiritmasdan qoldirib yuboriladi. Q o‘pol xatoliklar hech qanday qonuniyatga bo‘ysunmaydi, ularga yo‘l qo'yrnaslik uchun o'lchashlarni diqqat bilan o ‘tkazish, o ‘lchash natijalarini to ‘g‘ri yozish va qayta-qayta tekshirishlar bilan tuzaiish mumkin. 2. Sistem atik xatoliklar — biror fizik kattalikni bir necha marta takroriy o'lchashlarda bir xil ta ’sir qiladigan sabablarga ko‘ra vujudga keladigan, ya’ni muayyan usul va o'lchash asbob- laridan foydalanilganda miqdori o ‘zgarmaydigan xatoliklardir. 0 ‘lch o v a s b o b la rin in g n o to ‘g ‘ri k o ‘rs a tis h i, o 'lc h o v uslubining noto‘g‘ri tanlanishi yoki tajriba nazariyasining yetadicha ishlab chiqilmaganligi sababli paydo bo‘ladigan xatoliklar sistematik xatoliklarga kiradi. Bunday xatoliklar tashqi m uhit ta ’sirida, masalan, harorat ta ’sirida o ‘lchovchi qism -lam ing o ‘zgarishi, o‘lchash va hisoblash jarayonida to ‘g‘ri bo‘lmagan ma’lumotlardan foydalanish orqali yuzaga keladi. Shuningdek, o ‘lchov asbobla rining xatoligi ham sistematik xatoliklar qatoriga kiradi. Sistema tik xatoliklar o'Ichanuvchi yo ki hisoblanuvchi kattalikning aniq- ligini belgilaydi, ya’ni ular haqiqiysining qiymatini orttiradi yoki kamaytiradi. Bu turdagi xatolik kattaligini aniqlab, o'lchashlarga mos tuzatm a kiritish mumkin. 3. Tasodifiy xatoliklar — subyektiv sabablarga ko‘ra sodir boMadigan, muayyan usul va o'lchash asboblaridan foydalanil- ganda miqdori turlicha bo'ladigan, ya’ni sodir bo ‘lish sababini oldindan hisobga olib bolmaydigan va har qavsi o'lchashda turlicha sabablarga ko‘ra yo‘l qo ‘yiladigan xatoliklardir. Bunday xatolik lar o ‘lchash obyektida havoning turlicha tebranishi, tajriba o ‘tka- zuvchitiing hayajonlanishi, asbob shkalasining to ‘liq yoritilma- ganligi kabi hodisalar natijasida paydo bo ‘ladi. Alohida o ‘lchashlardagi tasodifiy xatoliklarni oldindan bilish va butunlay bartaraf etish mumkin bo‘lmasa-da, tajriba o ‘tkazishda ehtiyotiikni oshirish va o ‘lchash malakasini yuksaltirish bilan tasodifiy x ato lik larn i am q lash n in g m atem atik usullaridan foydalanib, bu xatoliklarni o‘lchashlaming oxirei natijasiga ta ’sirini kamaytirish mumkin. Biz bundan buyon o'lchashlarda qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilmagan, sistematik xatoliklar juda kichik ho‘lganligi u^riun e’tiboiga olinmagan deb qarab, o ‘lchashlaming tasodifiy xatoliklarini aniqlash va hisoblash bilan shug‘ullanamiz. Tasodifiy xatoliklar ehtim o llik nazariyasi q o id alarid an foydalanib hisoblanadi. Shulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz. Agar o ‘lchashlar soni yetarlicha ko‘p b o ‘lsa, aniqlangan qiy- matlar bir-biridan farq qilsa, u holda tasodifiy xatolikni hisob lash lozim b o ‘ladi. Aniqlangan kattaliklam ing o ‘rtacha arifm etik qiymati uning haqiqiy qiymatiga eng yaqin qiymat hisoblanadi. M asalan, bi- ron kattalik x bevosita o ‘lchov asbobi (chizg’ich, term om etr va hokazo) yordami bilan n m arta o ‘lchanib, x p x 2, x 3, x n natijalar hosil qilinsin. H ar bir o ‘lchangan x kattalik x ning haqiqiy qiym atidan (5a = x — x ) miqdorga farq qiladi. Sx — m iqdor 8s — sistem atik va 8e— tasodifiy xatoliklar yig‘indisiga (5M.= 5с(. + 5Я ) teng b o 'lib , uning bizga n o m a ’lum b o ‘lgan qiymati haqida quyidagi fikrlarni bayon qilish murnkin: 1. 8xj va x k a tta lik la r uzluksiz qiym atlarga ega b o 'lis h i m um kin. 2. 0 ‘lchashlar soni ortib borishi bilan Sr ning bir-biriga yaqin qiymatlari (ishoralari turlicha boMgan) ko‘proq paydo bo‘!a boshlaydi. 3. Bir-biridan sezilarli farq qiluvchi tasodifiy xatolik qiymatlari 5n kamroq paydo bo ‘la boshlaydi. 4. Sistematik xatoliklar 5 . faqat asbob xatoligidan iborat bo'lib, uning eng katta qiymati asbob bo ‘lim bahosining (bir boMimga mos keluvchi o ‘lchanayotgan kattalik) yarmiga teng deb qabul qilinadi. Ehtimollik nazariyasiga ko‘ra, yuqorida keltirilgan fikrlar bajarilgandagina olingan natijalaming o ‘rtacha arifmetik qiymati uning haqiqiy qiymatiga eng yaqin b o ‘ladi. Bu qiymat ba’zan tanlangan o ‘rtacha qiymat deb ham yuritiladi. x bu tasodifiy qiymatdir, chunki u m a’lum n to'plam (biror seriya tajribalar natijalari) uchun bir qiymatga ega bo‘lsa, boshqa n (ikkinchi seriya tajribalari) uchun boshqa qiymatga ega bo’ladi. Shunday qilib, o'lchash natijalari asosida o ‘rtacha qiymat, ya’ni haqiqiysiga eng yaqin (2.1) qivmatni aniqlash mumkin ekan. Ehtimollik nazariyasi bu qiymatdan og'ishlam i belgilovchi kattaliklar haqida tushunchalar beradi. Har bir tajriba natijasini o'rtacha arifmetik qiymatdan og‘ishlari Дх, - x - xt ifoda orqali aniqlanadi. \x qiymatlar alohida etlchash- ning absolut xafoligi deb ataladi. Absolut xatolikning o ‘rtacha arifmetik qiymati quyidagi ifodadan topiladi: I ^ (2.1) n ( Download 104 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling